×
×
  • LODIGREL tabletkalari 75mg N14

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LODIGREL tabletkalari 75mg N14

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
ATX kodi:
- B01AC04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LOPIGROL tabletkalari 75mg N14 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
90 000 s`om dan
KARDIOMAGNIL tabletkalari 75mg+15,2mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
39 800 s`om dan
LOPIREL tabletkalari 75mg N28 Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd Malta
ZUGREL tabletkalari 10mg N20 Incepta Pharmaceuticals Ltd Bangladesh
243 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LODIGREL tabletkalari 75mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Lodigrel qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 75 mg

klopidogrel

 

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

– Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, sizga uni qayta o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

– Agarda Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

– Bu dori vositasi faqat Sizga buyurilgan. Uni boshqa odamlarga bermang. U ularga, xatto ularda kasallikni xuddi shu belgilari bo‘lsa ham zarar keltirishi mumkin.

– Ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan har qanday nojo‘ya samaralari aniqlanganida yoki paydo bo‘lganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

 

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotni saqlaydi:

  1. Lodigrel nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Lodigrel preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Lodigrelni qanday qabul qilish kerak
  4. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Lodigrelni qanday saqlash kerak
  6. Dorixonalardan berish tartibi
  7. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
  1. Lodigrel nima va u nima uchun qo‘llanadi

Lodigrel trombositlarga qarshi preparatlar deb ataladigan dori vositalari guruhiga kiradi. Trombositlar – bu eritrosit va leykositlardan kichik, qon ivishida bir-biriga yopishib qoladigan juda kichik qon xujayralari. Trombositlarga qarshi dori preparatlari bunday yopishib qolishni bartaraf qilib, qon ivish ehtimolini kamaytiradi.

Lodigrelni devorlari dag‘al qon tomirlarida (arteriyalarda) aterotromboz deb ataluvchi va aterotrombotik buzilishlarga olib keluvchi (masalan, insultga, infarktga yoki o‘limga) jarayonda qon ivishini bartaraf qilish uchun (tromb hosil bo‘lishi) qo‘llanadi.

Lodigrel sizga tromblarni shakllanishini oldini olish va quyidagi sabablar bo‘yicha shunday og‘ir asoratlar xavfini pasaytirish uchun buyurilgan:

– sizning arteriyalaringiz yuqori zichlikka (arteroskleroz deb nomlanuvchi) ega va

– sizda ilgari yurak xuruji yoki insult yoki Sizda periferik arteriyalarning kasalliklari bo‘lgan yoki

– sizda ko‘krakda og‘riq bilan kechuvchi, noturg‘un stenokardiya yoki miokard infarkti (yurak xuruji) deb ataluvchi og‘ir holat bo‘lgan. Bunday holatni davolash uchun shifokor samarali qon oqimini tiklash uchun yopilgan yoki toraygan arteriyaga stentni kirgizishi mumkin bo‘lgan. Sizga shuningdek asetilsalisil kislotasi buyurilishi kerak edi (ko‘pchilik dori vositalarida og‘riqni susaytirish va tana haroratini pasaytirish uchun, shuningdek qon ivishini oldini olish uchun ishlatiladigan modda)

– sizda nomuntazam yurak ritmi, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi deb nomlanuvchi holat kuzatilgan va siz yangi tromblarni hosil bo‘lishini va bor tromblarning yanada kattalashishini oldini oluvchi “oral antikoagulyantlar” (yangi K vitaminining antagonistlari) deb nomlanuvchi preparatlarni qabul qilaolmaysiz. Bunday holatlarda “oral antikoagulyantlar” asetilsalisil kislotasi yoki asetilsalisil kislotasini Lodigrel bilan majmuasiga qaraganda samaraliroq ekanligini sizga tushuntirib berishlari kerak. Agarda siz “oral antikoagulyantlar”ni qabul qilaolmasangiz va sizda katta qon ketishining xavfi bo‘lmasa, shifokor sizga Lodigrel va asetilsalisil kislotasini yozib berishi kerak edi.

 

  1. Lodigrel tabletkalarini qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak

Lodigrelni quyidagi holatlarda qabul qilmang:

  • agar sizda klopidogrelga yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa (6 bo‘limda keltirilgan);
  • agar sizda hozirgi vaqtda qon ketishini chaqiruvchi, masalan, me‘da yarasi yoki bosh miyaga qon quyilishi kabi kasalliklar bo‘lsa;
  • agar sizda jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lsa;

Agar siz bu holatlardan biri sizda bor deb o‘ylasangiz, shuningdek har qanday boshqa shubhalar bo‘lsa, Lodigrel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Lodigrel preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar sizda quyida sanab o‘tilgan holatlardan birortasi bo‘lsa, siz bu preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing:

  • agar sizda yuqori qon ketish xavfi bo‘lsa, masalan:

– ichki qon ketish xavfi bilan kechuvchi kasalliklar (masalan me‘da yarasi) bo‘lsa;

– qonni o‘zgarishi, bunda ichki qon ketishi bo‘lishi mumkin (organizmning har qanday to‘qimalari, a‘zolari yoki bo‘g‘imlariga);

– yaqinda o‘tkazilgan og‘ir jarohat;

– yaqinda o‘tkazilgan operasiya (shu jumladan stomatologik);

– keyingi yetti kun davomida operasiya rejalashtirilsa (shu jumladan stomatologik);

  • keyingi yetti kun davomida sizda bosh miya tomirlarining trombozi (ishemik insult) bo‘lgan bo‘lsa;
  • siz boshqa tur dori preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz («Boshqa dori vositalarini qabul qilish» bo‘limiga qarang);
  • sizda buyraklar yoki jigarning kasalliklari bo‘lsa.

Lodigrel preparatini qabul qilish vaqtida

  • Agarda jarrohlik operasiya rejalashtirilayotgan bo‘lsa (shu jumladan stomatologik) siz shifokorga xabar qilishingiz kerak.
  • Siz shuningdek shifokorga isitma va teri osti qon quyilishlari hosil bo‘lishi bilan bo‘lgan har qanday holatini (trombotik trombositopenik purpura, TTP deb nomlanuvchi) rivojlanishini darhol xabar qilishingiz kerak, ular mayda qizil nuqtalar shakliga ega bo‘lishlari mumkin, haddan ziyod tushuntirib bo‘lmaydigan toliqish, ongni chalkashish holati, terini yoki ko‘zni sarg‘ayishi bilan (sariqlik) birga kechishi yoki kechmasligi mumkin (“Tibbiyotda qo‘llanganida mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari” 4 bo‘limiga qarang).
  • Agar siz teringizni kesib olsangiz yoki jarohatlansangiz, qon ketishini to‘xtatish odatdagidan ko‘p vaqtni olishi mumkin. Bu Siz qo‘llayotgan preparatning ta‘sir mexanizmi bilan bog‘liq, u qon ivishini oldini oladi. Kichik kesilishlar yoki shikastlanishlarda, masalan soqol olish vaqtida, odatda u xavfli emas. Ammo qon ketishi sizni bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat qiling (“Tibbiyotda qo‘llanganida mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari” 4 bo‘limiga qarang).
  • Shifokor qon tahlilini buyurishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlar

Lodigrelni bolalar va o‘smirlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.

Boshqa dori vositalari va Lodigrel

Siz qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

Ayrim dori vositalari Lodigrel preparatiga ta‘sir qilishi mumkin, Lodigrel ham boshqa dorilarga ta‘sir qilishi mumkin.

Agar siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz albatta shifokorga xabar bering:

  • antikoagulyantlar (qon ivishini kamaytiruvchi preparatlar) ichga qabul qilish uchun
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, odatda mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riqli va/yoki yallig‘lanish jarayonlarini davolash uchun qo‘llanadigan
  • qon ivishini pasaytirish maqsadida geparin yoki in‘eksiya uchun boshqa vosita
  • omeprazol, ezomeprazol yoki simetidin – me‘dani ma‘lum buzilishlarini davolash uchun preparatlar
  • flukonazol, varikonazol, siprofloksasin yoki xloramfenikol – bakterial yoki zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun preparatlar
  • fluoksetin, fluvoksamin yoki moklobemir – depressiyani davolash uchun preparatlar
  • karbamazepin yoki okskarbamazepin – tutqanoqning ayrim shakllarini davolash uchun preparatlar
  • tiklopidin – boshqa antitrombositar preparat

Agar sizda ko‘krakda kuchli og‘riq (noturg‘un stenokardiya yoki yurak xurujlari) bo‘lgan bo‘lsa, sizga Lodigrel asetilsalisil kislotasi bilan birga buyurilishi mumkin, u ko‘pchilik og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi dorilarda saqlanadi. Asetilsalisil kislotasini bir marta qabul qilish (har qanday 24 soatlik davrida   1000 mg dan ko‘p emas), odatda buzilishlarni chiqarmaydi, ammo boshqa holatlarda uzoq qabul qilishni shifokor bilan hal qilish kerak.

Lodigrel tabletkasini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Ovqat bu preparatga ta‘sir qilmaydi. Lodigrelni ovqatni qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Homiladorlik, emizish va fertillik

Lodigrelni homiladorlik va emizish davrida qabul qilmaslik yaxshiroq.

Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorlikni gumon qilsangiz yoki farzand ko‘rishni rejalashtirsangiz, Lodigrel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin siz shifokorga yoki farmasevtga bu haqida aytishingiz kerak. Agarda homiladorlik Lodigrel preparatini qabul qilish vaqtida yuz bersa, darhol shifokor bilan maslahatlashing, chunki klopidogrilni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Bu preparatni qabul qilish vaqtida emizish mumkin emas.

Agar siz bola emizayotgan bo‘lsangiz yoki emizishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish

Lodigrel transport vositalarini yoki mexanizmlarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

 

Lodigrel gidrogenlangan kanakunjut moyini saqlaydi, u me‘da buzilishini yoki diareyani chiqarishi mumkin.

  1. Lodigrelni qanday qabul qilish kerak

Har doim Lodigrelni shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Agar sizda ishonch bo‘lmasa, albatta shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar sizda ko‘krakda kuchli og‘riq bo‘lsa (noturg‘un stenokardiya yoki yurak xuruji), shifokor sizga 300 mg Lodigrel preparatini (75 mg dan 4 tabletka) davolash kursini boshida bir marta buyurishi mumkin. So‘ngra siz odatdagi dozani – kuniga bir 75 mg li tabletkani ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar har kuni bir vaqtda qabul qilasiz.

Siz Lodigrelni shifokor buyurgan vaqt davrida qabul qilishingiz kerak.

Agar siz Lodigrel preparatini juda ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz

Yuqori qon ketish xavfi sababli shifokorga yoki yaqindagi shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.

Agar siz Lodigrelni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar siz Lodigrel preparatining dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, ammo buni odatdagi qabul qilish vaqtidan keyin 12 soat davomida eslasangiz, darhol tabletkani qabul qiling, so‘ngra esa keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qiling.

Agar siz 12 soatdan ko‘proq o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, keyingi tabletkani odatdagi vaqtida qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozaning to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.

Agar siz Lodigrelni qabul qilishni to‘xtatsangiz

Preparatni qabul qilishni shifokorning ko‘rsatmasisiz to‘xtatish mumkin emas. Preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan oldin shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Agar sizda bu preparatani qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Tibbiyotda qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalari

Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq ular hamma pasientlarda ham paydo bo‘lavermaydi.

Nojo‘ya reaksiyalarning ularni rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha tasnifi:

  • Juda tez-tez: 10 buyurishdan 1 holda uchraydi
  • Tez-tez: 100 buyurishdan 1 holda uchraydi
  • Tez-tez emas: 1000 buyurishdan 1 holda uchraydi
  • Kam: 10000 buyurishdan 1 holda uchraydi
  • Juda kam: 10000 buyurishdan 1 dan kam holda uchraydi

Quyidagi nojo‘ya samaralaridan birontasi paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qiling:

– isitma, infeksiya belgilari yoki haddan ziyod toliqish: Ular ayrim qon hujayralarining miqdorini keskin pasayishi oqibatida bo‘lishi mumkin.

– jigar faoliyatini buzilish belgilari, masalan, terini sarg‘ayishi va/yoki ko‘z oqini sarg‘ayishi (sariqlik), teri ostiga qon quyilishlarini bo‘lishi yoki bo‘lmasligi (mayda qizil nuqtalar ko‘rinishida) va/yoki ongni chalkashgan holati («Lodigrel preparatini qo‘llash o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi» bo‘limiga qarang).

– og‘iz shilliq qavatini shishi, terini o‘zgarishi, masalan, toshma va qichishish, terida pufaklar – bu allergik reaksiyalarning belgilari bo‘lishi mumkin.

Lodigrel preparatining eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samarasi bo‘lib (100 dan 1 dan 10 pasientlarda kuzatiladi) qon ketishidir. Qon ketishi me‘da yoki ichakdan qon ketishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin, bu ko‘karishlar, gematomalar (odatdagi bo‘lmagan qon quyilishi yoki teri ostida ko‘karishlar), burundan qon ketishi, siydikda qonni paydo bo‘lishi. Kam hollarda ko‘zlarga qon quyilishi, bosh-miya ichki qon quyilishlari, o‘pka yoki bo‘g‘imdan tashqari qon ketishlar ta‘riflangan.

Agar sizda Lodigrel preparatini qabul qilish vaqtida uzoq muddatli qon ketishi paydo bo‘lsa

Agar siz biron joyingizni kesib olsangiz yoki jarohatlansangiz, qon ketishini to‘xtatish odatdagidan ko‘p vaqtni egallashi mumkin. Bu siz qo‘llayotgan preparatning ta‘sir mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lib, qon ivishini oldini oladi. Unchalik katta bo‘lmagan kesilishlar yoki shikastlanishlarda, masalan, soqol olishda, bu odatda xavfli emas. Ammo qon ketishi sizni xavotirga solsa, darhol shifokorga murojaat qiling. («Lodigrel preparatini qo‘llash o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi» bo‘limiga qarang).

Lodigrel preparatining boshqa mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari quyida sanab o‘tilgan

Tez-tez bo‘ladigan nojo‘ya samaralari (100 dan 1-10 pasientlarda kuzatiladi): diareya, qorin og‘rig‘i, hazm qilaolmaslik, jig‘ildon qaynashi.

Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralari (1000 dan 1-10 pasientlarda kuzatiladi): bosh og‘rig‘i, me‘da yarasi, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, me‘da yoki ichakda gazni to‘planishi, toshma, qichishish, bosh aylanishi, tegish hissini o‘zgarishi.

Kam bo‘ladigan nojo‘ya samaralari (10000 dan 1-10 pasientlarda kuzatiladi): tizimli bosh aylanishi.

Juda kam bo‘ladigan nojo‘ya samaralari (10000 dan 1 dan kamroq pasientlarda kuzatiladi): sariqlik, orqada og‘riq yoki usiz bo‘lgan kuchli qorin og‘rig‘i, isitma, qiyinlashgan nafas, ba‘zida yo‘tal bilan, umumiy allergik reaksiyalar, og‘iz shilliq qavatni shishi, terida pufaklar, teri allergiyasi, og‘iz shilliq qavatini yallig‘lanishi (stomatit), arterial bosimni pasayishi, ongni chalkashish, gallyusinasiyalar, bo‘g‘imlarda og‘riq, mushaklarda og‘riq, ta‘m bilish hissini buzilishi.

Bundan tashqari, tahlil natijalari bo‘yicha shifokor qonda yoki siydikda o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin.

Og‘ir nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanganida yoki ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan samaralari paydo bo‘lganida, iltimos, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Lodigrelni qanday saqlash kerak

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Lodigrel o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qabul qilinmasin.

Ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni yaroqlilik muddatining tugagan sanasi hisoblanadi.

Dori vositasini maishiy chiqindi yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agarda boshqa kerak bo‘lmagan preparatni tashlab yuborishni zarurati bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitning ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.

  1. 6. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Lodigrel preparati nima saqlaydi.

Bu preparatning faol moddasi klopidogreldir. Har bir tabletka 75 mg klopidogrel (gidrosulfati ko‘rinishida) saqlaydi.

Boshqa komponentlari:

tabletkaning mag‘zi: mikrokristallik sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, quyi darajada o‘rin almashgan gidroksipropilsellyuloza, gidrogenlangan kanakunjut moyi; qobig‘i: oq Opadri Y-1-7000 (gipromelloza Ye464, titan dioksidi Ye171, Makrogol 400).

Lodigrel qanday ko‘rinishga ega va o‘ramida nima saqlanadi

Lodigrel preparati 75 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalari – bu oq yoki deyarli oq dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, silliq va bir xil yuzali, hidsiz yoki deyarli hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tabletkaning bir tomonida «Ye 181» gravirovkasi bor.

Chiqarilish shakli: qobiq bilan qoplangan 7 tabletka blisterda. 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LODIGREL tabletkalari 75mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LODIGREL tabletkalari 75mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LODIGREL tabletkalari 75mg N14 dori vositasi Фармацевтический завод Эгис, ЗАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LODIGREL tabletkalari 75mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LODIGREL tabletkalari 75mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALOTENDIN tabletkalari 5mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
ALOTENDIN tabletkalari 5mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
STIMULOTON tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 106 500 so'mdan Batafsil
EGOLANZA tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Olanzapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
EGOLANZA tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Olanzapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Narh: 85 500 so'mdan Batafsil
XARTIL tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Ramipril ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
STIMULOTON tabletkalari 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
GALIDOR tabletkalari 100mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Bensiklan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
STIMULOTON tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
ROZULIP PLYUS kapsulalar 5mg/10mg N30
TORVAZIN tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TORVAZIN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TORVAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
LODIGREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9