×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARDUAN poroshok 4mg N25

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Пипекурония бромид
Qadoqda soni:
- 25
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер, ОАО
ATX kodi:
- M03AC06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 925 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
ALENDRA tabletkalari 70mg N4 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
105 900 s`om dan
IBRA tabletkalari N30 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
78 000 s`om dan
MUSKOMED kapsulalar 8mg N20 World Medicine Ltd Buyuk Britaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARDUAN poroshok 4mg N25 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(MUTAXASSISLAR UCHUN)

 

  1. PREPARATNING NOMI

ARDUAN in‘eksiya uchun eritma bilan liofilizasiya qilingan kukun, 4,0mg

ARDUAN

XPN: pipekuroniy bromidi (pipecuronium bromide)

 

  1. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

Har bir flakonda 4 mg pipekuroniy bromidi saqlanadi.

Yordamchi moddalar ro‘yxati: 6.1 bo‘limiga qarang.

  1. DORI SHAKLI

In‘eksiya uchun eritma bilan liofilizasiya qilingan kukun.

Oq yoki deyarli oq liofilizat.

Erituvchi – rangsiz va tiniq eritma.

  1. KLINIK XUSUSIYATLARI
    • Qo‘llanilishi

20-30 minutdan ortiq miorelaksasiyani talab qiluvchi turli jarrohlik operasiyalari jarayonida umumiy anesteziyada endotraxeal intubasiyadan oldin va skelet mushaklarini relaksasiyasi uchun qo‘llaniladi.

4.2 Qo‘llash usuli va dozalari

Boshqa nerv-mushak blokatorlari kabi, Arduanning dozasini anesteziya turi, jarrohlik aralashuvining taxminiy davomiyligi, anesteziyadan oldin va anesteziya vaqtida qo‘llanadigan boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri, yondosh kasalliklar va bemorning umumiy holatini hisobga olgan holda, har bir bemor uchun shaxsiy ravishda tanlanadi. Nerv-mushak blokini nazorat qilishni ta‘minlash uchun periferik nervlarni rag‘batlantiruvchi vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Vena ichiga qo‘llansin.

Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalari:

  • intubasiya va undan keyingi jarrohlik aralashuvi uchun boshlang‘ich doza: tana vazniga 0,06-0,08 mg/kg, 150-180 sekund davomida intubasiya uchun yaxshi/a‘lo sharoitlarni ta‘minlaydi, bunda mushaklar relaksasiyasining davomiyligi 60-90 minutni tashkil qiladi;
  • suksinilxolinni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan intubasiyada miorelaksasiya uchun boshlang‘ich doza: 0,05 mg/kg, 30-60 minutlik miorelaksasiyani ta‘minlaydi;
  • tutib turuvchi doza: 0,01-0,02 mg/kg, jarrohlik operasiyasi vaqtida 30-60 minutlik miorelaksasiyani ta‘minlaydi;
  • buyrak faoliyati yetishmovchiligida 0,04 mkg/kg dozadan ortiq dozalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Quyidagi hollarda ta‘sirini uzaytirish mumkin:

  • ortiqcha tana vazni, semizlik (dozani tanlashda ideal tana vaznidan kelib chiqib, hisoblash kerak);
  • ingalyasion anestetiklarni bir vaqtda qo‘llanishi (Arduanning dozasini kamaytirish mumkin);
  • suksinilxolin bilan o‘tkazilgan intubasiya vaqtida (Arduanni suksinilxolinning ta‘sirini klinik belgilari yo‘q bo‘lganidan keyin yuboriladi. Boshqa qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar kabi qutbsizlanadigan miorelaksantlarni yuborishdan keyin, Arduanni yuborish miorelaksasiya uchun kerakli vaqtni qisqartirishi va maksimal samaraning davomiyligini uzaytirishi mumkin).

Samarasini to‘xtatish: Periferik nervlarni rag‘batlantiruvchi vositalari yordamida o‘lchanadigan 80-85% blokada vaqtida yoki klinik belgilar bo‘yicha aniqlanadigan qisman blokada vaqtida atropinni (0,5-1,25 mg) neostigmin (1-3 mg) yoki galantamin (10-30 mg) bilan majmuada qo‘llash Arduanning miorelaksasiyalovchi ta‘sirini to‘xtatadi.

4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning ta‘sir qiluvchi yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

4.4 Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni nafas mushaklariga ta‘sir qilishi sababli, preparatni faqat sun‘iy nafas o‘tkazish imkoni bor sharoitlarda va sun‘iy nafas o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis ishtirokida qo‘llash kerak.

Tibbiy adabiyotlarda miorelaksantlarni qo‘llashda anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar xollari ta‘riflangan. Arduanning bunday ta‘siri haqida xabarlar yo‘qligiga qaramasdan, preparatni faqat bunday holatlarni davolashga darhol kirishish mumkin bo‘lgan sharoitlarda qo‘llash kerak.

Arduanning miorelaksasiyani chaqiruvchi dozalari sezilarli kardiovaskulyar samaralarga ega emas va ba‘zi boshqa anestetiklardan farqli ravishda vagus refleksi oqibatidagi bradikardiyani deyarli chaqirmaydi.

Yuqoridagilarni hisobga olib, premedikasiya maqsadlarida vagolitik preparatlarni qo‘llash va dozalash, oldindan sinchkov baholashni talab etadi; shuningdek bir vaqtda qo‘llanilayotgan dori preparatlarining vagusga rag‘batlantiruvchi ta‘siri va operasiya turini hisobga olish kerak.

Preparatning dozasini nisbiy oshirib yuborilishi va mushak faolligini tiklanishini muvofiq nazoratini ta‘minlash uchun periferik nervlarning rag‘batlantiruvchilarini qo‘llash tavsiya etiladi.

Arduanning farmakokinetikasi va/yoki miorelaksasiyalovchi samarasiga quyidagi omillar ta‘sir qilishi mumkin:

Buyrak yetishmovchiligi preparatning ta‘sir qilish vaqti va bemorning “qaytishi” deb ataladigan vaqtini uzaytiradi.

Nerv-mushak kasalliklari: bunday holatlarda preparatning ta‘siri kuchayishi ham, susayishi ham mumkinligi sababli, Arduanni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Og‘ir darajali miasteniya yoki Iton-Lambert sindromida Arduanning kichik dozalari yaqqol namoyon bo‘lgan samarani chaqirishi mumkin. Bunday bemorlarga bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararni sinchiklab baholagandan keyin preparatni juda kam dozalarda buyuriladi.

Jigar kasalliklari: Arduanni faqat kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Xavfli gipertermiya: Arduanni tekshirish jarayonida ham, klinik amaliyotda ham xavfli gipertermiya kuzatilmagan. Miorelaksantni hech qachon boshqa dori preparatlarisiz qo‘llanmasligi, shuningdek ushbu sindrom ma‘lum xavf omillari yo‘qligida rivojlanishi mumkinligi sababli, shifokor sindromning ilk belgilari, uni tashhislash usullari va davolash haqida bilishi kerak.

Boshqalar:

Boshqa miorelaksantlarda bo‘lgani kabi, elektrolitlar balansi va kislota-asos holatini normallashtirish kerak.

Gipotermiya Arduanning ta‘sirini uzaytirishi mumkin.

Gipokaliemiya, digitalizasiya, diuretiklarni qabul qilish, gipermagniemiya, gipokalsiemiya (transfuziya), degidratasiya, asidoz, gipoproteinemiya, giperkapniya, kaxeksiya holati Arduanning ta‘sirini kuchaytirishi va uzaytirishi mumkin.

Boshqa miorelaksantlar kabi, Arduan parsial tromboplastin va protrombin vaqtini kamaytirishi mumkin.

Faqat yangi tayyorlangan eritmani qo‘llash kerak.

4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Quyidagi dori preparatlari Arduanning ta‘siriga ta‘sir qilishi mumkin.

  1. Ta‘sirini kuchaytiradi yoki uzaytiradi:
  • ingalyasion anestetiklar (galotan, metoksifluran, efir, enfluran, izofluran, siklopropan);
  • vena ichiga yuboriladigan og‘riqsizlantiruvchi vositalar (ketamin, fentanil, propanidid, barbituratlar, etomidat, γ-gidroksimoy kislotasi);
  • boshqa qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar, oldin suksinilxolinni qo‘llanishi;
  • ba‘zi antibiotiklar va ximioterapevtik preparatlar (aminoglikozidlar, peptidlar, imidazollar, metronidazol va boshqalar);
  • diuretiklar, α- va β-blokatorlar, tiamin, MAO ingibitorlari, guanidin, protamin, fenitoin, kalsiy kanallarining antagonistlari, magniy tuzlari, vena ichiga yuborish uchun lidokain.
  1. Ta‘sirini susaytiradi:
  • oldindan uzoq muddat davomida glyukokortikosteroidlar, neostigmin, edrofoniy, piridostigmin, noradrenalin, azatioprin, teofillin, KCl, NaCl, CaCl2 ni qo‘llash.
  1. Ta‘sirini kuchaytiradi yoki susaytiradi:
  • Oldindan qutbsizlantiruvchi miorelaksantlarni qo‘llash (doza, qo‘llash vaqti va shaxsiy o‘zlashtiraolishlik rol o‘ynaydi).

 

4.6 Homiladorlik va laktasiya

Arduanni homiladorlar va homila uchun xavfsizligini tasdiqlash uchun yetarli tajriba yo‘q.

Homiladorlik vaqtida Arduanni faqat kutilayotgan yaxshi samara xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Magniy tuzlari nerv-mushak blokini kuchaytirishi mumkinligi sababli, toksikozni davolash uchun bunday preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda miorelaksasiyalovchi samarani dorilar yordamida to‘xtatish yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda albatta periferik nervlarni rag‘batlantiruvchi vositalarni qo‘llash kerak.

Kesarev kesish

Umumiy anesteziya uchun Arduanni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, u Apgar ko‘rsatkichi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning mushak tonusi va kardiovaskulyar adaptasiyasini o‘zgartirmasligi taxmin qilinadi.

Farmakokinetik tadqiqotlarda pipekuroniy bromidi yo‘ldosh orqali juda kam konsentrasiyalarda o‘tishi va kindik qonida aniqlanishi aniqlangan.

Arduanni laktasiya davrida qo‘llash bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q.

4.7 Preparatning avtomobilni va ishlovchi mashinalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Arduanning miorelaksasiyalovchi ta‘siri to‘xtaganidan keyin birinchi 24 soatda avtomobilni boshqarish va shikastlanishning yuqori xavfi bilan bog‘liq boshqa mashinalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

4.8 Nojo‘ya ta‘siri

Nojo‘ya samaralar jadvalidagi ro‘yxat quyidagi tez-tezlik toifalari bo‘yicha tuzilgan:

Juda tez-tez (≥1/10)

Tez-tez (≥1/100 – <1/10)

Tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100)

Kam (≥1/10000 – <1/1000)

Juda kam (<1/10000), noma‘lum (yoki ma‘lum axborotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi)

“Juda kam” tez-tezlikda quyidagi nojo‘ya samaralar haqida xabarlar mavjud

A‘zolar yoki a‘zolar tizimining belgilari Juda tez-tez Tez-tez Tez-tez emas Kam Juda kam
Immun tizimi tomonidan belgilar         Anafilaktik reaksiya*
Moddalar almashinuvi tomonidan belgilar va alimentar sindromlar         Tetaniya
Ruhiyat tomonidan belgilar         Uyquchanlik
Nerv tizimi tomonidan belgilar         Falajlar
Ko‘z va ko‘rish tomonidan belgilari         Blefarit
Yurak tomonidan belgilari         Aritmiya, bradikardiya, yurak faoliyatini susayishi (bostirilishi), taxikardiya va qorinchalar fibrillyasiyasi**
Qon-tomir tizimi tomonidan belgilar         Gipotoniya, vazodilatasiya
Nafas tizimi va mediastinal simptomlar         Apnoe, hansirash, o‘pka gipoventilyasiyasi, bronxospazm, yo‘tal
Tayanch-harakat tizimi tomonidan belgilari         Mushak kuchsizligi
Laborator siljishlar         Qon plazmasida K, Mg, Ca miqdorini biroz kamayishi. Glyukoza miqdorini oshishi. Qonda mochevina konsentrasiyasini oshishi. Yurak qisqarishlar sonini kamayishi.

* Anafilaktik reaksiyalar ba‘zida qutbsizlanmaydigan miorelaksantlarni qo‘llashda kuzatilishi mumkin. Arduanning in‘eksiyasini qo‘llanganida faqat bir holatda (aniq tasdiqlanmagan) anafilaktik reaksiya (yo‘tal, bronxospazm, yuzni shishi, ko‘zni qizarishi va shishi) ta‘riflanganligiga qaramasdan, preparatni qo‘llash vaqtida anafilaktik reaksiyani bartaraf qilish uchun dorilarni va apparatlarni tayyorlash kerak. Anamnezida boshqa miorelaksantlarga allergik reaksiya bo‘lganida preparatni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki depolyarizasiyalamaydigan miorelaksantlar orasida kesishgan allergiya rivojlanishi mumkin.

Gistaminni ajralab chiqishi va gistaminga o‘xshash reaksiyalar: Arduan gistaminni ajratib chiqaruvchi ta‘sirga ega emas.

** Arduan preparatining yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri kam namoyon bo‘lgan, pipekuroniyning kam namoyon bo‘lgan kardioselektiv, vagolitik xususiyatlari bilan bog‘liq. Tana vazniga 0,10 mg/kg dozagacha gangliobloklovchi yoki vagolitik ta‘siri aniqlanmagan, faqat ayniqsa narkozga kirishda ftorotan yoki fentanil bir vaqtda qo‘llanganda kam namoyon bo‘lgan yurak-qon tomir tomonidan nojo‘ya samaralar (arterial bosimni pasayishi, bradikardiya) kuzatilgan.

4.9 Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi yoki nerv-mushak blokini uzoq muddat davom etishi hollarida o‘pkani sun‘iy ventilyasiyasi spontan nafas tiklangunigacha davom ettiriladi. Nafasni spontan tiklanishini boshida antidot sifatida antixolinesteraza ingibitori (masalan, neostigmin, piridostigmin, endrofoniy) muvofiq dozada yuboriladi. Spontan nafas qoniqarli tiklangunigacha nafas faoliyatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

5.1 Farmakodinamikasi

Farmakoterapevtik guruhi: periferik ta‘sir qiluvchi miorelaksant

ATX kodi: M03A S06

Arduan (pipekuroniy bromidi) uzoq ta‘sir qiluvchi qutbsizlanmaydigan nerv-mushak blokatori hisoblanadi. Ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalarining oxirida joylashgan asetilxolinning nikotinga-sezuvchan reseptorlari bilan kompetitiv bog‘lari tufayli signalni nerv oxirlaridan mushak tolalariga uzatilishini bloklaydi. Uning antidotlari bo‘lib antixolinesteraza ingibitorlari (masalan, neostigmin, piridostigmin, endrofoniy) hisoblanadi. Depolyarizasiyalovchi miorelaksantlardan (masalan, suksinilxolin) farqli ravishda, Arduan mushak fassikulyasiyasini chaqirmaydi. Arduan gormonal ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Hatto mushak kontraktilligini 90% ga kamaytirish uchun zarur bo‘lgan samarali dozadan (ED90) bir necha marta ortiq dozalar gangliobloklovchi, vagolitik va simpatomimetik faollik ko‘rsatmaydi.

Tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, muvozanatlangan anesteziyada pipekuroniy bromidining ED50 va ED90 dozalari, muvofiq ravishda tana vazniga 0,03 va 0,05 mg/kg ni tashkil qiladi.

Tana vazniga 0,05 mg/kg ga teng doza turli operasiyalarda 40-50 minutlik mushak relaksasiyasini ta‘minlaydi.

Pipekuroniyning maksimal ta‘siri dozaga bog‘liq va 1,5-5 minutdan keyin erishiladi. 0,07-0,08 mg/kg ga teng dozalarda samarasi tezroq rivojlanadi. Dozani keyinchalik oshirilishi preparatning ta‘sirini rivojlanishi uchun zarur vaqtni qisqartiradi va preparatning ta‘sirini ancha uzaytiradi.

5.2 Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganda boshlang‘ich taqsimlanish xajmi (Vdc): tana vazniga 110 ml/kg, to‘yinish bosqichida (Vdss): 300±78 ml/kg, plazma klirensi (Cl): 2,4±0,5 ml/minut/kg, o‘rtacha yarim chiqarilish vaqti (t1/2β) 121±45 minut, o‘rtacha mavjud bo‘lish vaqti (MRT) : 140 minutni tashkil qiladi.

Samarani bir maromda saqlab turuvchi dozalarni takror yuborilganda, agar dastlabki kontraktillikni 25% tiklanish vaqtida 0,01-0,02 mg/kg dozalar qo‘llangan bo‘lsa, to‘planish samarasi ahamiyatsiz darajada bo‘ladi,.

Uchdan bir qismi o‘zgarmagan holda, qolgan qismi esa – 3-dezasetil-pipekuroniy shaklida chiqariladi.

Klinik oldi tadqiqotlarining ma‘lumotlariga ko‘ra, pipekuroniyni chiqarilishida jigar ham ishtirok etadi.

 

5.3 Klinika oldi tadqiqotlarning natijalari

Preparatni qo‘llash xavfsizligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan klinika oldi tadqiqotlarning e‘tiborga molik ma‘lumotlar aniqlanmagan.

 

  1. FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR

6.1 Yordamchi moddalar

In‘eksion flakonda: mannitol.

Erituvchining ampulasida: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

 

6.2 Nomutanosiblik

Arduan preparatini infuzion eritmalar bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.

 

6.3 Yaroqlilik muddati

3 yil.

Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatigacha ishlatish mumkin.

 

6.4 Saqlash sharoiti

+2oS dan +8oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

6.5 Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun flakon: “flip-off” majmuaviy qalpoqchali rezina tiqinli, 10 ml sig‘imli tiniq, shisha flakon.

Erituvchi ampulasi: sindirish uchun nuqtali, 2 ml sig‘imli, rangsiz, tiniq shisha ampula.

5 plastmassa poddonlar flakonlar bilan (har birida 5 flakondan) va 5 plastmassa poddonlar ampulalar bilan (har birida 5 ampuladan) karton qutida.

 

6.6 Dorixonalardan berish tartibi

Faqat stasionar sharoitda qo‘llash uchun.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARDUAN poroshok 4mg N25 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARDUAN poroshok 4mg N25 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARDUAN poroshok 4mg N25 dori vositasi Гедеон Рихтер, ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARDUAN poroshok 4mg N25 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARDUAN poroshok 4mg N25 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TERBIZIL krem 15g 1%
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25
Narh: 980 000 so'mdan Batafsil
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
KLION D 100 tabletkalari N10
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
GINOFORT krem 5g 2%
Narh: 81 800 so'mdan Batafsil
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N30
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
REKSETIN tabletkalari 20mg N30
Narh: 118 300 so'mdan Batafsil
VEROSHPIRON tabletkalari 25mg N20
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
AUROBIN maz 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
AERTAL krem 60g 1,5%
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N90
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
GALOPERIDOL DEKANOAT eritma 1ml 50mg/ml N5
TERBIZIL tabletkalari 250mg N14
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N5
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9