QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SIFLOKS
SIFLOKS
Preparatning savdo nomi: Sifloks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siprofloksasin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
Siprofloksasin gidroxloridi monogidrati, 500 mg siprofloksasinga ekvivalent.
yordamchi moddalar:
Mag‘zi: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik sellyuloza, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Plyonka qobig‘i: Opadry White OY-S-28842.
Ta‘rifi: oq yoki och-sariq tusli deyarli oq, dumaloq, ikki tomonlama qabariq, parda qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi:
Ftorxinolon hosilalari guruhidan bo‘lgan mikroblarga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Sifloks ftoroxinolonlar guruhga mansub keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan sintetik mikroblarga qarshi preparatidir. Asosiy ta‘sir mexanizmi bakterial DNK-girazaning bostirilishi bilan bog‘liq.
Antibakterial ta‘siri
Escherichia coli, Klebciella, Enterobacter, Serratea, Proteus (indol +), Proteus (indol -), Citrobacter, Shigella, Salmonella, Pseudomonas aeruginosa, Haemophylius, Staphylococcus, Neisseria gonorrhoeae, Providencia, Morganella, Yersinia, Vibrio cholera, Aeromonas, Pasteurella, Gardnerella, Campylobacter, Legionella, Corynebacterium.
Acinetobacter, Streptococcus (S.pneumoniae, S.faecalis), Fusobacterium, Peptococcus, Clostridium, Actinomyces, Veilonella, Chlamidia, Mycoplasma, Ureaplasma, Mycobacterium tuberculosis, Lysteria.
Grammanfiy anaerob bakteriyalar (Bacteroides) va spiroxetalar.
Sezgirlik testlari
Ishlatilayotgan mikroblar kultura muhitining rN tarkibida saqlanuvchi ba‘zi kationlar (magniy kabi) Olingan natijalarni baholashga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. rN ko‘rsatkichini 6-8 orasidagi muhit optimal hisoblanadi. Agar rN 6 ko‘rsatkichidan past bo‘lsa, unda olinadigan MIK kattaligi 4-16 marta yuqori bo‘ladi.
Kurbi-Bauerning disk diffuzion usuli qo‘llanganida siprofloksasinning 5 mkg li disklaridan foydalaniladi.
Ingibisiya qilish doirasi 15 mm va undan kamroq bo‘lgan bakteriyalar preparatga chidamli, ingibisiya doirasi 21 mm va ko‘proq bo‘lganida sezgir hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Sifloks og‘iz orqali qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparatning biokiraolishligi 50-85% ni tashkil qiladi. Sog‘lom odamlarda ovqatdan oldin qabul qilinganida qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasi 0,5-1,5 soatdan keyin kuzatiladi. Preparat og‘iz orqali 250, 500, 750 va 1000 mg qabul qilinganida qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasi muvofiq 0.76, 1.6, 2.5 va 3.4 mkg/ml tashkil qiladi.
Taqsimlanishi. Og‘iz orqali qabul qilingan siprofloksasin organizmning to‘qimalari va suyuqliklarida keng tarqaladi va o‘t-safroda, o‘t pufagi, o‘pkalar, buyraklar, jigar, bachadon, urug‘ suyuqligi, prostata to‘qimasi, tomoq bezlarida, endometriyada, fallopiy naylari va tuxumdonlarda yuqori konsentrasiyalarni hosil qiladi. Bu to‘qimalardagi siprofloksasinning konsentrasiyasi qon zardobiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, siprofloksasin suyaklarga, ko‘z suyuqligiga, bronxlar shilimshig‘iga, so‘lak, teri, mushaklar, yog‘ va tog‘ay to‘qimalariga, plevra, qorin pardasi, assit suyuqligi va limfaga ham yaxshi o‘tadi. Neytrofillardagi konsentrasiyasi zardobdagiga qaraganda 2-7 marta yuqori. Organizmda tarqalish hajmi 2-3,5 l/kg tashkil qiladi. Siprofloksasin orqa miya suyuqligiga kam miqdorda o‘tadi. Orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi zardob konsentrasiyasining taxminan 6-10% ni tashkil qiladi. Siprofloksasinning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 30%.
Chiqarilishi. Buyraklar faoliyati normal bemorlarda siprofloksasinning yarimchiqarilish davri 3-5 soat, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda esa u birmuncha uzayadi. Preparat organizmdan asosan buyraklar orqali (50-70%) va ekskrementlar bilan (15-30%) chiqariladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (kreatinin klirensi 20 ml/min/1.73m2) sutkalik dozaning yarmi buyuriladi.
Qo‘llanilishi
Sifloks quyidagi sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infeksiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi:
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan – bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, anamnezida xinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan paylarning kasalliklari ishoraga ega bo‘lgan pasientlar, keksa yoshdagi pasientlar, Q-T intervalini tug‘ma uzayishi sindromi, yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya), elektrolitlar disbalansi (gipokaliemiya, giponatriemiya). Q-T intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini (shu jumladan I A va III sinfi antiaritmik) vositalarini bir vaqtda qabul qilish, CYP450 1A 2 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalari (shu jumladan teofillin, kofein, duloksetin, klozapin) bilan bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Infeksiyaning joylashuvi, og‘irligi, hamda qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi:
Davolashning muddatlari:
Agar buyrak yetishmovchiligida kreatinin klirensi 20 ml/min dan past bo‘lgan holda, dozaning yarmini qo‘llash kerak. Odatda davolash klinik va bakteriologik ko‘rsatkichlar yaxshilangandan keyin ham 72 soat davom ettiriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, ishtahani pasayishi, xolestatik sarig‘lik (ayniqsa o‘tkazilgan jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda), gepatit, gepatonekroz pankreatit.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, vertigo, bosh og‘rig‘i, yuqori charchoqlik, xavotirlik, ajitasiya, tremor, uyqusizlik, ”dahshatli” tushlar ko‘rishlar, periferik paralgeziya (og‘riqni sezish anomaliyalari), parasteziya, dizesteziya, gipesteziya, gipersteziya, periferik neyropatiya, polineyropatiya, ko‘p terlash, bosh miya ichki bosimini oshishi, dezorientasiya, ongni chalkashishi, depressiya va gallyusinasiyalar, shuningdek psixotik reaksiyalarning boshqa ko‘rinishlari (ba‘zida pasient o‘zga zarar yetkazaligan holatlargacha rivojlanib boruvchi), migren, xushdan ketishlar, serebral arteriyalarning trombozi, tirishishlar, harakat koordinasiyasini buzilishi.
Sezgi a‘zolari tomonidan: ta‘m va xid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, rang sezishni o‘zgarishi), quloqlarda shovqin, eshitishni pasayishi, eshitishni yo‘qolishi.
Yurak-tomir tizimi tomonadan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, Q-T intervalini uzayishi, qorincha aritmiyalari (shu jumladan «piruet» turi), arterial bosimni pasayishi, yuz terisiga qonni oqib kelishi.
Nafas tizimi tomonidan: nafasni buzilishi (shu jumladan bronxospazm).
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombositopeniya, leykositoz, trombositoz, gemolitik anemiya, neytropeniya, agranulositoz, pansitopeniya, suyak ko‘migida qon yaratilishini buzilishi.
Laboratoriya ko‘rsatgichlari tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya, amilazaning faolligini oshishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya eng (avvalo ishqoriy siydikda va past diurazda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlar, buyrakning azotni chiqarish faoliyatini buzilishi, interstisial nefrit, buyrak yetishmovchiligi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarni (axillov paylarini) uzilishi, mialgiya, mushak tonusini oshishi, mushak tirishishlari, mushak kuchsizligi, miasteniya simptomlarini zo‘rayishi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, qon ketishlari bilan birga kechuvchi qavariqlarni hosil bo‘lishi va qora qo‘tir hosil qiluvchi mayda tugunlarni hosil bo‘lishi, dorivor isitma, teriga nuqtali qon quyilishi (petexiyalar), yuz yoki xalqumni shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, zardob kasalligi, anafilaktik shok Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Boshqalar: yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, umumiy kuchsizlik, superinfeksiya (kandidoz, soxtamembranoz kolit), yurishni buzilishi
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Gepatositlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlarining faolligini pasayishi oqibatida teofillinning (boshqa ksantinlarni, masalan kofeinni ham), peroral gipoglikemik dori vositalarining, bilvosita antikoagulyantlarning T1/2 uzaytiradi, protrombin indeksini pasayishiga yordam beradi.
Boshqa mikroblarga qarshi dori vositalar (beta-laktam antibiotiklar, aminoglikozidlar, klindamisin, metronidazol) bilan birga qo‘llanganda, odatda sinergizm kuzatiladi; Pseudomonas spp. tomonidan chaqirilgan infeksiyalarda azlosillin va seftazidim bilan majmuada; streptokokkli infeksiyalarda – mezlosillin, azlosillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan; anaerob infeksiyalarda – metronidazol va klindamisin bilan muvoffaqiyatli qo‘llanishi mumkin.
Siklosporinning nefrotoksik ta‘sirini kuchaytiradi, zardobda kreatinin miqdorini oshishi aniqlanadi, bunday bemorlarda haftada 2 marta bu ko‘rsatkichni nazorat qilish kerak.
Bir vaqtda qabul qilinganida bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi.
Temir saqlovchi dori vositalar, sukralfat va magniy, kalsiy, alyuminiy ionlarini saqlovchi antasid dori vositalar bilan og‘iz orqali qabul qilish, siprofloksasinni so‘rilishini susayishiga olib keladi, shuning uchun uni yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarini qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki 4 soat keyin buyurish kerak.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (asetilsalisil kislotasidan tashqari) tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Didanozin siprofloksasinni so‘rilishini, didanozinda saqlanuvchi kalsiy, temir va magniy ionlari bilan komplekslar hosil bo‘lishi oqibatida pasaytiradi.
Metoklopramid siprofloksasinni so‘rilishini tezlashtiradi, bu uni Smax ga yetish vaqtini kamayishiga olib keladi.
Urikozurik dori vositalarini birga qo‘llash, siprofloksasinni chiqarilishini sekinlashishiga (50% gacha) va plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.
Tizanidinning Smax ni 7 marta (4 dan 21 martagacha) va «konsentrasiya vaqt» farmakologik egri chizig‘i ostidagi iaydonni (AUC) 10 marta (6 dan 24 martagacha) oshiradi, arterial bosimni yaqqol pasayishi va uyquchanlik xavfini oshiradi. Q-T-intervalini uzaytiruvchi preparatlar (I A va III sinfi antiaritmik vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida Q-T intervali uzayishi mumkin.
Siklosporin va omeprazol bir vaqtda qo‘llanganida plazmada preparatning maksimal konsentrasiyasini biroz pasayishi va «konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i osti maydonini kamayishi kuzatilishi mumkin. Bir vaqtda siklosporin qo‘llanganida metotreksatning buyrak metabolizmi sekinlashishi mumkin, bu qon plazmasida metotreksatning konsentrasiyasini oshishi bilan birga kechadi (metotreksatning nojo‘ya samaralarining rivojlanishini ehtimoli oshadi). Duloksetin va CYP450 1A 2 izofermentining kuchli ingibitorlarini (fluvoksamin kabi) bir vaqtda qo‘llash, duloksetinning AUC va Cmax ni oshishiga olib kelgan. Siprofloksasin bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro ta‘sirining klinik ma‘lumotlarini yo‘qligiga qaramay, siprofloksasin va duloksentin bir vaqtda qo‘llanganida bunday o‘zaro ta‘sirning ehtimolini oldindan ko‘ra bilish mumkin.
Ropirinol va AUC CYP450 1A 2 ning o‘rtacha ingibitori siprofloksasinni bir vaqtda qo‘llash, ropirinolning Cmax va AUC ni muvofiq 60% va 84% ga oshishiga olib keladi. Siprofloksasin bilan birga qo‘llash vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin, ropirenolning nojo‘ya samaralarini nazorat qilish kerak.
Klozapin va siprofloksasin 250 mg dozada 7 kun davomida bir vaqtda qo‘llanganida klozapin va N-dezmetilklozapinning zardobdagi konsentrasiyalari muvofiq ravishda 29% va 31% ga oshishi mumkin (uni siprofloksasin bilan qo‘llash vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin qisqa vaqt davomida klozapinning dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak).
Siprofloksasin 500 mg dozada va sildenafil 50 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida, sildenafilning Cmax va AUC ko‘rsatkichlari 2 marta oshishi aniqlangan (bu majmuani faqat foyda/xavf nisbati baholanganidan keyin qo‘llash mumkin).
Maxsus ko‘rsatmalar
Siprofloksasin Streptococcus pneumoniae chaqirgani gumon qilingan yoki aniqlangan pnevmoniyada tanlov preparati emas.
Kristalluriya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirish mumkin emas, shuningdek suyuqlikni yetarli iste‘mol qilish va siydikning kislotali reaksiyasini tutib turish kerak.
Davolanish vaqtida yuqori diqqatni va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Tutqanog‘i, anamnezida tirishish xurujlari, qon tomir kasalliklari va bosh miyaning organik kasalliklari bo‘lgan bemorlarga, markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish xavfi tufayli, siprofloksasinni faqat “hayotiy” ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak.
Davolanish vaqtida yoki keyin og‘ir va davomli diareya paydo bo‘lganida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, u preparatni darhol bekor qilishni va tegishli davolashni buyurishni talab etadi.
Paylarda og‘riqlar yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolanish vaqtida paylarni yallig‘lanishi va xatto uzilishning aloxida xollari ta‘riflangan).
Davolanish vaqtida UB-nurlanishdan (shu jumladan to‘g‘ri quyosh nurlari bilan kontaktdan) saqlanish kerak. Og‘ir infeksiyalarni, stafilokokkli infeksiyalarni va anaerob bakteriyalar bilan bog‘liq bo‘lgan infeksiyalarni davolashda, siprofloksasinni muvofiq antibakterial vositalar bilan majmuada ishlatish kerak.
Ftorxinolonlarga chidamli Neisseria gonorrhoeae shtammlari tomonidan chaqirganligi taxmin qilingan infeksiyalarda, siprofloksasinga rezistentlik yuzasidan mahalliy ma‘lumotlarni hisobga olish va laboratoriya testlarida qo‘zg‘atuvchining sezgirligini tasdiqlash kerak.
Kamdan-kam hollarda birinchi marta qo‘llanganidan keyin, xatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan anafilaktik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda siprofloksasinni qo‘llashni darhol to‘xtatish va tegishli davolash chorasini o‘tkazish kerak. Pay kasalliklari bo‘lgan yoki ilgari glyukokortikosteroidlar bilan davolangan keksa pasientlarda, paylarni (asosan axillov payini) uzilish hollari kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar preparat birinchi marta qo‘llanganida paydo bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda psixoz suisidal urinishlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak. Siprofloksasin CYP450 1A 2 izofermentining o‘rtacha ingibitori hisoblanadi. Siprofloksasin va bu izofermentlar tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (shu jumladan teofillin, kofein, duloksetin, klozapin) bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki siprofloksasin tomonidan ularning metabolizmini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan, qon zardobida bu preparatlarning konsentrasiyasini oshishi, spesifik noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin.
In vitro laboratoriya testlarida siprofloksasin Mycobacterium spp. ning o‘sishini susaytiradi, bu siprofloksasinni qabul qilayotgan pasientlarda bu qo‘zg‘atuvchini diagnostika qilishda soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Siprofloksasinni qabul qilayotgan pasientlar, avtomobilni haydash va yuqori diqqatni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Spesifik antidoti ma‘lum emas. Simptomatik davolash o‘tkaziladi. Organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta‘minlash lozim.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500 mg dan.
10 tabletkadan PVX/PVDX/Al blisterda.
1 ta blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.