×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MUKALTIN 0,05 tabletkalari N20

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Алтея лекарственного травы экстракт
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- ФармВилар НПО ООО
ATX kodi:
- R05CA10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
44 800 s`om dan
TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
AMBROBENE tabletkalari 30mg N20 Меркле ГмбХ Germaniya
30 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MUKALTIN

MUCALTIUM

 

Preparatning savdo nomi: Mukaltin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Dorivor altey o‘tining ekstrakti&

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalari: mukaltin – 0,05 g (dorivor altey o‘tining ekstrakti), 8,0% dan kam bo‘lmagan tiklovchi monosaxaridlar yig‘indisi va 50,0% dan kam bo‘lmagan polisaxarid kompleksini saqlovchi quruq ekstrakt;

yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati – 0,087 g, vino kislotasi – 0,160 g, kalsiy stearati – 0,03 g, tabletka massasi – 0,300 g.

Ta‘rifi: dumaloq, yassisilindrik shaklli, faska va riskali och-kulrangdan to jigarrangroq-kulrang rangli to‘qroq va ochroq dog‘li, kuchsiz o‘ziga xos hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘simlikdan olinadigan balg‘amni ko‘chiruvchi vosita

ATX kodi: R05CA.

Farmakologik xususiyatlari

Mukaltin dorivor altey o‘tining polisaxaridlari aralashmasini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatlarga ega. Reflektor rag‘batlantirish xususiyati tufayli hilpillovchi epiteliy faolligi va nafas bronxiolalarning peristaltikasini kuchaytirishi bilan birga, bronxial bezlarning sekresiyasini oshiradi.

Qo‘llanilishi

Yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan qiyin ajraluvchi balg‘am hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarini (traxeobronxit, o‘pkalarning surunkali kasalligi, bronxoektatik kasalligi, pnevmoniya, o‘pka emfizemasi, pnevmokonioz) – majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqat qabul qilishdan oldin. Bolalarga tabletkani 1/3 stakan iliq suvda eritib berish mumkin. Davolash kursi – 7-14 kun.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, kam hollarda – dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat bronx-o‘pka kasalliklarini davolashda qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurilishi mumkin.

Preparatni kodein saqlovchi va boshqa yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu suyultirilgan balg‘amning ajralib chiqishi qiyinlashtiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish mumkin.

Preparatni qo‘llash alohida diqqatni va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (avtotransportni boshqarish, harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ni bajarishga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari qayd qilinmagan.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 50 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramda. 200 kontur uyali yoki uyasiz o‘ram teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga yoki karton yashikka joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MUKALTIN 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi ФармВилар НПО ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
EKSPORTAL poroshok 10 g N10
EKSPORTAL poroshok 5 g N6
EKSPORTAL poroshok 10 g N20
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9