×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Metraz

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
ATX kodi:
- J01XD01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 Navodaya Pharmaceuticals Private Limited, Индия произведено: Elfin Drugs Pvt.Ltd Hindiston
92 000 s`om dan
13 000 s`om dan
BEROTEK eritma dlya ingalyasiy 20ml 0,1% Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc. Italiya
PEFSAL aerozol 125mkg 25/125 mkg/doza 120 doz World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
139 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Metraz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METRAZ

METRAZ

 

Preparatning savdo nomi: Metraz

Ta‘sir etuvchi modda (XNP): metronidazol

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metronidazol – 500 mg;

yordamchi modda: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: och-sariq rangli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Protozoylarga qarshi vosita.

ATX kodi: J01XD01

 

Farmakologik hususiyatlari

Protozoylarga qarshi, mikroblarga qarshi preparat bo‘lab, 5-nitroimidazolning hosilasidir. Metronidazolning ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va soddalilarning hujayra ichidagi transport proteinlari tomonidan metronidazolning 5-nitroguruhini biokimyoviy tiklanishidan iboratdir. Metronidazolning tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizmlarning hujayralaridagi DNK bilan o‘zaro ta‘sir qilib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibisiya qiladi, bu bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.

Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis (Lamblia intestinalis), Entamoeba histolytica larga nisbatan, shuningdek obligat anaeroblar (spora hosil qiladigan va spora hosil qilmaydigan) mikroorganizmlar – Bacteroides spp. (V. fragilis. V. ovatus, V. distasonis, V. thetaiotaomicron, V. vulgatus), Fusobacterium spp., Clostridium spp., Peptostreptococcus spp., Peptococcus spp., larga nisbatan, Eubacterium sezuvchan shtammlariga nisbatan yuqori faollikni namoyon qiladi. Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora (aeroblar va anaeroblar) bo‘lganida, metronidazol oddiy anaeroblarga qarshi samarali bo‘lgan antibiotiklar bilan sinergik ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi

Preparat yuqori o‘tuvchanlik hususiyatlariga ega bo‘lib, organizmning ko‘pchilik to‘qimalari va suyuqliklarida, jumladan o‘pkalar, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, bosh miya, safro, so‘lak, amnion suyuqligi, abssesslar bo‘shlig‘i, qin shillig‘i, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakterisid konsentrasiyalarga erishadi. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi.

Taqsimlanish hajmi: kattalarda – taxminan 0,55 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54-0,81 l/kg ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil etadi.

Anaerob infeksiyasi bo‘lgan bemorlarga 500 mg metronidazol vena ichiga 20 minut davomida yuborilganida preparatning qon zardobidagi konsentrasiyasi bir soatdan keyin – 35,2 mkg/ml, 4 soatdan keyin – 33,9 mkg/ml, 8 soatdan keyin – 25,7 mkg/ml ni tashkil qilgan. Metronidazol vena ichiga yuborilganida, safroni ishlab chiqarilishi normal bo‘lganida uning safrodagi konsentrasiyasi metronidazolning plazmadagi konsentrasiyasidan ahamiyatli darajada ortiq bo‘lishi mumkin.

Metabolizmi

Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukuron guruhini birikishi orqali metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilish davri (T1/2) jigar faoliyati normal bo‘lganida – 8 soat (6 dan 12 soatgacha), jigarni alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha), 28-30 haftalik homiladorlik muddatida tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – taxminan 75 soat, 32-35 haftalikda – 35 soat, 36-40 haftalikda – 25 soatni tashkil etadi. 60-80% buyraklar orqali (20% o‘zgarmagan holda), 6-15% ichak orqali chiqariladi. Buyrak klirensi minutiga 10,2 ml ni tashkil etadi. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparat takroran yuborilganidan so‘ng metronidazol qon zardobida to‘planishi mumkin. Shuning uchun og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda metronidazolni qabul qilishlar chastotasini kamaytirish kerak. Metronidazol va uning asosiy metabolitlari qondan gemodializ yordamida chiqariladi (T1/2 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda ahamiyatsiz miqdori chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Metronidazol preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyani davolash uchun tavsiya etiladi:

  • protozoylar chaqirgan infeksiyalar: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan amyobali jigar abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz (shu jumladan, trixomodali vaginit, trixomonadali uretrit).
  • Bacteroides spp. (V. fragilis. V. ovatus, V. distasonis, V. thetaiotaomicron, V. vulgatus) chaqirgan infeksiyalar: suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimi (MNT) ning infeksiyalari, shu jumladan, meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiemasi va abssessi, sepsis.
  • Clostridium spp., Peptococcus spp., va Peptostreptococcus spp. turlari chaqirgan infeksiyalar: qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari (endometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlarning abssessi, qin dahlizini infeksiyalari) ni davolash uchun qo‘llanadi. Operasiyadan keyingi asoratlar (ayniqsa, chambar ichak, pararektal sohada o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlari, appendektomiya, ginekologik operasiyalari) ni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. Metronidazolni vena ichiga yuborish infeksiyani kechishi og‘ir darajada bo‘lganida, shuningdek preparatni ichga qabul qilish imkoni bo‘lmaganida ko‘rsatilgan.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik dozasi 500 mg ni tashkil etadi, vena ichiga uzluksiz (oqim bilan) yoki tomchilab yuborish tezligi minutiga – 5 ml ni tashkil etadi. Yuborishlar o‘rtasidagi interval – 8 soat. Davolash kursining davomiyligi individual ravishda belgilanadi. Maksimal sutkalik dozasi – 4 g dan oshmasligi kerak. Infeksiyani xarakteriga asoslanib ko‘rsatmalarga qarab, metronidazolning peroral dori shakllari bilan tutib turuvchi davolashga o‘tiladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga metronidazol 1 kg tana vazniga 7,5 mg hisobida minutiga 5 ml tezlik bilan 3 marta yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda chanoq a‘zolari va siydik chiqarish yo‘llarida o‘tkaziladigan rejali operasiyalardan oldin anaerob infeksiyani oldini olish uchun metronidazol infuziya ko‘rinishida 500-1000 mg dozada, operasiya kunida va ertasiga – sutkada 1500 mg dozada (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin odatda metronidazolning peroral dori shakllari bilan tutib turuvchi davolashga o‘tiladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga metronidazolni aynan yuqoridagi sxema bo‘yicha 1 kg tana vazniga 7,5 mg bir martalik dozada vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etiladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda maksimal sutkalik dozasi 1 kg tana vazniga 22,5 mg ni tashkil etadi.

Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (KK (kreatinin klirensi) minutiga 30 ml dan kam) va/yoki jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun metronidazolning sutkalik dozasi 1000 mg ni, yuborishlar soni sutkada 2 martani tashkil etadi.

Metronidazol infuziya uchun eritmani boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi!

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez – >10%; tez-tez – >1% va <10%; tez-tez emas – >0,1% va <1%; kam hollarda – >0,01% va <0,1%; juda kam hollarda – <0,01%.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – epigastral og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, ichak sanchig‘i, ishtahani pasayishi, anoreksiya, ta‘m bilishni buzilishi, og‘izda yoqimsiz “metall” ta‘mi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, glossit, stomatit; juda kam hollarda – jigarning funksional holatini aniqlash uchun o‘tkaziladigan sinamalarning natijalarini normadan siljishi, xolestatik gepatit, sariqlik, pankreatit;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uzoq vaqt davomida qo‘llanganida juda kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakatlar koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, periferik neyropatiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ta‘sirchanlik, depressiya, uyquni buzilishi, uyquchanlik, holsizlik, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, tirishishlar, ensefalopatiya;

Siydik tanosil tizimi tomonidan: juda kam hollarda – siydik chiqarish kanalida achishish hissi, vulvovaginal kandidoz, dizuriya, sistit, poliuriya, siydik tutib turolmaslik, qinda og‘riq, siydikni qizil jigarrang rangga bo‘yalishi.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – teri toshmasi, qichishish, eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, burunni bitishi, isitma;

Tayanch-harakat apparati tomonidan: juda kam hollarda – artralgiya, mialgiya;

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, agranulositoz, neytropeniya, trombositopeniya, pansitopeniya.

Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (in‘eksiya qilingan joyda og‘riq, giperemiya shish).

Boshqalar: elektrokardiogramma (EKG) da T tishchasini yuzakilashishi, juda kam hollarda – ototoksiklik, yiringli toshmalar, ginekomastiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Metronidazolga yoki nitroimidazolning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik, markaziy nerv tizimini organik shikastlanishlari (shu jumladan, tutqanoq), leykopeniya (shu jumladan, anamnezida), jigar yetishmovchiligi (katta dozalarda buyurilganida), homiladorlikni I uch oyligida, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: Homiladorlik (II va III uch oyliklari) – faqat hayotiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Varfarin va boshqa bilvosita antikoagulyantlar. Metronidazol bilvosita antikoagulyantlaning ta‘sirini kuchaytiradi, bu protrombinni hosil bo‘lish vaqtini uzayishiga olib keladi.

Disulfiram (Esperal). Bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun oxirgi ikki hafta davomida disulfiram qabul qilgan bemorlarga metronidazolni buyurish mumkin emas. Disulfiramga analogik ravishda etanolni o‘zlashtirolmaslikni chaqiradi.

Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibisiya qiladi, bu uning qon zardobidagi konsentrasiyasini oshishiga va nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi preparatlar (fenobarbital, fenitoin) ni bir vaqtda buyurish metronidazolni eliminasiyasini tezlashtirishi mumkin, natijada uning plazmadagi konsentrasiyasi kamayadi.

Litiy. Litiy preparatlarining katta dozalari bilan uzoq muddat davolanayotgan pasientlar metronidazolni qabul qilganda qon plazmasida litiyning konsentrasiyasi oshishi va zaharlanish simptomlari rivojlanishi mumkin. Metronidazolning antimikrob ta‘siri sulfanilamidlar va antibiotiklar bilan birga qo‘llanganida kuchayadi.

Metronidazol va siklosporin birga qo‘llanganida qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Metronidazol ftorurasilning klirensini kamaytiradi, bu ftorurasilning toksikligini oshishiga olib kelishi mumkin.

Bir vaqtda qo‘llanganida metronidazol bisulfanning plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Qutblanmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyrak, jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Davolanish vaqtida etanol iste‘mol qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaksiyalar: spastik xarakterli abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, to‘satdan qizib ketish rivojlanishi mumkin). Preparatni uzoq vaqt davomida qabul qilish periferik qon ko‘rsatkichlarini nazorati ostida o‘tkazilgani afzal.

Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonni rivojlanish havfiga bog‘liq.

Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarning nevrologik statusini har qanday yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab etadi.

Treponemalarni immobilizasiya qilishi va Nelson sinamasini soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyati turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi

Metronidazol yo‘ldosh orqali o‘tadi, shuning uchun preparatni homiladorlikni I uch oyligida buyurish mumkin emas, keyinchalik ona uchun preparatni qo‘llashdan kutilgan potensial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash kerak.

Metronidazol ko‘krak sutiga o‘tib, u yerda plazmadagi konsentrasiyalarga yaqin konsentrasiyaga erishganligi sababli, preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, og‘irroq holatlarda – ataksiya, paresteziyalar va tirishishlar.

Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Spesifik antidoti yo‘q.

 

Saqlash sharoiti:

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 500 mg/100 ml.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Metraz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Metraz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Metraz dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BENODON inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N5
ANOFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3
DOTAL sirop 50ml 2,5mg/5ml
BRALIN inyeksiya uchun eritma 500mg/2ml N5
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
DOTAL tabletkalari 5mg N10
Narh: 126 000 so'mdan Batafsil
ZEULUKAS tabletkalari 5mg N10
SIAZOL tabletkalari 200mg N2
SEBROGEN eritma 2ml N5
SIP 200 eritma 100ml
TOLAK inyeksiya uchun eritma 2ml 30mg/2ml N5
Другие формы препарата
METRAZ infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
METRAZ infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
Metraz
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9