QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BЫSTRUMGEL
BISTRUMGEL
Preparatning savdo nomi: Bыstrumgel.
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketoprofen
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel.
Tarkibi:
100 g gel quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: ketoprofen 100% moddaga qayta hisoblaganda – 2,5 g;
yordamchi moddalar:
etanol (rektifikasiya qilingan etil spirti) – 40 g,
karbomer 940 yoki 980 – 1,7 g,
trometamol – 1,3 g,
metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,1 g,
lavanda moyi – 0,06 g,
apelsin gullarining moyi (nerolieva moyi) – 0,04 g,
tozalangan suv – 100 g gacha.
Ta‘rifi: rangsiz, deyarli tiniq, o‘ziga hos hidli gel. Tovlanishga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP).
ATX kodi: M02AA10
Farmakologik ta‘siri
Farmakodinamikasi
Ketoprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatdir (NYAQP). Mahalliy yallig‘lanishga qarshi, ekssudasiyaga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Bo‘g‘imlar, paylar, boylamlar, mushaklarning shikastlanishlarini mahalliy davolashni ta‘minlaydi. Bo‘g‘im sindromida tinch holatda va harakatdagi bo‘g‘imlardagi og‘riqni susayishini, bo‘g‘imlarning ertalabki tangligi va shishni kamayishini chaqiradi. Ketoprofen bo‘g‘im tog‘ayiga katabolik ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Gel ko‘rinishida mahalliy qo‘llanganida juda sekin so‘riladi va deyarli organizmda to‘planmaydi. Gelning biokiraolishligi – taxminan 5% ni tashkil qiladi. 50-150 mg doza qo‘llanganidan keyin 5-8 soat o‘tgach plazmadagi konsentrasiyasi – 0,08-0,15 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga gelning katta bo‘lmagan miqdori (3-5 sm) kuniga 2-3 marta yupqa qavat qilib tananing yallig‘langan yoki og‘riqli joylariga qo‘yiladi va ehtiyotkorlik bilan ishqalab singidiriladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1-2 sm dan ko‘p bo‘lmagan preparat kuniga 2 marta qo‘yiladi.
Davolash kursining davomiyligi shifokorning maslahatisiz 14 kundan oshmasligi kerak. Fonoforezda ishlatish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mahalliy reaksiyalar: allergik dermatit, ekzema, terini giperemiyasi, fotodermatit, bullez dermatit, ekzantema, purpura.
Tizimli reaksiyalar: eshakemi, tarqalgan teri toshmasi, shishlar, fotosensibilizasiya, stomatit.
Biron-bir nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ketoprofen yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik, teri qoplamalarini shikastlanishlari (namlanuvchi dermatozlar, ekzema, infeksiyalangan qirilishlar, jarohatlar), homiladorlikning III uch oyligi va laktasiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, buyraklar va jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, homiladorlikning I-II uch oyliklari, jigar porfiriyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ketoprofen sirtga qo‘llanganida boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ochiq jarohatlarga, ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanib, faqat terining shikastlanmagan sohalariga qo‘yish kerak. Preparatni qo‘llangandan keyin qo‘llarni yuvish kerak. Okklyuzion bog‘lovlar bilan qo‘llanmasin.
Jigar va/yoki buyrak funksiyasini buzilishlari, anamnezda me‘da-ichak kasalliklari, bronxial astma, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gelni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Gelning rN ko‘rsatkichi terining rN ko‘rsatkichiga yaqin.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikning III uch oylikida va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni homiladorlikning I-II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirtga qo‘llanganida preparatning faol komponentlarini juda past tizimli so‘rilishi dozani oshirib yuborilishini deyarli mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 2,5% li gel.
30, 50 yoki 100 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15 dan 25oS gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.