×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEMIBEL suppozitoriyalar 500mg / 100mg N14

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Метронидазол, Миконазола нитрат
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Индия произведено: Bliss GVS Pharma Limited
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- G01AF20
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

RUMIZOL vaginal suppozitorlar 500mg/100mg N14 Рубикон, ООО Belarusiya
80 600 s`om dan
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 Innothera Chouzy Frantsiya
85 000 s`om dan
MENIFIB tabletkalari N60 Bhargava Phytolab Pvt. Ltd Hindiston
65 700 s`om dan
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N6 Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. Italiya
174 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
7 vaginal Suppozitoriylar PVC/PE striplarda. 2 strip tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga
karton qutida
Har vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: metronidazol VR 500 mg; mikonazol natriy VR 100 mg;
yordamchi modda: qattiq yog' (Witepsol S 55)
Memibel vaginal Suppozitoriylar quyidagilarni saqlaydi: metronidazol – antibakterial va trixomonadalarga
qarshi ta'siri uchun, mikonazol – zamburug'larga qarshi ta'siri uchun.
Metronidazol – antibakterial vosita. Ta'sir mexanizmi metronidazolni 5-nitro guruhini anaerob
mikroorganizmlar va soddalarning hujayra ichki transport proteinlari bilan biokimyoviy tiklanishdan iborat.
Metronidazolni tiklangan 5-nitro guruhi mikroorganizmlar hujayralarini DNK si bilan o'zaro ta'sirlashadi,
ularni nuklein kislotasini sintezini susaytiradi, bu mikroorganizmlarni xaloq bo'lishiga olib keladi.
Preparat Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica, obligat anaerob
bakteriyalar: Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides
thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp.; ayrim grammusbat bakteriyalar:
Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. larga nisbatan faol.
Mikonazol – zamburug'larga qarshi preparat, imidazol hosilasi hisoblanadi. Mikonazol keng ta'sir doirasiga ega
va ayniqsa patogen zamburug'lar va achitqilarga jumladan Candida albicans ga qarshi samarali hisoblanadi, u
Aspergillus ssp., Cryptococcus neoformans, Pseudoallescheria boydii ga va ayrim grammusbat bakteriyalarga, shu
jumladan stafilokokk va steptokokklarga samarali.
Mikonazol va metronidazol bir vaqtda qabul qilinganda sinergik yoki antagonist ta'siriga ega emas.
Metronidazolni mahalliy usul bilan qo'llanganda uning Biokiraolishligi peroral usul bilan qo'llangandagi
bilan solishtirganda 20% ni tashkil etadi. Metronidazolni qon plazmasidagi muvozanat holatdagi
kontsentrasiyasi 1,6-7,2 mkg/ml ga erishadi. Metronidazol jigarda metabolizmga uchraydi. Gidroksimetabolit faol
modda hisoblanadi. Metronidazolning yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil etadi. Dozaning taxminan 20%
o'zgarmagan holda siydik orqali chiqariladi.
Mikonazol – mikonazolni qin devorlari orqali so'rilishi juda ahamiyatsiz darajada hisoblanadi (bir martalik
dozaning taxminan 1,4%). Suppozitoriylarni vaginal yuborilganda mikonazol qon plazmasida aniqlanmaydi.
Juda tez-tez (≥ 1/10) – qindan ajralamalar chiqishi. Tez-tez (≥ 1/100, ammo <1/10) - vaginit, vulvovaginit, tos
suyagi soxasida diskomfort; - bosh og'rig'i, bosh aylanishi. Tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo <1/100) - chanqash xissi. Kam
hollarda (≥ 1/10 000, ammo <1/1000) – allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish); - qinda ta'sirlanish,
achishish va qichishish; - depressiya. Juda kam xollarda (<1/10 00) – psixoemosional buzilishlar.
Tez-tezligi noma'lum:
- toliqish, sezuvchanlikni pasayishi (uvishib qolish, terida sanchiqlar) yoki yo'qligi, paresteziya, periferik
neyropatiya (preparatni uzoq vaqt qo'llashda va dozani oshirib yuborishda), dezorientasiya, ajitasiya, psixoz,
tirishishlar, nutqni buzilishi, giperesteziya, giposteziya, letargiya, gallyusinasiyalar, isib ketish xissi, ataksiya,
asabiylik, xavotirlik, eyforiya, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, ko'rishni ikkilanishi yoki xiraligi, tremor,
xushdan ketish, qo'zg'aluvchanlik, uyqusizlik, ongni chalkashishi, xolsizlik, et uvishishi.
- aritmiya, sinusli bradikardiya, arterial spazmlar, bosimni pasayishi, yurak-qon tomir kollapsi, yurakni
ko'ndalang blokadasi, vaskulyar shishi, sinus tuguni zaifligi sindromi, difibrilyasiyalovchi impulslarni
bo'sag'asini ahamiyatli oshishi, yuzga qon quyilishlar
- ishtaxani yo'qolishi, ta'mni o'zgarishi, og'izda metall ta'm, og'izni qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat,
diareya, qorinda og'riq va spazm.
- Mahalliy ta'sirlanish, yuqori sezuvchanlik, kontakt dermatit, anafilaktik shok
- metgemoglobinemiya, leykopeniya
Ko'rsatib o'tilgan nojo'ya samaralar juda kam holatlarda namoyon bo'ladi, chunki intravaginal qo'llanganda qonda
metronidazol darajasi juda past.
Faqat intravaginal qo'llash uchun mo'ljallangan.
Memibel preparatini kardiotoksik ta'sirini xavfi sababli antiaritmik preparatlari bilan bir vaqtda
(pimozid, amiodaron va boshqalar) faqat sinchkov tekshiruvlardan keyin va (jumladan EKG, Exo-kg, EKG Xolterov
monitoringi) pasient uchun foyda xavf nisbatini muntazam baholaydigan kardiolog-shifokor kuzatuvi ostida
buyurish mumkin.
Memibel preparatini bilvosita ta'siriga ega antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llash zarur bo'lganda
o'tkaziladigan davolash xavfini va qon tizimini ivish ko'rsatkichlarini muntazam baholash lozim.
Dori vositalarini o'zaro ta'sirlashuvi xavfi sababli majmuaviy davolashni qabul qilayotgan pasientlarda
laborator ko'rsatkichlarini (umumiy qon analizi, biokimyoviy ko'rsatkichlar, shu jumladan – glyukozani
kontsentrasiyasini, kreatinin klirensini, qonda "jigar" transaminazalarini faolligini) muntazam nazorat
qilish lozim, ayrim xollarda gematolog-shifokor va/yoki gastroenterolog maslaxati talab etilishi mumkin.
Preparatni katta dozalari va uzoq vaqt tizimli qo'llash periferik nevropatiyani va tirishishni chaqirishi
mumkin.
Davolash vaqtida, iloji boricha kurs tugaganidan so'ng 24-48 soat davomida mumkin bo'lgan disulfiramga xos
reaktsiyalari bo'lishi mumkinligi tufayli alkogolni qabul qilishdan saqlanish lozim.
Tizimli nojo'ya samaralari tez-tezligini namoyon bo'lishi juda past, chunki Memibel vaginal suppozitoriylarida
saqlangan, metronidazolni intravaginal qo'llanilganda, uning qon plazmasidagi kontsentrasiyalari juda past
(peroral yuborilishi bilan solishtirilganda 2-12%).
Preparatni qo'llash fonida shilliq qavatini kuchli ta'sirlanishi paydo bo'lganda, davolashni to'xtatish va
maslaxat uchun shifokorga murojaat etish lozim.
Memibel preparatini xayz ko'rish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatni samarasi kamayadi yoki uni
qo'llanilganda qiyinchiliklar paydo bo'lishi mumkin.
Davolanish vaqtida intim uchun gigiena maxsulotlarini (tamponlar, dush uchun vositalar, spermisidlar) qo'llash
mumkin emas.
Tashxisida trixomonadli vaginit bo'lgan pasientlarda davolanish vaqtida jinsiy hamkorni ham bir vaqtda
davolash tavsiya etiladi.
Jigar funktsiyasini buzilishida:
Jigar funktsiyasining jiddiy buzilishida metronidazolni klirensi pasayishi mumkin.
Metronidazolni katta dozalari entsefalopatiya simptomlarini chaqirishi mumkin va shuning uchun jigar
entsefalopatiyasi bo'lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan qo'llanilishi lozim.
Jigar entsefalopatiyasi bilan azoblanayotgan pasientlar uchun metronidazolni xar kungi dozasi 1/3 gacha
pasaytirish lozim.
Candida albicans tomonidan chaqirilgan vaginal kandidoz;
· Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan trixomonad vaginit;
· Anaerob bakteriyalar va Cardnerella vaginalis tomonidan chaqirilgan bakterial vaginit;
· Aralash vaginal infektsiyalarda qo'llaniladi.
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- porfiriya;
- tutqanoq;
- jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari;
- davolash vaqtida yoki davolash tugaganidan keyin 3 kun davomida alkogolni qabul qiladigan pasientlar;
- davolash vaqtida yoki davolash tugaganidan 2 haftadan so'ng disulfiramni qabul qiluvchi pasientlar;
- homiladorlikni I uch oyligida, shu jumladan trixomonad vaginit bilan bo'lgan homiladorlik;
- laktasiya davri;
- surunkali yurak etishmovchiligi, yurak blokadasi sinus tugunini zaifligi sindromi, yaqqol arterial gipotoniya;
- bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas
 Quyida sanab o'tilgan dori preparatlari bilan metronidazolni bir vaqtda qo'llanilganda, so'rilishi natijasida
quyidagi dorilarning o'zaro ta'siri aniqlanishi mumkin:
Alkogol: disulfiramga xos reaktsiyalar (kayfiyatni yomonlashishi, ruxiy tushkunlik va boshqalar).
Amiodaron: kardiotoksik samaralar (EKGda – Q-T intervalini uzayishi, "torsades de pointes" turidagi polimorf
qorinchalar taxikardiyasi, yurak urishini to'xtashi).
Peroral antikoagulyantlar: antikoagulyant samaralarni kuchayishi (qon ketishini rivojlanishi yuqori xavfi).
Fenitoin: fenitoin kontsentrasiyasini oshishi va metronidazol kontsentrasiyasini pasayishi.
Fenobarbital: metronidazol kontsentrasiyasini pasayishi.
Disulfiram: Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlari bo'lishi mumkin (masalan, psixotik reaktsiyalar).
Tsimetidin: metronidazolni qonda klirensini pasayishi va kontsentrasiyasini oshishi mumkin, buni natijasida -
Markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo'ya samaralarini rivojlanish xavfini va
yaqqolligini kuchayishi mumkin.
Litiy: litiyni toksik ta'sirining xavfini kuchayish xavfi.
Astemizol va terfenadin: metronidazol va mikonazol metabolizmini susaytiradi va bu birikmalarni qon
plazmasida ularning kontsentrasiyasini oshiradi.
Ftorurasil: qon plazmasida ftorurasil kontsentrasiyasini va uning toksik ta'sirini oshirishi mumkin.
Karbamazepin: qon plazmasida karbamazepin kontsentrasiyasini oshirishi mumkin.
Tsiklosporin: tsiklosporinni toksik ta'sirini oshirishi mumkin.
Teofillin va prokainamid: qon plazmasida glyukozani kontsentrasiyasini va "jigar fermentlari" faolligini
oshirishi mumkin.
Mikonazol nitratni so'rilishi natijasida dorilarning o'zaro ta'siri bo'lishi mumkin.
Atsenokumarol, anizindon, dikumarol, fenitoin, fenprokumon, varfarin: qon ketishi xavfi.
Astemizol, tsizaprid, terfenadin: ko'rsatib o'tilgan preparatlar kontsentrasiyasini oshishi va klirensni
pasayishi.
Fenitoin va fosfenitoin: toksik samaralarni xavfi (ataksiya, giperleksiya, nistagm, tremor).
Fentanil: opioid preparatlarni ta'sirini davomiyligini (MNT, nafasni susayishi) uzayishi.
Glimepirid: gipoglikemiya.
Karbamazepin: karbamazepin klirensini pasayishi.
Oksibutinin: oksibutinin klirensini pasayishi, natijada qon plazmasida uning kontsentrasiyasi oshadi (og'iz
bo'shlig'ini shilliq qavatini quruqligi, qabziyat, bosh og'rig'i).
Oksikodon: qon plazmasida oksikodonni kontsentrasiyasini oshishi, uning klirensini pasayishi.
Pimozid: kardiotoksik samaralar (EKGda – Q-T intervalini uzayishi, "torsades de pointes" turidagi polimorf
qorinchalar taxikardiyasi, yurak urishidan to'xtashi).
Tsiklosporin: toksik samaralarini kuchayishi (xolestaz, paresteziya buyrak funktsiyasini buzilishi).
Tolterodin: R450 tsitoxromini 2D6 izofermenti faolligi past bo'lgan pasientlarda tolterodinni
Biokiraolishligi oshishi.
Trimetreksat: toksik samarani oshishi (ko'mikni susayishi, jigar va buyrak funktsiyasini pasayishi, miy yarali
shikastlanishi).
7 vaginal Suppozitoriylar PVC/PE striplarda. 2 strip tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga
karton qutida.
Yaroqlili k muddati
2 goda.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.
Oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan o'qsimon shaklli tiniq bo'lmagan suppoziyatoriyalar.
Memibelni shifokor maslahatisiz qo'llash mumkin emas. Suppozitoriylarni kontur o'ramlardan oldindan chiqarib
olib, uni qinga chuqurroq qo'yiladi.
O'tkir vaginitlar, bakterial vaginoz: 1 suppozitoriydan ertalab va kechqurun ketma-ket 7 kun davomida.
Surunkali vaginitlar: 1 suppozitoriydan, bevosita uyqudan oldin ketma-ket sutkada 1 marta 14 kun davomida.
Tez-tez qaytalanadigan vaginitlar yoki boshqa usullar bilan davolanganda ijobiy klinik dinamika bo'lmaganida:
1 suppozitoriydan ertalab va kechqurun 14 kun davomida.
Vaginal suppozitoriylarni yutish yoki har qanday boshqa usullarda qo'llash mumkin emas. Preparat bilan davolash
vaqtida va davolashdan keyin kamida bir kun, alkogolni qabul qilish va jinsiy aloqalardan saqlanish tavsiya
etiladi.
Metronidazol dozani oshirib yuborilganda bo'lishi mumkin simptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq,
diareya, qichishish, og'izda metall ta'mi, ataksiya, paresteziya, tirishishlar, leykopeniya, siydikni to'q rangga
bo'yalishi.
Mikonazol dozasini oshirib yuborilganda bo'lishi mumkin bo'lgan simptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, og'iz
bo'shlig'ini va tomoqni yallig'lanishi, bosh og'rig'i, diareya.
Davolash: maxsus antidoti yo'q, simptomatik davo tavsiya etiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEMIBEL suppozitoriyalar 500mg / 100mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEMIBEL suppozitoriyalar 500mg / 100mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEMIBEL suppozitoriyalar 500mg / 100mg N14 dori vositasi Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Индия произведено: Bliss GVS Pharma Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEMIBEL suppozitoriyalar 500mg / 100mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEMIBEL suppozitoriyalar 500mg / 100mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RUMIZOL vaginal suppozitorlar 500mg/100mg N14
Narh: 80 600 so'mdan Batafsil
GAYNEKS FORTE suppozitorii 200mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазола нитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 87 900 so'mdan Batafsil
GAYNEKS suppozitorii 100mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазола нитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 99 000 so'mdan Batafsil
Metromikon Forte suppozitorii N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазола нитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Farmaprim S.R.L
  • Vakil: Farmaprim S.R.L.
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
GINO PLYUS tabletkalari 100mg/100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазола нитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9