×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALOTREM eritma 10ml 1000mg/10ml N1

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Левокарнитин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A16AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N36 Альфасигма С.п.А. Italiya
534 600 s`om dan
MAGVIT kapsulalar N30 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
27 000 s`om dan
106 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALOTREM eritma 10ml 1000mg/10ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALOTREM

ALOTREM

Preparatning savdo nomi: Alotrem

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Levokarnitin

Dori shakli: Ichga qabul qilish uchun eritma.

Tarkibi:

10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Levokarnitin – 1 g.

Yordamchi moddalar: 70% sorbitol eritmasi, metilparaben Ye218, saxarin natriy, suvsiz natriy sitrati, apelsin hushbo‘yi, xlorid kislotasi (kerakli rN darajasini hosil qilish uchun), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, apelsin hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

ATX kodi: A16AA01

Farmakologik xususiyatlari

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun preparat. L-karnitin – V guruhi vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy modda. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, sitoplazmadan hujayra membranalari orqali mitoxondriyaga uzun zanjirli yog‘ kislotalarni (shu jumladan, palmitin) tashuvchisi sifatida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar oksidlanadi (beta-oksidlanish) va katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qiladi. Qonninng ishqoriy zahirasini to‘ldiradi, gemodinamikaning serebral autoregulyasiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan ta‘minlanishini oshishiga yordam beradi, shikastlangan o‘choqda reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatadi, apoptozning rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi. Oqsil va yog‘ almashinuvini me‘yorlashtiradi, tananing ortiqcha vazni, hamda mushaklardagi yog‘larning miqdorini kamaytiradi, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni va harakat faolligini oshiradi. Me‘da va ichak shirasining sekresiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda oshgan asosiy almashinuvni me‘yorlaydi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalarga kiradi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Buyraklar orqali (24 soatda 80% dan ko‘prog‘i) asosan asil efirlari ko‘rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.

Qo‘llanilishi

Preparat karnitin tanqisligida kattalar, bolalar va chaqaloqlarda qo‘llanadi:

  • karnitinni ikkilamchi tanqisligida (gemodializ o‘tkazgan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan, uning sarflanishi keskin oshishi bilan bo‘lgan gipoksiyada, difteriyada, skelet mushaklarining kuchsizligi va miopatiyali pasientlarda);
  • to‘liq parenteral ovqatlanishda bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalarda;
  • anoreksiyada, bolalarda, tana vazni yetarli darajada oshmaganida va o‘sishni kechikishida;
  • o‘tkir miokard infarkti fonidagi miokardning metabolizmini buzilishi;
  • kardiogen shoki oqibatidagi gipoperfuziya holatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan oldin 100 ml sovutilgan qaynatilgan suvda suyultiriladi.

Adekvat dozani aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va asil levokarnitinni konsentrasiyasini aniqlab, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Karnitinning plazmadagi konsentrasiyasi 35-60 mkmol/l ni tashkil etadi. Plazmada asil va erkin levokarnitinning nisbati normada 0,35 ni tashkil etadi.

Sutkalik doza pasientning yoshi va tana vazniga bog‘liq.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat sutkada 2-3 g dozada buyuriladi.

6-12 yoshdagi bolalarga – sutkada 75 mg/kg.

2-6 yoshdagi bolalarga – sutkada 100 mg/kg.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 150 mg/kg dozada buyuriladi.

Birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida doza moddalar alshmashinuvining tug‘ma buzilishi darajasi va davolash davrida yaqqollik darajasiga bog‘liq. Ko‘pgina hollarda ichga qabul qilish uchun tavsiya etilgan dozasi 2-4 qabulda sutkada 100-200 mg/kg ni tashkil etadi. Agar klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar yaxshilanmasa, doza qisqa muddatga oshirilishi mumkin.

O‘tkir metabolik dekompensasiyada preparat yuqori dozalarda – sutkada 400 mg/kg dozada buyuriladi.

Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlarda karnitinni ikkilamchi tanqisligida preparatini sutkada 1 g dozada samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og‘riq hissi, dispeptik simptomlar.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak kuchsizligi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni qandli diabetda, homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida juda zarur bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni qabul qilayotganini aniqlash kerak. Preparatni turli anabolik vositalari, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikka ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Xolinning juda yuqori dozalari levokarnitin sintezini va faolligini tormozlaydi. Glyukokortikoidlar levokarnitinni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga olib keladi. Anabolik vositalar karnitinini samarasini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni adekvat dozasini aniqlash uchun qon plazmasida va siydikda erkin va asil levokarnitining konsentrasiyasini tekshirib, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Levokarnitin o‘rganib qolishni chaqirmaydi, chunki odam organizmining endogen moddasi hisoblanadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga preparatni yuborish, gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, bu toifa pasientlarni preparat bilan davolash vaqtida, gipoglikemik preparatlarning dozalash tartibini darhol muvofiqlashtirish uchun qonda glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilish lozim.

Preparat avtotransportni boshqarish qobiliyatiga va boshqa potensial xavfli faoliyat turlariga ta‘sir qilmaydi.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya.

Davolash: simptomatik davolash, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma 1000 mg/10 ml va 50 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalar berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALOTREM eritma 10ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALOTREM eritma 10ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALOTREM eritma 10ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi Remedy Group OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALOTREM eritma 10ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALOTREM eritma 10ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KAROVEL eritmasi 5 ml 1 g / 5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş., Турция произведено: İdol İlaç Dolum San. ve Tic. A.Ş.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 87 400 so'mdan Batafsil
VIVOKARNIT tabletkalari 500 mg N20
ELVOKARIN eritma 5ml N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N10
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5
ALMIBA sirop 120ml 400mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Miquel Y Garriga S.L.
  • Vakil: Grand Medical Group AG
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N10
ZEVRITIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 121 000 so'mdan Batafsil
ZEVRITIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 106 400 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 101 800 so'mdan Batafsil
KARTAN eritma dlya priema vnutr 10ml 1g/10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 100ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 10ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
ELKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик-Фарма, ООО произведено Эллара,ООО
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
IZIKAR eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ALMIBA inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/5 ml N5
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Makcur Laboratories Ltd., Индия для Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
METAKARTIN eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
  • Vakil:
Narh: 85 600 so'mdan Batafsil
LEVOKAR eritma 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
KARNILEV eritma dlya priema vnutr 1g N10
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
KARNILEV inyeksiya uchun eritma 1g N5
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
L VIAVA eritma dlya priema vnutr 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
TENZAL tabletkalari 5mg N30
TENZAL tabletkalari 10mg N30
LINOZID tabletkalari N30
NOVIRUS granuli 2,0g N10
ALLEGRA tabletkalari N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9