30 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashYaroqlilik muddati (oy) | 24 |
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: arginin gidroxloridi - 42,0 g.
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv - 1000 ml.gacha.
Сhiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 4,2%, polipropilen flakonlarda 100 ml.dan eritma.
Largin antigipoksik, membranalarni barqrorlovchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion faollik ko'rsatadi, o'zini oraliq almashinuv va quvvat ta'minlash jarayonlarining faol regulyatori sifatida namoyon qiladi, organizmda gormonal muvozanatni bir maromda saqlashda muayyan rol' o'ynaydi. Ma'lumki, arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin tarkibini ko'paytiradi, prolin, agmatin poliamini sintezida qatnashadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga qo'shiladi, membranani kutbsizlash ta'sirini ko'rsatadi.
Arginin jigarda mochevina sintezi tsiklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniemik samarasi ammiakning mochevinaga aylanishini faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Antioksidant, antigipoksik va membranalarni barqarorlovchi faolligi tufayli gepatoprotektor ta'sirini ko'rsatadi, gepatotsitlarda quvvat ta'minlash jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Largin NO-sintaza - endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan ferment uchun substrat hisoblanadi. Preparat guanilattsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliyasida tsiklik guanidinmonofosfat (tsGMF) darajasini oshiradi, qon tomirlar endoteliyasiga leykotsitlar va trombotsitlar faollashishi va adgeziyasini kamaytiradi, vCAM-1 va MSR-1 adgeziyalar proteinlari sintezini to'xtatadi, bu orqali aterosklerotik toshmalar paydo bo'lishi va kuchayishining oldini oladi, qon tomir devorlari tekis miotsitlari proliferatsiyasi va migratsiyasini kuzgatuvchi va kuchli vazokonstriktori hisoblangan 1-endotelii sintezini bartaraf etadi.
Largin asimmetrik dimetilarginin - oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori sintezini ham bartaraf etadi. Preparat T-hujayralar ishlab chiqaradigan ayrisimon bez faoliyatini kuchaytiradi, jismoniy zo'rikishlar vaqtida qonda glyukoza tarkibini boshqaradi.
Kislotani saralash ta'sirini ko'rsatadi va kislota-ipshqor muvozanatini to'g'rilashga yordam beradi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: bo'g'imlardagi og'riq.
Ovqat hazm qilish yo'li tomonidan: og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish.
Ter i va teri osti biriktiruvchi to'qimalar tomonidan: dori yuborilgan joydagi o'zgarishlar, shu jumladan giperemiya, qichima, akrotsianozgacha teri oqarishi.
Immun tizim tomonidan: o'ta sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan toshma, eshakemi, angionevrotik shish.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosim o'zgarishlari, yurak ritmini o'zgarishi, yurak sohasidagi og'riqlar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, qo'rqinch hissi, holsizlik, tirishishlar, tremor, ko'pincha dori yuborish tezligi oshirilganda yuz beradi.
Laboratoriya ko'rsatkichlari: giperkaliemiya.
Endokrin bezlarning funktsiyasini buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Preparat insuinni va o'sish gormonining sekretsiyasini rag'batlantirishi mumkin. og'iz kurishi paydo bo'lganida qonda qand darajasini tekshirish kerak.
Elektrolitlar almashuvini buzilishlarida, buyrak kassaliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Agar preparatni qabul qilish fonida asteniya simptomlari oshib borsa, davolashni bekor qilish kerak.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Avtotransportni bonsharish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh aylanishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, shu tufayli homiladorlik davrida uni ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina qabul qo'llao' mumkin.
Emizish davrida preparatni qo'llanilishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.
Davolash: dozani oshirib yuborilish holatda preparatning infuziyasini to'statish kerak. Fiziologik reaktsiyalar va organizmning muhim funktsiyalarini ta'minlash monitoringini o'tkazish kerak. Zarur hollarda, ishqorlaydigan vositalar va diurezni tuzatish vositalari (saluretiklar), elektrolitlar eritmasi (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuborilishi kerak.
• buyrak funktsiyasini og'ir buzilishlari.
• giperxloremik atsidoz.
• anamnezda allergik reaktsiyalar.
• kaliytejovchi diuretiklar, shu jumladan spironolakton qo'llanishi.
• bolalar va 18 yoshgacha o'smirlarda ko'llash mumkin emas.
Oldindan kaliytejovchi diuretiklar qo'llanishi ham qonda kaliy kontsentratsiyasi darajasini oshishiga sharoit yaratishi mumkin. Aminofilin bilan bir vaqtda qo'llash qonda insulin darajasi oshishi mumkin.
Nomutanosiblik.
Preparat tiopental bilan nomutanosib.
Bolalar olomaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramda ko'rsatilgan yarotslilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Sutkalik doza - 100 ml eritma. Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishi og'ir buzilishlarida, aniq ifodalangan intoksikatsiya, gipoksiya holatlarida, astenik holatlarda dozani sutkasiga 200 ml.gacha oshirish mumkin.
Infuziya eritmasini yuborish maksimal tezligi soatiga 20 mmol' dan yuqori bo'lmasligi kerak.
Metabolik alkalozni davolash uchun dozani kuyidagi tarzda hisoblab chiqish mumkin: arginin gidroxlorid (mmol')/ ishqorlar (Be) qoldig'iga bo'lish (mmol'/l) va 0,3 ga ko'paytirish hamda tana vazni kg.ga ko'paytirish.
Preparatni yuborilishini hisoblab chiqilgan dozaning yarmidan boshlash kerak. Ehtimoliy qo'shimcha tuzatish yangilangan kislota-ishqor muvozanati natijalari olingandan so'ng amalga oshirilishi kerak.
Davolash: dozani oshirib yuborilish holatda preparatning infuziyasini to'statish kerak. Fiziologik reaktsiyalar va organizmning muhim funktsiyalarini ta'minlash monitoringini o'tkazish kerak. Zarur hollarda, ishqorlaydigan vositalar va diurezni tuzatish vositalari (saluretiklar), elektrolitlar eritmasi (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuborilishi kerak.
Emizish davrida dori vositasi qo'llanilishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.