64 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash110 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish66 500 s`om dan
Bron qilishTIBBIY PREPARATNI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Ginofort® 2%, vaginal krem
Butokonazol nitrati
Preparatni qo‘llashdan oldin uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing.
Ushbu yo‘riqnoma quyidagi ma‘lumotni saqlaydi:
Oldindan to‘ldirilgan har bir shpris-applikator tarkibida taxminan 5 g vaginal krem mavjud bo‘lib, uning tarkibida taxminan 100 mg butokonazol nitrati – zamburug‘larga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi faol modda saqlanadi.
Ginofort® 2% vaginal kremi Candida albicans (zamburug‘larning bir turi) va Candida boshqa turlari keltirib chiqaradigan vulvovaginal zamburug‘li infeksiyalarni mahalliy davolash uchun qo‘llaniladi.
Zamburug‘li infeksiya simptomlari tashqi jinsiy a‘zolarni qizarishi va biroz shishini, shuningdek shu sohada qichishish, achishish va yuqori ta‘sirchanlikni o‘z ichiga oladi. Infeksiya qindan ajralmalar chiqishi, tvorogsimon xususiyatga ega karash hosil bo‘lishi, shuningdek siyish yoki jinsiy aloqa vaqtida og‘riq paydo bo‘lishi bilan birga kechishi mumkin.
Quyidagi hollarda Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llash tavsiya etilmaydi:
Ginofort® 2% vaginal kremidan foydalanilganda paytida ehtiyotkorlik choralariga rioya eting
Ginofort® 2% vaginal kremi tarkibida mineral moy mavjud bo‘lib, u lateks yoki rezinadan ishlab chiqarilgan buyumlarga, xususan prezervativlar yoki qin diafragmalariga shikastlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun Ginofort® 2% vaginal kremi qo‘llanilgandan keyin 72 soat (3 kun) davomida ulardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qaytalanuvchi vaginal achitqi infeksiyasi, ayniqsa uning davolashga qiyin beriladigan turi mavjudligi odam immunotanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi bilan bog‘liq havf guruhidagi ayollarda OIV infeksiyasining dastlabki simptomi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llashdagi vaqtida ehtiyotkorlik choralari
Umumiy ehtiyotkorlik choralari
Agar, davolashga qaramay, klinik simptomlar yo‘qolmasa, dastlabki tashhisni tasdiqlash va qaytalanuvchi vaginal achitqi infeksiyani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarni istisno etish uchun laboratoriya tekshirishlari qayta o‘tkazilishi kerak.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
Ginofort® 2% vaginal kremini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llash havfsizligi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar mavjud emas. Jinsiy faol yosh (14-18 yosh)dagi o‘smirlarga preparatni buyurish har bir muayyan holda uni qo‘llash bilan bog‘liq havf va bundan kutilayotgan foyda nisbatini baholashni talab qiladi, chunki preparatni mazkur yosh guruhida qo‘llash tajribasi cheklangan.
Boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanilishi
Agar siz boshqa har qanday preparatlarni, shu jumladan reseptsiz dori vositalarini hozirda qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar qiling.
Shu bilan bir vaqtda, Ginofort® 2% vaginal kremining boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud emas, uning tarkibiga kiradigan mineral moy bundan mustasno bo‘lib, u lateks yoki rezinadan ishlab chiqarilgan buyumlarga shikastlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Dori preparatlarini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Ginofort® 2% vaginal kremini homiladorlarga homiladorlikning birinchi uch oyligida, shuningdek jinsiy hayot bilan yashayotgan bola tug‘ish yoshidagi ayollarga, agar ular kontrasepsiya vositalaridan foydalanmayotgan bo‘lsalar, qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida Ginofort® 2% vaginal kremi faqat kutilayotgan foydaning davolashda bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfga nisbatini sinchkov tahlil qilingandan keyin shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llanishi mumkin.
Emizish davri
Preparatning faol moddasi ko‘krak sutiga o‘tishi yoki o‘tmasligi hozirgi vaqtda ma‘lum emas. Shu sababli emizish davrida vaginal kremni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Ginofort® 2% vaginal kremi avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Ginofort® 2% vaginal kremining ayrim komponentlari to‘g‘risida muhim ma‘lumot
Ginofort® 2% vaginal kremi tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan biri – propilen glikol teri qichishishini keltirib chiqarishi mumkin. Metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llash bo‘yicha shifokor ko‘rsatmalariga har doim qat‘iy rioya qiling. Agar preparatni to‘g‘ri qo‘llayotganingizga ishonch hosil qilmasangiz, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Oldindan to‘ldirilgan, bir martalik, bir dozali shpris-applikator tarkibida taxminan 5 g vaginal krem saqlaydi.
Dozalash usuli: shpris-applikator ichidagi kremni to‘laligicha bir martada, eng ma‘quli – kechki vaqtda yuboring.
Krem bilan oldindan to‘ldirilgan, bir martalik shpris-applikatordan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
1-qadam. Shpris-applikatorni tayyorlash
Shpris-applikatorni mahkam ushlab turib, porshenni to‘liq chiqarish uchun halqani torting (1-rasmga qarang).
2-qadam. Shpris-applikatorni qinga kiriting.
3-qadam. Kremni yuborish
Ginofort® 2% vaginal kremi faqat intravaginal qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar Siz kremni tasodifan yutib yuborgan bo‘lsangiz, darhol bu haqida shifokoringizga xabar qiling.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash
Ginofort® 2% vaginal kremini 14 yoshga to‘lmagan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llashning samarasi va xavfsizligi yetarlicha o‘rganilmagan. Jinsiy faol yosh (14-18 yosh)dagi o‘smirlarga preparatni buyurish uni qo‘llash bilan bog‘liq xavf va bundan kutilayotgan foyda nisbatini baholashni talab qiladi.
Agar siz Ginofort® 2% vaginal kremini navbatdagi qo‘llash muolajasini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Ginofort® 2% vaginal kremi bir dozali preparat hisoblanadi. Agar kasallik simptomlari yo‘q bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Agar siz Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llashni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Ginofort® 2% vaginal kremi bir dozali preparat hisoblanadi. Agar preparat qo‘llangandan keyin oradan bir necha kun o‘tgach kasallik simptomlari yo‘q bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Agar Sizda ushbu preparati qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga yoki provizorga murojaat qiling.
Barcha dori preparatlari kabi, Ginofort® 2% vaginal kremi ham cheklangan pasientlarda nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Klinik tadqiqotlarning natijalari va postregistrasion hisobotlarga ko‘ra, quyidagi shikoyatlar ayniqsa ko‘p qayd etiladi (³5%): qinda achishish, qichishish, yallig‘lanish va shish, chanoq sohasida yoki qorinning pastida og‘riq, qorinning pastida spazmlar yoki sanab o‘tilgan simptomlardan ikkitasi yoki undan ortig‘i majmuasi.
Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llashda yuz beradigan mahalliy nojo‘ya samaralar vulvovaginal zamburug‘li infeksiya simptomlariga juda o‘xshash. Agar davolash jarayonida simptomlar yo‘q bo‘lmasa, davolovchi shifokoringizga iloji boricha tez murojaat qiling.
Allergik reaksiyalar (yuqori sezuvchanlik reaksiyalari) har qanday dori preparatlari qo‘llangan holda yuzaga kelishi mumkin
Shu sababli, agar Sizda terini qizarishi yoki kepaklanishi, teri yoki shilliq pardaning shikastlanishi yoki allergik toshma (eshakemi) singari allergik reaksiya simptomlari yuzaga kelgan bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga iloji boricha tez murojaat qiling.
Agar nojo‘ya samaralar ta‘siri kuchaygan yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qo‘shimcha nojo‘ya samaralarni qayd etgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
250S dan yuqori haroratda saqlashga yo‘l qo‘ymang.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin preparatni qo‘llamang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Preparatni kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlamang. Keraksiz preparatdan xalos bo‘lish yo‘lini provizordan so‘rang. Bunday choralar atrof-muhitni asrash uchun kurashda yordam beradi.
Ginofort® 2% vaginal kremining tarkibiga nima kiradi
Ginofort® 2% vaginal kremi qanday ko‘rinishga ega va o‘ram tarkibiga nimalar kiradi
Ginofort® 2% oq rangdan deyarli oq ranggacha, yot zarrachalardan xoli va ko‘zga tashlanadigan qatlamlarsiz yumshoq gomogen kremdir.
5 g vaginal krem polipropilen applikatorda. 1 applikator polistirol penal ichiga joylangan va so‘ng laminasiyalangan paketga o‘ralgan. Paket tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.