×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YUNISPAZ N tabletkalari N6

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, дротавертин
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
ANALDIM suppozitorii 100mg/10mg N10 Монфарм,ПАО Ukraina
25 000 s`om dan
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g «Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company» Vetnam
8 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog'liq, majmuaviy preparatdir. Drotaverin – izoxinolin hosilasi hisoblanadi, fosfodiesteraza IV fermentining ingibitsiya qilinishi sAMF kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi, bu miozinkinaza fermentini faolligini pasaytiradi, bu o'z navbatida silliq mushaklarni bo'shashiga olib keladi. Shuningdek drotaverin kalьmodulinga bog'liq kalьtsiy kanallariga kuchsiz ingibitsiya qiluvchi ta'sirga ega. Vegetativ innervatsiyasi turiga qaramasdan silliq mushaklarni spazmlarida drotaverin samarali ta'sir qiladi. Drotaverin me'da-ichak, safro, urogenital va qon tomir tizimlarida joylashgan silliq mushaklariga ta'sir kiladi. Drotaverin qon tomir, me'da-ichak, safro chiqaruvchi, urogenital tizimlarida (fosfodiesteraza IV miqdori turli to'qimalarida har hil) joylashgan silliq mushaklariga ta'sir kiladi. Paratsetamol markaziy nerv tizimida prostoglandinlar sintezini asosan ingibitsiya yo'li bilan og'riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Yallig'langan to'qimalarda xujayra peroksidazalar paratsetamolning ta'sirini neytralizatsiya qiladi, bu yallig'lanishga qarshi samarasini deyarli yo'qligini asoslab beradi. Periferik to'qimalarda Pg sinteziga bloklovchi ta'sirini yo'qligi paratsetamolning suv-tuz almashinuviga (natriy va suvni tutilishi) va me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatiga salbiy ta'siri yo'qligi bilan ifodalanadi.
Paratsetamol me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi va ko'pchilik a'zolar va to'qimalarda taqsimlanadi. So'rilishi yuqori, maksimal kontsentratsiyaga 0,5-2 soatda erishiladi, maksimal kontsentratsiyasi 5-20 mkg/ml. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 15%. Gematoentsefalik to'siq orqali o'tadi. Emizuvchi ona qabul qilgan paratsetamolning dozasidan 1% kam ko'krak sutiga o'tadi. Jigarda metabolizmga uchraydi (90-95%): 80% nofaol metabolitlar hosil qilib glyukoron kislotasi va sulьfatlar bilan kon'yugatsiya reaktsiyaga kirishadi; 17% gidroksil guruxini ko'shib 8 faol metabolitlar hosil qiladi, ular glutation bilan kon'yugatsiya reaktsiyasiga qirishib nofaol metabolitlar hosil qiladi.
Glutation tanqisligida ushbu metabolitlar gepatotsitlarning ferment tizimlarni bloklashi mumkin va ularni nekrozini chaqirishi mumkin. Preparatni metabolizmida CYP2E1V izofermenti ham qatnashadi. Yarim chiqarilish davri – 1-4 soat. Paratsetamol asosan buyraklar orqali konьyugatlar ko'rinishida va qisman (3%) o'zgarmagan holda chiqariladi. Keksa bemorlarda preparatning klirensi kamayadi va yarim chiqarilish davri oshadi.
Drotaverin ichga qabul qilinganda tez va deyarli to'liq so'riladi, so'rilishi – yuqori, yarim so'rilish davri – 12 min. Biokiraolishligi - 100%. To'qimalarda bir tekis taqsimlanadi, silliq mushaklarni xujayralarga o'tadi. Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti - 2 soat. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 95-98% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri – 1-4 soat. Asosan buyraklar orqali chiqariladi, kamroq darajada – safro bilan. Gematoentsefalik to'siq orqali o'tmaydi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan (odatda yuqori dozalar qabul qilinganda rivojlanadi): bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, aritmiya, taxikardiya, «qon quyilishlar».
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qabziyatlar, kam hollarda (yuqori dozalar qo'llanganda) – jigar toksik shikastlanishi.
Qon yaratish a'zolar tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanganda - aplastik anemiya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, juda kam hollarda - bronxospazm, burun shilliq qavatini shishi.
Alkogolli gepatoz bo'lgan bemorlarda jigar shikastlanishini rivojlanish xavfi oshadi. Buyrak va yengil va o'rta darajali jigar yetishmovchiligida doza individual ravishda aniqlanadi. 3 kundan ko'proq va/yoki yuqori dozalar qo'llanganda periferik qon manzarasini (leykotsitlar, trombotsitlar soni) va jigar funktsional holatini (“jigar” fermentlarini faolligi) nazorat qilish kerak. Preparatning yuqori dozalari qabul qilgandan keyin gepatotoksik ta'sirning klinik va laborator simptomlari 48-72 soat davomida namoyon bo'lishni boshlaydi.
Davolash vaqtida avtotransport xaydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
Kuchsiz va o'rtacha jadallikdagi og'riq sindromi (tish va bosh og'rig'i, bo'g'imlarda, mushaklarda og'riqlar, nevralgiya, alьgodismenoreya), shu jumladan ichga a'zolar silliq mushaklarni spazmlari bilan bog'liq (buyrak sanchig'i, safro sanchig'i, giperkinetik turi bo'yicha o't qopi va o't chiqarish yo'llarini diskineziyasi, ichak sanchig'i, spastik qabziyatlar, spastik kolit, tenezmlar) da qo'llanadi.
O'ta yuqori sezuvchanlik, og'ir jigar va buyrak yetishmovchiligi; og'ir surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo'yicha III-IV funktsional sinfi), II-III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok; nafas yetishmovchiligi, bronxial astma; surunkali alkogolizm; qon kasalliklari (trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz); glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; bosh miya ichi gipertenziyasi; paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bir vaqtda qo'llanishi; monoaminooksidaza ingibitorlari bilan davolash (va ular bekor qilingandan keyin 14 kun davomida); homiladorlik va laktatsiya davri; 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas. Xavfsiz giperbilirubinemiya (Jilьber sindromi) bo'lgan bemorlarda, I darajali atrioventrikulyar blokadasi bo'lgan bemorlarda, shuningdek keksa yoshli shahslarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Drotaverin levodopaning ta'sirini kamaytiradi (tremor va rigidligi kuchayishi mumkin).
Paratsetamol xloramfenikol bilan birga qo'llanganda xloramfenikolning yarim chiqarilish davri oshadi va uning toksikligi kuchayadi.
Paratsetamol doksirubitsin bilan bir vaqtda qo'llanganda jigar funktsiyasini buzilishlari rivojlanish xavfi oshadi.
Paratsetamol urikozurik preparatlarning samarasini kamaytiradi.
Metoklopramid va domperidon paratsetamolning so'rilishini oshiradi, kolestiramin uni kamaytiradi.
Yuqori dozalarda paratsetamolni yondosh qo'llanishi antikoagulyant dori vositalarning samarasini oshiradi (jigarda prokoagulyant omillarni kamayishi). Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, barbituratы, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar), etanol va gepatoksik dori vositalar gidroksilirlangan faol metabolitlarning ishlab chiqarilishini oshiradi, bu hatto yuqori bo'lmagan dozani oshirib yuborilishi og'ir intoksikatsiyalarni rivojlanishi mumkin.
Barbituratlar uzoq vaqt qo'llanganda paratsetamolning samaradoriligini kamaytiradi. Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga olib keladi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini kamaytiradi. Paratsetamol va boshqa nospetsifik yallig'lanishga qarshi preparatlar uzoq muddat birga qo'llanganda “analьgetik” nefropatiya va buyrak papillyar nekroz, buyrak yetishmovchiligini terminal darajasining boshlanish rivojlanish xavfi oshadi.
Paratsetamol yuqori dozalarda va salitsilatlar bilan uzoq muddat buyurish va bir vaqtda qo'llash buyrak raki yoki qovuq rakini rivojlanish xavfi oshadi. Diflunisal paratsetamolning plazma kontsentratsiyasini 50% oshiradi – gepatotoksiklikni rivojlanish xavfi. Miyelotoksik dori vositalari paratsetamolning gematoksikligini kuchaytiradi.
Quruq, 30ºS yuqori bo'lmagan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
O'ramda ko'rsatigan yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.
Ovqat qabul qilgandan 1-2 soat keyin, ko'p miqdorda suyuqlik bilan ichga buyuriladi (darhol ovqatdan keyin preparatni qabul qilish ta'sir qilishini kechikishga olib keladi). 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga bir martalik doza ½ tabletkadan buyuriladi. Preparatni qayta qo'llash 10-12 soatdan keyin mumkin, maksimal doza sutkada 2 tabletkani tashkil qiladi. Kattalarga va 12 yoshdan katta o'smirlarga bir qabulda 1-2 tabletkadan qo'llash tavsiya qilinadi, zarur bo'lganda 8 soatdan keyin qaytarish mumkin. Qisqa muddatli (3 kundan ko'p emas) davolash kursida maksimal sutkalik doza 6 tabletkani tashkil qiladi, uzoqrok davolash kursida kuniga 4 tabletkadan oshmasligi kerak. Jigar va buyrak funktsiyasi normal bo'lgan keksa yoshli patsiyentlarga preparatni dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda preparatni dozasi kamaytiriladi va individual ravishda aniqlanadi. Shifokor maslahat qilmasdan davolashni maksimal davomiyligi – 3 kun.
Qabuldan keyin birinchi 24 soat davomida paratsetamolning dozasi oshirib yuborilishi bilan bog'liq simptomlari – teri qoplamasini rangsizligi, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, abdominal og'riq; glyukozaning metabolizmini buzilishi, metabolik atsidoz.
Jigar funktsiyasini buzilishlari simptomlari dozani oshirib yuborilishi 12-48 soatdan keyin namoyon bo'lishi mumkin. Og'ir darajali dozani oshirib yuborilishi – avj oluvchi entsefalopatiya bilan jigar yetishmovchiligi, koma; tubulyar nekroz bilan o'tkir buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan jigar og'ir shikastlanishi bo'lmagan hollarda); aritmiya, pankreatit. Kattalarda gepatotoksik samara 10 g va undan ko'proq qabul qilganda namoyon bo'ladi.
Davolash: me'dani yuvish, tuzli surgi vositalar, dozani oshirib yuborilishida SH guruhini donatorlari va metionin – glutation sintezining o'tmishdoshlarini 8-9 soatdan keyin yuborish va N-atsetiltsistein - 12 soatdan keyin buyuriladi. Qo'shimcha davolash muolajalarini o'tqazish (keyinchalik metioninni qayta yuborish, N-atsetiltsisteinni vena ichiga yuborish) zarurligi qonda paratsetamolning kontsentratsiyasiga va qabuldan o'tgan vaqtga qarab aniqlanadi. Markaziy nerv tizimini og'ir shikastlanishida o'pka sun'iy ventilyatsiyasi, kislorodoterapiya o'tqazish kerak bo'lishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YUNISPAZ N tabletkalari N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YUNISPAZ N tabletkalari N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YUNISPAZ N tabletkalari N6 dori vositasi Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд) tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YUNISPAZ N tabletkalari N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YUNISPAZ N tabletkalari N6 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
YUNISPAZ N tabletkalari N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, дротавертин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DJOSET sirop 100ml
Narh: 44 500 so'mdan Batafsil
NOSILIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ksilometazolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
ORNIZOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ornidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • Distribyutor: ALINFARM MEDICAL
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ORNIZOL infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ornidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
TRAZOGRAF eritma 20ml 76% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Natriya amidotrizoat ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 217 500 so'mdan Batafsil
GEKSORAL tabletkalari so vkusom meda i limona N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom chernosmorodini N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom apelsina N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom limona N16
METROGIL DENTA gel 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol, Xlorgeksidin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
METROGIL PLYUS gel 50mg 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol, Klotrimazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • Distribyutor: ALINFARM MEDICAL
IBUPAR 400/325 tabletkalari 400mg/325mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
IBUPAR 100/125 tabletkalari 100mg/125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
AMLOVAS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Amlodipin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
IFIMOL eritma 100ml 0,01/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANUM tabletkalari 40mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Pantoprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANUM tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Pantoprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
YUNIFLOKSIN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
NIKARDIYA tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
NIKARDIYA tabletkalari 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
LORID tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
LORID sirop 100ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9