QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NAZONEKS
NASONEX
Preparatning savdo nomi: NAZONEKS
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mometazon
Dori shakli: dozalangan, burun spreyi
Tarkibi:
Spreyning 1 dozasi quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 50 mkg mometazon furoatiga (suvsiz) ekvivalent miqdorda mometazon furoati monogidrati;
Yordamchi moddalar: dispersiyali sellyuloza, gliserin, natriy sitrati digidrati, limon kislotasi, polisorbat-80, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli tiniq bo‘lmagan suspenziya;
Farmakoterapevtik guruhi: burun bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun dori vositasi, kortikosteroidlar.
ATX kodi: R01AD09.
Farmakologik xususiyatlari
Mometazon furoati – yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan mahalliy qo‘llash uchun sintetik kortikosteroid. Mometazon furoatining mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta‘siri tizimli ta‘sirlari yuz bermaydigan dozalarda namoyon bo‘ladi.
Mometazon furoatining yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi ta‘sirining asosiy mexanizmi allergik reaksiyalarning mediatorlarini ajralib chiqishini susaytirish xususiyati bilan bog‘liq. Mometazon furoati allergik kasalliklari bo‘lgan bemorlarning leykositlaridan leykotrientlarning sintezini/ajralib chiqishini sezilarli kamaytiradi. Mometazon furoati hujayralar kulturasida boshqa steroidlarga, shu jumladan beklometazon dipronionati, betametazon, gidrokortizon va deksametazonga nisbatan IL-1, IL-6 va TNF6 ning sintezini/ajralib chiqishini susaytirishda 10 marta yuqori faollikni namoyish qilgan. U shuningdek, Th2 sitokinlar, odam CD4+ T-hujayralaridan IL-4 va IL-5 ni ajralib chiqishining kuchli ingibitori hamdir. Mometazon furoati shuningdek IL-5 ni ishlab chiqarilishini susaytirishi bo‘yicha beklometazon dipropionati va betametazonga nisbatan 6 marta faolroqdir.
Burun shilliq qavatiga antigenni yuborish bilan o‘tkazilgan provokasion test tadqiqotlarida allergik reaksiyaning ham erta, ham kechki bosqichida NAZONEKS ning suvli burun spreyini yuqori yallig‘lanishga qarshi faolligi aniqlangan. Bu gistaminning darajasi va eozinofillarning faolligini (plaseboga nisbatan) pasayishi, shuningdek eozinofillar, neytrofillar va epitelial hujayralarning adgeziya oqsilini (dastlabki darajasiga nisbatan) kamayishi bilan tasdiqlangan.
NAZONEKS suvli nazal spreyni qo‘llashning birinchi 12 soati davomidagi yaqqol klinik samaraga mavsumiy allergik riniti bo‘lgan 28% bemorlarda erishilgan. O‘rtacha (50%) yengillashish 35,9 soat davomida yuz bergan. Bundan tashqari NAZONEKS mavsumiy allergik riniti bo‘lgan bemorlarda ko‘z simptomlari (qizarish, ko‘z yoshini oqishi, qichishish) ni susaytirishda ahamiyatli samaradorlikni namoyon qilgan.
Burun poliplari bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda NAZONEKS burunni bitishini bartaraf qilishda, poliplarning o‘lchamlarini kamaytirishda, hid sezishni tiklanishida plaseboga nisbatan sezilarli klinik samaradorlikni namoyon qilgan.
12 yoshli bemorlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda NAZONEKS 200 mkg dan kuniga ikki marta qo‘llanganida, rinosinusit simptomlarini susaytirishda plaseboga nisbatan yuqori samaradorlik namoyish etdi. 15 kun davolash davomida rinosinusit simptomlarning yaqqolligi bo‘yicha shkala (MSS – Major Symptom Score) (yuz sohasida og‘riq, burun bo‘shliqlarida bosimni his qilish, bosganda og‘riq, bo‘shliqlar sohasida og‘riq, rinoreya, xalqumning orqa devori bo‘ylab shilliqni oqib tushishi va burunni bitishi) bo‘yicha baholangan. Amoksisillinni 500 mg dan kuniga uch marta qo‘llash samaradorligi MSS shkalasi bo‘yicha rinosinusit simptomlarini susaytirishda plasebodan ahamiyatli farq qilmagan. Davolash tugaganidan keyingi kuzatuv davri davomida nazorat guruhida qaytalanishlar soni kam bo‘lgan va amoksisillin va plasebo guruhlari bilan bir xil bo‘lgan. O‘tkir sinusitlarni 15 kundan ortiq davolash davomiyligi baholanmagan.
Farmakokinetikasi
Mometazon furoati nazal sprey shaklida qo‘llanganida biokiraolishligi past bo‘lgan (<0,1%) va u xatto sezuvchanlik bo‘sag‘asi (LLOQ) 0,25 pg/ml bo‘lgan sezgir aniqlash usuli qo‘llanganida ham qon plazmasida amalda aniqlanmagan. Mometazon furoatining suspenziyasi me‘da-ichak yo‘llaridan juda sust so‘rilsada, yutilishi va so‘rilishi mumkin bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan miqdori faol birlamchi metabolizmga uchraydi, asosan metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan va qanchadir darajada – safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy yoki yil davomidagi allergik rinitni davolash. O‘rtacha va og‘ir kechuvchi allergik rinitni profilaktik davolashni changlanish mavsumini taxmin qilingan boshlanishidan 2-4 hafta oldin boshlash tavsiya qilinadi.
Kattalarda va 12 yoshdan boshlab bolalarda og‘ir bakterial infeksiyaning belgilari bo‘lmagan o‘tkir rinosinusit simptomlarini davolash.
18 yoshdan oshgan bemorlarda burun poliplari va ular bilan bog‘liq simptomlarni, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo‘qolishini davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ishlatishdan oldin: burun yo‘llarini tozalash uchun burun orqali ehtiyotlik bilan nafas oling; spreyli konteynerni yaxshilab chayqating.
Birinchi marta qo‘llashdan avval spreyni purkalishi yuz bermagunicha dozalovchi qurilmani 10 marta bosish yo‘li bilan NAZONEKS burun spreyini “kalibrovka” qilish lozim. Nazal applikatorni teshmang! Boshingizni orqaga tashlang, keyin shifokorning ko‘rsatmasiga binoan har bir burun yo‘liga sprey purkang. Agar nazal sprey 14 kun va undan ko‘proq ishlatilmagan bo‘lsa, takroran “kalibrovka” qilish lozim, u spreyning changlanishi paydo bo‘lmagunicha dozalovchi qurilmani 2 marta bosish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Dozalovchi qurilmani tozalash. Nazal spreyining dozalovchi qurilmasini muntazam ravishda tozalab turish juda muhimdir, aks holda u to‘g‘ri ishlamay qoladi. Changdan himoyalovchi qopqoqchani oling va ehtiyotkorlik bilan purkagichni chiqarib oling. Purkagich va changdan himoyalovchi qopqoqchani iliq suv bilan yuving va keyin oqar suvda chaying. Dozalovchi qurilmani igna yoki boshqa o‘tkir buyum yordamida tozalashga urinmang, chunki bu qurilmani shikastlashi va dori moddasining noto‘g‘ri dozalanishiga olib kelishi mumkin.
Issiq joyda quritgandan so‘ng purkagichni spreyli flakonga joylashtiring va changdan himoyalovchi qopqoqchani joylashtiring. Spreyni purkalishini ko‘rish uchun dozalovchi qurilmani 2 marta bosish yo‘li takroriy “kalibrovkani” tekshiring.
Har bir bosishda 50 mkg (bir doza) mometazon saqlovchi taxminan 100 mg suspenziyani otilib chiqishi yuz beradi.
Mavsumiy yoki yil davomidagi allergik rinitni davolash: kattalarga (shu jumladan keksalarga) va 12 yoshdan boshlab o‘smirlarga preparatning profilaktik va terapevtik dozasi har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta 2 purkashni (50 mkg dan har biriga) (umumiy sutkalik doza – 200 mkg ni) tashkil qiladi. Davolovchi samaraga erishilgandan keyin tutib turuvchi davolash uchun dozani har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta 1 purkashgacha (umumiy sutkalik dozaning – 100 mkg gacha) kamaytirish maqsadga muvofiqdir.
Agar preparatni tavsiya qilingan dozada qo‘llash bilan kasallik simptomlarini susaytirishga erishishning iloji bo‘lmasa, sutkalik doza maksimal dozagacha oshirilishi mumkin: 4 purkashdan har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta (umumiy sutkalik doza – 400 mkg). Kasallik simptomlari susaygandan keyin dozani pasaytirish tavsiya qilinadi. Preparatning ta‘sirini boshlanishi klinik jihatdan dori vositasini birinchi marta qo‘llagandan keyin 12 soat davomida aniqlanadi. Klinik samaraga erishish uchun dori vositasini muntazam ishlatish muhimdir. Bemor samara darhol yuzaga chiqmasligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak.
2-11 yoshli bolalar uchun tavsiya qilingan terapevtik doza har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta 1 purkashni (50 mkg ni) (umumiy sutkalik doza – 100 mkg ni) tashkil qiladi.
O‘tkir rinosinusit. Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya qilingan terapevtik doza har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta 2 purkashni (50 mkg dan har biriga) (umumiy sutkalik doza – 400 mkg ni) tashkil qiladi.
Burun poliplari. 18 yoshdan oshgan bemorlar (shu jumladan keksalar) uchun tavsiya qilingan doza har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta 2 purkashni (50 mkg dan har biriga) (umumiy sutkalik doza – 400 mkg ni) tashkil qiladi. Klinik samaraga erishilgandan keyin dozani har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta 2 purkashgacha (umumiy sutkalik doza – 200 mkg gacha) kamaytirish tavsiya qilinadi.
Agar 5-6 hafta davolagandan keyin kasallik simptomlarining yaxshilanishi kuzatilmasa, davolashning muqobil usullarini ko‘rib chiqish lozim.
Dori vositasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda, bu dozani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Bemor uchun kunduzgi doza tavsiya qilingan dozadan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Klinik tadqiqotlar vaqtida mavsumiy va yil davomidagi allergik rinitlarda NAZONEKSni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan bosh og‘rig‘i (8%), burundan qon ketishi (ya‘ni yaqqol qon ketishi, shuningdek qon aralash shilliq yoki qon quyqasining chiqishi) (8%), faringit (4%), burunda achishish hissi (2%), ta‘sirlanish (2%) va burun shilliq qavatini yarali o‘zgarishlari (1%) kabi noxush holatlar aniqlangan. Bunga o‘xshash noxush holatlarni rivojlanishi, kortikosteroidlarni saqlovchi har qanday boshqa nazal sprey uchun xosdir. Burundan qon ketishlari o‘z-o‘zidan mustaqil to‘xtagan va o‘rtacha bo‘lgan, plasebo qo‘llanganiga nisbatan biroz ko‘proq yuz bergan (5%), lekin faol nazorat vositasi sifatida qo‘llangan va tekshirilgan boshqa intranazal kortikosteroidlarni qo‘llaganga qaraganda kamroq yuz bergan (ulardan ayrimlarida burundan qon ketishlarining chastotasi (tez-tezligi) 15% ni tashkil qilgan). Boshqa noxush holatlarni paydo bo‘lish tez-tezligi plasebo qo‘llangandagi bilan bir xil bo‘lgan.
Bolalarda noxush holatlarni, shu jumladan burundan qon ketishlari (6%), bosh og‘rig‘i (3%), burunda ta‘sirlanish hissi (2%) va aksirish (2%) plasebo qo‘llanganida yuz bergani (4%) bilan bir xil bo‘lgan.
Mometazon furoati intranazal qo‘llanganidan keyin darhol kechuvchi turdagi allergik reaksiya (masalan, bronxospazm, dispnoe) kuzatilishi mumkin. Juda kam hollarda anafilaktik shok va angionevrotik shish paydo bo‘lgan.
Ta‘m va hid sezishni buzilishining yakka hollari to‘g‘risida xabar berilgan.
NAZONEKS burun spreyi sinusitlarning o‘tkir epizodlarni davolashda yordamchi vosita sifatida qo‘llanganida paydo bo‘lish tez-tezligi plasebo qo‘llanganidagi bilan bir xil bo‘lgan bosh og‘rig‘i (2%), faringit (1%), burunda achishish hissi (1%) va burun shilliq qavatini ta‘sirlanishi (1%) kabi noxush ta‘sirlar aniqlangan. Burundan qon ketishlari o‘rtacha namoyon bo‘lgan va ularni paydo bo‘lish tez-tezligi NAZONEKS spreyi qo‘llanganida, plasebo qo‘llanganida yuz bergan burundan qon ketishlari bilan bir xil bo‘lgan (muvofiq 5% va 4%).
Burun poliplari, o‘tkir sinusitlari bo‘lgan bemorlarda NAZOREKS spreyi qo‘llanganida yuqorida keltirilgan noxush holatlarning umumiy soni plasebo qo‘llangani bilan bir xil bo‘lgan va allergik riniti bo‘lgan bemorlarda kuzatilgandagiga o‘xshash bo‘lgan.
Juda kam hollarda kortikosteroidlar qo‘llanganida burun to‘sig‘ini teshilishi yoki ko‘z ichki bosimini oshishi hollari aniqlangan.
Tizimli samaralar nazal kortikosteroidlar qo‘llanganida, ayniqsa yuqori dozalarda buyurilganda va uzoq vaqt qo‘llanganida paydo bo‘lishi mumkin. Bu samaralarning ehtimoli oral kortikosteroidlar qo‘llanganidagiga qaraganda kam va turli bemorlarda, shuningdek har xil kortikosteroid vositalar ishlatilganida farq qilishi mumkin. Potensial tizimli samaralari Kushing sindromi, buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishini kechikishi, katarakta, glaukoma va kam hollarda ruhiy yoki xulq buzilishlari, shu jumladan psixomotor qo‘zg‘alish, giperreaktivlik, uyquni buzilishi, xavotirlik, depressiya yoki agressiyani (ayniqsa bolalarda) o‘z ichiga olishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilganlardan birortasi yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa har qanday reaksiyalar yuz bergan hollarda dori vositasining keyingi qo‘llanishi bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashing!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddaga yoki qandaydir faol bo‘lmagan komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
NAZONEKS loratadin bilan bir vaqtda qo‘llangan, bunda qon plazmasida loratadin yoki uning asosiy metabolitini konsentrasiyasiga hech qanday ta‘sir aniqlanmagan.
Ushbu tadqiqotlarda sezgirlik bo‘sag‘asi (LLOQ) 50 pg/ml bo‘lgan miqdoriy aniqlash usulidan foydalanilganda mometazon furoati qon plazmasida xatto minimal konsentrasiyada ham aniqlanmagan. Majmuaviy davolash bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni kichik yoshli bolalarda qo‘llashni kattalarning yordamida o‘tkazish kerak.
NAZONEKSni davolanmagan mahalliy infeksiya bo‘lganida bu jarayonga burun shilliq qavati qo‘shilgan hollarda qo‘llash mumkin emas.
Kortikosteroidlar jarohatlarning bitishini sekinlashtirishi tufayli, bunday preparatlarini yaqinda operativ aralashuv yoki burun jarohatini o‘tkazgan bemorlarga jarohat to‘liq bitmagunicha mahalliy intranazal qo‘llash uchun buyurish mumkin emas.
NAZONEKSni nafas yo‘llarining faol yoki latent (yashirin) tuberkulez infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek davolanmagan zamburug‘li, bakterial, tizimli virusli infeksiyada yoki ko‘zni shikastlanishi bilan kechuvchi herpes simplex infeksiyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash yoki umuman qo‘llamaslik kerak.
Mukovissidoz bilan bog‘liq bir tomonlama poliplarni davolashda yoki burun yo‘lini butunlay yopuvchi poliplarni davolashda NAZONEKS dori vositasini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. G‘ayrioddiy joylashgan bir tomonlama poliplar, ayniqsa agarda ular yaralansa yoki qonasa, unda ular tekshirilishi lozim.
NAZONEKS bilan 12 oylik davolanishdan keyin burun shilliq qavatining atrofiyasini belgilari paydo bo‘lmagan; bundan tashqari, mometazon furoati burun shilliq qavatining gistologik manzarasini me‘yorlashishiga yordam bergan. Har qanday boshqa uzoq muddatli davolanishda bo‘lgani kabi, NAZONEKSni bir necha oy davomida va undan ortiq vaqt qo‘llayotgan bemorlar burun shilliq qavatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash yuzasidan vaqti-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tib turishlari lozim. Burun yoki xalqumning lokal zamburug‘li infeksiyasi rivojlangan hollarda NAZONEKS bilan davolashni to‘xtatish yoki maxsus davolashni boshlash kerak bo‘lishi mumkin. Uzoq vaqt davomida saqlanib qoluvchi burun yoki xalqum shilliq qavatini ta‘sirlanishi ham NAZONEKS bilan davolashni to‘xtatishga ko‘rsatma bo‘lishi mumkin.
NAZONEKS bilan uzoq muddat davomida davolanganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari faoliyatini susayish belgilari kuzatilmagan. Tizimli ta‘sirga ega kortikosteroidlar bilan uzoq muddatli davolashdan keyin NAZONEKS nazal spreyi bilan davolanayotgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish lozim. Bunday bemorlarda tizimli ta‘sirga ega kortikosteroidlarni qabul qilishni to‘xtatish, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu holat tizimli ta‘sirga ega kortikosteroidlar bilan davolashni qaytadan boshlashni va boshqa muvofiq davolash usulini qo‘llashni talab qilishi mumkin.
Tizimli ta‘sirga ega kortikosteroidlar bilan davolashdan NAZONEKS bilan davolanishga o‘tish vaqtida ayrim bemorlarda burun bilan bog‘liq simptomlarni yengillashishi bilan bir qatorda, kortikosteroidlarni bekor qilish simptomlari (bo‘g‘imlarda va/yoki mushaklarda og‘riq, toliqish hissi va depressiya) paydo bo‘lishi mumkin. Bunday bemorlarni NAZONEKS spreyi bilan davolashni davom ettirish maqsadga muvofiqligiga ishontirish lozim. Davolashni almashtirish shuningdek, ilgari rivojlangan va tizimli ta‘sirga ega kortikosteroidlar bilan davolanish oqibatida niqoblangan allergik (allergik kon‘yunktivit, ekzema va hokazolar kabi) kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kortikosteroidlarni qo‘llayotgan bemorlarda immun rektivlik potensial susaygan bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular ayrim infeksion kasalliklar (masalan, suvchechak, qizamiq) bo‘lgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan hollarda kasallikni yuqish xavfini oshishi, shuningdek, agar bunday muloqot yuz bergan bo‘lsa, shifokorning maslahati zarurligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishlari lozim.
Bemorlarni tana haroratini oshishi, yuz sohasida bir tomonlama kuchli og‘riq yoki tish og‘rig‘i, orbital yoki periorbital shish yoki holatni avval biroz yaxshilanib keyin yomonlashishi kabi og‘ir bakterial infeksiyaning belgilari yoki simptomlari paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat qilishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirish kerak.
Bolalar. NAZONEKSni 100 mkg sutkalik dozada bir yil davomida qo‘llayotgan bolalarda plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilganida bolalarning o‘sishini kechikishi aniqlanmagan. Shunday bo‘lsada, intranazal/ingalyasion steroidlarning uzoq muddatli samaralari oxirigacha tekshirilmagan. Shifokor glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddatli davolanayotgan bolalarni o‘sishi va rivojlanishini sinchiklab nazorat qilishi lozim.
Bolalarda va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda burun poliplarini, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda rinosinusit simptomlarini, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – mavsumiy yoki yil davomidagi allergik rinitlarni davolashda NAZONEKSning xavfsizligi va samaradorligi tekshirilmagan.
Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddatli davolanish va yuqori dozalarni qo‘llash tizimli nojo‘ya samaralarni, shu jumladan bolalarda o‘sishni sekinlashining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Intranazal/ingalyasion steroidlarning uzoq muddatli samaralari bolalarda to‘liq tekshirilmagan. Shifokor glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan bolalarni o‘sishi va rivojlanishini sinchiklab nazorat qilishi lozim. NAZONEKSni 100 mkg dan 1 yil davomida har kuni olgan 49 nafar bola ishtirokidagi tadqiqotda o‘sish tezligining pasayishi kuzatilmagan.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir rinosinusit simptomlarini davolash uchun NAZONEKSni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Dori vositasining ta‘sirini homilador ayollarda o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq, intranazal qo‘llanadigan boshqa kortikosteroidlar kabi, NAZONEKS ham homilador va emizikli ayollarda faqat, uni qo‘llashdan kutilayotgan foyda ona, homila yoki bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanadi. Onalari homiladorlik vaqtida kortikosteroidlarni qo‘llagan chaqaloqlarni buyrak usti bezlarining gipofunksiyasini aniqlash yuzasidan sinchiklab tekshirish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
NAZONEKS preparatining tizimli biokiraolishligi past, ya‘ni (sezgirlik bo‘sag‘asi (LLOQ) 0,25 pg/ml bo‘lgan miqdoriy aniqlash usulidan foydalanilganda) <1% ni tashkil qilgani tufayli, doza oshirib yuborilganida bemorning holatini kuzatish, keyinchalik dori vositasini tavsiya qilingan dozada qo‘llashdan tashqari o‘zga chora-tadbirlar lozim bo‘lishi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
18 g dan suspenziya polietilen flakonda (flakon og‘zida nasos-purkagich bilan) karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.