×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Faol modda:
Метилэтилпиридинол
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
ATX kodi:
- C05CХ
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 141 ta dorixonasida topildi

ico 49 700 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 64 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 57 100 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
KARVIDIL tabletkalari 12,5mg N28 Гриндекс, АО Latviya
74 000 s`om dan
LEVATRA tabletkalari 100mg N4 SR Medicare Pvt., Ltd Hindiston
5 800 s`om dan
40 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EMOPROKS

EMOPROX

 

Preparatning savdo nomi: Emoproks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metiletilpiridinol

Dori shakli: ko‘z tomchilari

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg metiletilpiridinol gidroxloridi;

yordamchi moddalar: dinatriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gipromelloza, natriy benzoati, suvsiz natriy sulfiti, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: och jigarrang-sariq rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.

ATX kodi: S01XA

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Angioprotektor, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi, antioksidant, antigipoksant va antiagregant hisoblanadi.

Erkin-radikalli jarayonlarni samarali ingibisiya qiladi, membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘sirga ega, xujayra membranalaridagi lipidlarni peroksidli oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi. To‘qimalarni kislorod yetishmasligiga chidamliligini oshiradi. Qon ivish tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi: trombositlar agregasiyasini tormozlaydi, umumiy koagulyasiya indeksini pasaytiradi, qon ivishi vaqtini uzaytiradi. Fibrinoliz jarayonini kuchaytiradi.

Retinoprotektor xususiyatlarga ega, ko‘zning to‘r pardasi va boshqa to‘qimalarini yuqori jadallikdagi yorug‘likning shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi. Ko‘z ichidagi qon quyilishlarni so‘rilib ketishiga yordam beradi, qonning ivuchanligini pasaytiradi, ko‘zning mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi. Shox pardada (shu jumladan, operasiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrda) reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.

Farmakokinetikasi

Emoproks ko‘z tomchilari qo‘llanganida faol modda tizimli qon oqimiga biologik faol konsentrasiyalarda tushmaydi. Ko‘z to‘qimalarida terapevtik konsentrasiyasiga bir marta tomizilganida erishiladi. Emoproks a‘zolar va to‘qimalarda to‘planmaydi. Qo‘llanganidan so‘ng birinchi ikki soat davomida metiletilpiridinolning qondagi konsentrasiyasi tez pasayadi, 24 soatdan keyin dori vositasi qonda aniqlanmaydi. Ko‘z to‘qimalarida Emoproksning konsentrasiyasi qondagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  • shox pardaning yallig‘lanishi va kuyishini oldini olish va davolash uchun;
  • ko‘zning old kamerasiga qon quyilishini davolash uchun;
  • og‘ir darajadagi miopiyada to‘r pardaning distrofik o‘zgarishlarida, diabetik retinopatiyada;
  • kontakt linzalar taqilganida shox pardani himoya qilish uchun;
  • yuqori jadallikdagi yorug‘likni (lazer va quyosh nurlaridan kuyish, lazerokoagulyasiya) ta‘sirida ko‘z to‘r pardasini himoya qilish uchun;
  • keksa yoshdagi shaxslarda skleraga qon quyilishini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Preparat kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq (odatda 3-30 kunni tashkil etadi) va shifokor tomonidan belgilanadi. Zarurati bo‘lganida va preparat yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi mumkin. Davolash kursi yiliga 2-3 marta takrorlanishi mumkin.

Flakonning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomchilagichning uchini biron-bir yuzalarga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kon‘yunktivani achishish hissi, qichishish, qisqa muddatli giperemiyasi, kam hollarda  – mahalliy allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • metiletilpirilidinolga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarining o‘zaro ta‘siri

Emoproks preparati boshqa dori vositalari bilan davolash fonida qo‘llanganida negativ ko‘rinishlar ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa oftalmologik dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida Emoproks preparatini avvalgi dori vositalari to‘liq so‘rilganidan so‘ng (kamida 10-15 minutdan keyin) oxirida tomizish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda Emoproks preparatini qo‘llash mumkin emas.

Laktasiya (emizish) davrida ko‘rsatmalarga qarab preparatni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Emoproks preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu yoshdagi pasientlar guruhida Emoproksni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat qo‘llanganida so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qoladigan pasientlar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari qayd etilmagan.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagich va himoya halqasi bilan ta‘minlangan, buraladigan himoya qopqoqli polietilen flakonda.

Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 49 700 so'mdan Batafsil
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
VIKSIPIN tomchilar 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Метилэтилпиридинол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
FLUZAMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
DAVERIS ko'z tomchilari 2,5ml 0,004% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Travoprost ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
BIVOKSA ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Moksifloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
BRINORM ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Brinzolamid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Siklopentolat ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9