×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METOPROLOL 0,025 tabletkalari N60

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Метопролол
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «Озон»
ATX kodi:
- C07AB02 Метопролол
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
KORDARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N6 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
85 000 s`om dan
VALODIP tabletkalari 5mg/160mg N28 KRKA-Рус, ООО Rossiya
115 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
METOPROLOL 0,025 tabletkalari N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METOPROLOL

METOPROLOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Metoprolol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metoprolol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metoprolol tartrati – 50 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (sut qandi), kolloid kremniy dioksidi (aerosil), kartoshka kraxmali, povidon (quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon), krospovidon, magniy stearati.

Ta‘rifi: yassi silindrik shaklli, faskali, kulrang tusli oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar. “Marmarlikka” yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: selektiv beta1-adrenoblokator.

ATX kodi: S07AV02.

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Kardioselektiv beta1-adrenoblokatordir. Metoprolol ahamiyatsiz membranani barqarorlashtiruvchi ta‘sirga ega va ichki simpatomimetik faollikka ega emas. Gipotenziv, antianginal va antiaritmik ta‘sirlarga ega.

Yurakning beta1-adrenoreseptorlarini bloklab, katexolaminlar tomonidan rag‘batlantirilgan adenozintrifosfat kislotasidan (ATF) siklik adenozinmonofosfat (sAMF) hosil bo‘lishini kamaytiradi, xujayra ichida kalsiy oqimini kamaytiradi, manfiy xrono-, dromo-, batmo- va inotrop ta‘sir ko‘rsatadi (yurak qisqarishlari sonini (YUQS) kamaytiradi, o‘tkazuvchanlik va qo‘zg‘aluvchanlikni susaytiradi, miokardning qisqaruvchanligini pasaytiradi).

Beta-adrenoblokatorlarni qo‘llashning boshida (ichga qabul qilingandan keyin birinchi 24 soatda) qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligi (QTUPQ) oshadi (alfa-adrenoreseptorlarning faolligini resiprok oshirib borishi va beta2-adrenoreseptorlarni rag‘batlantirilishini bartaraf etilishi natijasida), u 1-3 kundan keyin dastlabki darajaga qaytadi, uzoq vaqt buyurilganda esa pasayadi.

Gipotenziv ta‘siri qonning minutlik xajmini va renin sintezini reflektor kamayishi, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi (RAAT) faolligini (renin gipersekresiyasi bo‘lgan bemorlarda katta ahamiyatga ega) va markaziy nerv tizimi (MNT) ni susayishi, aorta ravog‘idagi baroreseptorlarning sezuvchanligini tiklanishi (arterial bosim (AB) ni pasayishiga javoban ularning faollashishi kuzatilmaydi) va natijada periferik simpatik ta‘sirlarni kamayishiga bog‘liq. Tinch holatda, jismoniy zo‘riqishda va stressda yuqori AB ni pasaytiradi. Gipotenziv samarasi tez rivojlanadi (sistolik AB 12 minutdan keyin, maksimal – 2 soatdan keyin pasayadi) va 6 soat davom etadi, diastolik AB sekinroq o‘zgaradi; barqaror pasayishi muntazam qabul qilganda bir necha xaftadan keyin kuzatiladi.

Antianginal samarasi YUQS (diastolani uzayishi va miokard perfuziyasini yaxshilanishi) va qisqaruvchanlikni kamayishi natijasida miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishi, shuningdek miokardni simpatik innervasiya ta‘siriga sezuvchanligini pasayishi bilan bog‘liq. Stenokardiya xurujlarining sonini va og‘irlik darajasini kamaytiradi va jismoniy yuklamani o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Chap qorinchada yakuniy diastolik bosimni oshishi va yurak qorinchalari mushaklarining cho‘zilishini oshishi hisobiga, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi (YUIK) bo‘lgan bemorlarda kislorodga bo‘lgan ehtiyojni oshirishi mumkin.

Antiaritmik samarasi aritmogen omillar (taxikardiya, simpatik nerv tizimi faolligini oshishi, sAMF darajasini oshishi, arterial gipertenziya) ni bartaraf etish, sinus va ektopik ritm yurgizuvchisining spontan qo‘zg‘alishi tezligini kamayishi va atrioventrikulyar (AV) (asosan AV tugun orqali antegrad va kamroq darajada retrograd yo‘nalishda) va qo‘shimcha yo‘llar orqali o‘tkazuvchanlikni sekinlashishi bilan bog‘liq.

Supraventrikulyar taxikardiyada, yurak bo‘lmachalari xilpillashida, yurakning funksional kasalliklari va tireotoksikozdagi sinus taxikardiyasida YUQS ni sekinlashtiradi va hatto yurak ritmini tiklanishiga olib kelishi mumkin.

Migren rivojlanishi oldini oladi.

O‘rtacha terapevtik dozalarda buyurilganda noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farq qilib, beta2-adrenoreseptorlarni saqlovchi a‘zolarga (me‘da-osti bezi, skelet mushaklari, periferik arteriyalar, bronxlar va bachadon silliq mushaklariga) va uglevod almashinuviga kuchsizroq ta‘sir ko‘rsatadi. Yuqori dozalarda (sutkada 100 mg dan yuqori) beta-adrenoreseptorlarning ikkala kichik tiplariga bloklovchi samara ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda to‘liq (95%) so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga ichga qabul qilingandan keyin 1-2 soat o‘tgach erishiladi. Yarim chaqarilish davri o‘rtacha 3,5 soatni (1 soatdan 9 soatgacha chegarasida) tashkil qiladi. Jadal tizim oldi metabolizmiga uchraydi, birinch marta ichga qabul qilganda biokiraolishligi 50% ni tashkil qiladi va takroran qo‘llanilganda 70% gacha oshib boradi. Ovqat qabul qilish biokiraolishligini 20-40% ga oshiradi. Jigar sirrozida metoprololning biokiraolishligi oshadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10% ni tashkil qiladi. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi. Kam miqdorda ko‘krak suti bilan ajraladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, 2 metaboliti beta-adrenobloklovchi faollikka ega. Preparatning metabolizmida CYP2D6 fermenti ishtirok etadi. Preparatning taxminan 5% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi. Buyrak funksiyasi susaygan pasientlarni davolash preparatning dozasiga tuzatish kiritishni talab etmaydi.

Jigar funksiyasini buzilishi preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va jigar funksiyasi yetishmovligi holatida preparatning dozasi pasaytirilishi kerak.

Gemodializda organizmdan chiqarilmaydi.

Qo‘llanilishi

  • arterial gipertenziya (monoterapiya yoki boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada);
  • taxikardiya bilan kechuvchi yurak faoliyatining funksional buzilishlari;
  • yurak ishemik kasalligi: miokard infarkti (ikkilamchi profilaktika – majmuaviy davolash), stenokardiya xurujlarini oldini olish;
  • yurak ritmini buzilishlari (qorinchalar usti taxikardiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi);
  • gipertireoz (majmuaviy davolash);
  • migren xurujlarini oldini olishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni ovqat bilan bir vaqtda yoki ovqatlangandan keyin darhol, chaynamasdan, suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi.

Arterial gipertenziya

Boshlang‘ich sutkalik doza 50-100 mg 1-2 martani (ertalab va kechqurun) tashkil qiladi. Terapevtik samara yetishmovchiligida sutkalik dozani 100-200 mg gacha asta-sekin oshirish va/yoki boshqa antigipertenziv vositalarni qo‘shimcha buyurish mumkin.

Maksimal sutkalik doza 200 mg ni tashkil qiladi.

Miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasi

200 mg sutkada ikki marta (ertalab va kechqurun).

Stenokardiya, aritmiyalar, migren xurujini oldini olish

100-200 mg sutkada ikki marta (ertalab va kechqurun).

Taxikardiya bilan kechuvchi yurak faoliyatining funksional buzilishlari

100 mg sutkada ikki marta (ertalab va kechqurun).

Gipertireozda 150-200 mg sutkada 3-4 marta.

Keksa bemorlarda, buyrak funksiyasini buzilishlarida (KK minutiga 40 ml dan kam), shuningdek gemodializ o‘tkazish zarurati bo‘lganida doza o‘zgartirilmaydi.

Jigar funksiyasini yaqqol buzilishlarida preparatning dozasini klinik holatga qarab pasaytirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: yuqori toliqish, xolsizlik, bosh og‘rig‘i, ruhiy va harakat reaksiyalari tezligini sekinlashishi; qo‘l-oyoqlarda paresteziyalar (“ko‘chib yuruvchi” oqsoqlik va Reyno sindromi bo‘lgan bemorlarda), depressiya, bezovtalik, diqqatni jamlashni pasayishi, uyquchanlik, uyqusizlik, “dahshatli” tush ko‘rishlar, ongni chalkashishi yoki qisqa muddatli xotirani buzilishlari, gallyusinasiyalar, asteniya, miasteniya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni pasayishi, ko‘z yoshi sekresiyasini kamayishi, ko‘zlarni qurishi va og‘riq, kon‘yunktivit, quloqlarda shang‘illash, ta‘m bilishni buzilishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: sinus bradikardiya, AB yaqqol pasayishi, ortostatik gipotenziya (bosh aylanishi, ayrim hollarda hushdan ketish), yurak urishini his qilish; miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatini pasayishi, surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarini vaqtincha og‘irlashishi (panja va/yoki to‘piqning pastki sohasini shishi, hansirash), aritmiyalar, angiospazm ko‘rinishlari (periferik qon aylanishi buzilishini kuchayishi, oyoqlarni sovushi, Reyno sindromi), kardialgiya; avval mavjud bo‘lgan AV o‘tkazuvchanlik buzilishlarini kuchayishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, og‘iz shilliq qavatini qurishi, qabziyat, diareya, jigar funksiyasini buzilishi, gepatit, ta‘m bilishni o‘zgarishi.

Teri qoplamalari tomonidan: eshakemi, teri qichishishi, toshma, psoriaz kechishini zo‘rayishi, psoriazsimon teri reaksiyalari, teri giperemiyasi, ekzantema, fotosensibilizasiya, ko‘p terlash, qaytuvchan alopesiya.

Endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya (insulin qabul qilayotgan bemorlarda), giperglikemiya (qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), gipotireoz.

Nafas tizimi tomonidan: rinit, bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda bronxospazm, jismoniy zo‘riqishda hansirash.

Boshqalar: bel yoki bo‘g‘imlarda og‘riq, artralgiya, barcha beta-adrenoblokatorlar bilan bo‘lgani kabi ayrim hollarda tana vaznini ahamiyatsiz oshishi, libido va/yoki potensiyani pasayishini chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • metoprolol yoki preparatning boshqa komponentlariga, boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik;
  • kardiogen shok;
  • II-III darajali AV blokada (ritmni sun‘iy yurgizuvchisiz);
  • sinoatrial blokada;
  • sinus tuguni zaifligi sindromi;
  • yaqqol bradikardiya;
  • dekompensasiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
  • Prinsmetal stenokardiya;
  • o‘tkir miokard infarkti (YUQS minutiga 45 zarbdan kam, P-Q intervali 0,24 sekunddan ko‘p, sistolik AB 100 mm.sim.ust dan past);
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik,laktaza tanqisligi va glyukozo-galaktoz malsorbasi sindromi;
  • laktasiya davri (“Homiladorlik va laktasiya davri” bo‘limiga qarang);
  • verapil tipidagi “sekin” kalsiy kanallari blokatorlarini (SKKB) bir vaqtda vena ichiga yuborish (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang);
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • feoxromositoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo‘llashsiz);
  • inotrop ta‘sirga ega va beta-adrenoreseptorlarga ta‘sir ko‘rsatuvchi uzoq vaqt yoki vaqti-vaqti bilan davolanuvchi pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Qandli diabet, metabolik asidoz, buyrak funksiyasini buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 40 ml dan kam), miasteniya, I darajali AV blokada, tireotoksikoz, depressiya (shu jumladan anamnezida), psoriaz, jigar funksiyasini buzilishi, anamnezida allergik reaksiyalar (allergenlarga sezuvchanlik oshishi mumkin), arterial gipertenziyani og‘irlashishi va epinefrin (adrenalin) ga terapevtik javobni pasayishi, keksalar, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, bronxial astma, periferik qon aylanishini buzilishi, feoxromositomada (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo‘llash) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gipotenziv ta‘sirini sezilarli kuchayishi tufayli, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. MAO ingibitorlari va metoprololni qabul qilish orasidagi tanaffus kamida 14 kunni tashkil qilishi kerak.

Verapamilni bir vaqtda vena ichiga yuborish yurakni to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Nifedipinni bir vaqtda qo‘llash AB ni sezilarli pasayishiga olib keladi.

Ingalyasion narkoz uchun vositalar (galogenlangan uglevodorodlar) miokard funksiyasini susayishi va arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi; umumiy anesteziya uchun vositalar bilan – kardiodepressiv samaralarni qo‘shilishi kuzatiladi; metoprololni verapamil, diltiazem, antiaritmik vositalar (amiodaron), rezerpin, metildopa, klonidin, guanfasin, umumiy anesteziya uchun vositalar va yurak glikozidlari bilan – YUQSni kamayishi va AV o‘tkazuvchanlikni susayishi yaqqolligini oshishi kuzatiladi.

Beta-adrenomimetiklar, teofillin, kokain, estrogenlar (natriy ionlarini tutilishi), indometasin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (buyraklar tomonidan natriyni tutilishi va prostaglandinlar sintezini bloklanishi) gipotenziv samarani susaytiradi.

Tri- va tetrasiklik antidepressantlar, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), sedativ va uxlatuvchi vositalar MNT susayishini kuchaytiradi.

Etanol bilan – MNT ga susaytiruvchi ta‘sirini kuchayishi kuzatiladi; shoxkuya alkaloidlari bilan – periferik qon aylanishini buzilishi xavfi oshadi.

Ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan birga qabul qilinganda ularning samaralari susayishi mumkin; insulin bilan – gipoglikemiya rivojlanishi xavfini oshishi, uning yaqqolligi va davomiyligi oshishi, gipoglikemiyaning ayrim simptomlarini (taxikardiya, terlash, AB ni oshishi) niqoblashi kuzatiladi.

Gipotenziv vositalar, diuretiklar, nitrogliserin yoki “sekin” kalsiy kanallari blokatorlari bilan birga qo‘llanilganda AB ni to‘satdan pasayishi rivojlanishi mumkin, prazozin bilan birga qo‘llanilganda alohida ehtiyotkorlik lozim.

Agar metoprolol va klonidin bir vaqtda qabul qilinsa, metoprolol bekor qilinganda klonidin bir necha kundan keyin bekor qilinadi (“bekor qilish” sindromi yuzaga kelishi xavfi tufayli).

Jigar mikrosomal fermentlari induktorlari (rifampisin, barbituratlar) metoprololning metabolizmini kuchayishiga, qon plazmasida metoprololning konsentrasiyasini pasayishiga va samarasini kamayishiga olib keladi. Jigar mikrosomal fermentlari ingibitorlari (simetidin, peroral kontraseptivlar, fenotiazinlar) – qon plazmasida metoprololning konsentrasiyasini oshiradi.

Immunoterapiya uchun qo‘llanadigan allergenlar yoki teri sinamalari uchun allergen ekstraktlari metoprolol bilan birga qo‘llanilganda tizimli allergik reaksiyalar yoki anafilaksiya yuzaga kelishi xavfini oshiradi; vena ichiga yuborish uchun yod saqlovchi rentgentkontrast moddalar anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Ksantinlar (diprofillindan tashqari) klirensini pasaytiradi, ayniqsa chekish oqibatidagi teofillinning klirensi dastlab yuqori bo‘lganda. Lidokainning klirensini kamaytiradi, qon plazmasida lidokainning konsentrasiyasini oshiradi.

Depolyarizasiyalamaydigan miorelaksantlarning ta‘sirini kuchaytiradi va uzaytiradi; kumarin hosilalarining antikoagulyant samarasini uzaytiradi.

Etanol bilan birga qo‘llanilganda AB ni yaqqol pasayishi xavfi oshadi.

Katexolaminlarning zahirasini kamaytiruvchi vositalar (masalan rezerpin) beta-adrenoblokatorlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun dori vositalarining bunday majmuasini qabul qilayotgan bemorlar AB ni haddan tashqari pasayishi yoki bradikardiyani aniqlash yuzasidan shifokorning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan pasientlarni nazorat qilish YUQS va AB ni, diabeti bo‘lgan bemorlarda qondagi glyukoza konsentrasiyasini muntazam kuzatishni o‘z ichiga oladi. Zarurati bo‘lganida diabeti bo‘lgan bemorlarda insulin yoki ichga qabul qilish uchun buyuriladigan gipoglikemik vositalarning dozasini individual ravishda tanlash kerak. Pasientga YUQS ni hisoblash usulini o‘rgatish va YUQS minutiga 50 zarbadan kamayganda shifokor bilan maslahatlashish zarurligi haqida ogohlantirish kerak.

Allergik reaksiyalar yaqqolligini kuchayishi (og‘ir allergologik anamnez fonida) va epinefrin (adrenalin) ning odatdagi dozasini yuborishga samarani yo‘qligi kuzatilishi mumkin.

Keksa pasientlarda buyrak funksiyasini (4-5 oyda 1 marta) nazorat qilish tavsiya etiladi. Periferik arterial qon aylanishini buzilishi simptomlari kuchayishi mumkin.

Dozani 10 kun davomida asta-sekin pasaytirib, preparat bekor qilinadi. Arterial gipertenziyada amara 2-5 kundan keyin kuzatiladi, stabil ta‘siri 1-2 oydan keyin kuzatiladi. Zo‘riqish stenokardiyasida preparatning tanlangan dozasi YUQS ni tinch holatda minutiga 55-60 zarbani, yuklamada – minutiga 110 zarbani ta‘minlaydi. “Chekuvchilarda” beta-adrenoblokatorlarning samaradorligi pastroq bo‘ladi.

Metoprolol tireotoksikozning klinik ko‘rinishlarini (masalan taxikardiya) niqoblashi mumkin. Tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarda to‘satdan bekor qilish mumkin emas, chunki simptomatikani kuchaytirishi mumkin.

Qandli diabetda gipoglikemiya chaqirgan taxikardiyani niqoblashi mumkin. Noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farq qilib, insulin chaqirgan gipoglikemiyani deyarli kuchaytirmaydi va qonda glyukoza konsentrasiyasini normal darajagacha tiklanishini sekinlashtirmaydi.

Bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarga buyurish zarurati bo‘lganida yondosh davolash sifatida beta2-adrenomimetiklar; feoxromositomada – alfa-adrenoblokatorlar qo‘llanadi.

Jarroxlik aralashuvini o‘tkazish zarurati bo‘lganida shifokor-anesteziologni Metoprolol qabul qilishligi haqida ogohlantirish kerak (minimal salbiy inotrop ta‘sirga ega umumiy anesteziya uchun vositani tanlash), preparatni bekor qilish tavsiya etilmaydi. Adashgan nervni resiprok faollashishini vena ichiga atropin (1-2 mg) yuborish yo‘li orqali bartaraf etish mumkin.

Zo‘rayib boruvchi bradikardiya (minutiga 50 zarbadan kam), arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm.sim.ust dan pasayishi), AV blokada, bronxospazm, yurak qorinchalari aritmiyalari, jigar va buyrak funksiyasini og‘ir darajadagi buzilishlari paydo bo‘lganda dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak. Teri toshmalari paydo bo‘lganda va beta-adrenoblokatorlarni qabul qilish chaqirgan depressiya rivojlanganda davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Davolashni to‘satdan to‘xtatganda “bekor qilish” sindromi yuzaga kelishi mumkin (stenokardiya xurujlarini kuchayishi, AB ni oshishi). Preparatni bekor qilganda stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarga alohida e‘tibor berish kerak.

Kontakt linzalardan foydalanuvchi bemorlar beta-blokatorlar bilan davolash fonida ko‘z yoshi ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin.

Homiladorlik vaqtida preparat faqat, agar ona uchun kutilgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi (homilada bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya va nafas falaji rivojlanishi mumkinligi tufayli). Tug‘ruqdan 48-72 soat oldin davolashni to‘xtatish kerak. Hayotining birinchi 3-5 kunida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Agar Metoprololni laktasiya davrida qabul qilish zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Davolash davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda Metoprolol faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan (homilada bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligi tufayli) hollardagina buyuriladi. Bunda, ayniqsa homilani rivojlanishini sinchkovlik bilan kuzatiladi. Tug‘ruqdan keyin 48-72 soat davomida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Agar laktasiya davrida Metoprolol preparatini qabul qilish zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan holda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yaqqol sinus bradikardiyasi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, AB ni yaqqol pasayishi, aritmiyalar, qorinchalar ekstrasistoliyasi, bronxospazm, hushdan ketish, dozani o‘tkir oshirib yuborilganda – kardiogen shok, hushdan ketish, koma, AV blokada (hatto to‘liq ko‘ndalang blokada rivojlanishi va yurak to‘xtashigacha), tirishishlar, nafas olishni to‘xtashi.

Dozani oshirib yuborilishining birinchi belgilari preparat qabul qilgandan keyin 20 minut-2 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Davolash: me‘dani yuvish va adsorbsiyalovchi vositalarni qabul qilish; simptomatik davolash: AB ni yaqqol pasayishida – bemor Trendelenburg holatida bo‘lishi kerak; AB haddan tashqari pasayganida, bradikardiya va yurak yetishmovchiligida – kutilgan samaraga erishilguncha 2-5 minut interval bilan vena ichiga beta-adrenomimetiklar yoki 0,5-2 mg atropin vena ichiga yuboriladi. Ijobiy samara kuzatilmaganida – dopamin, dobutamin yoki norepinefrin (noradrenalin) yuboriladi. Keyingi choralar sifatida ehtimol metoprolol bilan dozani oshirib yuborilishi bilan kechuvchi gipoglikemiyada 1-10 mg glyukagon yuborish, ritmni sun‘iy yurgizuvchisini o‘rnatish. Bronxospazmda vena ichiga beta2-adrenomimetiklarni yuborish kerak. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

Tabletka 50 mg.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

3 yoki 5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METOPROLOL 0,025 tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METOPROLOL 0,025 tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METOPROLOL 0,025 tabletkalari N60 dori vositasi ООО «Озон» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METOPROLOL 0,025 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METOPROLOL 0,025 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KARDOLAKS inyeksiya uchun eritma 5ml 1mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San.ve Tic. A.S., Турция произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil:
EGILOK tabletkalari 100mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
EGILOK tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
EGILOK tabletkalari 25mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
METOPROLOL tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
METOKARD SR tabletkalari 23,75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
EGILOK RETARD tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ацино Фарма АГ, Швейцария.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIKLOFENAK tabletkalari 50mg N20
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
GLISIN OZON tabletkalari 100mg N50
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 5g 5%
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 100 ml 30 mg/5 ml
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 100 ml 15 mg/5 ml
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 0,25g N10
Narh: 9 200 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N20
ASIKLOVIR krem 2g 5%
AMBROKSOL eritma 40ml 0,0075/ml
AMBROKSOL eritma 100ml 0,0075/ml
AMBROKSOL 0,03 tabletkalari N20
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
VINPOSETIN 0,005 tabletkalari N50
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N10
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N30
REDUKSIN kapsulalar 0,015g N60
VALASIKLOVIR 0,5 tabletkalari N10
REDUKSIN kapsulalar N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9