8 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashDori preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashish va yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak!
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
INDOMETASIN SOFARMA
INDOMETACIN SOPHARMA
Preparatning savdo nomi: Indometasin Sofarma
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): indometasin
Dori shakli: ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: indometasin – 25 mg;
yordamchi moddalar:
tabletka yadrosining tarkibi: laktoza monogidrati, bug‘doy kraxmali, mikrokristall sellyuloza (101 tip), povidon K25, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk;
ichakda eruvchan qobiq tarkibi: metakril kislotasi sopolimeri – etakrilatning 30% li dispersiyasi (1:1); metilmetakrilat sopolimeri: metil metakrilat: metakril kislotasining 30% li dispersiyasi; natriy gidroksidi; polisorbat 80; pigmentli suspenziya – jigarrang (talk, trietilsitrat, titan dioksidi temir (II) oksidi (Ye 172), temir (III) oksidi (Ye 172), propan-1,2 diol-alginat, kaliy sorbati); trietil sitrati.
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, diametri 7 mm, to‘q-sariq-jigarrang rangli, hidsiz, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: yallig‘lanishga va revmatizmga qarshi vosita.
ATX kodi: M02AA23
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Indometasin – indolsirka kislotasining hosilasi bo‘lib nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (NYAQV) guruhiga mansub. Yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirlar namoyon qiladi. Indometasin siklooksigenazani susaytirish yo‘li orqali prostaglandinlar sinteziga kuchli susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yallig‘langan sohada trombositlar agregasiyasi va lipooksigenaza faollikni, muvofiq ravishda leykotrienlarni kamaytiradi; shuningdek endogen pirogenlarni ajralib chiqishini kamaytiradi, lizosomal fermentlarni faolsizlantiradi, neytral proteazalar faolligini susaytiradi.
Indometasin Sofarma preparatining ayrim yordamchi moddalari haqida muhim ma‘lumot
Yordamchi modda sifatida tabletka tarkibida laktoza saqlaydi. Agar shifokor Sizga ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligingiz haqida aytgan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin u bilan maslahatlashing.
Bu dori preparati seliakiya (glyuteinli enteropatiya) bilan xastalangan odamlarga mos keluvchi bug‘doy kraxmalini saqlaydi. Bug‘doyga allergiyasi (seliakiyadan farq qiluvchi) bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Peroral qo‘llanilganda preparat dozasining 80-90% ingichka ichakning shilliq qavatida va kamroq darajada – me‘daning shilliq qavatida so‘riladi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-2 soat davomida erishadi.
Taqsimlanishi
Barcha to‘qimalar va a‘zolarda taqsimlanadi. Yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Sinovial membrana orqali bo‘g‘imlarga kiradi, bunda uning sinovial suyuqlikdagi konsentrasiyasi plazmadagidan yuqori bo‘ladi. Plazmada oqsillar bilan 90-98% bog‘lanadi va boshqa dori vositalarini siqib chiqarishi va bir vaqtda qo‘llanganida ularning terapevtik samarasini kuchaytirishi mumkin.
Metabolizmi
Oksidlanish va kon‘yugasiya yo‘li orqali jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Indometasinning yarim chiqarilish davri 2,6 soatdan 11,2 soatgacha o‘zgaradi yoki o‘rtacha – 5,8 soatni tashkil qiladi. 60-75% gacha buyraklar orqali chiqariladi, uning 10-20% o‘zgarmagan ko‘rinishda, qolgan miqdori safro va axlat bilan chiqariladi. Ko‘krak suti bilan ajraladi.
Qo‘llanilishi
Indometasin revmatoid artrit; o‘tkir va zo‘raygan surunkali yuvenil artrit; o‘tkir va zo‘raygan ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi); podagra xuruji va podagrik artrit; psoriatik artrit; Reyter kasalligi kabi bo‘g‘imlarning yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarida; bo‘g‘im oldi kasalliklari: tendinitlar, bursitlar, tendobursitlar, tendovaginitlar; sportchilardagi jarohatlar; disk churrasi; periferik nerv kasalliklari; og‘riqli hayzda o‘tkir va surunkali og‘riqni qisqa muddatli va simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash usuli
Ovqat qabul qilgandan keyin peroral qabul qilinadi. Tabletkalar butunligicha, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Minimal samarali dozani eng qisqa davr davomida qo‘llash nojo‘ya ta‘sirlarni kamaytirishi mumkin.
Doza va davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Dozalash
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar
Boshlang‘ich dozasi 25-50 mg (1-2 tabletka) sutkada 2-4 martani tashkil qiladi.
Terapevtik samara yetarli bo‘lmaganida dozani uchta qabul qilishga bo‘lingan sutkada 150 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik dozasi 200 mg ni tashkil qiladi. Uzoq muddatli davolaganda sutkalik doza 75 mg dan oshmasligi kerak.
Podagra
O‘tkir podagrik xurujni bartaraf etish uchun 100 mg ni tashkil etuvchi boshlang‘ich doza buyuriladi, undan keyin 50 mg dan sutkada 3 marta dozada og‘riq kamayguncha davolash davom ettiriladi.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) pasientlar
Nojo‘ya ta‘sirlarning yuqori xavfi mavjud. Eng past samarali doza, imkon boricha qisqa muddat davomida tavsiya etiladi. Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi mumkinligi yuzasidan pasientlarni kuzatish kerak.
14 yoshdan kichik pasientlar
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ularda dori preparatining xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan yetarli ma‘lumotlar yo‘q.
Agar Siz dori preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun preparatning miqdorini ikki marta oshirib qabul qilmang.
Yo‘riqnomaga va shifokorning ko‘rsatmalariga muvofiq tabletkalarni qabul qilishni davom ettiring.
Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha boshqa dori vositalari kabi Indometasin Sofarma garchi har bir pasientda namoyon bo‘lmasada nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar me‘da-ichak yo‘llari tomonidan namoyon bo‘ladi. Yara, perforasiya, qon quyilishlar asosan keksa yoshdagi pasientlarda kuzatiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi quiydagicha aniqlanadi:
Juda tez-tez (10 pasientdan 1 nafaridan ko‘proq), tez-tez (100 pasientdan 1 nafardan 10 nafargacha), tez-tez emas (1000 pasientdan 1 nafardan 10 nafargacha), kam hollarda (10000 pasientdan 1 nafardan 10 nafargacha), juda kam hollarda (10000 pasientdan 1 nafardan kamroq, shu jumladan alohida xabarlar), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: leykopeniya (oq qon xujayralarining sonini kamayishi, bu infeksiya paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi), trombositopeniya (qon ketishi xavfi yoki qon talashlarni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi trombositlar sonini kamayishi), agranulositoz (oq qon xujayralarining sonini kamayishi, bu infeksiya paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi), gemolitik anemiya, aplastik anemiya (qizil qon xujayralari sonini kamayishi, holsizlik).
Immun tizimi tomonidan buzilishlari
Juda kam hollarda: bronxospazm (nafas olishni qiyinlashishi), astmatik xuruj, allergik (anafilaktik yoki anafilaktoid) reaksiyalar.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: suyuqlikni tutilishi, giperglikemiya (qonda qand darajasini oshishi), glyukozuriya (siydikda qand), giperkaliemiya (qonda kaliy darajasini oshishi).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, depressiya, toliqish.
Tez-tez emas: xavotirlik, xolsizlik, diqqatni jamlashni buzilishi, sezuvchanlikni buzilishi, shu jumladan paresteziya (uvishish, chumoli o‘rmalashi hissi), dezorientasiya, uyqusizlik, ta‘sirchanlik, periferik nevropatiya (periferik nerv faoliyatini buzilishi), xotirani buzilishi, psixotik reaksiyalar.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘rishni ikkilanishi yoki noaniqligi.
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
Juda kam hollarda: eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: taxikardiya (pulsni tezlashishi), stenokardiya (ko‘krakda og‘riq), palpitasiya (yurak urishini his qilish), aritmiya (noto‘g‘ri yurak ritmi), shishlar.
Juda kam hollarda: NYAQV larni qo‘llash bilan bog‘liq yurak yetishmovchiligini og‘irlashishi.
Indometasin Sofarma kabi dori preparatlarini qo‘llash miokard infarkti yoki insult (bosh miyaga qon quyilishi) xavfini biroz oshishi bilan bog‘liq.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: qon bosimini oshishi yoki pasayishi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, dispepsiya (ovqat hazm qilishni buzilishi, jig‘ildon qaynashi), qabziyat, qorinda og‘riq.
Tez-tez emas: meteorizm (qorinni dam bo‘lishi), melena (axlatda qon), gematemez (qon aralash qusish), yarali stomatit, yarali kolitni zo‘rayishi (yo‘g‘on ichak kasalligi), Kron kasalligi, mavjud yaralarni zo‘rayishi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: sariqlik bilan yoki usiz kechuvchi toksik gepatit (sariqlik bilan yoki usiz kechuvchi jigarni yallig‘lanishi).
Juda kam hollarda: fulminant gepatit (tez kechuvchi jigarni yallig‘lanishi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: toshma, qichishish, eshakemi, petexiyalar (nuqtali qon quyilishlar), ekximozlar (yirikroq qon quyilishlar).
Juda kam hollarda: og‘irroq namoyon bo‘lgan teri reaksiyalari (eksfoliativ dermatit, purpura, tugunli eritema, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz).
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: siydikda oqsil yoki qon bo‘lishi, nefrotik sindrom, interstisial nefrit (buyrakni yallig‘lanishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak tomonidan buzilishlar (papillyar nekroz).
Laborator va instrumental tekshiruvlar natijalariga ta‘siri
Jigar fermentlari darajasini oshishi, bilirubin miqdorini o‘tuvchan oshishi.
Agar nojo‘ya ta‘sirlardan birontasi jiddiylashsa yoki ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ta‘riflanmagan boshqa nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, iltimos bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Indometasin Sofarmani qabul qilmang:
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos, shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Bu muhim, chunki indometasin ayrim dori preparatlarining faolligini o‘zgartirishi mumkin yoki aksincha, ayrim dori preparatlari uning ta‘sirini o‘zgartirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Indometasin Sofarmani quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak:
Indometasin Sofarma preparatini oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan qabul qilish
Indometasin Sofarma preparati bilan davolash vaqtida alkogol yoki alkogol saqlovchi dori preparatlarini iste‘mol qilmang.
Homiladorlik va emizish davri
Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevtga maslahat uchun murojaat eting.
Indometasin Sofarma preparatini homiladorlik (ayniqsa oxirgi 3 oylikda) va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi
Quloqda shovqin, bosh aylanishi, uyquchanlik, eshitishni va ko‘rishni buzilishlari paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, transport vositalarini haydovchilari va mashinalar operatorlari Indometasin Sofarma preparatini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilgan bo‘lsangiz, maslahat uchun davolovchi shifokoringizga murojaat eting.
Yuqoriroq dozalarda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, xotirani buzilishi va dezorientasiya. Og‘irroq holatlarda paresteziya va tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Davolash: qusishni chaqirish, me‘dani yuvish, simptomatik.
Chiqarilish shakli
30 tabletkadan qattiq, rangsiz, tiniq PVX plyonka va alyumin folgali blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan bir tomoni pigment bilan qoplangan yakka karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 (besh) yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.