×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Fersikard Kids tomchilari 100ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Bolalar uchun metabolik vosita
Faol modda:
Карнитин, Омега-3, коэнзим Q10
Ishlab chiqaruvchi:
- «GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Vakil:
- Synergy Pharmco MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 25 ta dorixonasida topildi

ico 170 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Saqlash shartlari namlik va yorug'likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) qadoqlash va flakonlarda ko'rsatilgan. Yaroqlilik muddati o'tgandan keyin foydalanmang!
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 ml li shishadagi sirop, karton qutidagi yo'riqnoma bilan.
50 ml shisha ichidagi tomchi, karton qutidagi yo’riqnomada
L-karnitin –asab to'qimalarining zararli omillarga (shu jumladan,gipoksiya, travma, intoksikatsiya) chidamliligini oshiradi, ketokislot va anaerobik glikoliz shakllanishini to’rmozlaydi, laktat asidoz darajasini pasaytiradi. Miya gemodinamikasining qayta tiklashga va qon aylanishi buzilgan hududga qon aylanishini oshirishga yordam beradi, anabolik ta'sirga ega. Uzoq muddatli zo'riqishdan yuzaga kelgan charchoqni kamaytiradi, ta'naning chidamliligini oshiradi, kuchni tiklash uchun zarur bo'lgan vaqtni qisqartiradi, tetiklantiruvchi xusussiyatga ega.

Koenzim Q10 (ubiquinon) - har bir hujayrada mavjud bo'lgan va tananing energiya ta'minoti jarayonlarida muhim rol o'ynaydigan oqsilli katalizator. Koenzim Q10-tana hujayralarini zarur biokimyoviy komponentlar bilan ta'minlash zanjirida muhim ahamiyatga ega bo'lib, kisloroddan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Bu antioksidant xususiyatlarga ega va radiasiya, stress, kimyoviy moddalar ta'sirida inson tanasida hosil bo'lgan erkin radikallarning zararli ta'sirini bartaraf qiladi. Q10 koenzimi yurakni himoya qilish xususiyatiga ega, shuningdek immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi, qon bosimini normallantiradi, qarish jarayonlarini kechiktiradi. Taxminan 30 yoshgacha bizning tanamiz Q10 koenzimining kerakli miqdorini shakllantirish bilan mustaqil ravishda kurashadi. Xayot davomida, shuningdek, ayrim kasalliklarda to'qimalarda uning darajasi kamayadi. Bu tananing energiya muvozanatini buzadi. Bunday yetishmovchilikning oqibatlari holsizlik, apatiya, depressiya, shuningdek, yurak mushagi, jigar, buyrak va boshqa organlarning buzilishidir. Shuning uchun, ayniqsa, 30 yoshdan kattaroq odamlar uchun ovqat rasioniga kiritilishi kerak. Ubixinon hujayra darajasida qarish jarayonlarini sekinlashishga olib keladi.

Dokozageksaenik kislota (DHA), Omega 3 sinfidagi almashtirib bo’lmaydigan to'yinmagan yog'li kislotadir. Eykozapentaenik kislota (EPA) bilan bir qatorda, u inson salomatligi uchun eng muhum Omega-3 almashtirib bo’lmaydigan to'yinmagan yog'li kislotalardan biridir. DHA bolaning miyasi va ko'rish qobiliyatini shakllantirish uchun muhimdir, miya qon aylanishi uchun foydalidir, asab tizimining funksional holatini yaxshilaydi. DHA miyaning kulrang moddasi, ko'zning to'r pardasi va hujayra membranalarining muhim tarkibiy qismidir. Yallig'lanishga qarshi va antioksidant ta'sirga ega. Lipid metabolizmiga foydali ta'sir ko'rsatadi. DHA yetishmasligi bolalarning normal rivojlanishining buzilishiga olib keladi; o'sish va o’rganizmning rivojlanishining ortda qolishiga, bolalarda kognitiv funksiyalarning buzilishiga, bolalarda o'rganishda diqqatni jamlashi qiyinlashishiga, tez-tez kayfiyatni o'zgarishiga.

Dokozageksaenik kislota (DHA), Omega-3 almashtirib bo’lmaydigan to'yinmagan yog ' kislotasi.

DHA bolaning miyasi va ko'rish qobiliyatini shakllantirish uchun muhimdir, miyada qon aylanishini yaxshilaydi, asab tizimining funksional holatini yahshilaydi, neyronlardan signal o’tishini ta’minlaydi va neyromediatorlarning sintezini yaxshilaydi. DHA miyaning kulrang moddasi, ko'zning to'r pardasi va hujayra membranalarining muhim tarkibiy qismidir. DHA miyada mavjud bo'lgan Omega-3 yog 'kislotalarining 90 foizini va miyaning umumiy yog' tarkibiy qismining 25 foizini tashkil qiladi. DHA yetishmovchiligi bolalarning normal rivojlanishining buzilishiga olib keladi, xususan, bolalarning kognitiv funksiyalarining buzilishiga olib keladi, bolaning o'rganish jarayonida diqqatni jamlashni qiyinligi, tez-tez kayfiyat buzulishi va giperaktivlik belgilari namoyon bo'ladi. DHA darajasi og'ir depressiyalarda miya to'qimalarida kamayadi. DHA yallig'lanishga qarshi va antioksidant ta'sirga ega, lipidlar metabolizmiga foydali ta'sir ko'rsatadi. Hayotning birinchi kunlarida miya tuzilmalarini shakllanishi uchun juda muhimdir. Chaqaloq ona suti orqali DHA olishi mumkin. Optimal doz kilogramm vazniga 4,5-5,5 milligrammni tashkil qiladi. Homilador ayollar uchun tavsiya etilgan qabul qilish darajasi 150-200 milligrammgacha tashkil qiladi.

L-karnitin tartrat - 100 mg

Koenzim Q10 - 3mg

Omega-3 (dokozageksaenik kislota ,DHA) - 100 mg

Odatda yaxshi so’riladi. Kamdan-kam hollarda: allergik reaksiyalar, holsizlik.
Quyidagi kasalliklar va holatlarning oldini olish va kompleks davolashda tavsiya etiladi:

·       tug'ruq travmalari yoki asfiksiyani boshdan kechirgan erta tug'ilgan va yangi tug'ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishda;

·       sust emish refleksi va vazn yetishmovchiligi, mushak tonusining pasayishi, harakat va aqliy funksiyalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, shuningdek, xavf guruhida bo'lgan bolalarda ushbu kasalliklarning oldini olish uchun ;

·       16 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda o'sishning orqada qolishida va tana vaznining yetishmasligi .

·       1 yoshdan boshlab bolalarda: dilatasion kardiyomiyopatiya, aritmiya, surunkali gastroduodenit, surunkali pielonefrit, metabolik nefropatiya, migren, neyrosirkulyator distoni, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar (mitoxondriyal ensefalomiyopatiya (Melas sindromi), Leyga sindromi, tuberoz skleroz), tug'ma miyopatiyalar, mushak distrofiyalari, metabolik kasalliklar bilan bog'liq kasalliklar (astenik sindrom, og'ir kasalliklar va jarrohlik aralashuvlardan keyin tiklanish davri).

·       yurak operasiyalariga tayyorgarlik davri (tug'ma va orttirilgan nuqsonlar)

·       jismoniy yuklamani ortishiga moslashishni yaxshilash.

·       koenzim Q10, levokarnitin va Omega 3 (shu jumladan bolalar uchun, homiladorlik va emizish davrida) yetishmovchiligini oldini olish va to'ldirish uchun.


Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Namlik va quyosh nuridan himoyalangan joyda 250С dan yuqori bo'lmagan haroratda va bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

1 yoshgacha -10 tomchidan 1-2 mahal

1- 3 yosh -15 tomchidan 1-2 mahal

4 - 5 yosh -15 tomchidan 2-3 mahal

6 – 7yosh - 20 tomchidan 2-3 mahal

8-12 yosh - 30 tomchidan 2-3 mahal

12 yoshdan katta - 30-40 tomchidan 2-3 mahal         

Tomchi ovqatdan keyin ichiladi, song yetarli miqdorda suv ichilishi shart.

Kasallikning ogi’rligiga va terapevtik ta'sirga qarab kurs davomiyligi 1- 3 oy.



Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Fersikard Kids tomchilari 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Fersikard Kids tomchilari 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Fersikard Kids tomchilari 100ml dori vositasi «GRICAR CHEMICAL S.r.l.» tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Fersikard Kids tomchilari 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Fersikard Kids tomchilari 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FERSIKARD tabletkalari N30
Narh: 143 300 so'mdan Batafsil
Narh: 105 200 so'mdan Batafsil
Narh: 113 000 so'mdan Batafsil
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
Narh: 153 900 so'mdan Batafsil
Feramin kids tomchilari 50ml
Narh: 143 200 so'mdan Batafsil
Narh: 133 000 so'mdan Batafsil
Narh: 144 900 so'mdan Batafsil
Narh: 140 500 so'mdan Batafsil
Narh: 113 700 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9