faol modda:
klopidogrelga ekvivalent (75 mg)
klopidogrel bisulfat 99 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, qayta jelatinlangan kraxmal, talk (tozalangan), magniy stearati.
qobiqning tarkibi: pushti opadray (03B54040), izopropil spirti, dixlormetan (xlorli metilen).
Qaytmas bog'lar tufayli, trombositlar xayotining qolgan muddati davomida (tahminan 7-10 kun) ADF stimulyasiyasiga moyil bo'lmaydi, trombositlar normal funktsiyasining tiklanish tezligi esa trombositlarning yangilanish tezligiga mos ravishda kechadi. Trombositlar agregasiyasining tormozlanishi preparatni boshlang'ich dozada– 400 mg qabul qilgandan so'ng (40% ingibitorlik) 2 soatdan keyin kuzatiladi. Maksimal natija (agregasiyaning 60% ga kamayishi) preparat 50-100 mg/sut dozada doimiy qabul qilinganda 4-7 haftadan keyin rivojlanadi.
Klopidogrel istalgan joylashuvdagi tomirlar aterosklerozida, xususan, tserebral, kardiovaskulyar, koronar yoki periferik shikastlanishlarda aterotromboz rivojlanishini oldini oladi.
ACTIVE-A klinik tadqiqoti qon−tomir kasalliklari asoratiing eng kamida bitta xavfi bo'lgan, ammo bilvosita antikoagulyantlar qabul qila olmagan bo'lmachalar fibrillyasiyasi bor bemorlarda klopidogrel atsetilsalisil kislota bilan birgalikda (faqat atsetilsalisil kislotani qo'llash bilan taqqoslaganda) birgalikda olingan insult, miokard infarkti, MNS (Markaziy nerv sistemasi) dan tashqari tizimli tromboemboliyalar yoki qon−tomir kasalliklari tufayli o'limning kelib chiqish sonini, katta darajada insult xavfini qisqartirish xisobiga kamaytirganini ko'rsatdi.
Klopidogrel preparatini atsetilsalisil kislota bilan birgalikda qo'llaganda natija erta aniqlandi va 5 yilgacha saqlandi. Klopidogrelni atsetilsalisil kislota bilan birga qabul qilgan bemorlar guruxida yirik tomirlar shikastlanishi asorati xavfining kamayishi, asosan, insultlar sonining ko'p miqdorda kamayishi xisobiga bo'ldi. Istalgan og'irlik darajadagi insult havfi klopidogrelni atsetilsalisil kislotasi bilan birgalikda qo'llaganda kamaydi, shuningdek, klopidogrel va atsetilsalisil kislota bilan birgalikda davolangan guruxda miokard infarkti rivojlanish xavfi kamayishga moyil bo'ldi, ammo, MNS dan tashqari tromboemboliyalar yoki qon−tomir kasalliklari tufayli kelib chiqqan o'limlar sonida farq kuzatilmadi.
75 mg/sut miqdorda bir marta yoki takroriy qabul qilinganda klopidogrel tez so'riladi.
Bir martalik doza 75 mg ichga qabul qilinganidan so'ng, o'zgarmagan klopidogrelning qondagi maksimal miqdori (Cmax)ning o'rtacha qiymatiga 45 daqiqadan keyin erishiladi va 2,2-2,5 ng/ml ni tashkil qiladi. Klopidogrel metabolitlarini siydik bilan ekskresiyasi ma'lumotlariga ko'ra uning absorbtsiyasi taxminan 50% ni tashkil etadi.
Tarqalishi
In vitro klopidogrel va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy nofaol metaboliti qon plazmasi oqsillari bilan qaytar bog'lanadi (98% va 94% tegishli ravishda). Ushbu bog'100 mg/ml kontsentrasiyagacha to'yinmagan hisoblanadi.
Metabolizm
Klopidogrel jigarda intensiv metabolik almashinadi. In vitro va in vivo klopidogrel 2 yo'l bilan metabolik almashinadi: birinchisi – esteraza yordamida karboksil kislotasining (85% qonda aylanuvchi metabolitlardan) nofaol mahsulotini hosil qilish bilan gidroliz orqali, ikkinchisi− tsitoxrom R450 izoferment tizimi orqali. Dastlab klopidogrel oraliq metabolit hisoblangan 2−okso−klopidogrelgacha metabolik almashinadi. Keyingi metabolizm 2−okso−klopidogrelni klopidogrelning faol metaboliti – klopidogrelning tiol xosilasiga aylanishiga olib keladi. In vitro ushbu faol metabolit, asosan, CYP2C19 izofermenti yordamida, shuningdek, boshqa izofermentlar: CYP1A2, CYP2B6 va CYP3A4 yordamida hosil bo'ladi. In vitro tadqiqotlarida ajratib olingan klopidogrelning faol tiol metaboliti trombositlar reseptorlari bilan tez va qaytmas bog'lanadi va shu tarzda trombositlar agregasiyasini bloklaydi.
Yuklama dozani 300mg bir marta qabul qilgandan so'ng Klopidogrelning faol metaboliti Cmax i klopidogrelni ushlab turuvchi dozasi 75mg ni 4 kun davomida qabul qilgandagi miqdoridan ikki barobar yuqori. Cmax ga taxminan 30-60 daqiqadan keyin erishiladi.
Chiqarilishi
14S –nishonlangan klopidogrelni odam ichga qabul qilganida 120 soat davomida tahminan 50% radioaktivlik siydik bilan va 46% ga yaqini ahlat bilan chiqariladi. 75 mg miqdorda bir marta qabul qilinganida klopidogrelni yarim ajratish muddati (T½) 6 soatni tashkil qiladi. Klopidogrel bir marta va takroriy qabul qilinganida, uning qonda aylanib yuruvchi nofaol metaboliti T½ 8 soatni tashkil etadi.
Ayrim klinik xolatlar farmakokinetikasi
Og'ir buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlar (kk 5-15 ml/min) klopidogrelni 75 mg/sut miqdorda qabul qilgandan so'ng plazmadagi asosiy metabolitning miqdori o'rtacha og'irlikdagi buyrak kasali bo'lgan bemorlardagi (kreatinin klirensi 30 dan 60 ml/min) va sog'lom odamlardagiga qaraganda kamroqdir. ADF indusirlangan trombositlar agregasiyasiga ingibirlovchi ta'siri kamaygan (25%) bo'lsa ham, sog'lom ko'ngillilar bilan taqqoslaganda, qon ketish vaqti xuddi klopidogrelni 75 mg/sut dozada qabul qilgan sog'lom ko'ngillilarda qon ketish vaqti uzaygandagi kabi cho'zilgan.
Jigar tsirrozi bilan kasallangan bemorlarda klopidogrelni sutkali doza 75 mg dan
10 kun davomida qabul qilish havfsizdir va yaxshi ko'tarildi, klopidogrelning Smax bir martalik dozani qabul qilgandan so'ng xam muvozanat holatidagi kabi jigar tsirrozi bor bemorlarda sog'lom odamlarga nisbatan bir nacha baravar yuqori.
Allergik reaktsiyalar: juda kam hollarda – angionevrotik shish, ekzema, zardob kasalligi, anafilaktoid reaktsiyalar; tez-tez emas - toshma, teri qichishi; tez-tezligi noma'lum – tienopiridinlarga (masalan, tiklopidin, prazugrel) kesishuvchi−reaktiv yuqori sezuvchanlik, juda kam hollarda – eritematoz toshma, eshakemi, ekzema, yassi lishay, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shuningdek: xavfli ekssudativ eritema yoki Stivens−Djonson sindromi); tez-tezligi noma'lum - dori sababli indusirlangan yuqori sezuvchanlik sindromi, eozinofiliyali va tizimli simptomlar bilan dori vositasi ta'siridan toshma (DRESS-sindrom).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh miya ichi qon quyilishlari (bir necha o'lim holatlar xaqida xabarlar olingan), bosh og'rig'i, paresteziyalar, bosh aylanishi; juda kam hollarda – gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi.
Yurak qon−tomir sistemasi tomonidan: tez−tez – gematoma; juda kam hollarda – vaskulit, arterialnaya gipotenziya.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez−tez – burun qonashi; juda kam hollarda – nafas yo'llaridan qon ketishi (qon tupurish, o'pkadan qon ketishi), bronxlarspazmi, interstisial pnevmonit.
Hazm qilish tizimi tomonidan: tez−tez – diareya, qorinda og'riq, dispepsiya, me'da−ichak traktidan qon ketishi; tez-tez emas – me'da va 12 barmoq ichak yarasi, gastrit, qusish, ko'ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; kam hollarda: qorin parda orqasiga qon quyilishi; juda kam hollarda - me'da−ichakdan va qorin parda orqasidan ba'zan letal oqibat bilan qon ketishi, pankreatit, kolit (shuningdek: yarali kolit yoki limfositar kolit), stomatit, jigar funktsiyasining buzilishi, gepatit, o'tkir jigar etishmovchiligi.
Siydik−tanosil a'zolari tomonidan: tez-tez emas - gematuriya; juda kam hollarda - glomerulonefrit, qon plazmasida kreatinin miqdorining oshishi.
Suyak−mushak tizimi tomonidan - juda kam hollarda: mushak va bo'g'imlarga qon quyilishi (gemartrozlar), artrit, artralgaiya, mialgiya.
Sezgi organlari tomonidan: tez-tez emas - ko'z ichiga qon quyilishi (konyuktival va retinal); kam hollarda: vertigo; juda kam hollarda: ta'm bilish buzilishi.
Qon xosil qiluvchi a'zolar tomonidan: tez-tez emas - trombositopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda – neytropeniya, shuningdek, og'ir neytropeniya xolatlari ham; juda kam hollarda - trombotik trombositopenik purpura (TTP), aplastik anemiya, pantsitopeniya, agranulositoz, og'ir trombositopeniya, granulositopeniya, anemiya.
Teri qoplamlari tomonidan: tez−tez - teri osti gematomasi, teriga qon quyilishlari (purpura), juda kam hollarda: bullez dermatit.
Labarator ko'rsatkichlar tomonidan: tez−tez - qon ketish vaqtining cho'zilishi, neytrofillar sonining kamayishi, trombositlar sonining kamayishi; tez-tezligi noma'lum - jigar funktsional xolati labarator ko'rsatkichlarining normada og'ishi, qonda kreatinin miqdorini oshishi.
Boshqalar: tez−tez – tomirlar punktsiyasi joyidan qon ketishi; juda kam hollarda – isitma, operasion yaradan jiddiy qon ketishi, tez-tezligi noma'lum – ginekomastiya.
Rejalashtirilgan jarroxlik amaliyotlarida va antitrombositar samara zaruriyati bo'lmasa klopidogrel bilan davolashni operasiya kunidan 5-7 kun oldin to'xtatish kerak.
Bemorlarni klopidogrel bilan davolaganda (faqat klopidogrel yoki atsetilsalisil kislota bilan majmuada) qon ketishini to'xtatish uchun ko'proq vaqt ketishi, shuningdek, noodatiy qon ketishi (joylashuvi va davomiyligiga ko'ra) boshlanganida, bu xaqida davolovchi shifokorga xabar berishlari kerakligi xaqida ogoxlantirish kerak. Oldinda turgan xar bitta operasiyadan oldin va istalgan yangi preparatni qabul qilishdan oldin bemorlar shifokoriga (stomatologga xam) klopidogrelni qabul qilayotgani xaqida xabar berishlari kerak.
Davolash paytida jigar funktsional faolligini nazorat qilish kerak. Jigarning og'ir kasalliklarida gemorragik diatez rivojlanish xavfini xam inobatga olish kerak.
7 kundan kam muddatli bo'lmagan o'tkir insultlarda klopidogrelni qo'llash mumkin emas (bunday xolatda qo'llash xaqida ma'lumotlar bo'lmaganligi tufayli).
Miokard infarkti (bir necha kundan 35 kungacha bo'lgan vaqt ichida), ishemik insultlar (7 kundan 6 oygacha bo'lgan vaqt ichida) yoki tashxislangan periferik arteriyalar okklyuzion kasalliklarida;
ST segment ko'tarilishisiz o'tkir koronar sindromlarda (nostabil stenokardiya yoki
Q tishsiz miokard infarktida), shuningdek, teri orqali koronar amaliyot yordamida stentlash o'tkazilgan bemorlarda, atsetilsalisil kislota bilan birga kombinasiyada;
ST segment ko'tarilgan o'tkir koronar sindromi (o'tkir miokard infarkti) medikamentoz davosida va atsetilsalisil kislota bilan birga trombolitik terapiya imkoni bo'lganda;
Aterotrombotik va tromboembolik asoratlar profilaktikasi, shuningdek, insult, bo'lmachalar fibrillyasiyasida (hilpillovchi aritmiyada);
Eng kamida bitta qon−tomir kasalliklari asorati havf omiliga ega bo'lgan, bilvosita antikoagulyantlar qabul qila olmaydigan va qon ketish havfi kam (atsetilsalisil kislota bilan kombinasiyada) bo'lgan bo'lmachalar fibrillyasiyasi (hilpillovchi aritmiya) bor bemorlarda;
Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari;
O'tkir qon ketishi (masalan, peptik yaradan qon ketishi yoki bosh miya ichiga qon quyilishlari);
18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar (havfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan);
Laktaza etishmovchiligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukozo−galaktoza malabsorbtsiyasi sindromida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar funktsiyasining qon ketishiga moyillik bo'lganda o'rtacha buzilishi (qo'llash tajribasi cheklangan);
Buyrak funktsiyasini buzilishi (qo'llash tajribasi cheklangan);
Qon ketish havfini kuchaytiradigan patologik xolatlar (shuningdek, travma, jarroxlik amaliyotlari);
Qon ketishga moyilligi bo'lgan kasalliklar (ayniqsa, me'da−ichak va ko'z ichi);
Yaqinda o'tkazilgan miyada qon aylanishining tranzitor buzilishi yoki ishemik insultlarda (atsetilsalisil kislotasi bilan birgalikda).
CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan bemorlarda (klopidogrelni tavsiya etilgan dozada qo'llaganda klopidogrelning kam faol metaboliti hosil bo'ladi va antiagregant ta'siri kamroq ifodalanadi; shuning uchun klopidogrel o'tkir koronar sindromda yoki koronar arteriyalarda o'tkazilgan teri orqali amaliyotlarda tavsiya etilgan dozada qabul qilinganda qon−tomir kasalliklari asoratlari soni CYP2C19 izofermenti faolligi normal bo'lgan bemorlardagiga nisbatan ko'proq);
Anamnezida tiklopidin, prazugrel kabi boshqa tienopiridinlarga allergik va gematologik reaktsiyalar bo'lsa (kesishuvchi allergik va gematologik reaktsiyalar ehtimolligi).
Varfarin va klopidogrelni bir vaqtda qo'llaganda ehtiyot bo'lish zarur. Klopidogrel va glikoproteinlarning IIb/Іііa-reseptor blokatorlarining o'zaro farmakodinamik ta'sirlashuvi ehtimolligi bo'lgani uchun, qon ketishi havfi bo'lgan (travma va jarroxlik amaliyotlarida yoki boshqa patologik xolatlarda) bemorlarda ularni birgalikda qo'llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Atsetilsalisil kislota, geparin, trombolitik vositalar, NYAQV (nosteroid yallig'lanishga qarshi qositalar) va SQQOSI (serotoninni qayta qamrab oluvchilar selektiv ingibitori) bilan bir vaqtda qo'llaganda qon ketish havfi oshadi− extiyot bo'lish kerak.
Klopidogrel qisman CYP2C19 izofermenti ishtirokida aktiv metabolit hosil qilib almashingani uchun, ushbu izofermentni ingibitsiya qiluvchi preparatlarni qo'llash klopidogrelning aktiv metaboliti kontsentrasiyasini kamayishiga olib keladi. CYP2C19 izofermentining kuchli va o'rtacha ingibitorlari: omeprazol, ezomeprazol, Fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, tsiprofloksasin, tsimetidin, karbamazepin, okskarbazepin, Xloramfenikol hisoblanadi.
CYP2C19 izofermentining kuchli va o'rtacha ingibitorlari hisoblanadigan proton pompa ingibitorlarini (masalan: omeprazol, ezomeprazol) klopidogrel bilan birga qo'llash mumkin emas. Agar proton pompa ingibitorlarini klopidogrel bilan bir vaqtda qo'llash kerak bo'lsa, unda CYP2C19 izofermentini eng kam ingibitsiya qiladigan pantoprazol va lansoprazol kabi proton pompa ingibitorlarini qo'llash kerak.
Boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash. Klopidogrel va boshqa preparatlar bir vaqtda qo'llanganda o'zaro farmakodinamik va farmakokinetik ta'sirlashuv extimolligini aniqlash maqsadida o'tkazilgan qator klinik tadqiqotlar shuni ko'rsatadi:
Klopidogrelni atenolol, nifedipin yoki ikkalasi bilan birga qo'llaganda klinik axamiyatga ega ta'sirlashuv kuzatilmadi.
Fenobarbital va estrogenlarni bir vaqtda qo'llash klopidogrel farmakodinamikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmadi.
Digoksin va teofillinning farmakokinetik ko'rsatkichlari klopidogrel bilan birga qo'llanilganda o'zgarmadi.
Antasid vositalar klopidogrel so'rilishiga ta'sir ko'rsatmadi.
Fenitoin va tolbutamidni klopidogrel bilan bir vaqtda qo'llash havfsiz (CAPRIE tadqiqoti). Klopidogrel fenitoin va tolbutamid kabi preparatlar, shuningdek, CYP2C19 izofermenti ishtirokida almashinadigan NYAQV ning almashinuviga ta'sir qilish ehtimolligi kam.
Klinik tadqiqotlarda klopidogrelni AO'F (angiotenzinni o'zgartiruvchi ferment) ingibitorlari, diuretiklar, β-adrenoblokatorlar, sekin kaltsiy kanallari blokatorlari, gipolipidemik vositalar, koronar vazodilyatatorlar, gipoglikemik vositalar (shuningdek insulin bilan xam), talvasaga qarshi vositalar, gormonal o'rinbosar terapiya preparatlari, glikoprotein IIb/IIIa-reseptor blokatorlari bilan birga qo'llaganda klinik axamiyatga ega bo'lgan noxush o'zaro ta'sirlar aniqlanmadi.
Qon plazmasidagi qontsentrasiyasi oshishi tufayli klopidogrelni , asosan CYP2C19 izofermenti yordamida almashinadigan (masalan, repagilinid, paklitaksel) preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash extiyotkorlikni talab qiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Preparat yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qabul qilinmasin.
Doza kasallikning og'irlik darajasiga, organizmning holati, yoshi, vazni va bemor jigari va buyragi faoliyatiga bog'liq.
Ichga, ovqat qabul qilishga qaramasdan, etarli miqdordagi suv bilan sutkasiga 1 marta ichiladi.
Davolash kursi davomiyligi va o'tkazilish soni individual tarzda aniqlanadi (kasallik xususiyatlari va erishilgan terapevtik natijaga qarab).
Kattalar va keksa yoshdagi CYP2C19 izofermenti normal faollikdagi bemorlar
Miokard infarkti, ishemik insultlar yoki tashxislangan periferik arteriyalar okklyuzion kasalliklarida Entselad preparatini sutkada 1 Max 1 tabletkadan (75mg) qabul qilish tavsiya qilinadi.
ST segment ko'tarilishisiz o'tkir koronar sindromlarda (nostabil stenokardiya yoki
Q tishsiz miokard infarktida) da Entselad preparati bilan davolash bir marta yuklama doza−300 mg bilan boshlanib, keyinchalik 75 mg/sut dozani qabul qilish bilan davom ettirilishi kerak (atsetilsalisil kislota bilan birga 75-325 mg/sut dozada). Atsetilsalisil kislotani yuqori dozada qabul qilish jiddiy qon ketishi havfi bilan bog'liq bo'lganligi tufayli, atsetilsalisil kislotasining tavsiya etiladigan miqdori 100 mg dan oshmasligi kerak. Maksimal ijobiy natija davolashning 3−oyiga kelib kuzatiladi. Davolashning optimal davomiyligi bunday ko'rsatmada rasman aniqlanmagan. Klinik tadqiqotlar natijalari klopidogrelni ST segment elevasiyasisiz o'tkir koronar sindrom rivojlanganidan keyin 12 oygacha ma'qulligini tasdiqlaydi.
ST segment elevasiyasili o'tkir koronar sindromda (o'tkir miokard infarktida) medikamentoz davoda va trombolitik terapiya o'tkazish imkoni bo'lganda Entselad preparati 75 mg 1 Max/sut dozada, atsetilsalisil kislota bilan birgalikda yoki trombolitiklarsiz yuklama dozadan boshlab buyuriladi.
75 yoshdan oshgan bemorlar uchun Entselad preparati bilan davolash yuklama dozani qo'llamasdan boshlanadi. Kombinirlangan terapiya simptomlar paydo bo'lgandan keyin iloji boricha ertaroq boshlanadi va xech bo'lmaganda 4 hafta davom etadi. Klopidogrel va atsetilsalisil kislotasini birga kombinasiyada 4 haftadan uzoqroq qo'llash samaradorligi bunday bemorlarda xali o'rganilmadi.
Bo'lmachalar fibrillyasiyasida (xilpiroq aritmiya) Entselad preparati 75 mg/sut miqdorda qo'llaniladi. Klopidogrel bilan kombinasiyada boshlab, so'ngra terapiyani atsetilsalisil kislotaning 75-100 mg/sut miqdorda davom ettirish kerak.
Navbatdagi dozani o'tkazib yuborilishi
Agar navbatdagi doza 12 soatdan kam vaqt ichida qabul qilinmagan bo'lsa, unda Entselad preparatining qoldirilgan dozasini tezda qabul qilish kerak, keyin keyingi doza odatdagi vaqtda qabul qilinadi.
Agar navbatdagi doza qoldirilganiga 12 soatdan ko'p vaqt o'tgan bo'lsa, unda keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak, dozani ikki baravar oshirish kerak emas.
Ayrim klinik xolatlarda qo'llash usuli va dozalar
CYP2C19 izofermenti faolligi genetik kamaygan kattalar va keksa yoshdagi bemorlar.
CYP2C19 izofermentining kam aktivligi klopidogrelning antiagregant xususiyati kamayishi bilan bog'lanadi. Entselad preparatini ko'proq dozada qabul qilish (yuklamali doza 600 mg, keyin 150 mg/sut) CYP2C19 izofermenti kam aktiv bemorlarda klopidogrelning antiagregantlik xususiyatini kuchaytiradi. Biroq, klinik natijalarni o'rganish bo'yicha o'tkazilgan klinik tadqiqotlarda klopidogrelni CYP2C19 izofermentining genetik kam faolligi sababli metabolizmi kamaygan bemorlarda optimal dozalash rejimi o'rnatilmagan.
Keksa yoshdagi ko'ngillilarda (75 yoshdan yuqori) yosh ko'ngillilar bilan taqqoslaganda trombositlar agregasiyasi va qon oqishi vaqti o'rtasida farq aniqlanmadi. Keksa yoshdagi bemorlarda dozani korrektsiyalash shart emas.
Jigar/buyrak etishmovchiligi bor bemorlarda doza kasallik darajasiga qarab korrektsiyalanadi ("ayrim klinik xolatlar farmakokinetikasi" qarang).
Belgilari: qon ketish vaqti uzayishi va keyin qon ketishi rivojlanishi asoratlari
Davolash: simptomatik. Agar uzaygan qon ketishi vaqtini korrektsiya qilish zaruriyati bo'lsa, trombositar massa quyish tavsiya qilinadi. Spesifik antidoti yo'q.