46 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash64 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish53 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
EMOPROKS
EMOPROX
Preparatning savdo nomi: Emoproks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metiletilpiridinol
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg metiletilpiridinol gidroxloridi;
yordamchi moddalar: dinatriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gipromelloza, natriy benzoati, suvsiz natriy sulfiti, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: och jigarrang-sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.
ATX kodi: S01XA
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Angioprotektor, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi, antioksidant, antigipoksant va antiagregant hisoblanadi.
Erkin-radikalli jarayonlarni samarali ingibisiya qiladi, membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘sirga ega, xujayra membranalaridagi lipidlarni peroksidli oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi. To‘qimalarni kislorod yetishmasligiga chidamliligini oshiradi. Qon ivish tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi: trombositlar agregasiyasini tormozlaydi, umumiy koagulyasiya indeksini pasaytiradi, qon ivishi vaqtini uzaytiradi. Fibrinoliz jarayonini kuchaytiradi.
Retinoprotektor xususiyatlarga ega, ko‘zning to‘r pardasi va boshqa to‘qimalarini yuqori jadallikdagi yorug‘likning shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi. Ko‘z ichidagi qon quyilishlarni so‘rilib ketishiga yordam beradi, qonning ivuchanligini pasaytiradi, ko‘zning mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi. Shox pardada (shu jumladan, operasiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrda) reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Emoproks ko‘z tomchilari qo‘llanganida faol modda tizimli qon oqimiga biologik faol konsentrasiyalarda tushmaydi. Ko‘z to‘qimalarida terapevtik konsentrasiyasiga bir marta tomizilganida erishiladi. Emoproks a‘zolar va to‘qimalarda to‘planmaydi. Qo‘llanganidan so‘ng birinchi ikki soat davomida metiletilpiridinolning qondagi konsentrasiyasi tez pasayadi, 24 soatdan keyin dori vositasi qonda aniqlanmaydi. Ko‘z to‘qimalarida Emoproksning konsentrasiyasi qondagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagi holatlarda qo‘llanadi:
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparat kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq (odatda 3-30 kunni tashkil etadi) va shifokor tomonidan belgilanadi. Zarurati bo‘lganida va preparat yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi mumkin. Davolash kursi yiliga 2-3 marta takrorlanishi mumkin.
Flakonning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomchilagichning uchini biron-bir yuzalarga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kon‘yunktivani achishish hissi, qichishish, qisqa muddatli giperemiyasi, kam hollarda – mahalliy allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarining o‘zaro ta‘siri
Emoproks preparati boshqa dori vositalari bilan davolash fonida qo‘llanganida negativ ko‘rinishlar ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa oftalmologik dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida Emoproks preparatini avvalgi dori vositalari to‘liq so‘rilganidan so‘ng (kamida 10-15 minutdan keyin) oxirida tomizish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda Emoproks preparatini qo‘llash mumkin emas.
Laktasiya (emizish) davrida ko‘rsatmalarga qarab preparatni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Emoproks preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu yoshdagi pasientlar guruhida Emoproksni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat qo‘llanganida so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qoladigan pasientlar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari qayd etilmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagich va himoya halqasi bilan ta‘minlangan, buraladigan himoya qopqoqli polietilen flakonda.
Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.