Arginin (a-amino-5-guanidinovalerian kislota) – shartli almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar sinfiga kiruvchi aminokislota va organizmning ko'psonli hayotiy muhim faoliyatlarining faol va har tomonlamali boshqaruvchisi hisoblanadi, organizmning og'ir holatalrida muhim protektorli samaralar nomoyon qiladi.
Eptsin antigipoksid, membranalarni barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal ta'sir, dezintoksikatsion faollik nomoyon qiladi, o'zini oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarining faol boshqaruvchisi sifatida nomoyon qiladi, organizmda gormonal balansni tutib turilishida ma'lum rolь o'ynaydi.
Arninin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormoni va prolaktinning miqdorini oshirishi ma'lum, prolin, poliamin, agamantinning sintezida ishtirok qiladi, fibrinogenoliz,spermatogenez jarayonlariga qo'shiladi, membranani depolyarizatsiyalovchi ta'sir nomoyon qiladi.
Arginin jigarda mochevina sintezi siklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoamoniyemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashishi yo'li bilan amalag oshiriladi. Antioksidant, antigipoksik va membranalarni barqarorlashtiruvchi faolligi tufayli, gepatoprotektor ta'sir nomoyon qiladi, gepatotsitlardaenergiya bilan ta'minlanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Eptsin endoteliotsitlarda azot oksidining sintezini katalizlovchi ferment – NO-sintetaza uchun substrat hisoblanadi. Preparat gualinattsiklazani faollashtiradi va tomirlarning endoteliyida siklikguanidinmonofosfatning (tsGMF) darajasinio shiradi, VCAM-1va
MCP-1 adgeziya proteinlarning sintezini bostiradi, shunday qilib, aterosklerotik blyashkalar xosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, endotelin-1 sintezini bostiradi, tomir devorining kuchli vazokonstriktori va silliq miotsitlarning proliferatsiyasi va migratsiyasining stimulyatori hisoblanadi. Eptsin shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – asimmetrik dimetilargininning sintezini bostiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukozaning miqdorini boshqaradi. Kislota xosil qiluvchi ta'sir nomoyon qiladi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi. Eptsin yaqqol kislota xosil qiluvchi ta'sir nomoyon qiladi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi.