Saqlash shartlari | Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. 25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. Muzlatmang. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 5 yil. Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang. |
Tarkib:
Har bir ampulada (2 ml) temir (III) gidroksid bilan dekstranning murakkab birikmasi shaklida 100 mg temir mavjud.
Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi va xlorid kislotasi (pHni sozlash uchun), in'ektsiya uchun suv.
(III) asosan limfa tizimida so'riladi va 3 kundan keyin aylanma qon tizimiga kiradi. Biologik mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar yo'qligiga qaramay, mushak ichiga yuborilgan dekstranning temir (III) gidroksidi bilan murakkab birikmasining nisbatan katta qismi uzoq vaqtdan keyin ham mushak to'qimalariga so'rilmasligi ma'lum. Dekstranning temir (III) gidroksid bilan murakkab birikmasining biologik yarimparchalanish davri 3-4 kun.
Dekstranning temir (III) gidroksid bilan makromolekulyar kompleksi retikuloendotelial tizim tomonidan ushlanib, tarkibiy qismlarga - temir va dekstranga parchalanadi. Keyin temir ferritin va kamroq darajada transferrin bilan bog'lanadi. Keyin bu temir gemoglobin sintezi uchun suyak iligida ishlatiladi, ya'ni. eritropoezda ishtirok etadi. Dekstran metabolizmga uchraydi yoki chiqariladi.
Temir oz miqdorda chiqariladi.
O‘tkir, og‘ir darajadagi anafilaktoid reaksiyalar juda kam xollarda yuzaga keladi. Ular odatda yuborish boshlangandan keyin birinchi bir necha minut davomida paydo bo‘ladi va nafas bilan muammolar va (yoki) o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligini to‘satdan paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi; o‘lim holatlari haqida xabar berilgan.
Shuningdek kechiktirilgan reaksiyalar ta’riflangan, ular og‘ir darajada bo‘lishi mumkin. Ular bo‘g‘imlar yoki mushaklarda og‘riq, ayrim holatlarda tana haroratini oshishi bilan xarakterlanadi. Ular dori vositasini qo‘llagandan keyin bir necha soatdan 4 kungacha davomida paydo bo‘lishi mumkin. Simptomlar odatda ikki kundan to‘rt kungacha saqlanadi va odatda o‘z-o‘zidan yoki oddiy analgetiklar qo‘llanilgandan keyin o‘tib ketadi.
Revmatoid artritda bo‘g‘imdagi og‘riqlar zo‘rayishi mumkin.
Yuborish joyida yoki unga yaqin joyda og‘riqli sezuvchanlik va yallig‘lanish, shuningdek mahalliy flebit kabi mahalliy reaksiyalar haqida xabar berilgan. Mushak ichiga in’eksiya joyida teri rangini o‘zgarishi, qon ketishi, aseptik abssesslarni paydo bo‘lishi, to‘qimalar nekrozi yoki atrofi va og‘riq kabi buzilishlar kuzatilgan.
Noxush reaksiyalarni baholash ularni yuzaga kelishining tez-tezligi haqidagi quyidagi ma’lumotlarga asoslangan:
Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 – <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100); kam xollarda (≥1/10 000 – <1/1000); juda kam xollarda (<1/10 000); tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: gemoliz, limfadenopatiya.
Tez-tezligi noma’lum: leykotsitoz.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam xollarla: anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan hansirash, eshakemi, toshma, qichishish, ko‘ngil aynishi va qaltirash.
Juda kam xollarda: o‘tkir, og‘ir darajadagi anafilaktoid reaksiyalar (to‘satdan nafas olishni qiyinlashishi va (yoki) yurak-qon tomir yetishmovchiligi).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘rishni noaniqligi, uvishish.
Kam xollarda: tirishishlar, bosh aylanishi, bezovtalik, tremor.
Juda kam xollarda: bosh og‘rig‘i, paresteziya.
Tez-tezligi noma’lum: ta’m bilishni vaqtincha buzilishi (ayniqsa metall ta’m).
Eshitish a’zosi va muvozanat tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: o‘tuvchan karlik.
Yurak tomonidan buzilishlar
Kam xollarda: aritmiya, taxikardiya, ko‘krak qafasida qisilish hissi.
Juda kam xolllarda: homilada bradikardiya, yurakni kuchli urishi.
Tez-tezligi noma’lum: Kounis sindromi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq.
Kam xollarda: diareya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida reaksiyalar
Tez-tez emas: qizib ketish hissi.
Kam xollarda: anafilaktik reaksiyalar (u kam xollarda bo‘g‘imlarda og‘riqni o‘z ichiga oladi), asteniya, umumiy lohaslik.
Tez-tezligi noma’lum: tana haroratini oshishi, grippsimon kasalliklar, ular yuborgandan keyin soatlar yoki kunlar o‘tgandan keyin boshlanishi mumkin, qaltirash.
Mushak, skelet va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: mushak spazmlari.
Kam xollarda: mushaklarda og‘riq.
Tez-tezligi noma’lum: bo‘g‘imlarda og‘riq, artrit, belda og‘riq.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: hansirash, bronxospazm.
Tez-tezligi noma’lum: nafasni to‘xtashi.
Ruhiy buzilishlar
Kam hollarda: ongni o‘zgarishi.
Tez-tezligi noma’lum: ongni chalkashishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: qichishish, eshakemi, toshma, ekzantema, eritema.
Kam xollarda: angionevrotik shish, terlash, in’eksiya joyida og‘riq va jigarrangga bo‘yalishi.
Tez-tezligi noma’lum: purpura.
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: quyilishlar.
Kam xollarda: arterial gipotenziya, kollaps.
Juda kam xollarda: arterial gipertenziya.
Laborator va instrumental ma’lumotlar
Qon zardobida alaninaminotrasferaza darajasini, aspartataminotransferaza darajasini, gamma-glutamiltransferaza darajasini oshishi, qon zardobida ferritin darajasini oshishi, qonda laktatdegidrogenaza darajasini oshishi.
• temir saqlovchi boshqa parenteral dori vositalariga ma’lum og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiya;
• temir miqdorini oshib ketishi (gemoxromatoz, gemosideroz);
• temirni gemoglobinni kirishini buzilishi (qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish bilan bog‘liq anemiya, sideroblast anemiya);
• gematomalar hosil bo‘lishi bilan kechuvchi gemostazni og‘ir darajadagi buzilishlari (gemofiliya);
• homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Temirning barcha parenteral preparatlari kabi ushbu dori vositasini ichga qabul qilish uchun temir preparatlari bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi, chunki ularning so‘rilishi pasayadi. Ferrum Lek preparatni oxirgi marta yuborgandan keyin kamida 5 kun davomida ichga qabul qilish uchun temir preparatlari bilan davolashni boshlash mumkin emas.
Масса тела (кг) | Umumiy qo'llash kerak bo'lgan FerrumLek : | |||
Hb 60 г/л | Hb 75 г/л | Hb 90 г/л | Hb 105 г/л | |
5 | 1,5 | 1,5 | 1,5 | 1,0 |
10 | 3,0 | 3,0 | 2,5 | 2,0 |
15 | 5,0 | 4,5 | 3,5 | 3,0 |
20 | 6,5 | 5,5 | 5,0 | 4,0 |
25 | 8,0 | 7,0 | 6,0 | 5,5 |
30 | 9,5 | 8,5 | 7,5 | 6,5 |
35 | 12,5 | 11,5 | 10,0 | 9,0 |
40 | 13,5 | 12,0 | 11,0 | 9,5 |
45 | 15,0 | 13,0 | 11,5 | 10,0 |
50 | 16,0 | 14,0 | 12,0 | 10,5 |
55 | 17,0 | 15,0 | 13,0 | 11,0 |
60 | 18,0 | 16,0 | 13,5 | 11,5 |
65 | 19,0 | 16,5 | 14,5 | 12,0 |
70 | 20,0 | 17,5 | 15,0 | 12,5 |
75 | 21,0 | 18,5 | 16,0 | 13,0 |
80 | 22,5 | 19,5 | 16,5 | 13,5 |
85 | 23,5 | 20,5 | 17,0 | 14,0 |
90 | 24,5 | 21,5 | 18,0 | 14,5 |
Homiladorlik vaqtda qo‘llashdan oldin xavf va foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak. Homiladorlikning birinchi uch oyligida temir tanqisligi anemiyasini ko‘pgina holatlarda temirning peroral preparatlari bilan davolash mumkin. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklari Ferrum Lek preparatini faqat, agar kutilgan foyda ona uchun ham, homila uchun ham potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash kerak.
Temirning parenteral preparatlarini qo‘llagandan keyin homilada bradikardiya yuzaga kelishi mumkin. U odatda o‘tuvchan va onadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi oqibati bo‘lib hisoblanadi. Agar Ferrum Lek emizish davrida qo‘llanilsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Metabolizmga uchramagan dekstranning bilan temir kompleksi juda kam miqdorda odam ko‘krak sutiga kiradi.
Agar ampulalarda cho'kma paydo bo'lsa yoki saqlash muddati tugagan bo'lsa, ularni yo'q qilish kerak.
Ochilgan ampuladan darhol foydalanish kerak.
Ferrum Lek ampulalarining tarkibini boshqa dorilar bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
Og'riq va terining bo'yalishining oldini olish uchun mushak ichiga in'ektsiyalarni ehtiyotkorlik bilan va to'g'ri bajarish juda muhimdir. Ferrum Lek faqat mushak ichiga kiritiladi (hech qanday holatda tomir ichiga kiritilmaydi!), gluteal mushak ichiga chuqur, o'z navbatida o'ngga va chapga. Bir kunda kiriting.
Ferrum Lekning mushak ichiga in'ektsiyalari gluteal mushakning yuqori tashqi kvadrantida amalga oshiriladi. Kattalar uchun minimal igna uzunligi 50 mm, ortiqcha vaznli bemorlar uchun - 80 dan 100 mm gacha, bolalar uchun - 32 mm. In'ektsiyadan oldin terini dezinfektsiyalash va in'ektsiyadan keyin preparatning oqishini kamaytirish uchun teri osti to'qimalarini 2 sm pastga siljitish kerak. In'ektsiyadan keyin teri osti to'qimalari chiqariladi va in'ektsiya joyi 1 daqiqa davomida bosim ostida saqlanadi.