QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GELREM®
GELREMUM
Preparatning savdo nomi: Gelrem®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): maydalangan qalampir munchoq g‘unchalari, tog‘dastarbosh gullari, tog‘dastarbosh gullari quruq ekstrakti, maydalangan achchiq ermon o‘ti, achchiq ermon o‘ti quruq ekstrakti, kalsiy stearati yoki magniy stearati.
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
maydalangan qalampirmunchoq g‘unchalari, tog‘dastarbosh gullari, tog‘dastarbosh gullari quruq ekstrakti, maydalangan achchiq ermon o‘ti, achchiq ermon o‘ti quruq ekstrakti, kalsiy stearati yoki magniy stearati.
Ta‘rifi: och-jigarrangdan to‘q jigarranggacha bo‘lgan o‘ziga hos qalampirmunchoq hidli, quruq ekstraktlar va maydalangan o‘simliklar aralashmasi bilan to‘ldirilgan, to‘q sariq rangli, “0” o‘lchamli, qattiq jelatinli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.
ATX kodi: R02
Farmakologik xususiyatlari
Dorivor o‘simliklarning quruq ekstrakti va kukunidan tashkil topgan preparat zaharliligi kam bo‘lgan modda bo‘lib, kuchli ifodalangan gijjalarga qarshi va o‘t haydovchi ta‘sirga ega. Gijjalarga qarshi ta‘siridan tashqari, me‘da-ichak yo‘llarining funksional holatini yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
Gijja invaziyalarida, hamda ularning yuqishi havfida, shuningdek me‘da-ichak yo‘llarining buzilgan faoliyatini me‘yorlashtirish uchun qo‘llanadi. Uni gepatit, enterokolit va gipoasid gastritda ham qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – askaridalarda, ostrisalarda 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta, ovqatdan 30 minut oldin qo‘llanadi.
Gastrit va kolitlarda 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta, ovqatdan 30 minut oldin qo‘llanadi.
Davolash kursi 1-2 hafta. Zarurati bo‘lsa, davolayotgan shifokor nazorati ostida 0.4 g li 2 kapsulani haftada bir marta, 2-3 oy davomida qo‘llash tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik va laktasiya davri, erta bolalik yoshi va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmain.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 0,4 g dan kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.