QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KORDIAMIN-ZDOROVE
CORDIAMIN-ZDOROVYE
Preparatning savdo nomi: Kordiamin-Zdorove
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): niketamid (nikethamide)
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 250 mg niketamid;
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan, o‘ziga xos hidli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: analeptik.
ATX kodi: R07AB02
Farmakologik xususiyatlari
Aralash tur ta‘sir qiluvchi analeptiklar. Ta‘sir mexanizmi ikki komponentdan iborat: markaziy va periferik. Markaziy komponenti uzunchoq miyadagi qon tomirlarni xarakatlantiruvchi markazga bevosita ta‘sir qilish bilan bog‘liq, bu uni qo‘zg‘alishga va umumiy qon bosimini bevosita oshishiga (ayniqsa, bu markazga susaytiruvchi ta‘sirini boshlanishida) olib keladi. Periferik komponenti karotid sinusdagi xemoreseptorlari qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq, bu nafas harakatlarining chuqurligi va sonini oshishiga olib keladi.
Kordiamin markaziy nerv tizimini qo‘g‘atadi, nafas va qon tomirlarni xarakatlantiruvchi markazlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va reflektor qo‘zg‘alishini chaqiradi, bu umumiy periferik qarshilikni oshishiga va arterial bosimni oshishiga olib keladi (samarasi past arterial bosimda namoyon bo‘ladi).
Yurakka bevosita qo‘zg‘atuvchi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ta‘sirining davomiyligi 15-60 minut.
Farmakokinetikasi
Preparat yuborish yo‘lidan qat‘iy nazar yaxshi so‘riladi. Faol bo‘lmagan metabolitlarining xosil bo‘lishi bilan jigarda tez metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali tez chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga yuboriladi. Bir martalik va sutkalik dozasi, yuborish chastotasi pasientning yoshi va ko‘rsatmalarga qarab, shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi. Vena ichiga yuborish uchun preparatning bir martalik dozasi 10 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultiriladi; 1-3 minut davomida yuboriladi.
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 ml dan sutkada 1-3 marta buyuriladi. Kattalar uchun teri ostiga yuboriladigan eng yuqori dozalari: bir martalik – 2 ml, sutkalik – 6 ml. Zaharlanishlarda kattalar uchun teri ostiga va vena ichiga yuboriladigan eng yuqori bir martalik dozasi – 5 ml.
Bolalarga teri ostiga yoshiga qarab quyidagi bir martalik dozalarda buyuriladi: 1 yoshgacha – 0,1 ml; 1-4 yosh – 0,15-0,25 ml; 5-6 yosh – 0,3 ml; 7-9 yosh – 0,5 ml; 10-14 yosh – 0,75 ml; sutkada 1-3 marta yuboriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nerv tizimi tomonidan: bezovtalik, kuchli ta‘sirchanlik, xavotirlik.
Ovqat-hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: aritmiya, arterial gipertenziya, taxikardiya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: mushak tortishishlari (og‘izning aylanma mushaklaridan boshlanadi), tremor, mushaklar rigidligi.
Dermatologik buzilishlar: yuzni qizarishi yoki shishi, terini qichishishi va/yoki qipiqlanishi.
Umumiy buzilishlar: gipertermiya, kuchli terlash.
Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan eshakemi, angionevrotik shish, tarqoq papulez toshmalar.
Yuborilgan joydagi reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va infiltrasiya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Niketamidga yuqori sezuvchanlik, tirishishlarga moyillik, tutqanoq, anamnezidagi tutqanoq xurujlari, porfiriya, bolalardagi gipertermiya, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Niketamidning analeptik ta‘siri PASK, salyuzid, fenotiazin hosilalari (aminazin va boshqalar) ta‘sirida kamayadi. Aminazin va rezerpin niketamidning tirishishlarni chaqiruvchi ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Niketamidning pressor samarasi MAO ingibitorlari ta‘sirida oshadi. Niketamid ftivazidning o‘zlashtiraolmaslikni rivojlanishga yordam beradi. Psixostimulyatorlar va antidepressantlarning samaralarni kuchaytiradi. Narkotik analgetiklar, uyqu vositalari, antiseptik, tirishishga qarshi vositalar, anksiolitiklarning ta‘sirini pasaytiradi. Chuqur narkoz fonida kordiamin ta‘sir qilmaydi.
Nomutanosiblik. Preparat kislotalar va ishqorlar bilan faolsizlantiriladi. Faqat tavsiya qilingan erituvchi ishlatilsin. Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat shifoxona sharoitida shifokor nazorati ostida qo‘llanadi. Vena ichiga yuborilganida qisqa muddat ta‘sir qiladi.
Preparatni teri ostiga va mushak ichiga yuboriladigan in‘eksiyalari og‘riqli bo‘lganligi sababli, og‘riqni kamaytirish uchun in‘eksiya qilinadigan joyga oldindan novokain (kattalarga -1 ml 0,5% eritma, bolalarga – yoshga mos dozalarda) yuboriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lgan xolda emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar. Pediatriya amaliyotida preparatni yoshga bog‘liq dozalarda qo‘llashga ruxsat etilgan. Gipertermiyada qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.
Davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: preparatning nojo‘ya ta‘sirini kuchayishi; preparat katta dozalarda yoyilgan toniko-klonik tirshishlar, ong va nafasni buzilishi, tirishish vaqtida apnoe chaqirishi mumkin; o‘lim bilan tugashi ham istisno qilinmaydi.
Davolash: tirishishga qarshi vositalarni qo‘llash, jadallashtirgan diurez; zarurati bo‘lganida sun‘iy nafas.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 250 mg/ml 2 ml dan ampulalarda №5x2, №10 blisterda korobkada; №10 korobkada.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.