10 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash36 500 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish32 000 s`om dan
Bron qilishyordamchi moddalar: makrogol gliserolgidroksistearati, ksantan kamedi, gliserol, natriy benzoati, limon kislotasi monogidrati, natriy fosfat digidrati yoki natriy fosfat dodekagidrati, natriy saxarinati, suyuq maltitol, malina aromatizatori, tozalangan suv.
Ibuprofenning ta'sir mexanizmi araxidon kislotasini prostaglandinlarga, prostasiklin va tromboksanga aylanishini boshqaruvchi tsiklooksigenaza (sog) fermentini faolligini kamayishi hisobiga prostaglandinlar biosintezini susayishi bilan bog'liq. Bunda prostaglandinlar hosil bo'lishi araxidon kislotasining metabolizmining sog yo'li bilan qaytmas tormozlanish natijasida kamayadi. Yallig'lanish joyida prostaglandinlar kontsentrasiyasini kamayishi bradikinin, endogen pirogenlar, boshqa biologik faol moddalar, kislorod va NO radikallar hosil bo'lishi kamayadi. Har doim bu yallig'lanish jarayonining faolligi (ibuprofenning yallig'lanishga qarshi samarasi) kamayishiga olib keladi va og'riq sezishni (analgetik samara) kamayishi bilan birga sodir bo'ladi. Tserebrospinal suyuqlikda prostaglandinlar kontsentrasiyasini kamayishi tana haroratini (antipiretik samara) normallashuviga olib keladi. Tana xaroratini pasayishi qabul qilgandan keyin 30 minut o'tgach boshlanadi va uning maksimal ta'siri 3 soatdan keyin namoyon bo'ladi.
Ibuprofen qon plazmasining oqsillari bilan 99% dan ko'proq bog'lanadi. Albuminlar dori vositasi bilan bog'langan asosiy oqsillar hisoblanadi. Kattalarda taqsimlanish hajmi taxminan 1 kg tana vazniga 0,12 l ni tashkil qiladi, ammo 11 yoshdan kichik yuqori tana harorati bo'lgan bolalarda u ko'proq va taxminan 1 kg tana vazniga 0,2 l ni tashkil qiladi.
Dori vositasi asosan jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Qabul qilingan dozani 70-90% siydik bilan metabolitlari va ularning kon'yugatlari ko'rinishida chiqariladi. Dozani qolgan miqdori o'zgarmagan holda va metabolitlar shaklida axlat bilan chiqariladi. Dori vositasi organizmda to'planmaydi
Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lish tez-tezligi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi:
juda tez-tez (10 pasientdan bir nafar); tez-tez (100 pasientdan 1-10 nafardan ko'proq); tez-tez emas (1000 pasientdan 1-10 nafar dan ko'proq); kam hollarda (10000 nafar pasientdan 1-10 dan ko'proq); juda kam hollarda (10000 pasientdan bir nafardan kam).
Infektsion va parazitar kasalliklar:
Juda kam hollarda: nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar qo'llanishi bilan bog'liq infektsion-yallig'lanish reaktsiyalarni zo'rayishi (masalan, nekrotik fassiitni namoyon bo'lishi) ta'riflangan. Ehtimol bu nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar ta'sir mexanizmi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Agar preparatni qo'llash vaqtida infektsiya simptomlari paydo bo'lsa yoki kuchaysa, pasient darhol shifokorga murojaat qilishi lozim. Infektsiyaga qarshi davolashga (antibiotikoterapiya) ko'rsatmalarni mavjudligini baholash lozim.
Ibuprofen qo'llanganda ensa mushaklarini rigidligi bilan aseptik meningit, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitma yoki ongni buzilish simptomlari kuzatilishi mumkin. Autoimmun buzilishlari bo'lgan pasientlar bunga moyillikni namoyon qiladi (SLE, biriktiruvchi to'qimalarni aralash kasalligi).
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: qon morfologiyasini ko'rsatkichlarini buzilishlari (anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Isitma, tomoqda og'riq, yuzaki stomatit, grippsimon simptomlar, charchoqlik, burundan qon ketish va teridan qon ketishlar birinchi simptomlari hisoblanadi. Uzoq muddat davolanganda muntazam qon morfologiyasini tekshirish lozim.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: teri toshmasi va qichishish bilan allergik reaktsiyalar, shuningdek bo'g'ilish xurujlari (arterial qon bosimni pasayishi bilan birga kuzatilishi mumkin).
Pasientni ogoxlantirish lozim, ushbu holatda u darhol shifokorga murojaat qilsin
va Ibufen® D preparatini boshqa qabul qilmasin.
Juda kam hollarda: og'ir tizimli allergik reaktsiyalar. Ular shu jumladan hayotga xavf soluvchi shok, yuz, til shishi ko'rinishida, nafas yo'llarini o'tkazuvchanligini buzilishlari bilan xalqumni ichki shishi, nafas etishmovchiligi, taxikardiya, arterial qon bosimni pasayishi paydo bo'lishi mumkin.
Agar yuqorida ko'rsatilgan simptomlar paydo bo'lsa, bu preparatni birinchi qo'llangandan keyin paydo bo'lishi mumkin va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish zarur.
Ruhiyatni buzilishlari:
Juda kam hollarda: psixotik reaktsiyalar, depressiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo'zg'alish, ta'sirchanlik va charchoqlik xissi.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: ko'rishni buzilishi.
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:
Kam hollarda: quloqlarda shovqin.
Yurak tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: yurak urishi, yurak etishmovchiligi.
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: arterial gipertenziya.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: jig'ildon qaynashi, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gazlar chiqishi bilan meteorizm, qabziyat va ayrim hollarda anemiyaga olib kelishi mumkin, kuchsiz bo'lgan me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi.
Tez-tez emas: potentsial qon ketishi va perforasiya bo'lishi bilan me'da-ichak yo'larini yaralanishi. Yarali stomatit, kolit va Kron kasalligini zo'rayishi, gastrit.
Juda kam hollarda: ezofagit, pankreatit, ichakni membranoz torayishini hosil bo'lishi.
Epigastral sohada o'tkir og'riqlar, qatronsimon ahlat yoki qon bilan qusish paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va darxol shifokorga murojaat qilish lozim.
Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: jigar funktsiyasini buzilishlari, ayniqsa uzoq muddat qo'llanganda, jigar etishmovchiligi, o'tkir gepatit.
Teri va teri osti to'qimalar tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: turli teri toshmalari.
Juda kam hollarda: eksfoliativ dermatit, bullyoz reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi og'ir teri reaktsiyalari.
Ayrim holatlarda suvchechak virusi yuqtirilganda og'ir teri infektsiyalari va yumshoq to'qimalarga tegishli asoratlar paydo bo'lishi mumkin.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: buyrak to'qimalarni jarohatlanishi (nekrotik papillit) va qonda siydik kislotasining kontsentrasiyasini oshishi paydo bo'lishi mumkin.
Juda kam hollarda: ayniqsa arterial gipertenziyasi yoki buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda shishlarni hosil bo'lishi, nefrotik sindrom, o'tkir buyrak etishmovchiligi bilan birga kechuvchi interstisial nefrit. Shuning uchun buyrak funktsiyasini muntazam tekshirish lozim.
Klinik tadqiqotlar natijalari ibuprofenni ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo'llangandagi arterial trombotik asoratlar bilan (masalan miokard infarkti yoki insult) bog'liq bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.
Hamma, shu jumladan yo'riqnomada ko'rsatilmagan paydo bo'lgan nojo'ya (noxush) samaralar to'g'risida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.
tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimalarning aralash kasalligida – aseptik meningitning yuqori xavfi;
me'da-ichak yo'llarining kasalliklari, shuningdek ichakni surunkali yallig'lanish kasalliklari (yara koliti, Kron kasalligi);
gipertoniya va (yoki) yurak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda chunki NYAQP qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan suyuqlikni tutilib qolishi va shishlar to'g'risida xabar berilgan;
porfirinlarning metabolizmni tug'ma buzilishlari (masalan o'tkir tez o'tib ketuvchi porfiriya);
bevosita xirurgik operasiyadan keyin;
buyrak funktsiyasini buzilishida;
jigar funktsiyasini buzilishida;
qon ivishini buzilishida (ibuprofen qon ketish vaqtini oshirishi mumkin);
boshqa moddalarga allergiyasi bo'lgan pasientlarda Ibufen® D preparati qabul qilinganda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin;
pichan isitmasi, burun poliplari yoki surunkali obstruktiv nafas buzilishlari bo'lgan pasientlarda, chunki ularda allergik reaktsiyalarni rivojlanish xavfi oshadi. Bu reaktsiyalar bo'g'ilish xurujlari (aspirin astmasi deb nomlanadigan), Kvinke shishi yoki eshakemi ko'rinishida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Simptomlarni kamaytirish uchun zarur bo'lgan minimal samarali dozada, qisqa muddatda ibuprofenni qabul qilinishi nojo'ya samaralari xavfini kamaytiradi (miy va qon aylanish tizimiga ta'siriga qarang).
Keksa yoshdagi shaxslar
Keksa yoshdagi pasientlarda yosh pasientlarga qaraganda ibuprofenni qabul qilishi natijasida nojo'ya samaralar paydo bo'lish xavfi yuqori. Nojo'ya samaralarni paydo bo'lish tez-tezligi va jadalligini preparatning minimal terapevtik dozada eng qisqa samarali muddatda qo'llab kamaytirish mumkin.
Qon ketishi, yaralanish va miy perforasiyasi
O'limga olib kelishi yoki har doim bo'lmagan oldindan ogohlantiruvchi simptomlarsiz yoki ogohlantiruvchi simptomlar kuzatilgan pasientlarda me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, yaralanish yoki perforasiyani paydo bo'lish xavfi mavjud. Me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi yoki yaralanish paydo bo'lgan holatlarda preparatni qabul qilishni zudlik bilan to'xtatish lozim. Anamnezida me'da-ichak yo'llarining kasalliklari bo'lgan pasientlarga, ayniqsa keksa yoshdagi odamlarda davolashni boshlang'ich davrida me'da-ichak yo'llari bilan bog'langan hamma notipik simptomlar (ayniqsa qon ketishi) to'g'risida shifokorga xabar berish kerak. Ushbu pasientlar preparatni eng kichik dozasini qo'llashlari kerak.
Anamnezida, ayniqsa qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda va keksa yoshli odamlarda me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, yaralanish yoki perforasiya xavfi NYAQP dozasini oshishi bilan ortadi. Ushbu pasientlarda davolashni mumkin bo'lgan eng kichik dozadan boshlash lozim. Bu pasientlar va me'da-ichak yo'llaridagi o'zgarishlar xavfini oshirishi mumkin bo'lgan atsetilsalisil kislota yoki boshqa ta'sir etuvchi moddalarni kichik dozalarini bilan bir vaqtda davolanishi talab qiluvchi pasientlarda ham, himoya preparatlari bilan (masalan mizoprostol yoki proton nasosini ingibitorlari) majmuaviy davolashni ko'rib chiqish kerak.
Kortikosteroidlar yoki varfarin kabi antikoagulyantlar, serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari yoki atsetilsalisil kislotasi kabi antiagregantlar bilan bir vaqtda qo'llanishi qon ketishlar yoki me'da-ichak buzilishlari xavfini oshirishi mumkin bo'lgan boshqa preparatlarni ishlatiladigan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Anamnezda me'da-ichak yo'llarining kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan shaxslarga NYAQP ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki ushbu kasalliklar zo'raishi mumkin.
Qon tizimiga ta'siri
Klinik tadqiqotlar natijalari ibuprofenni yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo'llash arterial trombotik asoratlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) xavfini biroz oshishini ko'rsatgan. Umuman, epidemiologik tadqiqot natijalari ibuprofenni bilan assosiasiyalangan bo'lishi mumkinligini kichik dozalarda (masalan sutkada ≤1200 mg) qo'llash arterial trombotik asoratlarni rivojlanishini yuqori xavfi bilan assosiasiyalangan bo'lishi mumkinligini ko'rsatmaydi.
Yomon nazorat qilinadigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak etishmovchiligi (NYHA bo'yicha II – III sinfi), tashhislangan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriya kasalliklari va/yoki tserebrovaskulyar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga ibuprofenni faqat xavfni sinchkov baholangandan keyingina buyurish lozim, bunda undi yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) buyurishdan saqlanish lozim.
Kardiovaskulyar asoratlarini xavf omillari (masalan arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekuvchilar) bo'lgan pasientlarga ibuprofenni uzoq muddat buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini, ayniqsa agar ibuprofenni yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo'llash talab qilinsa sinchiklab baholash zarur.
Teri tomonidan reaktsiyalar
NYAQP guruhidan preparatlarni qo'llanishi bilan bog'liq og'ir teri reaktsiyalarining ba'zi o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik eksfoliativ nekroliz juda kam hollarda ta'riflangan. Ko'p hollarda davolashni birinchi oyida bu og'ir reaktsyalarni paydo bo'lishini eng katta xavfi kuzatiladi. Birinchi simptomlar: teri toshmasi, shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki allergiyani boshqa simptomlari paydo bo'lgandan keyin preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Kamdan-kam hollarda suvchechak teri va yumshoq to'qimalarning og'ir infektsion asoratlarini
sababi bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu infektsiyalar kuchayishida NYAQP ning rolini inkor qilib bo'lmaydi. Shuning uchun preparatni suvchechak bo'lgan hollarda qo'llashdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Boshqa izoxlar
Turli og'riq qoldiruvchi preparatlarni uzoq muddat bir vaqtda qo'llash buyrak etishmovchiligi xavfi bilan bo'lgan buyraklarni jarohatlanishiga (analgetik nefropatiya) olib kelishi mumkin.
NYAQP guruhidan preparatlar infektsiya va isitma simptomlarini niqoblashi mumkin.
Juda kam hollarda o'tkir og'ir allergik reaktsiyalar (masalan anafilaktik shok) kuzatiladi. Ibufen®D preparatini qabul qilgandan keyin allergik reaktsiyalarning birinchi simptomlari paydo bo'lganida davolashni to'xtatish kerak. Ixtisoslashgan xodim paydo bo'lgan simptomlarga qarab zaruriyat tibbiy muolajalarini o'tkazishi kerak.
Ibufen®D preparatining ta'sir etuvchi moddasi ibuprofen trombositlarni faolligini (trombositlar agregasiyasi) vaqtincha susaytirishi mumkin. Shuning uchun qon ivishini buzilishlari bo'lgan pasientlarni diqqat bilan nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Preparat uzoq muddat qo'llanganda jigar, buyrak funktsiyasini ko'rsatkichlarini va qon morfologiyasini muntazam nazorat qilish kerak.
Tsiklooksigenazani (prostaglandinlar sintezi) susaytiruvchi preparatlar ovulyasiyaga ta'sir qilib ayollarda fertillikni buzilishini chaqiradi. Bu ta'sir vaqtinchalik va davolash to'xtatilgandan keyin o'tib ketadi.
Ibuprofen qo'llanganda toksik ambliopiyaning yagona holatlari kuzatilagan, shuning uchun ko'rishning xamma buzilishlari to'g'risida shifokorga xabar berish kerak.
Suvsizlangan bolalar va o'smirlarda buyrak etishmovchiligining xavfi mavjud.
Preparat maltitol saqlaydi va uni fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.
Preparat natriy benzoatini ham saqlaydi, shuning uchun o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda, ayniqsa bolalarda uni o'ta ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Ibufen® D quyidagi hollarda emizikli chaqaloqlarda va bolalarda qo'llash uchun mo'ljallangan:
Har xil genezli yuqori tana xarorati:
shamolash kasalliklari;
o'tkir respirator virusli infektsiyalar;
gripp;
angina (faringit);
tana xarorati oshishi bilan kechuvchi bolalar infektsiyalari;
vaktsinadan keyingi reaktsiyalarda qo'llanadi.
Engil va o'rtacha darajali kelib chiqishi har xil bo'lgan og'riq sindromi:
o'rta quloq yallig'lanishidagi quloq og'riqlari;
tish og'rig'i, tishlarni og'riqli yorib chiqishi;
bosh og'rig'i, migrenlar;
mushaklarda va bo'g'imlarda og'riqlar;
tayanch-xarakat aparatini jarohatlarida qo'llanadi.
ibuprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda;
boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda;
ilgari atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilinganda tumov, eshakemi yoki bronxial astma ko'rinishida allergiya simptomlarini paydo bo'lishi;
NYAQP qo'llangandan keyin zo'rayish bosqichida yoki anamnezida perforasiya yoki qon ketishi bo'lganda avj olgan me'da va (yoki) o'n ikki barmoq ichak yara kasalligida;
og'ir jigar etishmovchiligi, buyrak etishmovchiligi yoki og'ir yurak etishmovchiligida (NYHA tasnifi bo'yicha IV sinf);
boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan sog-2 ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganda (nojo'ya samaralar paydo bo'lishini yuqori xavfi);
bosh miya qon tomirlaridan yoki boshqa o'tkir qon ketishi bo'lgan pasientlarda;
gemorragik diatezi yoki noma'lum genezli qon yaratish tizimining buzilishlari bo'lgan pasientlarda;
og'ir suvsizlanishi holatidagi bo'lgan pasientlarda (qusish, diareya yoki etarli miqdordagi suyuqlikni qabul qilmaganlik bilan chaqirilgan);
homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas.
boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlari bilan, chunki bir vaqtda bir necha NYAQP qo'llash sinergik ta'sir tufayli me'da-ichak yo'llarini yaralanishini va qon ketish xavfini oshirishi mumkin;
atsetisalisil kislotasi bilan: noxush samaralarni og'irlashishi mumkinligi tufayli, ibuprofen va atsetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda davolashni tavsiya qilinmaydi. Eksperimental ma'lumotlar birga davolash ibuprofenni atsetilsalisil kislotasini kichik dozalarini trombositlarni agregasiyasiga bo'lgan samarasini raqobatli susaytirishi mumkinligini ko'rsatadi. Garchi ushbu ma'lumotlar klinik ahamiyati nisbatan noaniqlik bo'lsada, muntazam uzoq muddat qabul qilishi atsetilsalisil kislotasining kichik dozalarini kardioprotektiv samarasini ibuprofenni kamaytirish mumkinligini inkor qilib bo'lmaydi. Ibuprofenni vaqti vaqti bilan qabul qilinganda klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlashishi ehtimoli kam;
gipotenziv preparatlar bilan: NYAQP arterial qon bosimini pasaytiruvchi ta'siriga ega preparatlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin;
siydik haydovchi preparatlar bilan: siydik haydovchi preparatlarning samaradorligini kamayishi to'g'risida kam sonli dalillar bor;
antikoagulyantlar bilan: NYAQP qon ivishini kamaytiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin;
litiy va metotreksat bilan: NYAQP ham litiy, ham Metotreksatni qon plazmasida kontsentrasiyasini oshishini chaqirishi mumkin, qon plazmasida litiy va metotreksatning kontsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi;
zidovudin bilan: ibuprofen va zidovudin bilan bir vaqtda davolangan pasientlarda qon ketish davomiyligini oshishi to'g'risida dalillar mavjud;
kortikosteroidlar bilan: me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya ta'sirlari xavfi oshadi;
digoksin bilan: qon zardobida digoksinning kontsentrasiyasi oshishi mumkin;
fenitoin bilan: qon zardobida fenitoinning kontsentrasiyasi oshishi mumkin;
Tsiklosporin bilan: ayrim NYAQP Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilinganda Tsiklosporin qabul qilinishi tufayli buyraklarni jarohatlash ta'sir xavfi oshishi mumkin. Ushbu ta'sirni aniqlangan Tsiklosporin va ibuprofenni bir vaqtda qo'llangan hollarda inkor qilib bo'lmaydi;
takrolimus bilan: nefrotoksiklik ta'sir xavfi oshadi;
xinolin antibiotiklari bilan: NYAQV xinolin guruhidagi antibiotiklarni qo'llash bilan bog'liq tirishishlar xavfini oshirishi mumkin:
probenesid va sulfinpirazon bilan: probenesid yoki sulfinpirazon ibuprofenning chiqarilishini tormozlashi mumkin;
antitrombositar preparatlar va ayrim serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari bilan: me'da-ichak yo'llaridan qon ketishini paydo bo'lish xavfini oshishi;
mifepriston bilan: mifepristonni qo'llangandan keyin NYAQP 8-12 kun davomida qo'llash mumkin emas, chunki NYAQP uni ta'sirini kamaytirishi mumkin;
kaliy tejovchi diuretiklar bilan: bir vaqtda qo'llash giperkaliemiyani paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin (qon zardobida kaliy kontsentrasiyasini tekshirish tavsiya qilinadi).
Preparatni ko'rsatilgandan yuqoriroq dozada qo'llangan hollarida, zudlik bilan shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.
Homiladorlikning III uch oyligida ibuprofenni qo'llash mumkin emas.
Ibuprofen va uning metabolitlari emizadigan ayollarni sutiga kichik kontsentrasiyada (qo'llangan dozani 0,0008%) o'tadi. Hozirgi kungacha preparatni chaqaloqlarga zararli ta'siri to'g'risida xabarlar yo'q, ibuprofenni og'riq va isitmani davolash uchun qo'llanadigan dozalarda emizishni to'xtatish zarur emas