×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Latviya
Faol modda:
Ипидакрин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Гриндекс, АО
Vakil:
- Grindeks
ATX kodi:
- N07AA
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 16 ta dorixonasida topildi

ico 160 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50 Валента фарм АО Rossiya Federatsiyasi
82 900 s`om dan
DROLOSIT NEO eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1 Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd O'zbekiston
60 000 s`om dan
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N30 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
40 000 s`om dan
SINDRANOL tabletkalari 2mg N28 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company, Венгрия произведено: Pharmathen International S.A. Gretsiya
120 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IPIGRIKS®

IPIGRIX®

 

Preparatning savdo nomi: Ipigriks®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ipidakrin (ipidacrinum)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma 5 mg/ml va 15 mg/ml

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ipidakrin gidroxloridi (suvsiz moddaga qayta hisoblaganda) – 5,0 mg yoki 15,0 mg;

yordamchi moddalar: xlorid kislotasining rN 2,8-4,0 gacha bo‘lgan 1 M eritmasi, in‘eksiya uchun suv 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: parasimpatomimetik vositalar, xolinesteraza ingibitorlari.

ATX kodi: N07AA.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ipidakrin xolinesterazaning qaytuvchi ingibitori hisoblanadi. Membranalarning kaliyli kanallarini bloklab, markaziy nerv tizimida (MNT) va nerv-mushak sinapslarida impulslarni o‘tkazilishini bevosita rag‘batlantiradi. Ipidakrin silliq mushaklarga nafaqat mediator asetilxolinning, balki adrenalin, serotonin, gistamin va oksitosinning ham ta‘sirini kuchaytiradi.

Ipidakrinning asosiy farmakologik samaralari:

  • nerv-mushak o‘tkazilishini tiklanishi va rag‘batlantirish;
  • periferik nerv tizimida ayrim omillar (jarohat, yallig‘lanish maxalliy anesteziyalovchi vositalar, antibiotiklar, kaliy xloridi va boshqalarning ta‘siri) chaqirgan blokadadan keyin impuls o‘tkazilishini tiklanishi;
  • kaliy xlorididan tashqari barcha agonistlar ta‘siri ostida silliq mushakli a‘zolarning qisqaruvchanligini kuchayishi;
  • sedativ ta‘sirning alohida ko‘rinishlari bilan majmuada MNT spesifik o‘rtacha rag‘batlantirilishi;
  • xotirani yaxshilanishi.

Bolalarda qo‘llash xavfsizligini o‘rganish yuzasidan klinik tadqiqotlarining statistik ma‘lumotlari yetarli emas.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Parenteral qo‘llangandan so‘ng tez so‘riladi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilgandan keyin 25-30 minut davomida erishiladi. Faol moddaning 40-55% plazma proteinlari bilan bog‘lanadi. Terapevtik samarasi parenteral yuborilganidan keyin 15-20 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi. Preparatning ta‘sir davomiyligi 3-5 soatni tashkil etadi.

 

 

Taqsimlanishi

Preparat gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Ipidakrin to‘qimalarga tez o‘tadi va muvozanat holatida faol moddaning faqat 2% plazmada bo‘ladi.

 

Metabolizmi va chiqarilishi

Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Ipidakrinni chiqarilishi buyrak orqali va buyrakdan tashqarida (jigarda biotransformasiyaga uchrash yo‘li bilan) amalga oshadi, siydik bilan chiqarilishi ustunlik qiladi. Ipidakrinning yarim chiqarilish davri        40 minutni tashkil qiladi. Ipidakrinni parenteral yuborilgandan keyin, qo‘llangan dozaning 34,8% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Bu preparatni organizmda tez metabolizmga uchrashidan dalolat beradi.

 

Qo‘llanilishi

Periferik nerv tizimi kasalliklari (nevropatiya, nevrit, polinevrit, mielopoliradikulonevrit).

Miasteniya va miastenik sindrom.

Tarqalgan skleroz va nerv tizimining demielinizasiya kasalliklarining boshqa shakllari (majmuaviy davolash).

Davomli buzilishlar bilan birga kechuvchi MNT organik shikastlanishlaridagi bulbar falajlar va parezlar (tiklanish davri).

Senil demensiya, Alsgeymer kasalligi, ensefalopatiya (travmatik, qon tomir patologiyasi va boshqa genezli), bosh miya qon aylanishini buzilishi, bosh miya jarohatlari, bolalarda o‘qitishni qiyinchiliklari bilan kechuvchi serebral disfunksiyada MNT funksional buzilishlari (xotirani, diqqatni jamlash qobiliyatini, motivasiyalarni, tashabbuskorlikni pasayishi, dezorientasiya, emosional harakatchanlik va boshqalar).

Tug‘ruq faoliyatini kuchsizligi.

Ichak atoniyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kasallikning og‘irlik darajasiga qarab, dozalar va davolash davomiyligi individual ravishda belgilanadi. 5 mg/ml va 15 mg/ml saqlovchi ipidakrin eritmalari mushak ichiga va teri ostiga yuboriladi.

Miastenik sindromli periferik nerv tizimi kasalliklarida 1 ml da 5 mg yoki 15 mg ipidakrin saqlovchi eritmalar 1 ml dan kunda 1-2 marta qo‘llanadi. Davolash kursining davomiyligi 1-2 oyni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini, kurslar orasidagi 1-2 oylik interval bilan bir necha marta takrorlash mumkin.

Nerv-mushak o‘tkazuvchanligini og‘ir buzilishlarida miastenik krizni bartaraf etish uchun qisqa vaqt ichida 1 ml da 15 mg (15-30 mg) ipidakrin saqlovchi 1-2 ml eritma yuboriladi, so‘ngra davolash tabletkalar shaklidagi ipidakrin bilan davom ettiriladi.

O‘tkir mononevritda 5 mg/ml eritma 1 ml dan kuniga 1-2 marta yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llanadi. Davolash kursi 10-15 kunni tashkil etadi.

Surunkali nevritda oldingi davolashning samaradorligi yetarli bo‘lmagan hollarda,       5 mg/ml eritma 2 ml dan kunda 1-2 marta qo‘llanadi. Davolash kursi 20-30 kunni tashkil etadi. Zarur hollarda maksimal samaraga erishilguncha davolash kursi 2-4 haftalik interval bilan 2-3 marta takrorlanadi.

Bosh miya jarohatida o‘tkir davrida jarohat vaqtidan 3-5 kun o‘tgach, 5 mg/ml eritma       1-2 ml dan kunda 1-2 marta qo‘llanadi, 5-6 kundan keyin dozani 30-45 mg gacha (15 mg/ml eritma) oshirish mumkin, kunda 1-3 marta buyuriladi. Alohida hollarda og‘ir buzilishlarda 5% li glyukoza eritmasini yoki 0,9% li natriy xlorid eritmasini vena ichiga yuborish mumkin. Davolash kursining davomiyligi individual ravishda belgilanadi va 30-40 kunlar chegarasida o‘zgarib turishi mumkin. Jarohatning kechki davrida xotira, harakatlar, diqqat, nutqni tiklash, harakat buzilishlarini kamaytirish, umumiy ishlash qobiliyatini oshirish uchun tabletkalar shaklidagi ipidakrin qo‘llanadi.

Miyada qon aylanishining buzilishini o‘tkir bosqichida 1 ml da 5 mg ipidakrin saqlovchi eritma 1-2 ml dan kuniga 2-3 marta boshqa preparatlar bilan majmuada, davomli komatoz xolatda, bulbar buzilishlar mavjudligida, afazik, apraksik va amnestik ko‘rinishlarni tez orqaga qaytishi uchun qo‘llanadi. O‘tkir osti davrida 5 mg/ml eritma 1-2 ml dan kunda 2 marta davomiyligi 30-40 kunlik bo‘lgan in‘eksiya kurslari o‘tkaziladi.

Tug‘ruq faoliyatining birlamchi va ikkilamchi kuchsizligida 5 mg/ml eritma 2 ml dan            1 soatlik interval bilan 1-3 marta qo‘llanadi.

Mielopoliradikulit, tarqoq skleroz, Alsgeymer kasalligi va aqli zaiflikning boshqa shakllarida, ichak atoniyasini davolash va oldini olish uchun ipidakrin tabletkalar shaklida qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ipidakrin yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya samaralari kuchsiz ifodalangan bo‘lib, odatda, preparatni bekor qilishni talab qilmaydi (organizmdan tez chiqarilishi preparatning kumulyasiyasi va nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi). Nojo‘ya ta‘sirlari asosan m-xolinoreseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq.

Quyida nojo‘ya ta‘sirlari MedDRA a‘zolar tizimi tasnifi bazasi ma‘lumotlari va uchrash tez-tezligiga muvofiq sanab o‘tilgan: tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha).

Nerv tizimi tomonidan

Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik (preparatning katta dozalari qo‘llanganda).

Kam hollarda: ataksiya.

Yurak tomonidan

Tez-tez: yurakni tez urib ketishi, bradikardiya.

Nafas, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan

Tez-tez emas: bronxlar sekresiyasini kuchayishi.

Kam hollarda: bronxospazm.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan

Tez-tez: gipersalivasiya, ko‘ngil aynishi.

Tez-tez emas: qusish (preparatning katta dozalari qo‘llanganda).

Kam hollarda: diareya, epigastral sohasida og‘riq, ishtahani pasayishi, peristaltikani kuchayishi.

Jigar va/yoki safro chiqarish tizimi tomonidan

Kam hollarda: sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan

Tez-tez: kuchli terlash.

Tez-tez emas: allergik teri reaksiyalari (qichishish, toshmalar) (preparatning katta dozalari qo‘llanganda).

Skelet-mushak va yo‘ldosh tizimlari tomonidan

Tez-tez emas: mushak tirishishlari (preparatning katta dozalar qo‘llanganda).

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiya

Tez-tez emas: kuchsizlik (preparatning katta dozalari qo‘llanganda).

So‘lak oqishi va bradikardiyani xolinoblokatorlar (masalan, atropin) ni yuborish bilan kamaytirish mumkin.

Noxush nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganda preparatning dozasini kamaytirish yoki tez      (1-2 kun davomida) preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

– Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik;

– tutqanoq;

– giperkinezli ekstrapiramidal buzilishlar;

– stenokardiya;

– yaqqol bradikardiya;

– bronxial astma;

– vestibulyar buzilishlar;

– zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;

– ichak yoki siydik chiqarish yo‘llarining tutilishi;

– homiladorlik va emizish;

– bolalar (qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan) da qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ipidakrin nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga va periferik nervlar bo‘ylab mahalliy anestetiklar, aminoglikozidlar va kaliy xloridining qo‘zg‘alashni o‘tkazilishiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchsizlantiradi.

MNT susaytiruvchi dori vositalarining, shu jumladan etanolning sedativ samarasi, shuningdek xolinesterazaning boshqa ingibitorlari, m-xolinomimetik vositalar va  MNT rag‘batlantiruvchi preparatlarning ta‘siri va nojo‘ya samaralari, ipidakrin ta‘siri ostida kuchayadi.

Miasteniyasi bo‘lgan bemorlarda boshqa xolinergik dori vositalari fonida ipidakrin  xolinergik kriz xavfini oshiradi.

Beta-adrenoblokatorlar ipidakrin chaqirgan bradikardiyaning yaqqolligini kuchaytiradi.

Serebrolizin ipidakrinning mental faolligini yaxshilaydi.

Alkogol preparatning noxush nojo‘ya ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, tireotoksikoz, yurak-qon tomir tizimining kasalliklari, nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklarida, shuningdek anamnezida nafas yo‘llarining kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ipidakrin tutqanoqning kechishini zo‘raytirishi, shuningdek alkogolning organizmga salbiy ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Ipidakrin bachadon tonusini kuchaytiradi va tug‘ruq faoliyatini muddatidan oldin chaqirishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Emizish davrida ipidakrinni qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ipidakrin sedativ ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun bu ta‘sirga duchor bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dozasi og‘ir oshirib yuborilganda xolinergik kriz rivojlanishi mumkin (bronxospazm, ko‘z yoshini oqishi, kuchli terlash, qorachiqlarni torayishi, nistagm, MIY peristaltikasini kuchayishi, spontan ich ketishi va siyish, qusish, sariqlik, bradikardiya, yurak ichki o‘tkazuvchanlikni buzilishi, aritmiyalar, arterial gipotenziya, bezovtalik, xavotirlik, qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, ataksiya, tirishishlar, koma, nutqni buzilishi, uyquchanlik, umumiy kuchsizlik.

Davolash simptomatik. M-xolinoblokatorlar (shu jumladan atropin, trigeksifenidil, metasin va boshqalar) qo‘llanadi.Chiqarilish shakli

1 ml dan sariq va qizil rangli (5 mg/ml in‘eksiya uchun eritma) yoki yashil va qizil rangli (15 mg/ml in‘eksiya uchun eritma) ikkita markirovka qiluvchi xalqalar va chiziq yoki sindirish nuqtasi bo‘lgan I gidrolitik sinfi rangsiz shisha ampulalarda.

5 ampuladan usti yopilmagan polivinilxlorid plyonka uyali (taglik) o‘ramda.

2 uyali o‘ramdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 dori vositasi Гриндекс, АО tomonidan Latviya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
IPIGRIKS tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Ипидакрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 197 700 so'mdan Batafsil
MEDIATORN inyeksiya uchun eritma 15mg/ml 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ипидакрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Галичфарм, ПАО
  • Vakil: Arterium
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
NEYROMIDIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Ипидакрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
  • Vakil: Olainfarm
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
IPIGRIKS eritma 1ml 15mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Ипидакрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KARVIDIL tabletkalari 6,25mg N28
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
IPIGRIKS tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Ипидакрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 197 700 so'mdan Batafsil
MILDRONAT kapsulalar 500mg N60
Narh: 228 000 so'mdan Batafsil
BETAMAKS tabletkalari 200mg N30
BETAMAKS tabletkalari 100mg N30
REKREOL maz 50mg
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
REKREOL krem 50mg
IVAKARD tabletkalari 7,5mg N56
Narh: 146 800 so'mdan Batafsil
IVAKARD tabletkalari 5mg N56
DEZAMINOOKSITOSIN tabletkalari 50me N10
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN GRINDEKS sirop 100ml 4mg/5ml
GRINTEROL kapsulalar 250mg N100
GRINTEROL kapsulalar 250mg N50
VARFAREKS tabletkalari 5mg N30
VARFAREKS tabletkalari 3mg N30
VARFAREKS tabletkalari 5mg N100
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 25mg N28
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 12,5mg N28
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 2mg N60
Narh: 196 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 4mg N60
Narh: 322 500 so'mdan Batafsil
VENLAKSOR tabletkalari 37,5mg N30
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
IPIGRIKS tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Ипидакрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9