×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLOBEKS kapsulalar N30

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Фолиевая кислота, витамин B12, железа (II) фумарат, Цинк
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Vakil:
- Novopharma Plus OT MChJ
ATX kodi:
- B03AD02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 106 ta dorixonasida topildi

ico 25 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 36 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 6 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

IZIFER inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
GEM AP sirop 200ml Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
FEROFORT kapsulali N30 (Sotish taqiqlangan) Marion Biotech Pvt. Ltd. Hindiston
45 000 s`om dan
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1 Shenzhen Sinobioway Xinpeng Biomedicine Co., Ltd Xitoy
90 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GLOBEKS kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GLOBEKS

GLOBEX

 

Preparatning savdo nomi: Globeks

Dori shakli: Kapsulalar kontur uyali o‘ramlarda.

Tarkibi:

Har bir kapsula saqlaydi:

ta‘sir etuvchi moddalar: 304 mg – temir fumarati (100 mg ikkivalentli temirga ekv.), 1,5 mg – folat kislotasi, 2,0 mg sianokobalamin (jelatinda) (10,0 mkg vitamin V12 ekv.), 66,0 mg – rux sulfati (15 mg elementar ruxga ekvivalent) saqlaydi.

yordamchi moddalar: kraxmal.

Ta‘rifi: Och sariq rangli dog‘lari bo‘lgan jigar rangli kristall kukun saqlagan qizil rangli qattiq jelatinli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy antianemik preparat bo‘lib, ta‘siri tarkibiga kiruvchi komponentlarini hususiyatiga bog‘liqdir.

Temir fumarati – temir tuzi, gemoglobin sintezi va samarali eritropoez uchun zarur mikroelementdir. Temir bir necha asosiy fermentlar kofaktori (mioglobin, sitoxromoksidaza, katalaza va pereoksidazalar) tarkibiga kiradi.

Temirni temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanilganda, u organizmdagi temir tanqisligini tezda to‘ldirilishiga yordam beradi.

Folat kislotasi – megaloblastlarni me‘yoriy yetilishi va normablastlarni hosil bo‘lishi uchun zarur. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar, nuklein kislotasi, purin va pirimidin sintezida, xolin almashinuvida qatnashadi.

Sianokobalamin – eritrositlarni hosil bo‘lishi va yetilishida qatnashadi.

Preparat umuman temirni qondagi darajasini saqlab turishiga va tiklanishiga olib keladi.

 

Farmakokinetika

Temir me‘da-ichak yo‘llaridan notekis va noto‘liq so‘riladi (15-15%). So‘rilishning asosiy sohalari o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichak hisoblanadi. So‘rilishga me‘dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishi, hamda askorbin kislotasi yordam beradi. Temir uch valentli gemokompleks tarkibida bo‘lganida so‘rilish osonlashadi. So‘rilish temir tanqisligi holatida va atayin ochlikda qabul qilinganda ham kuchayadi.

So‘rilganidan so‘ng temirning katta qismi suyak ko‘migiga tushadi va u yerda gemoglobin sintezida qatnashadi; qolgan qismi zahirada ferritin, gemosiderin yoki mioglobin kabi bog‘langan holda, kam miqdorda gemfermentlarida yoki plazmada aniqlanadi.

Folat kislotasi – me‘da-ichak yo‘llaridan, asosan o‘n ikki barmoq ichakda tez so‘riladi. Davolash maqsadida qabul qilinadigan Folat kislotasining katta qismi o‘zgarmagan holda qopqa venasi oqimiga tushadi. U jigar va plazmada metabolik faol 5-metiltetragidrofolat shakliga aylanadi. Folat kislotasining to‘planadigan asosiy joyi – jigar hisoblanadi. U orqa miya suyuqligida (OMS) ham faol to‘planadi. Folat kislotasi ichak jigar aylanish oqimiga uchraydi. Folat kislotasi va uning metabolitlari siydik orqali chiqariladi. Folat kislotasi ona sutiga tushadi. Folat kislotasi gemodializ orqali chiqariladi.

Sianokobalamin (Vitamin V12) – me‘da shilliq qavati tomonidan ishlab chiqariladigan ichki omil – glikoprotein bilan bog‘lanadi va keyin me‘da-ichak yo‘llaridan faol so‘riladi. Ichki omillari bo‘lmagan, so‘rilishi pasaygan sindromli, ichak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yoki me‘da rezeksiyasidan keyin so‘rilish yomonlashgan bo‘ladi. So‘rilish passiv diffuziya yo‘li bilan ham yuz beradi. Vitamin V12 – plazma proteinlari – transkobalaminlar bilan bog‘lanadi, transkobalamin II esa kobalaminlarni to‘qimalarga tez o‘tkazilishi jarayoniga jalb qilingan. Vitamin V12 – jigarda to‘planadi, safro bilan chiqariladi va katta ichak jigar aylanishi oqimiga qayta tushadi; qabul qilingan dozaning bir qismi siydik bilan asosan birinchi 8 soat davomida chiqariladi. Vitamin V12 – yo‘ldoshda diffuz so‘riladi va ko‘krak sutiga o‘tadi.

Rux – me‘da-ichak yo‘llarida to‘liq so‘rilmaydi; so‘rilish ayrim ozuqa elementlari – fitatlar ishtirokida kamayadi. Ovqat tarkibidagi ruxni biokirishaolishligi 20-30% ni tashkil qiladi. Ruxning eng yuqori konsentrasiyasi mushaklar, suyaklar, teri va prostata bezi suyuqliklarida bo‘ladi. Asosan axlat bilan, oz miqdorda esa, siydik va ter orqali chiqariladi.

Qo‘llanishi

Anemiyani (oddiy, temir tanqisligi, megaloblast va alimentar), temir, folat kislotasi, vitamin V12, homiladorlik va emizish vaqtidagi mikroelementlar yetishmovchiligi; pellagrani, me‘da-ichak yo‘llaridan (yara yoki rak bilan bog‘liq bo‘lgan) qon ketishini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. o‘rta darajadagi asoratlanmagan anemiyani davolashda ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan keyin kuniga 1 kapsuladan tavsiya etiladi.

Homiladorlikda ham kuniga 1 kapsuladan buyuriladi. Ayrim homilador ayollarga parhez yoki boshqa omillar tufayli yuqori profilaktik doza talab qilinishi mumkin. Qizilo‘ngachni ta‘sirlanishidan saqlanish uchun kapsulani to‘la stakan suv bilan ichiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni davolash dozasida qabul qilingandagi nojo‘ya ta‘sirlari: me‘da-ichak buzilishlarini: diareyani, qusishni, qabziyatni o‘z ichiga oladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, hamda gemoxromatoz (temirni birlamchi va ikkilamchi ichakda so‘rilishini kuchayishi va uning keyinchalik a‘zolarda to‘planishi) va gemosiderozda (temirni a‘zolarda yig‘ilib qolishi) qo‘llanilmaydi.

Dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Antasid vositalar temirni so‘rilishini kamaytirishi mumkin, shuning uchun preparatlarni 2 soat farqi bilan alohida-alohida qabul qilgan afzal. Temir saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinishi mikrobga qarshi va tireotrop preparatlarni so‘rilishini yomonlashtirishi, fenitoin ta‘sirini pasaytrishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni kuniga 1 kapsuladan ortiq dozada uzoq qabul qilish temir miqdorini ortishiga olib kelishi mumkin. Preparatni qo‘llashni boshlashdan avval anemiyani negizida yotuvchi turlari va sabablarini aniqlash lozim. Folat kislotasini kuniga buyurilgan 0,1 mg dan yuqori dozasi pernisioz-anemiyasini kam darajada sezilarli qilishi mumkin, buni natijasida esa, gematologik remissiya paydo qilishi mumkin, ammo nevrologik belgilar progressivlashuvi (rivojlanib ko‘payishi) mumkin.

Temir tuzlarini yetishmovchiligi chaqirmagan anemiyasi bo‘lgan yoki qon quyish bilan davolanayotgan bemorlarga temir tuzlari qo‘llanmasligi kerak.

Gemoglobinopatiya yoki me‘da-ichak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: o‘tkir epigastral og‘riq, gematemezis, (qon aralash qusish) va shok. Bir necha soatdan keyin diareya paydo bo‘lishi mumkin.

Davolash: bemorda (pasientni kuchli shok holatidan tashqari bo‘lgan hollarda) saqlab turuvchi va simptomatik davolash choralari bilan birgalikda qusishni rag‘batlantirish yoki me‘dani yuvish lozim. Me‘daga disferrioksaminni (10 g ni 50 ml suvda) yuborish; zarur bo‘lganda bu birikmani vena ichiga yoki mushak orasiga ham yuborish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan, kontur uyali o‘ramlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bilan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLOBEKS kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLOBEKS kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLOBEKS kapsulalar N30 dori vositasi BioMedicare (India) Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLOBEKS kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLOBEKS kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZEROKOLD P tabletkalari N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
GLOBEKS sirop 100ml
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
LORKOF sirop 100ml
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
VOVENAK gel 20g
VOVENAK P tabletkalari N100
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ZEROKOLD P tabletkalari N100
OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30
ZEROKOLD P tabletkalari N4
OPTIPRIM suspenziya 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
FUNGIKEYR 50 kapsulalar 50mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
FUNGIKEYR 50 kapsulalar 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
FUNGIKEYR 150 kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
MENSTAN tabletkalari 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
MENSTAN krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Другие формы препарата
GLOBEKS sirop 100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9