×
×
  • LORID tabletkalari 10mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LORID tabletkalari 10mg N10

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
ATX kodi:
- R06AX13
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
KETOTIFEN tabletkalari 1mg N30 Ирбитский химфармзавод, ОАО Rossiya
4 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LORID tabletkalari 10mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LORID

(LORID)

 

Preparatning savdo nomi: Lorid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): loratadin

Dori shakli

  • tabletkalar
  • sirop

 

Ta‘rifi:

Tabletkalar: dumaloq shaklli, yassi, oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida bo‘lish uchun riskali tabletkalar;

Sirop: to‘q sariq rangli, o‘ziga hos apelsin ta‘mli sirop.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – loratadin 10 mg;

yordamchi moddalar – mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremnezem.

Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – loratadin 5 mg;

yordamchi moddalar: propilenglikol, natriy benzoati, saxaroza, limon kislotasi monogidrati, natriy saxarini, gliserin, sariq sanset bo‘yovchisi, shirin apelsin aromatizatori, tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi: N1-gistamin reseptorlari antagonisti.

ATX kodi: R06AX13

Farmakologik ta‘siri

Lorid (loratadin) – N1-gistamin reseptorlarining blokatori (uzoq ta‘sirga ega). Semiz xujayralardan gistamin va leykotrien S4 ajralib chiqishini ingibisiya qiladi. Allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, to‘qimalarning shishi rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklar spazmini bartaraf etadi. Allergiyaga qarshi samarasi 30 minutdan keyin boshlanadi, 8-12 soatdan keyin maksimumga erishadi va 24 soat davom etadi. MNT ga ta‘sir ko‘rsatmaydi va ko‘nikib qolishni chaqirmaydi (chunki gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi).

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi. TSmax – 1,3-2,5 soat; ovqat qabul qilish uni 1 soatga kechiktiradi. Keksa odamlarda Smax 50% ga, jigarni alkogolli shikastlanishida – kasallikning og‘irlik darajasi oshgan sari ortib boradi. Plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi – 97%. Sitoxrom R450 CYP3A4 va kamroq darajada CYP2D6 izofermenti ishtirokida faol metaboliti dekarboetoksiloratadin hosil bo‘lishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi.

Loratadin va metabolitining plazmadagi Sss yuborishning 5 sutkasida erishiladi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.

Loratadinning T1/2 – 3-20 soat (o‘rtacha 8,4 soat), faol metabolitining – 8,8-92 soat (o‘rtacha 28 soat); keksa pasientlarda muvofiq ravishda 6,7-37 soat (o‘rtacha 18,2 soat) va 11-38 soat (17,5 soat). Jigarni alkogolli shikastlanishida yarim chiqarilish davri kasallikning og‘irlik darajasi oshgan sari ortib boradi. Buyraklar orqali va safro bilan chiqariladi.

SBE bo‘lgan pasientlarda va gemodializ o‘tkazilganda farmakokinetikasi deyarli o‘zgarmaydi.

Qo‘llanilishi

  • mavsumiy va yil bo‘yicha kechuvchi allergik rinit;
  • allergik kon‘yunktivit;
  • pollinoz;
  • eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik);
  • Kvinke shishi;
  • allergik qichishuvchi dermatozlar;
  • soxtaallergik reaksiyalar;
  • hasharotlarni chaqishiga allergik reaksiyalar;
  • turli etiologiyali qichishishlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – jigar yetishmovchiligi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 10 mg dan Lorid preparati (1 tabletka yoki 2 o‘lchov qoshiqchada sirop) kuniga 1 marta. Sutkalik dozasi – 10 mg. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 mg dan Lorid preparati (1/2 tabletka yoki 1 o‘lchov qoshiqchada sirop) kuniga 1 marta. Sutkalik dozasi – 5 mg. Tana vazni 30 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga – 10 mg dan Lorid preparati (1 tabletka yoki 2 o‘lchov qoshiqchada sirop) kuniga 1 marta. Sutkalik dozasi – 10 mg.

Nojo‘ya ta‘siri

Blefarospazm, disfoniya, giperkineziya, paresteziya, tremor, amneziya, depressiya, dermatit, siydik rangini o‘zgarishi, og‘riqli siyishga qistovlar; dismenoreya, menorragiya, vaginit.

Moddalar almashinuvi tomonidan: tana vaznini oshishi, terlash, chanqoqlik.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: boldir mushaklarini tirishishlari, artralgiya, mialgiya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, ta‘mni o‘zgarishi, anoreksiya, qabziyat yoki diareya, dispepsiya, gastrit, meteorizm, ishtahani oshishi, stomatit.

Nafas tizimi tomonidan: yo‘tal, bronxospazm, burun shilliq qavatini qurishi, sinusit.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, kon‘yuktivit, ko‘zlar va quloqlarda og‘riq.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB ni oshishi yoki pasayishi, yurak urib ketishi.

Fotosensibilizasiya, belda og‘riq, ko‘krakda og‘riq, isitma, qaltirash, sut bezlarida og‘riq.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: uyquchanlik, taxikardiya, bosh og‘rig‘i. Dozani oshirib yuborilgan hollarda shifokorga murojaat etish va preparatni me‘da-ichak yo‘llaridan chiqarish va so‘rilishini kamaytirish choralarini ko‘rish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Loratadinni terapevtik dozalarda qo‘llanilganda uni alkogol bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Eritromisin, simetidin, ketokonazol loratadin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda klinik ko‘rinishlarni chaqirmay va EKG ta‘sir etmay qon plazmasida loratadinning konsentrasiyasini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, ziksorin, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) loratadinning samaradorligini kamaytiradi.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar: 10 tabletkadan alyumin stripda. O‘ramda 1 strip (10 tabletka).

Sirop: 100 ml dan flakonda 5 ml li o‘lchoq qoshiqchasi bilan to‘plamda.

Saqlash sharoiti

Tabletkalar va sirop: 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Tabletkalar: 3 yil.

Sirop: 2 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LORID tabletkalari 10mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LORID tabletkalari 10mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LORID tabletkalari 10mg N10 dori vositasi Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд) tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LORID tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LORID tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DJOSET sirop 100ml
Narh: 44 500 so'mdan Batafsil
NOSILIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ksilometazolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
ORNIZOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ornidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • Distribyutor: ALINFARM MEDICAL
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ORNIZOL infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ornidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
TRAZOGRAF eritma 20ml 76% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Natriya amidotrizoat ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 217 500 so'mdan Batafsil
GEKSORAL tabletkalari so vkusom meda i limona N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom chernosmorodini N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom apelsina N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom limona N16
METROGIL DENTA gel 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol, Xlorgeksidin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
YUNISPAZ N tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, drotavertin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
METROGIL PLYUS gel 50mg 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol, Klotrimazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • Distribyutor: ALINFARM MEDICAL
IBUPAR 400/325 tabletkalari 400mg/325mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
IBUPAR 100/125 tabletkalari 100mg/125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
AMLOVAS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Amlodipin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
IFIMOL eritma 100ml 0,01/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANUM tabletkalari 40mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Pantoprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANUM tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Pantoprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
YUNIFLOKSIN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
NIKARDIYA tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
NIKARDIYA tabletkalari 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
LORID sirop 100ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Другие формы препарата
LORID sirop 100ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9