×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
ATX kodi:
- C07FB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
NITRO MIK sprey 0,4mg Микрохим,НПФ,ООО Ukraina
78 400 s`om dan
115 000 s`om dan
TIOTRIN S.T inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5% N10 Samsun-Tashkent Farm Ltd, СП ООО O'zbekiston
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Alotendin®

(bisoprolol/amlodipin)

tabletkalari

5 mg/5 mg, 5 mg/10 mg, 10 mg/5 mg, 10 mg/10 mg

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotlarni saqlaydi.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Bu dori vositasi Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. U, xatto agar ularda kasallikning aynan shunday simptomlari bo‘lsa ham, ularga zarar keltirishi mumkin,.
  • Agar Sizda qandaydir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling (4-bo‘limga qarang).

 

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Alotendin® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Alotendin® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Alotendin® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Alotendin® preparatini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
  1. Alotendin® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi

Alotendin® preparati (bisoprolol/amlodipin) oshgan arterial bosimini (arterial gipertenziyani) va ayrim sabablar oqibatida yuz bergan kislorodni miokardga tashilishining surunkali yetishmovchiligini (surunkali stabil stenokardiya) davolash uchun, holati amlodipin va bisoprololni alohida tabletkalar ko‘rinishida, ammo xuddi o‘sha dozalarda bir vaqtda qo‘llanganda adekvat nazorat qilish mumkin bo‘lgan pasientlarda ishlatiladi.

  1. Alotendin® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Alotendin® tabletkasini quyidagi holatlarda qabul qilmang:

  • Agar Sizda amlodipin, bisoprolol (faol moddalar), digidropiridin hosilalariga yoki Alotendin® tabletkasining 8-bo‘limda keltirilgan har qanday yordamchi moddalariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
  • Agar Sizda yurakning chap qorinchasidan qonni otilib chiqishiga jiddiy to‘siq (aortani og‘ir torayishi) bo‘lsa;
  • Agar Sizda o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki o‘tkir miokard infarktidan keyingi yurak mushaklarini qisqarish kuchini kuchaytirish uchun preparatlarni vena ichiga yuborilishini talab etuvchi yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
  • Agar Sizda yurak faoliyatini buzilishi oqibatida shok yuz bergan bo‘lsa (bunday hollarda arterial bosimi juda past va qon aylanishi kollapsga moyil bo‘ladi);
  • Agar Sizda yurak qisqarishlari soni juda kam yoki nomuntazam qisqarishlar bilan ifodalanuvchi yurak patologiyasi (2 yoki 3 darajali atrioventikulyar blokada, sinoatrial blokada, sinus tugunining kuchsizligi sindromi) bo‘lsa;
  • Arterial bosimni yaqqol pasayishi hollarida (birinchi ko‘rsatgich turg‘un 100 mm sim. ust. dan past);
  • Og‘ir bronxial astma yoki o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida;
  • Periferik arteriyalarning jiddiy patologiyalarida;
  • Sovuq ta‘sirga uchragan qo‘l va oyoq barmoqlarini uvishishi, “guvillashi” va oqarishi bilan ifodalanuvchi Reyno sindromida;
  • Buyrak usti bezlari mag‘iz qavatining kam uchraydigan o‘smasi namoyon qilgan davolanmagan feoxromositoma holida;
  • Qonning rN kislotali tomonga o‘zgarganidagi metabolik o‘zgarishlarda;

Agar Siz, Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan birontasi bor deb taxmin qilsangiz, o‘z shifokoringiz bilan Sizga bu preparatni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida maslahatlashing.

Tibbiyotda qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralari

Alotendin® preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Alotendin® tabletkalarini quyida ta‘riflangan holatlarda alohida o‘ta ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak, shuning uchun agar Sizda quyida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Siz o‘z shifokoringizga albatta xabar bering:

  • Keksa yoshda bo‘lsangiz;
  • Yurak yetishmovchiligi;
  • Qonda qand darajasini katta o‘zgarishlari bilan kechuvchi qandli diabet;
  • Qat‘iy parhez;
  • Parallel o‘tkaziladigan allergiyaga qarshi (desensibilizasiyalovchi) davolash (masalan, allergik rinitni oldini olish maqsadida davolash);
  • Yurakning o‘tkazuvchi tizimini ozgina buzilishlari (birinchi darajali AV-blokada);
  • Koronar arteriyalarning perfuziyasini buzilishi (Prinsmetal stenokardiyasi);
  • Perfuziyani pasayishi bilan ifodalanuvchi qo‘l-oyoqlarning qon tomir kasalliklari;
  • Psoriaz;
  • Gipertireoz;
  • Jigar va buyrak kasalliklari;
  • Buyrak usti bezlari mag‘iz qavatining kam uchraydigan o‘smasi namoyon qilgan davolangan feoxromositomada;
  • Bronxial astma yoki o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari hollari;
  • Agar Sizga jarrohlik operasiyasini o‘tkazish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, anesteziologni Alotendin® tabletkasini qabul qilayotganingiz to‘g‘risida ogohlantiring.

Yuqorida sanab o‘tilgan siljishlar bo‘lganida, Sizning shifokoringiz, Sizga, ehtimol alohida yordam kerakligini (masalan, qo‘shimcha farmakoterapiya) hal qiladi.

 

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Ushbu dori vositasini 18 yoshdan kichik bolalarda, pasientlarning ushbu yosh toifasida xavfsizlik va samaradorlik yuzasidan ma‘lumotlarni yo‘qligi sababli qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari va Alotendin® preparati

Ushbu preparatning terapevtik va nojo‘ya samaralari, bir vaqtda qabul qilinayotgan boshqa preparatlarning samaralari ta‘sirida o‘zgarishi mumkin.

O‘zaro ta‘sirlar, xatto agar boshqa dori preparatlari qisqa vaqt davomida qabul qilinsa ham, o‘rin tutishi mumkin.

O‘z shifokoringizga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejelashtirayotgan har qanday dori vositalar, shu jumladan reseptsiz beriladigan vositalar to‘g‘risida xam xabar bering.

Quyidagi preparatlarni Alotendin® tabletkalari bilan birga buyurish tavsiya qilinmaydi:

Verapamil va diltiazem tipidagi kalsiy kanallarining blokatorlari: bu preparatlar yuqori arterial bosimni va surunkali stabil stenokardiyani davolash uchun ishlatiladi.

Markaziy ta‘sirga ega gipotenziv vositalari (masalan, klonidin, metildopa, moksonodin, rilmenidin): bu preparatlarni qabul qilishni shifokor bilan maslahatlashishdan oldin to‘xtatmang.

Quyidagi preparatlar Alotendin® tabletkalari bilan birga faqat ayrim holatlarda, ehtiyotkorlik bilan va tibbiy kuzatuv imkoniyati bo‘lgan sharoitda buyurilishi mumkin:

Yurak ritmiga ta‘sir qiluvchi ayrim preparatlar: (xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon, amiodaron). Bu preparatlar aritmiyalarni va yurak ritmining boshqa buzilishlarini davolash uchun ishlatiladi.

Beta-blokatorlarning topik dori shakllari: (masalan, glaukomani davolashdagi ko‘z tomchilari).

Parasimpatomimetiklar. Bu preparatlar me‘da, ingichka ichak, qovuq kasalliklarida, silliq mushaklarning faoliyatini kuchaytirish uchun, shuningdek glaukomada ishlatiladi.

Insulin va peroral diabetga qarshi vositalar.

Uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi vositalar.

Yurak glikozidlari (angishvonagul preparatlari), yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV). Bu preparatlar bo‘g‘imlarning yallig‘lanishida, og‘riqlarda yoki artritni davolash uchun buyurilishi mumkin.

Simpatomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin, noradrenalin, adrenalin). Bu preparatlar shoshilinch vaziyatlarda qon aylanishining jiddiy buzilishlarini davolash uchun ishlatiladi.

Terapevtik yoki nojo‘ya samaralarni hisobiga arterial bosimni pasayishini chaqiradigan har qanday preparatlar (masalan, antigipertenziv preparatlar, trisiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar).

Sizning davolovchi shifokoringiz Alotendin® tabletkalari bilan quyidagi preparatlarni birga buyurish masalasini hal qilish kerak:

Meflokin, bezgakni oldini olish yoki davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari (MAO-V ingibitorlaridan tashqari) depressiyani davolash uchun ishlatiladigan vosita.

Amlodipin yoki bisoprololning metabolizmiga ta‘sir etuvchi preparatlar (masalan: rifampisin, ketokonazol, itrakonazol, eritromisin, ritonavir va teshik dalachoy).

Ergotamin hosilalari (ginekologik qon ketishlarini davolash uchun preparatlar)

Alotendin® tabletkalarini oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish

Alkogol ushbu preparatning gipotenziv samarasini (arterial bosimni pasaytiruvchi samarasini) potensiyalashi mumkin. Tabletkalarni ovqat hazm qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

 

Fertillik, homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizayotgan bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki bola tug‘ishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqida bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Homiladorlik

Homilador ayollarda preparatni qo‘llashni yetarli klinik tajribasini yo‘qligini hisobga olib, u faqat xavf/foyda nisbati davolovchi shifokor tomonidan sinchiklab shaxsiy ravishda ko‘rib chiqilgandan keyin buyurilishi mumkin, shuning uchun o‘z shifokoringizni homiladorlik bo‘lishi mumkinligi yoki uni rejalashtirilayotgani to‘g‘risida ogohlantirishni esdan chiqarmang.

Homiladorlik vaqtida preparat buyurilgan hollarda, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqning holatini sinchkov monitoringi talab qilinishi mumkin.

Emizish davri

Muvofiq klinik tajribaning yo‘qligini hisobga olib, bu preparatni emizikli onalarda ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, har qanday preparatni qabul qilishdan oldin O‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Alotendin® tabletkalari, ayniqsa davolanishni boshlaganingizda yoki Sizda davolash sxemasi o‘zgartirilganida, shuningdek alkogol iste‘mol qilingan hollarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, toliqish yoki ko‘ngil aynishini chaqirib, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin – shu sababli shifokor har bir alohida holda preparatning qanday dozasida Siz transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishingiz mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

  1. Alotendin® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak

Bu preparatni shifokorning ko‘rsatmasiga qat‘iy amal qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling.

Dozalash tartibi

Odatda tavsiya etilgan doza – ma‘lum dozadagi bir tabletkani tashkil qiladi.

Pasientlarning maxsus guruhlari

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi

Odatda jigar va buyrakning yengil va o‘rtacha funksional yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritishga ehtiyoj yo‘q.

Jigar va buyrak faoliyatini jiddiy buzilishida dozalash o‘zgartirilishi mumkin.

Keksa pasientlar

Keksa pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, biroq doza oshirilganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar

Alotendin® tabletkalarini bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatni ushbu toifa pasientlarida xavfsizligi va samaradorligi tasdiqlanmagan.

Qo‘llash usuli

Alotendin® tabletkalarini, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan, ertalab qabul qilgan ma‘qulroq.

Tabletkaning riskasi faqat tabletkani qabul qilish qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan, agar Sizga uni butunligicha qabul qilish qiyin bo‘lsa, riska tabletkani sindirishga yordam beradi.

Agar Siz Alotendin® tabletkalarining terapevtik samarasi haddan ziyod yoki yetarli emas deb taxmin qilsangiz, o‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Siz Alotendin® tabletkalarining keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Alotendin® tabletkalarining keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokor bilan maslahatlashing.

Agar Siz Alotendin® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Iloji boricha tezroq preparatni o‘tkazib yuborilgan dozasini qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani kompensasiya qilish maqsadida ikki barobar dozani qabul qilmang, chunki Siz shunday qilib kompensasiyaga erishmaysiz, ammo dozani oshirib yuborish xavfini oshirishingiz mumkin.

Agar Siz Alotendin® ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Dori preparatini qabul qilishni to‘satdan to‘xtatmang, o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan tavsiya qilingan dozani o‘zgartirmang, chunki u yurak yetishmovchiligining kechishini vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Davolash keskin to‘xtatilmasligi kerak, bu ayniksa yurakning toj arteriyalarini kasalliklari bo‘lgan pasientlarga taalluqlidir. Agar davolanishni to‘xtatish talab qilinsa, dozani sekin asta kamaytirish kerak.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, o‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat xam noxush samaralarni chaqirishi mumkin, biroq ular har kimda xam namoyon bo‘lavermaydi.

Quyidagi nojo‘ya samaralardan birontasi yuz bergan hollarda, o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing:

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (10 pasientdan 1 nafaridan kamida uchraydi): bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik (ayniqsa davolanishni boshida), yurakni urib ketishi, qizib ketishlar, qorinda og‘riqlar, to‘piqlarni shishi, shishlar, charchoqlik, oyoq-qo‘llarda uvishish va karaxtlanish xissi, me‘da-ichak buzilishlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat.

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralari (100 pasientdan ko‘pi bilan 1 nafarida uchraydi): uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarishi (shu jumladan havotirli holatlar), depressiya, qisqa muddatli hushni yo‘qotish (sinkopa), gipesteziya, paresteziyalar, ta‘mni o‘zgarishi, tremor, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya), quloqlarni jaranglashi, arterial bosimni pasayishi (arterial gipotenziya), hansirash, tumov, me‘da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishi (shu jumladan diareya va qabziyat), dispepsiya, og‘izni qurishi, allopesiya (sochlarni to‘kilishi), teri va shilliq qavatlarga mayda qon quyilishlari (purpura), teri rangini o‘zgarishi, ko‘p terlash, qichishish, terida toshmalar, ekzantema, artralgiya (bo‘g‘imlarda og‘riq), mialgiya (mushaklarda og‘riq), mushaklarni tirishishi, belda og‘riq, siyishni tezlashishi, siyishni buzilishi, nikturiya (tungi siyishlar), impotensiya, erkaklarda sut bezlarini kattalashishi, ko‘krakda og‘riq, asteniya, kayfiyatni yomonlashishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi, uyquni buzilishi, yurak o‘tkazuvchanlikni buzilishi, mavjud bo‘lgan yurak yetishmovchiligini yomonlashishi, yurak qisqarishlarini sekinlashishi (minutiga 50 zarbadan kam), past arterial bosim, anamnezda bronxial astmasi yoki o‘pkaning obstruktiv kasalliklari bo‘lgan pasientlarda bronxospazm, mushak zaifligi, xoldan toyish*

*Asosan bunday simptomlar davolashning boshida kuzatiladi va odatda og‘ir bo‘lmay, 1-2 haftadan keyin o‘tib ketadi.

Kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (1000 pasientdan ko‘pi bilan 1 nafarida uchraydi): ongni chalkashishi, qonda trigliseridlarning konsentrasiyasini oshishi, dahshatli tush ko‘rishlar, gallyusinasiyalar (aniqlanadigan ta‘sirlovchilar bo‘lmaganida hatto qabul qilishlar real xislarga o‘xshash va odamga real bo‘lib tuyuladi), ko‘z yoshi suyuqligining sekresiyasini kamayishi (agarda Siz kontakt linzalarni taqsangiz buni hisobga olishingiz kerak), eshitishni buzilishi, allergik rinit, gepatit, qichishish, qizib ketishlar, toshma kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, jigar fermentlari darajasini oshishi.

Juda kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (10000 ko‘pi bilan 1 nafarida uchraydi): oq qon tanachalari va qon plastinkalari sonini kamayishi, allergik reaksiyalar, qonda qand darajasini oshishi, gipertoniya, periferik nevropatiya, yurak xuruji (miokard infarkti), yurak ritmini buzilishi, uncha katta bo‘lmagan qon tomirlarini o‘choqli yallig‘lanishi (vaskulit), yo‘tal, gastrit, milklarning giperplaziyasi, pankreatit, sariqlik, angionevrotik shish (o‘tkir paydo bo‘ladigan teri va shilliq qavatini shishi, ko‘pincha qovoqlarda, lablarda, bo‘g‘imlar sohasida, genitaliyda, tovush teshigida, tomoq va tilda paydo bo‘ladi), teri va shilliq qavatini og‘ir yallig‘lanishi (eksfoliativ dermatit), terida yoki og‘iz bo‘shlig‘i, genitaliy va anal sohasining shilliq qavatida isitma, tomoqda og‘riq va toliqish hissi bilan kechuvchi g‘o‘ddalar (Stivens-Djonson sindromi), yorug‘likka sezuvchanlik, kon‘yunktivit; bisoprolol (preparatning faol ingredienti) bilan ta‘sir mexanizmi o‘xshash bo‘lgan preparatlar psoriaz chaqirishi yoki uning kechishini yomonlashtirishi mumkin yoxud terining psoriazsimon o‘zgarishini paydo bo‘lishini sababchisi bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar to‘g‘risida xabar berish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan samaralar aniqlanganda, iltimos shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilinsin.

Siz dori vositalarning nojo‘ya samaralarini qayd etishning milliy tizimi orqali har qanday nojo‘ya samaralar haqida xabar berishingiz mumkin. Sizning xabarlaringiz tufayli, bu dorining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumot olishingiz mumkin.

  1. Alotendin® preparatini qanday saqlash kerak

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Agar ko‘rinarli shikastlanishlarni aniqlasangiz (masalan, rangsizlanish) bu preparatni qabul qilmang.

  1. Saqlash muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qabul qilmang.

Yaroqlilik muddatining tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi. Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvlarga tashlab yubormaslik kerak. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindiga tashlab yuborish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitning ifloslanishini bartaraf qilishiga yordam beradi.

 

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Alotendin® tabletkasi nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi moddalar:

Alotendin® tabletkalari 5 mg/5 mg

5 mg bisoprolol fumarati, 5 mg amlodipin (6,95 mg amlodipin besilati ko‘rinishida)

Alotendin® tabletkalari 5 mg/10 mg

5 mg bisoprolol fumarati va 10 mg amlodipin (13,90 mg amlodipin besilati ko‘rinishida)

Alotendin® tabletkalari 10 mg/5 mg

10 mg bisoprolol fumarati va 5 mg amlodipin (6,95 mg amlodipin besilati ko‘rinishida)

Alotendin® tabletkalari 10 mg/10 mg

10 mg bisoprolol fumarati va 10 mg amlodipin (13,90 mg amlodipin besilati ko‘rinishida).

Yordamchi moddalar:

mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

 

Alotendin® tabletkalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramida nima saqlaydi

Tashqi ko‘rinishi

Alotendin® tabletkalari 5/5 mg:

Oq yoki deyarli oq, uzunchoq, ikki yoqlama biroz qavariq, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.

Alotendin® tabletkalari 5/10 mg:

Oq yoki deyarli oq, dumaloq, yassi faskali, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.

Alotendin® tabletkalari 10/5 mg:

Oq yoki deyarli oq, oval, ikki yoqlama biroz qavariq, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.

Alotendin® tabletkalari 10/10 mg:

Oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama biroz qavariq, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.

* riska faqat tabletkani qabul qilish qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan.

O‘rami:

Preparat blisterlarga o‘ramlangan, bir blisterda 7 yoki 10 tabletkadan.

4x7 (28 tabletka), 8x7 (56 tabletka), yoki 9x10 (90 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALOTENDIN tabletkalari 5mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
ALOTENDIN tabletkalari 5mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 76 200 so'mdan Batafsil
STIMULOTON tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 114 000 so'mdan Batafsil
EGOLANZA tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Olanzapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
EGOLANZA tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Olanzapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
XARTIL tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Ramipril ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
STIMULOTON tabletkalari 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
GALIDOR tabletkalari 100mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Bensiklan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
STIMULOTON tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
ROZULIP PLYUS kapsulalar 5mg/10mg N30
TORVAZIN tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TORVAZIN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TORVAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
LODIGREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
LODIGREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9