×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MOKSAFOR infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).
Faol modda:
Моксифлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01MA14
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

STREPTOSID RASTVORIMIY liniment 30g 5% Нижфарм, АО Rossiya
13 000 s`om dan
EKOMED tabletkalari 500mg N3 АВВА РУС АО Rossiya
AZITRAL kapsulalar 500mg N3 Шрея Лайф Саенсиз Пвт Лтд Hindiston
FOSFOSINEO poroshok 1g N10 Northeast Pharmaceutical Group Shenyang №1 Pharmaceutical Co.,Ltd Xitoy
176 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: 0,436 g moksifloksatsin, bu 0.400 g moksifloksatsin gidroxloridiga muvofiq;

yordamchi moddalar: 8 g natriy xloridi; 1M xlorid kislotasi pH 4,1-4,6 gacha; 1M natriy gidroksidi pH 4,1-4,6 gacha; 100 ml gacha in'ektsiya uchun suv.

Infuziya uchun eritma 400 mg/ 100 ml, 100 ml dan (flakonlar).
Moksifloksatsin – keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan, ftorxinolonlar guruhi Iv avlodiga mansub (8-metoksiftorxinolon) antibakterial mikroblarga qarshi vosita bo'lib, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, anaeroblar, kislotaga chidamli va atipik bakteriyalarga keng ta'sir doirasi nisbatan faollik namoyon qiladi.

Moksifloksatsinning bakteritsid ta'siri II va Iv bakterial topoizomerazalarini ingibitsiya qilish bilan bog'liq, bu mikrob hujayralari DNK biosintezining replikatsiya, reparatsiya va transkriptsiya jarayonlarini buzilishiga olib keladi, natijada mikrob hujayralari nobud bo'ladi.

Moksifloksatsinning minimal bakteritsid kontsentratsiyalari umuman olganda uning minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyalari bilan qiyosiy hisoblanadi.

Penitsillinlar, tsefalosporinlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetratsiklinlarga chidamlilik rivojlanishiga olib keluvchi mexanizmlar moksifloksatsinning bakteriyalarga qarshi faolligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Ushbu guruh antibiotiklari va moksifloksatsin orasida kesishgan chidamlilik kuzatilmaydi. Shu vaqtgacha plazmid chidamlilik ham kuzatilmagan. Xinolonlarga nisbatan kesishgan chidamlilik holatlari aniqlangan. Shunga qaramay boshqa xinolonlarga chidamli grammusbat va anaerob mikroorganizmlar moksifloksatsinga nisbatan sezgirligini saqlab qolishgan.

Moksifloksatsinning molekula tuzilishiga C8 holatidagi metoksi guruhining qo'shilishi, moksifloksatsin faolligining oshishiga va grammusbat bakteriyalarning chidamli mutant shtammlari hosil bo'lishi kamayishiga olib kelishi aniqlangan. C7 holatidagi bitsikloamin guruhining qo'shilishi faol efflyuks, ftorxinolonlarga chidamlilik rivojlanishini oldini oladi.

Moksifloksatsinga sezgir mikroorganizmlar:

Grammusbat:

Stafilokokklar: Staphylococcus aureus (shu jumladan, metitsillinga sezgir shtammlari)*, koagulazonegativ stafilokokklar (shu jumladan, metitsillinga sezgir shtammlari): Staphylococcus cohnii, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus, Staphylococcus simulans; Streptokokklar: Streptococcus agalactiae, Streptococcus dysgalactiae, Streptococcus milleri (S. anginosus* (shu jumladan metitsillinga sezgir shtammlari), S. constellatus*, S. intermedius*), Streptococcus pneumoniae (shu jumladan penitsillinga va ko'pgina antibiotiklarga chidamli shtammlari), shuningdek ikki va undan ortiq antibiotiklarga nisbatan chidamli shtammlari, jumladan penitsillin (MIK>2 mkg/ml), tsefalosporinlarning II avlodi (masalan tsefuroksim), makrolidlar, tetratsiklinlar, trimetoprim/sul'fametoksazol, Streptococcus pyogenes (A guruhi)*, Streptococcus viridans (S. viridans, S. Mutans, S. Mitis, S. Sanguinis, S. Salivarius, S. thermophilus);

Boshqalar: Corynebacterium diphtheria.

Grammanfiy:

Enterobakteriyalar: Moraxella catarrhalis (shu jumladan β-laktamaza ishlab chiqaradigan va chiqarmaydigan shtammlari)*, Morganella morganii;

Boshqalar: Acinetobacter baumannii, Bordetella pertussis, Chlamydia spp.: (Chlamydia pneumoniae*, Chlamydia trachomatis*), Coxiella burnetii, Haemophilus influenzae (shu jumladan β-laktamaza ishlab chiqaradigan va chiqarmaydigan shtammlari)*, Haemophilus parainfluenzae*, Legionella pneumophila*, Legionella spp., Mycoplasma hominis, Mycoplasma genitalium, Mycoplasma pneumoniae*, Proteus  vulgaris.

Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides spp.: (B. distasonis*, B. eggerthii, B. fragilis*, B. ovatus*, B. thetaiotaomicron*, B. uniformis*, B. vulgaris*), Clostridium ramosum, Fusobacterium spp., Porphyromonas spp. (Porphyromonas anaerobius).

Moksifloksatsinga o'rtacha sezgir mikroorganizmlar:

Grammanfiy:

Enterobakteriyalar: Enterobacter spp. (E. Aerogenes, E. agglomerans, E. cloacae*, E. intermedius, E. sakazaki);

Boshqalar: Staphylococcus epidermidis (shu jumladan metitsillin/ofloksatsinga sezgir shtammlari)*, Burkholderia cepacia, Citrobacter freundii*, Clostridium perfringens*, Neisseria gonorrhoeae*, Pantoea agglomerans, Providencia spp. (P. Rettgeri, P. stuartii), Pseudomonas fluorescens, Stenotrophomonas maltophilia;

Grammusbat: Enterococcus faecalis (faqat vankomitsin va gentamitsinga sezgir shtammlari)*, Enterococcus avium*, Enterococcus faecium*, Eubacterium spp., Peptostreptococcus spp.*.

Moksifloksatsinga chidamli mikroorganizmlar:

Grammusbat:

Stafilokokklar: Staphylococcus aureus (metitsillin/ofloksatsinga chidamli shtammlari)+, koagulazonegativ stafilokokklar (metitsillinga chidamli shtammlari: Staphylococcus cohnii, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus, Staphylococcus simulans).

Grammusbat: Providencia stuartii, Pseudomonas aeruginosa.

Eslatma: *Moksifloksatsinga sezgirlik klinik ma'lumotlar bilan tasdiqlangan.

+  Moksifloksatsin metitsillin (MRSA) ga chidamli bo'lgan Staphylococcus aureus shtammlari chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun qo'llash tavsiya qilinmaydi. MRSA chaqirgan infektsiyalarga gumon qilinganda yoki ular aniqlanganida muvofiq bakteriyalarga qarshi preparatlar bilan davolash buyurilishi lozim.

100 ml (400 mg) dozadagi bir martalik infuziyadan keyin 1 soat mobaynida preparatning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) infuziyaning oxirida erishiladi va taxminan 4,1 mg/l ni tashkil qiladi. Preparat 1 soat davomida sutkada 1 marta 100 ml (400 mg) dozada vena ichiga ko'p marta yuborilganida Cmax va Cmin mufoviq ravishda 4,1 mg/l dan 5,9 mg/l gacha va 0,43 mg/l dan 0,84 mg/l gacha o'zgaradi. 4,4 mg/l ga teng bo'lgan o'rtacha stabil kontsentratsiyasiga (Css) infuziya ohirida erishiladi. Barqaror muvozanatiga 3 kun davomida erishiladi.

Taqsimlanishi

Moksifloksatsin to'qimalar va a'zolarda tez taqsimlanadi hamda taxminan 45% ga qon oqsillari bilan bog'lanadi (asosan al'buminlar bilan). Taqsimlanish hajmi (vd) taxminan 2 l/kg ni tashkil qiladi. Moksifloksatsinning qon plazmasidan yuqori kontsentratsiyalari o'pka to'qimasida hosil bo'ladi (shu jumladan epitelial suyuqlikda, al'veolyar makrofaglarda), burun bo'shliqlarida (yuqori jag' va g'alvirsimon bo'shliqlari), burun poliplarida, yallig'lanish o'choqlarida (teri jarohatlanganida puffaklar ichida). Moksifloksatsin interstitsial suyuqlik va so'lakda erkin, oqsillar bilan bog'lanmagan ko'rinishida, qon plazmasidagi kontsentratsiyasidan yuqori kontsentratsiyada aniqlanadi. Bundan tashqari moksifloksatsinning yuqori kontsentratsiyalari qorin bo'shlig'i a'zolari, peritoneal suyuqlik va ayollar jinsiy a'zolarida aniqlanadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Moksifloksatsin 2-faza biotransformatsiyasiga uchraydi va organizmdan buyraklar orqali, shuningdek o'zgarmagan holda hamda N-sul'fat (M1) va atsil-glyukuronid (M2) ko'rinishida ichak orqali chiqariladi. Moksifloksatsin tsitoxrom R450 ning mikrosomal tizimi tomonidan biotransformatsiyaga uchramaydi. M1 va M2 metabolitlari qon plazmasida dastlabki birikmaga nisbatan kamroq kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Klinik oldi tadqiqotlar natijalariga ko'ra, yuqorida qayd etilgan metabolitlar, havsizlik va qabul qila olish nuqtai nazaridan organizmga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi isbotlangan. Moksifloksatsinning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 12 soatni tashkil qiladi. 400 mg dozada yuborilganidan keyin o'rtacha umumiy klirensi minutiga 179-246 ml ni tashkil qiladi. Buyrak klirensi minutiga 24-53 ml ni tashkil qiladi. Bu moksifloksatsinning kanalchalardan qisman qayta so'rilishidan dalolat beradi. Dastlabki birikma va 2-faza metabolitlari muvozanati taxminan 96-98% ni tashkil qiladi, bu esa oksidlanish metabolizmi yo'qligidan dalolat beradi. Bir martalik dozaning taxminan 22% (400 mg) buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi, taxminan 26% – ichak orqali.

«Tez-tez» guruhida sanab o'tilgan noxush reaktsiyalar uchrash tez-tezligi 3% dan kam bo'lgan, ko'ngil aynishi va diareyadan (ich ketishi) tashqari.

Har bir uchrash tez-tezligi guruhida dorining noxush reaktsiyalar ahamiyati kamayib borish tartibida sanab o'tilgan. Uchrash tez-tezligi quydagicha aniqlanadi:

tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha);

tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha);

kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha);

juda kam hollarda (< 1/10000);

Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – qichishish, toshma, eshakemi, kam hollarda – anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish (Kvinke shishi), shu jumladan hiqildoq shishi (hayot uchun potentsial havfli), juda kam hollarda - anafilaktik yoki anafilaktoid shok (shu jumladan hayot uchun potentsial havfli), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stiven-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tez-tez emas – paresteziya/dizesteziyalar, ta'm sezishni buzilishi (shu jumladan juda kam hollarda agevziya), ongni chalkashishi va dezorientatsiya, uyquni buzilishi, tremor, vertigo, uyquchanlik, xavotorlik, psixomotor giperfaollik/ajitatsiya, kam hollarda – gipesteziya, hid bilishni buzilishi (shu jumladan anosmiya), koordinatsiyani buzilishi, hushni yo'qotish, turli klinik ko'rinishlari bilan tirishishlar, amneziya, polineyropatiya, emotsial labillik, depressiya, gallyutsinatsiyalar, juda kam hollarda – giperesteziya, depersonalizatsiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – QT intervalini uzayishi, yurak urishini his qilish, taxikardiya, vazodilatatsiya, kam hollarda – yurak qorinchalar taxiaritmiyasi, AB ko'tarilishi yoki pasayishi, juda kam hollarda – nospetsifik aritmiyalar, ko'p shaklli yurak qorincha taxikardiyasi, yurakni to'xtab qolishi.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – xansirash (shu jumladan astmatik holatlar).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riqlar, diareya (ich ketishi), tez-tez emas – ishtahani pasayishi, qabziyat (ich qotishi), dispepsiya, meteorizm, gastroenterit (eroziv gastroenteritdan tashqari), amilaza faolligini oshishi, jigar funktsiyasini buzilishi (shu jumladan laktatdegidrogenaza faolligini oshishi), kam hollarda – disfagiya, stomatit, sariqlik, gepatit (asosan xolestatik), sohta membranoz kolit (juda kam hollarda hayot uchun havfli asoratlar bilan), juda kam hollarda –hayot uchun potentsial havfli jigar yetishmovchiligiga olib keluvchi ful'minant gepatit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas – degidratatsiya (diareya yoki suyuqlik qabul qilishni kamaytirish natijasida chaqirilgan), kam hollarda – buyraklar funktsiyasini  buzilishi, buyrak yetishmovchiligi.

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, mialgiya, kam hollarda – tendinit, mushak tonusini oshishi va tirishishlar, mushak zaifligi, juda kam hollarda – paylarning uzilishi, artrit, tayanch-harakat tizimining shikastlanishi natijasida yurishni buzilishi, myasthenia gravis simptomlarini kuchayishi.

Sezgi a'zolari tomonidan: tez-tez emas – ko'rishni buzilishi (ayniqsa markaziy nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan reaktsiyalarda), kam hollarda – quloqlar shang'illashi, eshitishni yomonlashishi, shu jumladan karlik (odatda qaytuvchan), juda kam hollarda – ko'rishni vaqtincha yo'qolishi (ayniqsa markaziy nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan reaktsiyalar fonida).

Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez emas – giperlipidemiya, kam hollarda – giperglikemiya, giperurikemiya, juda kam hollarda – gipoglikemiya.

Qon va limfa tizimilari tomonidan buzilishlari: tez-tez emas – anemiya, leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, trombotsitoz, kam hollarda – tromboplastinning kontsentratsiyasini o'zgarishi.

Laborator ko'rsatkichlari tomonidan: tez-tez – “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi, kam hollarda – bilirubin kontsentratsiyasini oshishi, gammaglutamiltransferaza faolligini oshishi, qonda ishqorli fosfataza faolligini oshishi.

Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – yuborilgan joyda og'riq va achishish, giperemiya, flebit.

Boshqalar: tez-tez emas – umumiy lohaslik, aniq sababsiz og'riq, ko'p terlash, kam hollarda – shish.

Retsept bo'yicha.
Anafilaktik reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni darhol to'xtatish va muvofiq muolajalarni o'tkazish lozim.

Xinolonlarni qo'llaganda foto sezgirlik reaktsiyalari namoyon bo'ladi. Biroq klinika oldi bo'lgan va klinik tadqiqotlar o'tkazilganda, shuningdek moksifloksatsin preparati amaliyotda qo'llanilganida foto sezgirlik reaktsiyalari namoyon bo'lmagan. Shunga qaramay preparatni qabul qilayotgan patsientlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh va ul'trabinafsha nurlari ta'sirlaridan saqlanish kerak.

Moksifloksatsinning mikobakteriyalar o'sishini to'xtatish qobiliyati uning in vitro va Mycobacterium spp. sinamasi bilan o'zaro ta'sirlashuviga sabab bo'lishi mumkin, bu esa moksifloksatsin preparati bilan muolaja o'tkazilayotgan patsientlar tahlil namunalarining sohta musbat natijalariga olib kelishi mumkin.

Ftorxinolonlarga chidamli Neisseria gonorrhoeae chaqirgan infektsiyalarning keng tarqalganligi va o'sishi sababli kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklarini davolashda moksifloksatsin bilan monoterapiya o'tkazish kerak emas, ftorxinolonlarga chidamli N. gonorrhoeae ning borligi mustasno qilingan holatlardan tashqari. Agar ftorxinolonlarga chidamli N. gonorrhoeae ning borligini mustasno qilish imkoniyati bo'lmasa, moksifloksatsin bilan empirik davolashni muvofiq, N. gonorrhoeae ga nisbatan faol (masalan tsefalosporin) antibiotik bilan qo'shimcha qilish haqidagi savolni ko'rib chiqish lozim.

Tuzning kam miqdori bilan parhez qiluvchi patsientlar (yurak yetishmovchiligi, buyraklar yetishmovchiligi, nefrotik sindromda), infuziya uchun eritmada natriy xloridi mavjudligini hisobga olish lozim. Preparatdagi natriyning sutkalik dozasi 34 mmol'ni tashkil qiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Moksifloksatsinni homiladorlik va laktatsiya (ko'krak suti bilan emizish) davrida qo'llash mumkin emas.

Ftorxinolonlar, shu jumladan moksifloksatsin markaziy nerv tizimiga ta'sir qilishi va ko'rishni buzishi sababli, bemorlarning avtoulovni boshqarish hamda yuqori e'tibor va tezkor psixomotor reaktsiyalar talab qiluvchi potentsial havfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatini buzishi mumkin.

Moksifloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:

·    kasalxonadan tashqari pnevmoniyasi, shu jumladan antibiotikoterapiyaga chidamli;

·    Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae yoki Moraxella catarrhalis chaqirgan o'tkir bakterial sinusit;

·    bakterial infektsiya (Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, metitsillinga sezgir Staphylococcus aureus yoki Moraxella catarrhalis) bilan bog'liq surunkali bronxitni zo'rayishi;

·    teri va teri osti to'qimalarni asoratli va asoratsiz infektsiyalari, shu jumladan infektsiyalangan diabetik oyoq kafti;

·    asoratlangan intraabdominal infektsiyalar, shu bilan birga polimikrob infektsiyalar, jumladan qorin ichi abstsesslari;

·    kichik chanoq a'zolarining asoratlanmagan yallig'lanish kasalliklarida (shu jumladan sal'pingit va endometritlar) qo'llanadi;

·    ko'p antibiotiklarga chidamli Streptococcus pneumoniae, penitsillinga chidamli hamda penitsillinlar (MIK>2 mkg/ml bo'lganida), tsefalosporinlarning II avlodi (tsefuroksim), makrolidlar, tetratsiklinlar guruhlariga mansub va trimetoprim/sul'fametoksazol singari ikki va undan ortiq antibiotiklarga chidamli shtammlarini o'z ichiga oladi.

·               moksifloksatsinga, boshqa xinolonlarga yoki preparatning har qanday komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlik;

·               18 yoshgacha bo'lgan (artrotoksiklik xavfi sababli);

·               elektrolit buzilishlari (ayniqsa tuzatilmagan gipokaliemiya);

·               klinik ahamiyatli bradikardiya;

·               yurak chap qorinchasidan qon otilib chiqish fraktsiyasini kamayishi bilan klinik ahamiyatli yurak yetishmovchiligi;

·               anamnezda klinik simptomlari bilan kuzatiladigan ritmning buzilishini mavjudligi;

·               anamnezda xinolon qatori antibiotiklar bilan davolash natijasida rivojlanadigan paylar patologiyasi mavjudligi;

·               EKG da QT intervalini uzayishi va QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlar bilan birga qo'llash («Dorilarning o'zaro ta'siri» bo'limiga qarang);

·               jigar funktsiyasini buzilishlari (Сhayld-P'yu tasnifi bo'yicha «C» sinfi) va klinik ma'lumotlar chegaralgan sababli transaminaza miqdorini normasini yuqori chegarasidan besh marta yuqori ko'tarilishida qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

·               tirishishlar paydo bo'lishiga moyil va tirishish faolligi bo'sag'asini kamaytiruvchi markaziy nerv tizimi kasalliklarida;

·               anamnezida psixoz va/yoki psixiatrik kasalliklari mavjud patsientlarda;

·               miokardning o'tkir ishemiyasi va yurakning to'xtab qolishi singari potentsial proaritmik holatlari mavjud patsientlarda (ayniqsa ayollar va keksa patsientlarda);

·               gravis miasteniyasida;

·               jigar tsirrozida va og'ir jigar yetishmovchiligida;

·               kaliy miqdorini kamaytiruvchi preparatlar va glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llash;

·               glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;

·               psevdomembranoz kolit va og'ir diareya.

Atenolol, ranitidin, kal'tsiy saqlovchi qo'shimchalar, teofillin, peroral kontratseptiv vositalar, glibenklamid, itrakonazol, digoksinom, morfin, probenetsid (moksifloksatsin bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri mavjud emasligi tasdiqlangan) bilan qo'llanilganida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi

QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlar:

Moksifloksatsin va boshqa QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlarning QT oralig'ini uzaytiruvchi additiv ta'sirini hisobga olish kerak (ayollar va keksalar sezgirroq). Moksifloksatsin va QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlarni birga qo'llash natijasida qorinchalar artimiyasi, shu jumladan polimorf qorinchalar taxikardiyasi rivojlanishi havfi oshadi (torsade de pointes).

Moksifloksatsinni quydagi QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlar bilan birga qo'llash ta'qiqlanadi:

·           IA sinfiga mansub antiaritmik preparatlar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, prokainamid va boshqalar);

·           III sinfiga mansub antiaritmik preparatlar (amiodaron, refralon, sotalol, dofetilid, ibutilid va boshqalar);

·           neyroleptiklar (fenotiazin, pimozid, sertindol, galoperidol, sul'toprid, limipranil, solian, zeldoks (ziprasidon), neuleptil (neuleptil) va boshqalar);

·           tritsiklik antidepressantlar;

·           mikroblarga qarshi preparatlar (sparfloksatsin, eritromitsin Iv, pentamidin. Malyarlarga qarshi preparatlar, ayniqsa galofantrin);

·           antigistaminli preparatlar (terfenadin, astemizol, mizolastin);

·           boshqalar (tsizaprid, vinkamin Iv, bepridil, difemanil, atomoksetin (strattera), bosulif (bosutinib), kaprelsa (vandetanib), degareliks, klopiksol (zuklopentiksol), tasigna (nilotinib), somatostatin, sandostatin (oktreotid), signifor (pasireotid), flyuanksol (flupentiksol)).

Moksifloksatsin bilan rilmenidinni bir vaqtda qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Rifampitsin – biotransformatsisini tezlashtiradi (CYP3A4 ni induktsiya qiladi) va ta'sirini kamaytiradi.

Antikoagulyantlar (varfarin) bilan bir vaqtda qo'llanganida XNA (xalqaro normallashgan nisbat) ning monitoringini o'tkazish va zarur hollarda bilvosita antikoagulyantlar dozasini tuzatish lozim (oxirgilarining faolligi oshishi hisobiga).

Moksifloksatsin eritmasi quydagilar bilan nomutanosib:

·           natriy xloridning 10% va 20% li eritmalari;

·           natriy gidrokarbonatning 4,2% va 8,4% li eritmalari.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Tiniq, yashil tusli sariq eritma.
Buyurilganda preparatga nisbatan mikroorganizmlar sezuvchanligini aniqlash tavsiya qilinadi.

Doza kasallik og'irligi, infektsiya turi, organizm holati, patsientning yoshi, vazni va buyraklar funktsiyasiga qarab aniqlanadi.

Vena ichiga (v/i) tomchilab yuboriladi.

Kattalar. Moksifloksatsinning tavsiya qilingan dozalash tartibi: 400 mg (100 ml infuziya uchun eritma 60 minut davomida), kuniga 1 marta yuqorida ko'rsatilgan infektsiyalarda buyuriladi. Tavsiya qilingan dozalarni oshirmaslik lozim. Preparat infuziya ko'rinishida v/i ichiga 60 minutdan kam bo'lgan vaqt davomida, eritilmagan holda yoki quyidagi mutanosib eritmalar bilan aralashtirilganda yuboriladi:

·           in'ektsiya uchun suv;

·           1M li 0,9% li natriy xloridi eritmalari;

·           5%, 10% va 40% li dekstroza eritmalari;

·           20% li ksilit eritmasi;

·           Ringer va Ringer laktat eritmalari.

Agar preparatning eritmasi boshqa preparatlar bilan birga buyurilsa, har preparat alohida yuborilishi lozim. Preparatning eritmasi yuqorida ko'rsatilgan infuzion eritmalar bilan aralashmasi hona haroratida 24 soat davomida barqaror bo'ladi. Eritmani sovitish yoki muzlatish mumkin emas, shuning uchun uni muzlatgichda saqlash mumkin emas. Sovitilganda hona haroratida eriydigan cho'kma hosil bo'lishi mumkin. Eritma o'zining ishlab chiqarilgan o'ramida saqlash kerak. Faqat tiniq eritmani qo'llash kerak.

Davolashni davomiyligi infektsiyaning joylashuviga va og'irligiga, shuningdek klinik samarasiga qarab aniqlanadi.

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya: moksifloksatsin pog'onali davolashning umumiy davomiyligi (v/i yuborilishi, keyinchalik ichga qabul qilishga o'tish bilan) 7-14 kunni tashkil qiladi.

Teri va teri osti tuzilmalarining asoratli infektsiyalari: moksifloksatsin pog'onali davolashning umumiy davomiyligi (v/i yuborilishi, keyinchalik ichga qabul qilishga o'tish bilan) 7-21 kunni tashkil qiladi.

Asoratlangan intraabdominal infektsiyalar: moksifloksatsin pog'onali davolashning umumiy davomiyligi (v/i yuborilishi, keyinchalik ichga qabul qilishga o'tish bilan) 5-14 kunni tashkil qiladi.

Tavsiya qilingan davolash davomiyligini oshirmaslik lozim. Klinik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra preparatning tabletka shakli bilan davolash davomiyligi 21 kungacha bo'lishi mumkin.

Bolalar. Moksifloksatsinning bolalar hamda o'smirlarda qo'llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.

O'ziga hos klinik holatlarda qo'llash usuli va dozalari

Buyraklar (shu jumladan uzluksiz gemodializda va uzoq muddatli ambulator peritoneal dializda bo'lganda), jigar funktsiyasi buzilgan hamda keksa bemorlarda – dozalash tartibini o'zgaritirish shart emas.

Moksifloksatsinning dozasi oshirib yuborilishi haqidagi ma'lumotlar yetarlicha emas. Moksifloksatsinni bir marta 1200 mg gacha hamda 600 mg dozadan 10 kun va ko'p vaqt mobaynida qo'llaganda hech qanday nojo'ya ta'sirlar kukzatilmagan. Dozaning oshirib yuborilish hollari kuzatilsa klinik manzaraga tayanish kerak hamda EKG-monitoringi bilan tutib turuvchi simptomatik muolaja o'tkazish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MOKSAFOR infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MOKSAFOR infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MOKSAFOR infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MOKSAFOR infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MOKSAFOR infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LAKSOMOKSIV eritma 400mg/100ml 100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KARBONPHARMAPVT.LTD.
  • Vakil: NUTRIMED
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
KINOLOKS tabletkalari 400mg N5
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
MOKSITAV ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aseptica, ООО
  • Vakil: Aseptica
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Beximсo Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: OMEGA SINTEZ
MOKSIFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 0,4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zieva Farm, Индия произведено: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
MOKSAFOR infuziya uchun eritma 250ml 400mg/250ml
MOKSI — G tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
MOFTREKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 0,5% N1
MOKSIKUM tabletkalari 400mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 90 900 so'mdan Batafsil
MOKSIKUM infuziya uchun eritma 250ml 400mg/250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 110 500 so'mdan Batafsil
MOKSOFT ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alembic Pharmaceuticals Limited
AVELOKS tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Pharma AG
BIVOKSA ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
APDROPS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 58 800 so'mdan Batafsil
MOKSISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор ФармКомпания
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 38 949 so'mdan Batafsil
VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алкон-Куврер Н.В. С.А.
ROTOMOKS infuziya uchun eritma 250ml 400mg/250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scan Biotech Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 700 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MOKSAFOR OFTALMO tomchilar 5 ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9