×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TERBIZIL tabletkalari 250mg N28

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Тербинафин
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер, ОАО
ATX kodi:
- D01BA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1% Lekinterkaps, ООО O'zbekiston
1 500 s`om dan
FUSIS gel 30g 0,5% Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
27 100 s`om dan
ELOKOM maz 15g 0,1% Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V. Belgiya
68 000 s`om dan
KETOZOL SN krem 20g BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Pasient uchun ilova-varaqa

Terbizil® krem 1%

terbinafin

 

Diqqat bilan ilova-varaqani o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

Preparat shifokor reseptisiz sotiladi. Ammo eng yaxshi natijaga erishish uchun Terbizil krem 1% li preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni qayta o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelar.
    • Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
    • Agar simptomlar zo‘raysa yoki 2 haftadan so‘ng ahvol yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qiling.
    • Quyida keltirilgan nojo‘ya samaralardan birortasi, shuningdek ushbu ilova-varaqada keltirilmagan reaksiyalar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga murojaat qiling.

Ushbu ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Terbizil 1% li krem preparati (quyida Terbizil krem) o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
  2. Terbizil krem preparatini qo‘llashdan avval nimalarni bilish kerak
  3. Terbizil krem preparatini qanday qo‘llash kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Terbizil krem preparatining saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati
  6. O‘rami va boshqa ma‘lumotlar

  1. Terbizil krem preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi

Terbizil krem preparatining ta‘sir etuvchi moddasi terbinafindir.

Terbizil krem preparati zamburug‘larga qarshi preparat bo‘lib, u terini shikastlanishini chaqiruvchi zamburug‘larga ta‘sir ko‘rsatadi.

Terbizil krem preparati reseptsiz sotiladi, bu zamburug‘li infeksiyani shifokorga murojaat etmasdan davolash imkonini beradi. Biroq eng yaxshi natijaga erishish uchun, preparatdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish juda muhimdir.

Terbizil krem preparati quyidagi kasalliklarni mahalliy davolash uchun qo‘llanadi:

  • Oyoq yuzini zamburug‘li infeksiyasi (atlet oyog‘i yoki oyoq yuzi epidermofitiyasi sifatida ma‘lum bo‘lgan) – kasallik belgilari oyoq barmoqlari orasida, tovonda yoki oyoq yuzining boshqa sohalarida paydo bo‘ladi.
  • Teri burmalarini, asosan chov sohasini shikastlanishi mumkin bo‘lgan terining zamburug‘li infeksiyalari – chov epidermofitiyasi.
  • Teri yuzasining istalgan sohasida (yuzda, bo‘yinda yoki tanada) halqasimon dog‘lar paydo bo‘lishini chaqiruvchi yuza joylashgan zamburug‘li infeksiya – silliq teri trixofitiyasiga kiradi.
  • Terining bir-biriga tegib turadigan sohalarini yoki sonning ichki yuzasini shikastlovchi achitqisimon zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan.
  • Terida o‘z rangini o‘zgartiruvchi dog‘lar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi yuza joylashgan zamburug‘li infeksiyaning boshqa shakli (rang-barang temiratki).

 

Terbizil krem preparati qanday ta‘sir ko‘rsatadi?

Sizdagi simptomlar yuqorida keltirilgan infeksiyalar tomonidan chaqirilganini qanday bilish mumkin?

Oyoq yuzining zamburug‘li infeksiyasi (atlet oyog‘i)

Bu infeksiya faqat oyoq yuzini, asosan barmoqlar orasidagi oraliqlarni shikastlaydi. Infeksiya xam bir, ham ikkala oyoq yuzini shikastlanishi mumkin. U oyoq usti, tovon yoki oyoqning boshqa qismlariga tarqalishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan simptomlariga yoriqlarni hosil bo‘lishi va terini qipiqlanishi kiradi. Shuningdek shish, g‘o‘ddalar, namlanuvchi yaralar kabi ko‘rinishlar paydo bo‘lishi mumkin.

Bunday infeksiyalar paydo bo‘lganida Terbizil krem preparati oyoq barmoqlari orasidagi teri sohalariga, tovon va oyoqning boshqa qismlariga ishlov berish uchun qo‘llash tavsiya etiladi.

Agar Siz tirnoqlarning zamburug‘li infeksiyasini (zamburug‘lar tirnoq plastinasida yoki uning tagida o‘sadi) tirnoqni qalinlashishini va rangini yo‘qolishini chaqiruvchi infeksiyani aniqlagan bo‘lsangiz, Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak, chunki Terbizil krem preparati bunday turdagi infeksiyalarni davolash uchun to‘g‘ri kelmaydi. Ularni davolash uchun faqat shifokor resepti bo‘yicha sotiladigan Terbizil tabletkalari preparatini qabul qilish tavsiya etiladi.

Teri burmalarining (asosan chov burmalarini) shikastlanishini chaqiruvchi terining zamburug‘li infeksiyalari

Bu infeksiyalar asosan yuqori namlikka ega va bir biriga tegib turuvchi teri sohalarini, shuningdek teri burmalarini shikastlaydi. Ularga chov sohasi va sonlarning ichki yuzalari kiradi.

Infeksion shikastlanishlar, odatda ikki tomonlama joylashgan bo‘ladi, ammo bir tomon boshqa tomonga nisbatan ko‘proq shikastlangan bo‘lishi mumkin. Infeksiya dumba va qorin sohasiga ham tarqalishi mumkin. Shuningdek sut bezlari osti teri burmalari, qo‘ltiq osti sohasi va teri burmalari bo‘lgan tananing boshqa sohalari xam shikastlanishi mumkin. Zamburug‘li infeksiya aniq chegarali qichiydigan yallig‘lanish sohasiga ega bo‘ladi.

Terida qizil halqasimon dog‘larni paydo bo‘lishini chaqiruvchi yuza joylashgan terining zamburug‘li infeksiyalari

Bu infeksiya tananing istalgan sohasini shikastlanishi mumkin, ammo asosan boshda, bo‘yinda, yuzda yoki qo‘llarda paydo bo‘ladi. Qizil halqasimon dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, shuningdek terini qipiqlanishi kuzatilishi mumkin.

Teri burmalarining achitqisimon zamburug‘lari tomonidan shikastlanishi (kandidoz)

Infeksiyaning ushbu turi shuningdek terining bir biriga tegib turuvchi sohalarida, terlash bilan bog‘liq ko‘proq kuchli namlikka ega sohalarda (masalan, ko‘krak osti sohasi, qo‘ltiq osti sohasida) xam paydo bo‘lishi mumkin. Asosan keksa yoshdagi, tana vazni ortiqcha bo‘lgan shaxslarda yoki boshqa kasalliklar (masalan, qandli diabet) bo‘lgan pasientlarda uchraydi. Infeksiya terini qizarishi, qichishishi va qipiqlanishini keltirib chiqaradi.

Teri rangini o‘zgarishini chaqiruvchi zamburug‘li infeksiya (rang-barang temiratki)

Bu infeksiya terini qipiqlanishi va pigmentni yo‘qotilishi oqibatida terida oq dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Dog‘lar asosan yozda, teri quyoshda qorayganda ko‘proq seziladi. Ular asosan tana, bo‘yin va qo‘llarda paydo bo‘ladi. Bir necha oydan so‘ng issiq obi-havo yoki terlash oqibatida infeksiya qaytalanishi mumkin.

Agar Siz teri bilan muammolar sababida shubhalansangiz, Terbizil kremdan foydalanishdan avval shifokorga murojaat qiling, u Sizga kerakli maslahatni beradi.

 

  1. Terbizil krem preparatini qo‘llashdan avval nimalarni bilish kerak.

Terbizil krem preparatini quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas:

  • terbinafinga yoki preparatning boshqa komponentlariga allergiyada (o‘ta sezuvchanlik).

 

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Terbizil krem preparatini qo‘llashdan avval shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Terbizil krem preparati faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Kremni ko‘zga tushishidan saqlaning. Krem tasodifan ko‘zga tushganida uni katta miqdordagi suv bilan yuvish kerak va zarurat bo‘lsa, oftalmolog-shifokor bilan maslahatlashish kerak.

 

Bolalar va o‘smirlar

Terbizil 1% li krem preparatini 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun mazkur yosh guruhiga mansub pasientlarda uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

Boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

 

Homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizayotgan bo‘lsangiz, shuningdek homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni qo‘llashdan avval shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik davrida preparatni, faqat agar shifokorning fikricha ona uchun potensial foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Emizish davrida Terbizil krem preparatidan foydalanmang. Bolalarni preparat surtilgan teri sohalari bilan, shu jumladan sut bezlari bilan kontaktda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

 

Transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Terbizil krem preparati transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

 

Terbizil krem preparati tarkibida setil va setostearil spirtlarini saqlaydi

Krem tarkibida setil va setostearil spirtlarini saqlaydi, ular mahalliy teri reaksiyalarini qo‘zg‘atishi mumkin (masalan, krem bilan kontakt joyida kontaktli dermatit deb ataluvchi terini yallig‘lanishi).

 

  1. Terbizil krem preparatini qanday qo‘llash kerak

Preparatni doimo ilova-varaqada bayon etilgan tavsiyalar yoki shifokor/farmasevt bergan ko‘rsatmalarga qat‘iy rioya qilgan holda qo‘llang. Shubha paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Preparatni ilova-varaqada bayon etilgan tavsiyalarga qat‘iy rioya qilgan holda qo‘llash juda muhimdir.

Agar Siz tirnoqni qalinlashishi yoki uning rangini yo‘qolishini keltirib chiqaruvchi tirnoqlarning zamburug‘li infeksiyasini aniqlagan bo‘lsangiz (zamburug‘lar tirnoq plastinasida yoki uning ostida o‘sadi), Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak, chunki Terbizil krem preparati bu turdagi infeksiyalarni davolash uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bunday infeksiyalarni davolash uchun Terbizil tabletkalar preparatini qabul qilish tavsiya etiladi, u faqat shifokor resepti bo‘yicha sotiladi.

 

 

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda qo‘llaniladi.

Infeksiya qo‘zg‘atuvchisi va infeksiyani joylashgan sohasiga qarab, Terbizil krem preparati sutkada bir yoki ikki marta qo‘llanadi.

 

Siz Terbizil krem preparatini qanchalik uzoq muddat va necha marta qo‘llashingiz kerak?

  • Barmoqlar orasidagi oraliqlarni shikastlanishi bilan kechuvchi oyoq yuzi infeksiyasida (atlet tovoni, oyoq yuzi epidermofitiyasi) – Siz kremdan sutkada bir marta bir hafta davomida foydalanishingiz lozim.
  • Tovon va oyoqning boshqa sohalarini shikastlanishi bilan kechuvchi oyoq yuzining zamburug‘li infeksiyasida (oyoq yuzi epidermofitiyasi) – Siz kremdan sutkada ikki marta ikki hafta davomida foydalanishingiz lozim.
  • Teri burmalarini, xususan chov sohasini shikastlaydigan zamburug‘li infeksiyalarda (chov epidermofitiyasi) va qizil halqasimon dog‘larni paydo bo‘lishini chaqiruvchi tananing silliq terisining (yuz, bo‘yin, qo‘l-oyoqlar yoki gavda) yuza infeksiyalarida – Siz kremni sutkada bir marta bir hafta davomida qo‘llashingiz lozim.
  • Terining bir biriga tegib turuvchi sohalarida, asosan keksalarda, ortiqcha tana vazniga ega odamlarda yoki boshqa kasalliklar (masalan qandli diabet) bo‘lgan pasientlarda uchraydigan va terlash oqibatida yuqori namlikka ega sohada joylashgan teri kandidozida – Siz kremni sutkada bir yoki ikki marta bir hafta davomida qo‘llashingiz lozim.
  • Teri rangini o‘zgarishini chaqiruvchi yuza infeksiya deb nomlanuvchi infeksiyada (rang-barang temiratki) – Siz kremni sutkada bir yoki ikki marta ikki hafta davomida qo‘llashingiz lozim.

Tavsiya etilgan davolash kursi, xatto terini shikastlangan sohalari ertaroq tuzalsa ham, to‘liq tugatilishi lozim. Xatto jarohat yaqqol tuzalganda ham, krem nomuntazam qo‘llangan yoki davolash muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda, kasallik qaytalanishi mumkin.

Terbizil krem preparati qo‘llanganda, infeksiyalangan sohani tuzalishi bir necha kundan so‘ng boshlanadi, biroq to‘liq sog‘ayish ko‘proq vaqtni, xatto to‘rt haftagacha qadar vaqtni talab etishi mumkin. Preparatning samarasi xatto davolanish tugaganidan so‘ng ham saqlanib qoladi.

Teri holatini yaxshilanishi, xatto kremni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin ham davom etadi.

Davolashdan ikki hafta so‘ng yaxshilanish belgilari kuzatilmagan hollarda, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Qo‘llash usuli

  • Qalpoqchaning tashqi qismidagi uchlik bilan yopuvchi membranani teshing.
  • Kremni qo‘llashdan oldin qo‘llar toza va quruq bo‘lishi kerak.
  • Barmoqqa ozgina kremni ezib chiqaring.
  • Tubani qalpoqcha bilan yoping.
  • Kremni yupqa qatlam bilan shikastlangan joy va tutashgan sohaga surting.
  • Biroz ishqalang.
  • Infeksiyani tananing boshqa sohalariga tarqalishini yoki boshqa odamga yuqishini oldini olish uchun, qo‘llashdan so‘ng doimo qo‘llarni yuvish kerak.
  • Teri burmalari sohalarida infeksion shikastlanish bo‘lgan hollarda krem surtilgan joyga, ayniqsa tungi vaqtga doka bog‘lov qo‘yish jarohatni tezroq tuzalishiga yordam beradi. Bunday hollarda doka bog‘lovni kremni har gal qo‘llashdan oldin almashtirish kerak.

Davolashdan kutilgan samarani saqlash uchun terining shikastlangan sohasini toza ahvolda tutish kerak. Terining infeksiyalangan sohasini doimo tozalash va ehtiyotkorlik bilan quritish kerak. Qichishishga qaramay, terining shikastlangan sohasini qashlash mumkin emas, qashlash jarohatni bitishini sekinlashtiradi va infeksiyani tarqalishiga olib kelishi mumkin.

Infeksiyani boshqa odamlarga yuqish xavfi borligini nazarda tutib, Siz faqat shaxsiy sochiq va choyshabdan foydalanishingiz lozim. Umumiy sochiq va choyshabdan foydalanishga yo‘l qo‘ymang. Infeksiyani qayta yuqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sochiq va choyshabni tez-tez yuvish kerak.

 

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi

Terbizil krem ichga qabul qilingan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling, u zarur tibbiy yordam beradi.

 

Agar Siz Terbizil kremni surtishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz Terbizil kremni surtishni unutgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq surtish, shundan so‘ng odatdagi surtish tartibiga qaytish lozim. Agar odatdagi tartibga muvofiq qo‘llash vaqti yaqinlashayotgan bo‘lsa, dozani ikki barobar oshirish mumkin emas. Kremni aniq bir vaqtda surtish kerak, chunki ayrim dozalarni o‘tkazib yuborilishi davolanish vaqtini uzaytiradi va infeksiyani takror rivojlanish xavfini oshiradi.

Siz kremni yo‘riqnomaga qat‘iy amal qilgan holda ishlatishingiz kerak. Preparatning ayrim dozalarini o‘tkazib yuborilishi infeksiyani takror rivojlanish xavfini oshiradi.

Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

 

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Boshqa dori vositalari kabi Terbizil krem preparati nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq ular barcha pasientlarda ham yuz beravermaydi.

Agar Siz allergik reaksiyalarning quyida keltirilgan belgilardan birortasini aniqlagan bo‘lsangiz, Terbizil krem preparatini qo‘llashni to‘xtatish va tibbiy yordam olish uchun murojaat qilish kerak.

  • Nafas olishni yoki yutishni qiyinlashishi;
  • Til yoki hiqildoq shishi;
  • Qizil toshma yoki tugunchalar bilan namoyon bo‘lgan kuchli qichishish.

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan 1 nafarida uchraydi): terini qipiqlanishi va qichishi.

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralar (100 pasientdan 1 nafaridan kamida uchraydi): teri butligi buzilishi, terini shikastlanishlari, po‘stloq paydo bo‘lishi, teri rangini o‘zgarishi, teri haroratini oshishi, terini qizarishi, achishishi, og‘riq, qo‘zg‘alish va surtilgan joyda og‘riq.

Kam hollarda: asosiy kasallikni zo‘rayishi.

Juda kam hollarda: eshakemi.

Ayrim hollarda: angeonevrotik shish, anafilaktik shok.

Ko‘zga tushganida ta‘sirlanishni chaqirishi mumkin.

 

  1. Terbizil krem preparatini saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati

+ 15°S dan  + 30°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati – 5 yil.

Terbizil krem preparatini o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Yaroqlilik muddati tugashi sanasi, o‘ramda ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini kanalizasiya yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlash tavsiya etilmaydi. Farmasevtdan qabul qilinishi tugatilgan dori vositalari qoldiqlarini qaerga tashlashni so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni saqlashga qaratilgan.

  1. O‘ram va boshqa ma‘lumotlar

Terbizil krem preparati tarkibi

  • Ta‘sir etuvchi modda: 1 g kremda 10 mg terbinafin gidroxloridi.
  • Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, benzil spirti, sorbitan monostearati, setilpalmitat, setil spirti, setostearil spirti, polisorbat 60, izopropilmiristat, tozalangan suv.

Terbizil krem preparatining ta‘rifi

Oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz bodom hidli, suv bilan oson yuviladigan krem.

 

O‘ram

15 g krem perforasion uchligi bo‘lgan oq polietilen qalpoqchali muhrlangan alyuminiy tubada.

Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Dorixonada berish tartibi

Reseptsiz.  

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TERBIZIL tabletkalari 250mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28 dori vositasi Гедеон Рихтер, ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BINAFIN tabletkalari 250mg N14
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
BINAFIN krem 10g 1%
Narh: 32 800 so'mdan Batafsil
TERBIZID krem 1% 10g
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
TERFALIN sprey 30ml 1%
Narh: 58 800 so'mdan Batafsil
TERBIZIL krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
LAMIZIL DERM gel 15g 1%
KLATERBIN gel 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Yuocare Pharmaceutical Group Co., Ltd
TERBIZIL tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
TERFALIN (MIKOKYUR) sprey 30ml 1%
KLATERBIN gel 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Yuocare Pharmaceutical Group Co., Ltd
AKRISIL krem 10g 1%
ERBINOL tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
ERBINOL sprey 20ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ERBINOL krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaç San. ve Tic. А.Ş.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
TERFALIN krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
TERFALIN tabletkalari 250mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
BINAFIN tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Шрея Лайф Саенсиз Пвт Лтд
LAMIZIL krem 15g 1%
Narh: 104 600 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TERBIZIL krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25
Narh: 980 000 so'mdan Batafsil
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
KLION D 100 tabletkalari N10
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
GINOFORT krem 5g 2%
Narh: 81 800 so'mdan Batafsil
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N30
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
REKSETIN tabletkalari 20mg N30
Narh: 118 300 so'mdan Batafsil
VEROSHPIRON tabletkalari 25mg N20
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
AUROBIN maz 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
AERTAL krem 60g 1,5%
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N90
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
GALOPERIDOL DEKANOAT eritma 1ml 50mg/ml N5
TERBIZIL tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
ARDUAN poroshok 4mg N25
Narh: 925 000 so'mdan Batafsil
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N5
Другие формы препарата
TERBIZIL krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
TERBIZIL krem
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9