×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Омепразол
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- BioMedicare (India) Pvt. Ltd
ATX kodi:
- A02BC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
MAALOKS tabletkalari N20 Sanofi Aventis S.p.A. Italiya
64 900 s`om dan
OMEZ kapsulalar 20mg N30 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
ZULBEKS tabletkalari 20mg N28 Krka d.d. Sloveniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OMAKS-20

OMAX-20

 

Preparatning savdo nomi: Omaks-20

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): omeprazol

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: omeprazol – 20 mg.

yordamchi moddalar: saxaroza, metil gidroksibenzoat, propil gidroksibenzoat, kraxmal, etilsellyuloza, shellak, izopropil spirti, temir III oksidi bo‘yovchisi.

Opisanie: ikki xil rangli: korpusi – shaffof, qopqog‘i – pushti rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichichdagi modda – oq yoki sarg‘ish oq rangli granulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar (N+, K+-ATF-aza ingibitorlari).

ATX kodi: A02BC01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Omeprazol – me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparat bo‘lib, N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza fermentining ingibitoridir. Me‘daning parietal xujayralarida N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza (N+/K+-adenozintrifosfat) – (ATF)-faza, ya‘ni “proton nasosi”) faolligini tormozlaydi, shu yo‘l bilan vodorod ionlarini o‘tkazilishini va me‘dada xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini bloklaydi. Omeprazol olddori hisoblanadi. Parietal xujayralar kanalchalarining kislotali muhitida omeprazol faol metaboliti – sulfenamidga aylanadi, u disulfid ko‘prikcha hisobiga membrananing N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-azasi bilan birikib, uni ingibisiya qiladi. Bu bilan sulfenamid hosil bo‘lishi uchun mavjud bo‘lgan muhit aynan parietal xujayralarga omeprazolni tanlab ta‘sir qilishi bilan tushuntiriladi. Omeprazolni sulfenamidga biotransformasiyasi tez (2-4 minut o‘tgach) amalga oshadi. Sulfenamid kation hisoblanadi va so‘rilmaydi.

Omeprazol xlorid kislotasining har qanday ta‘sirlovchi yordamida rag‘batlantirilgan sekresiyasini bazal va yakuniy bosqichida susaytiradi. Me‘da sekresiyasining umumiy xajmini kamaytiradi va pepsinni ajralib chiqishini susaytiradi. Omeprazolda gepatoprotektor faollik aniqlangan, uning mexanizmi noma‘lum. Kasalning ichki omilini ishlab chiqarilishi va ovqat massasini me‘dadan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tish tezligiga ta‘sir qilmaydi. Omeprazol asetilxolin va gistamin reseptorlari ta‘sir qilmaydi.

Omeprazol kapsulalari qobiq bilan qoplangan mikrogranulalar saqlaydi, omeprazolni asta-sekin ajralib chiqishi va ta‘sirini boshlanishi qabul qilgandan 1 soatdan keyin boshlanadi, 2 soatdan keyin maksimumga yetadi, 24 soat va undan ko‘proq saqlanadi. 20 mg preparatni bir marta qabul qilgandan keyin maksimal sekresiyani 50% ga ingibirlanishi 24 soat davom etadi.

Sutkada bir marta qabul qilish kunduzgi va tungi me‘da sekresiyasini tez va samarali susayishini ta‘minlaydi, u 4 kun davolashdan keyin maksimumga erishadi. O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazolni qabul qilish me‘da ichida rN=3,0 ni 17 soat davomida tutib turadi. Preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan keyin sekretor faollik 3-5 sutka o‘tgach to‘liq tiklanadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori. Biokiraolishligi – 30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi), keksa yoshli odamlarda va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ortadi, buyrak faoliyatining yetishmovchiligi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Maksimal konsentrasiyasiga erishish uchun zarur vaqt (TSmax) – 0,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me‘daning parietal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein) bilan bog‘lanishi – 90-95% ni tashkil etadi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi – minutiga 500-600 ml ni tashkil etadi. CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. CYP2C19 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Metabolitlari shaklida buyrak (70-80%) va safro (20-30%) bilan chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Keksa yoshli pasientlarda chiqarilish kamayadi.

 

Qo‘llanilishi

  • Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda), shu jumladan Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalliigi (majmuaviy davolash tarkibida);
  • Reflyuks-ezofagit (shu jumladan, eroziv);
  • Gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, me‘da-ichak yo‘llarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastositoz);
  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiya.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kapsulalarni odatda ertalab, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan (ovqatdan bevosita oldin) ichga qabul qilinadi.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiyalarda – 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Reflyuks-ezofagitni og‘ir darajali kechishi bo‘lgan pasientlarda dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshiriladi.

O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash kursi – 2-4 hafta, zarurati bo‘lganida – 4-5 hafta; me‘da yara kasalligi, reflyuks-ezofagit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida – 4-8 hafta davomida davom ettiriladi.

Kasallik simptomlarini kamayishi va yarani chandiqlanishi ko‘pgina hollarda 2 hafta davomida yuz beradi. Ikki xaftalik davolash kursidan keyin yarani to‘liq chandiqlanishi amalga oshmagan pasientlarga, davolashni yana 2 hafta davom ettirish kerak.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga rezistent bemorlarga, sutkada 40 mg buyuriladi. O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, me‘da yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta.

Zollinger-Ellison sindromida – odatda 60 mg dan sutkada 1 marta; zarurati bo‘lganida dozani sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (dozani 2 qabulga bo‘linadi).

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishini oldini olish uchun – 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Helicobacter pylori ni eradikasiyasi uchun “uchtalik” davolash (1 hafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 1 g, klaritromisin 500 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 20 mg, klaritromisin 250 mg, metronidazol 400 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 40 mg sutkada 1 marta, amoksisillin 500 mg va metronidazol 400 mg – sutkada 3 marta) yoki “ikkitalik” davolash (2 xafta davomida: omeprazol 20-40 mg va amoksisillin 750 mg – sutkada 2 marta yoki omeprazol 40 mg- sutkada 1marta va klaritromisin 500 mg – sutkada 3 marta yoki amoksisillin 0,75-1,5 g – sutkada 2 marta) o‘tkaziladi.

Alohida holatlarda. jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (og‘ir darajali jigar yetishmovchiligida sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak); buyrak faoliyatini buzilishida va keksa yoshli pasientlarda dozalash tartibini to‘g‘rilash talab etilmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya yoki qabziyat, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm; kam hollarda – “jigar” fermentlari faolligini oshishi, ta‘m bilishni buzilishi; ayrim hollarda – og‘izni qurishi, stomatit, jigarni mavjud kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – gepatit (shu jumladan, sariqlik bilan), jigar faoliyatini buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: og‘ir darajali somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, depressiya, jigarni mavjud kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – ensefalopatiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: ayrim hollarda – artralgiya, miasteniya, mialgiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz, pansitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: kam – teri toshmasi va/yoki qichishish, ayrim hollarda fotosensibilizasiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, alopesiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, isitma, bronxospazm, interstisial nefrit va anafilaktik shok.

Boshqalar: kam – ko‘rishni buzilishi, lohaslik, periferik shish, ko‘p terlash, ginekomastiya, uzoq muddat davolash vaqtida me‘da glandulyar kistalarni hosil bo‘lishi (xlorid kislotasini sekresiyasini ingibirlanishi natijasida, xavfsiz, qaytuvchan xarakterga ega).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ampisillin efirlari, temir tuzlari, itrakonazol va ketokonazolning so‘rilishini kamaytirishi mumkin (omeprazol me‘daning rN ko‘rsatkichini oshiradi).

Sitoxrom R450 ingibitori bo‘lib, diazepam, bilvosita antikoagulyantlar, fenitoin (sitoxrom CYP2C19 ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari) ning konsentrasiyasini oshirishi va chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda ushbu dori vositalarining dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin. Klaritromisinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Ayni vaqtda omeprazolni sutkada 1 marta 20 mg dozada uzoq muddat kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin va estradiol bilan majmuada qo‘llash, ularning plazmadagi konsentrasiyasini o‘zgartirishiga olib kelmagan.

Qon yaratish tizimiga va boshqa dori vositalariga ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Birga qabul qilinadigan boshqa antasidlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma jarayoni (ayniqsa me‘da yarasida) mavjudligini inkor qilish kerak, chunki davolash simptomatikani niqoblaydi, to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.

Ovqat bilan qabul qilish uning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, ko‘rishni noaniqliligi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, aritmiya, bosh og‘rig‘i.

Davolash: simptomatik. Gemodializ yetarli darajada samarali emas.

Spesifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

20 mg li kapsulalar.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

Dorixonalardan olish tartibi

Resept bilan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30 dori vositasi BioMedicare (India) Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OMID 20 kapsulalar 20mg N30
RELOK 20 kapsulalar 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: Rhydburg
RELOK 20 kapsulalar 20mg N100
ASINOPRAZ kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
OMEPRAL kapsulalar 20mg N30
ULTOP kapsulalar 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
ULTOP kapsulalar 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
ULTOP kapsulalar 40mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
PROMEZ kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
OMITOKS kapsulalar 20mg N30
OMID 20 kapsulalar 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LLC Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxtar Bio-Genics
OMEZ kapsulalar 10mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Kentreck Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O?zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Ultra Laboratories Pvt. Ltd. Индия (произв.)
OMES kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
OMEPRAZOL ATM kapsulalar 20mg N30
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
ULTOP kapsulalar 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
OMIZOL kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
OMIZOL kapsulalar 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
OMESK kapsulalar 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S Kant Health Care Ltd
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
OMEZANDRA poroshok 40mg
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
OMID 20 kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LLC Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxtar Bio-Genics
OMEGAST kapsulalar 20mg N14
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kukuni 40mg N1
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Омепразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZEROKOLD P tabletkalari N10
GLOBEKS sirop 100ml
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
GLOBEKS kapsulalar N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
LORKOF sirop 100ml
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
VOVENAK gel 20g
VOVENAK P tabletkalari N100
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ZEROKOLD P tabletkalari N100
ZEROKOLD P tabletkalari N4
OPTIPRIM suspenziya 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FUNGIKEYR 50 kapsulalar 50mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
FUNGIKEYR 50 kapsulalar 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
FUNGIKEYR 150 kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
MENSTAN tabletkalari 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
MENSTAN krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9