94 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash152 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish115 900 s`om dan
Bron qilishTemir tarkibida yengil o`zlashtiriladigan Fe2+ mavjud bo`lib, u organizmidagi temir yetishmovchiligini to`ldirishga imkon beradi, bu klinik (xolsizlik, behollik, bosh aylanishi, taxikardiya, terini quruqligi) va laborator anemiya simptomlariga bosqichma-bosqich bartaraf bo’lishiga olib keladi.
Foliy kislotasi suyak iligida, shu jumladan eritroblastlarda qon hosil qiluvchi hujayralarning rivoglanishi uchun zarurdir. Temirning so’rilishini yaxshilaydi va shu bilan uning biologik faolligini oshiradi. Folik kislota immun tizimini rag’batlantiradi, oq qon hujayralarining normal shakllanishi va ishlashiga yordam beradi. Barcha organlarning to'g'ri shakllanishi uchun javobgardir, embrionning asab hujayralarining shakllanishini tartibga soladi, bu homilaning normal rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Vitamin B12 – organlar qon ishlab chiqarishi funksiyasini tartibga solishda muhim ahamiyatga ega: eritropoez jarayoni uchun zarur bo`lgan nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi. Sintez xisobiga organizmda oqsil to`planishni kuchaytirib, anabolik ta`sir ko`rsatadi.
Vitamin C – asab tizimining normal ishlashiga yordam beradi.C vitamini bir qator biologik faol moddalarning oksidlanishida, biriktiruvchi to'qima metabolizmini tartibga solishda, uglevod almashinuvida, qon ivishida va to'qimalarning yangilanishida ishtirok etadi, steroid gormonlar hosil bo'lishini rag'batlantiradi va kapillyarlarning o'tkazuvchanligini normallashtiradi. C vitamini organizmning infeksiyalarga nisbatan chidamliligini oshirishga yordam beradi, yallig'lanish jarayonini kamaytiradi.
- folik kislotasi va sianokobalamin (vitamin B12) etishmovchiligi;
- bir vaqtning o'zida foliy kislotasi va B12 vitaminlari yetishmasligi bilan temir tanqisligining oldini olish;
- surunkali qon ketishdan keying holatlarda (oshqozon-ichak traktidan, siydik pufagi, gemorroyoidal, meno- va metrorragiya);
- alkogolizm, infeksiyalar, antikonvulsantlar va kontratseptivlarni qabul qilish keying temir tansiqligi holatlari;
- homiladorlikning II-III uch oyligida, tug'ruqdan keyingi davrda va emizishda temir va foliy kislotasi yetishmasligining oldini olish.
Temir tanqisligi holatilarida - kuniga 1 tabletkadan 2 maxal.
Davolash kursi: gemoglobin miqdori normallashtirilgunga qadar, so'ngra 3 oy davomida kuniga 1 tabletadan.
Profilaktika maqsadida - kuniga 1 tabletkadan 1 maxal.
Homiladorlik paytida - kuniga 1 tabletkadan 2 maxal va laktasiya davrida kuniga 1 tabletkadan 1 maxal.
Alkogolizm, infektsiyalar, oshqozon-ichak jarrohligi, polimenoreya natijasida kelib chiqqan gipovitaminoz va temir etishmovchiligi anemiyasida - kuniga 1 tabletkadan 3 maxal.