118 300 s`om dan
Dorixonalardan izlash216 200 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish142 000 s`om dan
Bron qilishIste‘molchilar uchun dori vositasini
ILOVA-VARAQA
Reksetin® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg
REXETIN®
XPN: Paroksetin (paroxetine)
Ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot mavjud.
– Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol uni qayta o‘qib chiqish zarur bo‘lib qolishi mumkin.
– Agar Sizda qo‘shimcha savollar vujudga kelsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
– Ushbu preparat ayni Siz uchun buyurilgan, shuning uchun uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham, preparat ularga zarar keltirishi mumkin.
– Agar Sizda nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlar jiddiylashsa, ular davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.
Ushbu ilova-varaqada quyidagi ma‘lumotlar saqlanadi:
Reksetin quyidagi havotirli buzilishlarni davolashda qo‘llaniladi: obsessiv-kompulsiv buzilish (miyaga o‘rnashib qolgan fikrlar va kompulsiv harakatlar), vahimali buzilishlar (sarosimalik xurujlari, shu jumladan agorafobiya, ya‘ni jamoat joylarida paydo bo‘lishdan qo‘rqish), ijtimoiy havotirli buzilish (ijtimoiy vaziyatlardan qo‘rqish yoki ulardan bosh tortish), jarohatdan keyingi stress holati (jarohatli vaziyat natijasida vujudga kelgan havotirlik) va tarqalgan havotirli buzilish (haddan tashqari havotirlik va asabiylik).
Reksetin serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQOSI) guruhiga mansub. Serotonin har bir odamning bosh miyasida mavjud. Depressiya yoki havotirli buzilishi bo‘lgan odamlarda serotoninning miqdori kamaygan bo‘ladi. Ayni vaqtda Reksetin va boshqa SQQOSI qanday tarzda ta‘sir ko‘rsatishi to‘liq ma‘lum emas, biroq ular ushbu holatlarda bosh miyada serotonin miqdorini oshirgan holda yordam berishi mumkin. O‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun depressiya va havotirli buzilishni to‘g‘ri davolash muhim.
Agar quyida sanab o‘tilganlardan birontasi Sizga taalluqli bo‘lsa, Reksetinni qabul qilishni boshlashdan avval bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Reksetin preparatini qabul qilishni boshlashdan avval shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing:
Agar Siz 65 yoshdan katta bo‘lsangiz va jigar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, quyidagi sabablarga ko‘ra preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak:
Agar Sizda depressiya va/yoki havotirli buzilish bo‘lsa, Sizda o‘zingizga-o‘zingiz shikast yetkazish yoki o‘zingizning joningizga qasd qilish to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Siz antidepressantlarni qabul qilishni boshlaganingizda, bunday fikrlar yanada kuchayishi mumkin, chunki dori vositasi darhol ta‘sir ko‘rsatmaydi, uning yaqqol ta‘siri odatda ikki haftadan so‘ng, ba‘zida undan kech namoyon bo‘ladi.
Bunday fikrlar quyidagi vaziyatlarda ko‘proq paydo bo‘ladi:
Klinika tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, antidepressantlarni qabul qilish fonida o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida fikrlar 25 yoshgacha bo‘lgan, ruhiy buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ko‘proq uchragan.
Agar Sizda o‘z joningizga qasd qilish yoki o‘zingizga-o‘zingiz shikast yetkazish to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki darhol kasalxonaga murojaat qiling.
Siz tanishingizga yoki do‘stingizga Sizda depressiya yoki havotirlik borligi to‘g‘risida aytib, ushbu varaqani o‘qib chiqishni so‘rashingiz mumkin. Siz ulardan ahvolingiz yomonlashgani to‘g‘risida yoki xulqingizda biron narsa ularni bezovta qilayotgani haqida aytishni so‘rashingiz mumkin.
Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlar
Reksetinni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Siz 18 yoshdan kichik pasientlar ushbu guruhdagi preparatlarning o‘z joniga qasd qilish qilish va bu haqida fikrlar, adovatli xulq (tajovuzkorlik, antagonizm, g‘azabiylik) kabi nojo‘ya asoratlariga ko‘proq moyilligini yodda tutishingiz kerak. Agar shifokor 18 yoshgacha bo‘lgan pasientga Reksetin buyursa, va Siz buning sababini bilishni istasangiz, shifokorga takroriy maslahat uchun murojaat qiling. Reksetik qabul qilayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientda yuqorida aytib o‘tilgan asoratlardan birontasi paydo bo‘lsa yoki u kuchaysa, bu haqida shifokorga xabar berishingiz kerak.
Bundan tashqari, bu yoshdagi pasientlarda Reksitin preparatini uzoq muddat qo‘llash natijasida o‘sish, balog‘atga yetish, fikrlash qobiliyati rivojlanishi va xulqqa ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud emas.
Paroksetin 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilgan (10 pasientdan 1 nafaridan kamrog‘ida): o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida fikrlarni kuchayishi, o‘z joniga qasd qilishga urinishlar, o‘ziga-o‘zi shikast yetkazish, dushmanlik, tajavuzkorlik, ishtahani yo‘qligi, qaltirash, normal bo‘lmagan terlash, giperfaollik (g‘ayrat oshib ketishi), ajitasiya, emosional sohada o‘zagarishlar (shu jumladan ko‘p yig‘lash va kayfiyatni o‘zgarishi), tanada ko‘kargan joylar paydo bo‘lishi yoki qon ketishi (masalan, burundan qon ketishi) kuchayishi. Bunday nojo‘ya asoratlar shakarli tabletkalarni (plasebo) qabul qilgan bolalar va o‘smirlarda ham kuzatilgan, ammo kamroq uchragan.
18 yoshgacha bo‘lgan ayrim pasientlarda ular paroksetinni qabul qilishni tugatgandan so‘ng bekor qilish samaralari vujudga kelgan. Bu samaralar paroksetinni qabul qilishni to‘xtatgan kattalarda vujudga kelgan samaralarga o‘xshash bo‘lgan (“Reksetin preparatini qabul qilish usuli” bo‘limini qarang). Bundan tashqari 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar ko‘p hollarda (1/10 dan kamroq) me‘dada og‘riq, asabiylik va kayfiyat o‘zgaruvchanligi (shu jumladan yig‘loqlik, kayfiyat o‘zgarishi, o‘ziga-o‘zi shikast yetkazishga harakatlar, o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida fikrlar va o‘z joniga qasd qilishga urinishlar) to‘g‘risida shikoyat qilishgan.
Paroksetinning muhim nojo‘ya samaralari
Paroksetin qabul qilgan ayrim pasientlarda akatiziya deb nomlanadigan holat vujudga kelishi mumkin, unda ular bezovtalik his qilib, bir joyda tura olmaydi yoki o‘tira olmaydi. Boshqa pasientlarda serotonin sindromini tashkil etuvchi bitta yoki bir nechta simptomlar rivojlanishi mumkin: ongni chalkashishi xissi, bezovtalik, terlash, qaltirash, isitma, gallyusinasiyalar (g‘ayritabiiy tovushlar va tasvirlar), mushak tortilishi yoki yurak urishini tezlashishi.
Agar Siz shunday simptomlarni his qilsangiz, shifokorga murojaat qiling.
Reksitin preparatining ushbu va boshqa nojo‘ya samaralari to‘g‘risida batafsil ma‘lumotni “Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar” 4-bo‘limda qarang.
Boshqa preparatlar va Reksetin
Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar bering.
Ayrim dori vositalar Reksetin preparati samarasiga ta‘sir ko‘rsatishlari yoki uning nojo‘ya asoratlari vujudga kelishi xavfini oshirishi mumkin. Reksitin ham boshqa dori vositalar samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Xususan:
Agar Siz yuqorida aytib o‘tilgan preparatlarning birontasini yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokor bilan maslahatlashing va Siz nima qilishingiz kerakligi to‘g‘risida undan so‘rang.
Reksetin preparatini ovqat va ichimliklar bilan o‘zaro ta‘siri
Reksetin preparati bilan davolanganda, spirtli ichimliklar iste‘mol qilmang. Spirtli ichimlik simptomlarni yoki nojo‘ya asoratlarni kuchaytirishi mumkin. Reksetinni ertalab nonushta bilan qabul qiling – bu nojo‘ya samaralar vujudga kelishi xavfini kamaytiradi.
Homiladorlik, emizish davri va fertillik
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, yoki homiladorlik ehtimoli bo‘lsa, yoxud homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar Siz Reksetinni qabul qilayotgan vaqtda homiladorlik to‘g‘risida bilib qolsangiz, darhol buni shifokor bilan muhokama qiling. Homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz ham, shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlikning birinchi bir necha oyi davomida paroksetin qabul qilgan onalarning chaqaloqlarida rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari, shu jumladan yurak nuqsoni to‘g‘risida bir nechta xabarlar kelgan. Umumiy aholida 100 dan taxminan bitta bola yurak nuqsoni bilan tug‘iladi. Agar bola onasi homiladorlik vaqtida paroksetin qabul qilgan bo‘lsa, xavf darajasi ikki marta oshadi. Ehtimol davolovchi shifokor bilan homiladorlik davrida Reksetin qabul qilishni asta-sekin bekor qilishga qaror qilasiz. Ammo vaziyatga qarab, shifokor Reksetin preparatini qabul qilishni davom ettirishingiz zarur deb hisoblashi mumkin.
Shifokoringiz yoki akusheringiz Siz Reksetin preparatini qabul qilayotganingiz to‘g‘risida bilishiga ishonch hosil qiling. Reksetin kabi preparatlar homiladorlik davrida, ayniqsa kechki muddatlarda bolada chaqaloqlarning surunkali o‘pka gipertenziyasi (CHSO‘G) deb ataladigan jiddiy holat rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. CHSO‘G da yurak va o‘pka o‘rtasidagi qon tomirlarida qon bosimi juda yuqori bo‘ladi. Agar Siz homiladorlikning oxirgi uch oyida Reksetin qabul qilayotgan bo‘lsangiz, chaqalog‘ingizda boshqa patologik holatlar ham vujudga kelishi mumkin, ular odatda tug‘ilgandan so‘ng birinchi 24 soat ichida quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi:
Agar tug‘ilganda bolangizda yuqorida aytib simptomlardan birontasi bo‘lsa yoki Siz uning ahvolidan havotirda bo‘lsangiz, maslahat uchun shifokorga yoki akusherga murojaat qiling.
Reksetin ko‘krak sutiga juda kam miqdorda o‘tishi mumkin. Agar Siz Reksetin qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bolani emizishdan avval shifokor bilan maslahatlashing. Ehtimol shifokor bilan Reksetin preparati bilan davolash fonida emizishni davom ettirishga qaror qabul qilasiz.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar paroksetin spermaning sifatini yomonlashtirishini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtgacha preparatning odamning fertilligiga salbiy ta‘siri aniqlanmagan, ammo nazariy jihatdan bunday samara vujudga kelishi mumkin.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash.
Reksetin preparatining kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari bosh aylanishi, ongni chalkashishi, uyquchanlik yoki ko‘rish qobiliyati pasayishini o‘z ichiga oladi. Agar Sizda bunday nojo‘ya samaralar vujudga kelsa, transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan bosh torting.
Doimo davolovchi shifokor yo‘riqnomalariga rioya qiling. Biror narsada shubhangiz bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga qayta murojaat qiling.
Turli holatlarda tavsiya etilgan dozalar jadvalda keltirilgan.
Boshlang‘ich doza | Tavsiya etilgan sutkalik doza | Maksimal sutkalik doza | |
Depressiya | 20 mg | 20 mg | 50 mg |
Obsessiv-kompulsiv buzilish | 20 mg | 40 mg | 60 mg |
Sarosimali buzilish | 10 mg | 40 mg | 60 mg |
Ijtimoiy havotirli buzilish | 20 mg | 20 mg | 50 mg |
Jarohatdan so‘nggi stress holati | 20 mg | 20 mg | 50 mg |
Tarqalgan havotirli buzilishlar | 20 mg | 20 mg | 50 mg |
Shifokoringiz Sizga davolashni Reksetin preparatining qanday dozasidan boshlashni aytadi.
Ko‘pchilik pasientlar ikki haftadan so‘ng o‘zini yaxshi his qila boshlaydi. Agar shu vaqtgacha vaziyat yaxshilanishini sezmasangiz, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling. U dozani haftada 10 mg dan maksimal sutkalik dozagacha oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Tabletkalarni ertalab nonushta bilan qabul qiling.
Yuting va suv iching.
Chaynamang.
Shifokoringiz tabletkalarni qancha muddat qabul qilishigizni belgilaydi. Davolash ko‘p oy va undan ortiq davom etishi mumkin.
Keksa pasientlar
65 yoshdan katta pasientlar uchun maksimal sutkalik doza 40 mg ni tashkil etadi.
Jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlar
Agar Sizda jigar yoki buyraklar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, davolovchi shifokor Reksetinning pastroq dozasini buyurishi mumkin.
Hech qachon davolovchi shifokor tavsiya etgan dozadan ortiq dozada preparatni qabul qilmang.
Agar Siz (yoki boshqa odam) juda ko‘p Reksetin tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki kasalxonaga murojaat qiling. Preparat o‘ramini ko‘rsating.
Reksetin preparatini dozasi oshirib yuborilganida 4-bo‘limda (“Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar”) ko‘rsatilgan simptomlar, shuningdek holsizlik, ko‘z qorachig‘ini kengayishi, isitma, bosh og‘rig‘i, ixtiyorsiz mushak qisqarishlari vujudga kelishi mumkin.
Preparatni har kuni bir vaqtda qabul qiling.
Agar navbatdagi dozani qabul qilishni unutib, bu haqida uxlashdan oldin eslagan bo‘lsangiz, darhol uni qabul qiling. Keyingi kuni odatdagi vaqtda qabul qiling. Unutilgan dozaning o‘rnini bosish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.
Agar navbatdagi dozani qabul qilishni unutib, bu haqida kechasi yoki ertalab eslasangiz, unutilgan dozani yoddan chiqaring. Ehtimol Sizda bekor qilish samarasi vujudga keladi, ammo navbatdagi dozani odatdagi paytda qabul qilganingizda, bu samaralar bartaraf etiladi.
Reksetin darhol ahvolni yaxshilamaydi – barcha antidepressantlar bir qancha vaqtdan ta‘sir qila boshlaydi. Ayrim odamlar birinchi ikki haftadan so‘ng o‘zini yaxshi sezadi, boshqalarda bu ko‘proq vaqt talab qiladi. Antidepressantlarni qabul qilayotgan ayrim odamlar oldin o‘zlarini yanada yomonroq his qiladi, so‘ng ularning ahvoli yaxshilanadi. Agar o‘zingizni ikki haftadan so‘ng yaxshi sezmasangiz, shifokor bilan maslahatlashing, u kerakli tavsiyalar beradi. Shifokor davolash boshlanganidan ikki hafta o‘tgach, Sizni takroriy ko‘rikka taklif qilishi kerak. Agar Sizda ahvol yaxshilanmasa, bu haqida shifokorga xabar bering.
Agar Siz Reksetinni qabul qilishni to‘xtatsangiz.
Davolovchi shifokor ko‘rsatma bermaguncha Reksetinni qabul qilishni to‘xtatmang.
Reksetinni bekor qilganda davolovchi shifokor bir necha hafta yoki oy davomida dozani asta-sekin kamaytirishi mumkin – bu bekor qilish sindromi paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi. Reksetin dozasini kamaytirishning bir usuli, bu uning dozasini haftasida 10 mg dan kamaytirish hisoblanadi. Aksariyat pasientlarning fikricha, Reksetin bekor qilinganda, yengil simptomlar paydo bo‘ladi, va ular ikki hafta davomida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ayrim pasientlar bu simptomlarni uzoqroq va qiyinroq boshdan kechirishadi.
Agar Sizda bekor qilish simptomi vujudga kelsa, davolovchi shifokor dozani kamaytirish muddatini uzaytirishni haqida maslahat berishi mumkin. Agar bekor qilish sindromi og‘ir bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar bering. Ehtimol shifokor preparatni qabul qilishni tiklaydi va dozani sekinroq kamaytiradi.
Sizda bekor qilish sindromi vujudga kelsa ham, Siz davolanishni to‘xtatishingiz mumkin.
Tadqiqotlarda Reksetin qabul qilinishi bekor qilinganda 10 pasientdan 3 nafarida bekor qilish sindromining bir yoki bir nechta simptomi kuzatilishi aniqlangan. Ayrim asoratlar boshqalarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Teztez uchraydigan nojo‘ya samaralar (100 pasientdan 1-10 nafarida):
Teztez bo‘lmagan nojo‘ya samaralar (1000 pasientdan 1-10 nafarida):
Agar Reksetin preparatanini bekor qilgandan so‘ng bekor qilish sindromi vujudga kelishi Sizni bezovta qilsa, shifokorga murojaat qiling.
Agar siz Reksetinni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolovchi shifokor ko‘rsatma bermaguncha Reksetinni qabul qilishni to‘xtatmang.
Agar sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha boshqa savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Sizga shifokor maslahati yoki kasalxonaga tezkor murojaat zarur bo‘lishi mumkin.
Teztez bo‘lmagan nojo‘ya samaralar (1000 pasientdan 1-10 nafarida):
Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientdan 1-10 nafarida):
Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientdan 1 nafaridan kamida):
Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi):
Juda ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan 1 nafaridan ortig‘ida)
Teztez uchraydigan nojo‘ya samaralar (100 pasientdan 1-10 nafarida):
Teztez bo‘lmagan nojo‘ya samaralar (1000 pasientdan 1-10 nafarida):
Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientda 1-10 nafarida):
Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientdan kamida 1 nafarida):
Reksetin preparatini qabul qilayotgan ayrim pasientlarda quloqlarda shovqin, shivirlash, hushtak ovozi, jarang va boshqa turg‘un tovushlar (tinnit) paydo bo‘ladi.
Bu turdagi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda suyak sinishi havfi yuqori.
Agar Reksetinni qabul qilishda biror xavf bo‘yicha havotirlansangiz, davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
+15oC dan +30oC gacha haroratda saqlansin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati – 5 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati oyning oxirgi kuni bo‘yicha aniqlanadi.
Dori vositasini kanalizasiya yoki maishiy chiqindilar uchun konteynerga tashlamang. Boshqa kerak bo‘lmagan preparatni utilizasiya qilish to‘g‘risida ma‘lumotni farmasevtdan oling. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Reksetin preparatining tarkibi
Ta‘sir etuvchi modda: plyonka bilan qoplangan har bir tabletkada 20 mg paroksetin (22,760 mg paroksetin gidroxloridi gemigidrati ko‘rinishida).
Yordamchi moddalar:
Tabletka yadrosi: magniy stearati, natriy karboksimetil kraxmali (A turi), gipromelloza, kalsiy gidrofosfati digidrati.
Plyonka qobig‘i: polisorbat 80, makrogol 400, makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), gipromelloza.
Reksetin preparati ta‘rifi
Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, diametri 9 mm li, oq yoki deyarli oq rangli plyonka bilan qoplangan tabletkalar. Bir tomonida riskasi va boshqa tomonida
x |
20 |
gravirovka mavjud
Riska bo‘yicha tabletkani ikkita bir xil bo‘lakka bo‘lish mumkin.
O‘rami
Plyonka bilan qoplangan 10 ta tabletka, PVX va alyuminiy folgali tiniq bo‘lmagan blisterda.
3 ta blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Berish tartibi
Resept bo‘yicha.