×
×
  • EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1%

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Метилэтилпиридинол
Ishlab chiqaruvchi:
- Синтез, ОАО
ATX kodi:
- C05CX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
FUROSEMID eritma 2ml 1% N10 БиоФарма OOO Belarusiya
4 000 s`om dan
PUMPAN gomeopatik tomchilar 20ml Richard Bittner AG Avstriya
68 000 s`om dan
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

EMOKSI-OPTIK

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami: PN 002264/01

Preparatning savdo nomi: EMOKSI-OPTIK

Guruhlangan nomi: metiletilpiridinol

Kimyoviy nomi: 3-oksi-6-metil-2-etilpiridin gidroxloridi

Dori shakli: ko‘z tomchilari.

Tarkibi:

1 ml eritma saqlaydi:

Faol modda: metiletilpiridinol gidroxloridi – 10 mg;

Yordamchi moddalar: natriy sulfiti, natriy benzoati, kaliy digidrofosfati, natriy gidrofosfat dodekagidrati, metilsellyuloza, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan biroz tovlanuvchi suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antioksidant vosita.

ATX kodi: S05SX.

Farmakologik ta‘siri

Antioksidant (xujayra membranalari lipidlarining perekisli oksidlanishiga to‘sqinlik qiluvchi dori vositasi), angioprotektor (tomirlarning chidamliligini oshiruvchi), antiagregasion (trombositlarning yopishishiga to‘sqinlik qiluvchi) va antigipoksik (to‘qimalarni kislorodning yetishmovchiligiga chidamliligini oshiruvchi) faollikka ega.

Kapilyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va tomirlar devorini mustahkamlaydi (angioprotektor). Qonning qovushqoqligini va trombositlarning agregasiyasini kamaytiradi (antiagregant). Erkin radikalli jarayonlarning ingibitori, membranalarni mustahkamlovchi ta‘sirga ega.

Retinoprotektor xususiyatlarga ega, to‘r parda va ko‘zning boshqa to‘qimalarni yuqori jadallikdagi yorug‘likning shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi. Ko‘z ichki qon quyilishlarining so‘rilishiga yordam beradi, qonning ivuvchanligini pasaytiradi, ko‘zning mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi. Shox pardadagi reparativ jarayonlarini (shu jumladan erta operasiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrda) rag‘batlantiradi.

Farmakokinetikasi

A‘zolar va to‘qimalarga tez kiradi, u yerda uning to‘planishi va metabolizmi yuz beradi.

Ko‘z to‘qimalaridagi konsentrasiyasi qondagiga qaraganda yuqori.

Almashinuvining dealkillangan va kon‘yugasiyalangan mahsulotlari bo‘lgan 5 metaboliti aniqlangan. Metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi. 2-etil-6-metil-3-oksipiridin-fosfat ahamiyatli miqdori jigarda aniqlanadi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda quyidagi kasalliklarda va holatlarda qo‘llanadi:

  • ko‘zning old kamerasiga qon quyilishi (davolash);
  • keksa yoshdagi shaxslarda skleraga qon quyilishi (davolash va oldini olish);
  • shox pardaning yallig‘lanishi va kuyishlari (davolash va oldini olish);
  • uzoqni ko‘raolmaslikdagi asoratlar (davolash);
  • shox pardani himoya qilish (kontakt linzalar taqqanda).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik. Laktasiya davri (emizish), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursi 3-30 kun. Zarurati bo‘lganida va yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi va 1 yilda 2-3 marta takrorlanishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘siri

Achishishni his qilish, qichishish, kon‘yunktivani qisqa muddatli giperemiyasi, kam – mahalliy allergik reaksiyalar.

Dozani oshirib yuborilishi. Aniqlanmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri.

Preparatni boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa ko‘z tomchilarini bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganida preparatni oxirgi bo‘lib, avvalgi tomchilar to‘liq so‘rilganidan keyin (kamida 10-15 minutdan keyin) tomiziladi.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari 1%.

5 yoki 10 ml dan rangsiz shisha flakonlarda.

5 ml yoki 10 ml dan uchlik-dozator va plastik buraluvchi qopqoqchali flakonlarda.

1 plastik flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va qopqoq-tomchilagich bilan birga yoki qopqoq-tomchilatgichsiz karton qutiga joylanadi.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Flakon ochilganidan keyin 1 oy davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Saqlash sharoiti

B ro‘yxati. Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi Синтез, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 49 700 so'mdan Batafsil
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 49 700 so'mdan Batafsil
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
VIKSIPIN tomchilar 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
XONDROITIN AKOS kapsulalar 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
PIRASETAM kapsulalar 400mg N20
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Narh: 13 500 so'mdan Batafsil
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ALTEYa sirop 125g
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
OFLOMELID maz 50g
OFLOMELID maz 30g
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
RINORUS tomchilar 10ml 0,05%
AMLORUS tabletkalari 10mg N30
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AMLORUS tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
SLABIKAP tomchilar 10ml 7,5mg/ml
GIDROKOTRIZON maz 5g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
TAURIN AKOS ko'z tomchilari 5ml 4%
DIKLOFENAK gel 50g 5%
DIKLOFENAK gel 30g 5%
DIKLOFENAK AKOS maz 30g 1%
GENTAMISIN AKOS maz 15g 0,1%
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9