×
×
  • Kordiamin inyeksiya uchun

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Kordiamin inyeksiya uchun

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Faol modda:
Никетамид
ATX kodi:
- R07AB02 Никетамид
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SINUPRET draje N50 Bionorica SE Germaniya
80 000 s`om dan
SINGLON tabletkalari 4mg N28 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО Polsha
63 200 s`om dan
LYUKAMONT KIDS tabletkalari 5mg N28 Pharmactive Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
FOSTER aerozol 100+6 mkg 120 doz Chiesi Pharmaceuticals GmbH Avstriya
186 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Kordiamin inyeksiya uchun qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KORDIAMIN-ZDOROVE

CORDIAMIN-ZDOROVYE

Preparatning savdo nomi: Kordiamin-Zdorove

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): niketamid (nikethamide)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg niketamid;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan, o‘ziga xos hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: analeptik.

ATX kodi: R07AB02

 

Farmakologik xususiyatlari

Aralash tur ta‘sir qiluvchi analeptiklar. Ta‘sir mexanizmi ikki komponentdan iborat: markaziy va periferik. Markaziy komponenti uzunchoq miyadagi qon tomirlarni xarakatlantiruvchi markazga bevosita ta‘sir qilish bilan bog‘liq, bu uni qo‘zg‘alishga va umumiy qon bosimini bevosita oshishiga (ayniqsa, bu markazga susaytiruvchi ta‘sirini boshlanishida) olib keladi. Periferik komponenti karotid sinusdagi xemoreseptorlari qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq, bu nafas harakatlarining chuqurligi va sonini oshishiga olib keladi.

Kordiamin markaziy nerv tizimini qo‘g‘atadi, nafas va qon tomirlarni xarakatlantiruvchi markazlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va reflektor qo‘zg‘alishini chaqiradi, bu umumiy periferik qarshilikni oshishiga va arterial bosimni oshishiga olib keladi (samarasi past arterial bosimda namoyon bo‘ladi).

Yurakka bevosita qo‘zg‘atuvchi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ta‘sirining davomiyligi 15-60 minut.

Farmakokinetikasi

Preparat yuborish yo‘lidan qat‘iy nazar yaxshi so‘riladi. Faol bo‘lmagan metabolitlarining xosil bo‘lishi bilan jigarda tez metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali tez chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Kollaps va asfiksiya (shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi);
  • jarrohlik aralashuvlari va operasiyadan keyingi davrdagi shok holatlari;
  • qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlari;
  • infeksion kasalliklarda va tuzalish davrida nafasni susayishi va tomirlar tonusini pasayishi;
  • uyqu vositalari va analgetik vositalar (majmuaviy davolash tarkibida) bilan zaharlanishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga yuboriladi. Bir martalik va sutkalik dozasi, yuborish chastotasi pasientning yoshi va ko‘rsatmalarga qarab, shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi. Vena ichiga yuborish uchun preparatning bir martalik dozasi 10 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultiriladi; 1-3 minut davomida yuboriladi.

Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 ml dan sutkada 1-3 marta buyuriladi. Kattalar uchun teri ostiga yuboriladigan eng yuqori dozalari: bir martalik – 2 ml, sutkalik –        6 ml. Zaharlanishlarda kattalar uchun teri ostiga va vena ichiga yuboriladigan eng yuqori bir martalik dozasi – 5 ml.

Bolalarga teri ostiga yoshiga qarab quyidagi bir martalik dozalarda buyuriladi: 1 yoshgacha – 0,1 ml; 1-4 yosh – 0,15-0,25 ml; 5-6 yosh – 0,3 ml; 7-9 yosh – 0,5 ml; 10-14 yosh – 0,75 ml; sutkada 1-3 marta yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bezovtalik, kuchli ta‘sirchanlik, xavotirlik.

Ovqat-hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: aritmiya, arterial gipertenziya, taxikardiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: mushak tortishishlari (og‘izning aylanma mushaklaridan boshlanadi), tremor,  mushaklar rigidligi.

Dermatologik buzilishlar: yuzni qizarishi yoki shishi, terini qichishishi va/yoki qipiqlanishi.

Umumiy buzilishlar: gipertermiya, kuchli terlash.

Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan eshakemi, angionevrotik shish, tarqoq papulez toshmalar.

Yuborilgan joydagi reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va infiltrasiya kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Niketamidga yuqori sezuvchanlik, tirishishlarga moyillik, tutqanoq, anamnezidagi tutqanoq xurujlari, porfiriya, bolalardagi gipertermiya, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Niketamidning analeptik ta‘siri PASK, salyuzid, fenotiazin hosilalari (aminazin va boshqalar) ta‘sirida kamayadi. Aminazin va rezerpin niketamidning tirishishlarni chaqiruvchi ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Niketamidning pressor samarasi MAO ingibitorlari ta‘sirida oshadi. Niketamid ftivazidning o‘zlashtiraolmaslikni rivojlanishga yordam beradi. Psixostimulyatorlar va antidepressantlarning samaralarni kuchaytiradi. Narkotik analgetiklar, uyqu vositalari, antiseptik, tirishishga qarshi vositalar, anksiolitiklarning ta‘sirini pasaytiradi. Chuqur narkoz fonida kordiamin ta‘sir qilmaydi.

Nomutanosiblik. Preparat kislotalar va ishqorlar bilan faolsizlantiriladi. Faqat tavsiya qilingan erituvchi ishlatilsin. Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat faqat shifoxona sharoitida shifokor nazorati ostida qo‘llanadi. Vena ichiga yuborilganida qisqa muddat ta‘sir qiladi.

Preparatni teri ostiga va mushak ichiga yuboriladigan in‘eksiyalari og‘riqli bo‘lganligi sababli, og‘riqni kamaytirish uchun in‘eksiya qilinadigan joyga oldindan novokain (kattalarga -1 ml 0,5% eritma, bolalarga – yoshga mos dozalarda) yuboriladi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik davrida  preparatni qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lgan xolda emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar. Pediatriya amaliyotida preparatni yoshga bog‘liq dozalarda qo‘llashga ruxsat etilgan. Gipertermiyada qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatning nojo‘ya ta‘sirini kuchayishi; preparat katta dozalarda yoyilgan toniko-klonik tirshishlar, ong va nafasni buzilishi, tirishish vaqtida apnoe chaqirishi mumkin; o‘lim bilan tugashi ham istisno qilinmaydi.

Davolash: tirishishga qarshi vositalarni qo‘llash, jadallashtirgan diurez; zarurati bo‘lganida sun‘iy nafas.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 250 mg/ml 2 ml dan ampulalarda №5x2, №10 blisterda korobkada; №10 korobkada.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Kordiamin inyeksiya uchun dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Kordiamin inyeksiya uchun dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Kordiamin inyeksiya uchun dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
KORDIAMIN 0,25/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Никетамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
KORDIAMIN ZDOROVE inyeksiya uchun eritma 2ml 250mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье,ФК, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9