×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEBIDO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Тестостерон (смесь эфиров)
Ishlab chiqaruvchi:
- Bayer AG
ATX kodi:
- G03BA03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 1 299 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

DJES tabletkalari N28 Байер Веймар Гмбх и Ко КГ Germaniya
188 000 s`om dan
VIZANNA tabletkalari 2mg N28 Bayer AG, Германия произведено: Bayer Waimer GmbH & Co. KG Germaniya
136 000 s`om dan
SAVIS tabletkalari 2mg N28 ОАО «Гедеон Рихтер» Vengriya
279 000 s`om dan
LYUTEINA tabletkalari 50mg N30 Adamed Limited Liability Company, Польша произведено: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company Polsha
57 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEBIDO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEBIDO®

NEBIDO

Preparatning savdo nomi: Nebido®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): testosteron

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma 250 mg/ml.

Tarkibi:

1 ampula yoki flakon (4 ml eritma) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: testosteron undekanoati – 1000,0 mg;

yordamchi moddalar: benzilbenzoat, tozalangan kanakunjut moyi.

Ta‘rifi: tiniq, ko‘rinarli zarrachalarsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Jinsiy gormonlar va jinsiy tizimning modulyatorlari. Androgenlar.

ATX kodi: G03BA03

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Testosteron undekanoati tabiiy androgen testosteronning efiri hisoblanadi. Preparatning faol shakli – testosteron, yon zanjirni parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.

Testosteron erkak organizmidagi asosiy androgen bo‘lib, asosan moyaklarda va, kamroq darajada, buyrak usti bezlarining po‘stlog‘ida sintezlanadi.

Testosteron ona qornidagi homilani rivojlanish vaqtida, erta bolalikda, shuningdek jinsiy yetilish davrida, erkak xususiyatlarni keyinchalik esa erkak fenotipi va androgenga bog‘liq faoliyatlarni (masalan, spermatogenez, jinsiy bezlar) shakllanishiga javobgardir. Testosteron sekresiyasini yetishmovchiligi erkak gipogonadizmiga olib keladi, u zardobda testosteronning past konsentrasiyalari bilan ifodalanadi. Erkak gipogonadizmi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarga, erektil disfunksiya, jinsiy maylni pasayishi, toliqish, depressiv kayfiyat, ikkilamchi jinsiy belgilarning yo‘qligi, yetilmaganligi yoki regressi, shuningdek osteoporozni yuqori xavfi kiradi. Ekzogen androgenlar endogen testosteronning yetishmagan miqdorini oshirish va gipogonadizm simptomlarini kamaytirish maqsadida buyuriladi.

Testosteronning ta‘siri nishon-a‘zoga qarab, asosan, androgen (masalan, prostata bezi, urug‘ pufaklari, moyaklarning qo‘shimchalari) yoki oqsil-anabolik (mushaklar, suyaklar, qon yaratish tizimi, buyraklar, jigar) ta‘sirlar bilan ifodalanadi.

Testosteronning ayrim a‘zolarda ta‘siri testosteronni periferik to‘qimalarda estradiolga aylangandan keyin namoyon bo‘ladi, so‘ngra estradiol nishon-xujayralarning (masalan, gipofiz, yog‘ to‘qimasi, bosh miya, suyaklar va testikulyar leydig xujayralarining) yadrolaridagi estrogen reseptorlari bilan bog‘lanadi.

Gipogonadizmi bo‘lgan erkaklarda, androgenlarni ishlatish tananing yog‘ to‘qimasini kamaytiradi, tananing yog‘ bo‘lmagan massasini oshiradi, shuningdek suyak to‘qimasini yemirilishini oldini oladi. Androgenlar jinsiy faoliyatini yaxshilashi mumkin, shuningdek kayfiyatni yaxshilash yo‘li bilan ijobiy ruxiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Nebido® testosteron undekanoatini saqlovchi mushak ichiga yuboriladigan lepo-preparatdir. Shu sababga ko‘ra, birinchi passaj samarasi yo‘q. Testosteronning moyli eritmasi mushak ichiga in‘eksiya qilinganidan keyin u depodan asta-sekin ajralib chiqadi va zardob esterazalari tomonidan testosteron va undekan kislotasiga to‘liq parchalanadi. Testosteronning zardobdagi konsentrasiyasini dastlabki ko‘rsatgichlariga nisbatan oshishi in‘eksiyadan keyingi kuniyoq aniqlanishi mumkin.

Taqsimlanishi

Ikki alohida tadqiqotlar davomida, testosteronning 24 va 45 nmol/l ni tashkil qiluvchi maksimal konsentrasiyasi, gipogonadizmi bo‘lgan erkaklarga bir marta mushak ichiga 1000 mg testosteron undekanoati yuborilganidan keyin muvofiq 14 va 7 kun o‘tgach aniqlangan. Testosteronning past maksimal darajalari pasaygan, bunda yarim chiqarilish davri taxminan 53 kunni tashkil qilgan.

Qonda aylanib yurgan testosteronning taxminan 98% qon zardobida jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulin va albumin bilan bog‘lanadi. Faqat testosteronning erkin fraksiyasi biologik faol hisoblanadi. Testosteron keksa erkaklarga yuborilganidan keyin taxminiy taqsimlanish hajmi taxminan 1,0 l/kg darajasida aniqlangan.

Metabolizmi

Efir bog‘ini parchalanishi natijasida testosteron undekanoatidan hosil bo‘luvchi testosteron, endogen testosteron kabi metabolizmga uchraydi va organizmdan o‘sha yo‘llar bilan chiqariladi. Undekan kislotasi boshqa alifatik karbon kislotalari kabi,
β-oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Testosteron jigarda va undan tashqarida ahamiyatli metabolizmga uchraydi. Nishonlangan testosteron yuborilganidan keyin radiofaol moddaning taxminan 90% siydikda glyukuronidli va sulfat kislotali kon‘yugatlari ko‘rinishida aniqlanadi, 6% esa ichak-jigar sirkulyasiyadan o‘tganidan keyin ahlatda aniqlanadi. Siydikda aniqlanadigan mahsulotlar androsteron va etioxolanolonni o‘z ichiga oladi.

Muvozanat konsentrasiyasi

Gipogonadizmi bo‘lgan erkaklarga 1000 mg testosteron undekanoatini mushak ichiga takroran yuborilganidan keyin, in‘eksiyalar orasidagi 10 hafta intervalda, muvozanat konsentrasiyasiga 3-nchi va 5-nchi in‘eksiyalar orasida erishilgan. Muvozanat xolatida testosteronning o‘rtacha maksimal va o‘rtacha minimal konsentrasiyaliri muvofiq 42 va
17 nmol/l ni tashkil qilgan. Zardobdagi testosteronning maksimaldan keyingi darajalari taxsinan 90 kunga teng yarimchiqarilish davri bilan pasaygan, bu moddani depodan ajralib chiqish tezligiga muvofiq keladi.

 

Qo‘llanilishi

Erkaklardagi birlamchi va ikkilamchi gipogonadizmdagi testosteron yetishmovchiligi (testosteron o‘rnini bosuvchi davolash).

Qo‘llash usuli va dozalari

Nebido® in‘eksiyasi (1 ampulada yoki flakonda 1000 mg testosteron undekanoati saqlanadi) 10-14 haftada bir marta qilinadi. In‘eksiyaning bunday tez-tezligida testosteronning yetarli darajasini tutib turish ta‘minlanadi va moddaning kumulyasiyasi yuz bermaydi.

Ampula (flakon) ichidagisini, u ochilganidan keyin darhol mushak ichiga yuborish kerak. In‘eksiyani juda sekin qilish kerak. Nebido®ni faqat qat‘iy mushak ichiga yuborish mumkin. Yuborilayotgan modda qon tomirga tushmasligini sinchiklab kuzatish kerak.

Davolashni boshlanishi

Davolashni boshlashdan oldin qon zardobida testosteronning miqdorini kattaligini aniqlash kerak. In‘eksiyalar orasidagi birinchi intervalni qisqartirish kerak, lekin u 6 haftadan kam bo‘lmasligi kerak. Bunday dozada muvozanat konsentrasiyasiga tezroq erishiladi.

Dozani shaxsiy ravishda tuzatish

In‘eksiyalar orasidagi intervalni oxirida qon zardobida testosteronning konsentrasiyasini o‘lchash tavsiya etiladi. Agarda uning konsentrasiyasi normal ko‘rsatkichlardan past bo‘lsa, bu in‘eksiyalar orasidagi intervalni qisqartirishdan dalolat berishi mumkin. Yuqori konsentrasiyalarda ushbu intervalni oshirishni maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish kerak.

In‘eksiyalar orasidagi interval tavsiya qilingan 10-14 xafta diapazon atrofida qolishi kerak.

Pasientlarning alohida toifalari

Bolalar va o‘smirlar

Nebido® bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallanmagan, chunki 18 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Keksa yoshli pasientlar

Mavjud bo‘lgan cheklangan ma‘lumotlar keksa yoshdi pasientlarda dozaga tuzatish kiritishning zarurati yo‘qligini ko‘rsatadi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda xechqanday rasmiy tekshirishlar o‘tkazilmagan. Hozirgi vaqtda yoki anamnezida jigar o‘smalari bo‘lgan erkaklarda Nebido®ni qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda hech qanday rasmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nebido® bilan davolashda eng ko‘p akne va in‘eksiya joyida og‘riq kabi noxush samaralar aniqlangan.

Quyida berilgan jadvalda Nebido®ni qo‘llashda uchragan, MedDRA atamalariga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi bo‘yicha guruhlangan nojo‘ya reaksiyalari (NR) keltirilgan. NR uchrashi tez-tezligi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari bo‘yicha aniqlangan va quyidagi tarzda tasniflangan: tez-tez (≥1/100 dan <1/10) va tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100).

Noxush reaksiyalar 6 klinik tadqiqotlar davomida qayd qilingan (ja‘mi 422 pasient). Nebido® bilan ularning aloqasi, extimol mumkin xisoblanadi.

Jadval. Olti klinik tadqiqotlarning umumiy ma‘lumotlari asosida aniqlangan, MedDRA tasnifi bo‘yicha NR bo‘lgan pasientlarni uchrashining nisbiy tez-tezligi, N=422 (100%).

A‘zolar tizimi Tez-tez Tez-tez emas
Qon va limfatik tizimi tomonidan Polisitemiya Gematokritni oshishi

Eritrositlar sonini oshishi

Gemoglobin darajasini oshishi

Immun tizimi tomonidan   O‘ta yuqori sezuvchanlik
Moddalar almashi- nuvi va ovqatlanish tomonidan Tanani oshishi Ishtahani oshishi

Glikozillangan gemoglobin darajasini oshishi

Giperxolesterinemiya

Qonda trigiliseridlar darajasini oshishi

Qonda xolesterin darajasini oshishi

Ruhiyatni buzilishi   Depressiya

Emosional sferani buzilishi

Uyqusizlik

Bezovtalik

Tajovvuzkorlik

Ta‘sirchanlik

Nerv tizimi tomonidan   Bosh og‘rig‘i

Migren

Tremor

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan Qon quyilishlar Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini buzilishi

Arterial bosimni oshishi

Bosh aylanishi

Nafas tizimi, ko‘k-

rak qafasi va ko‘ks

oralig‘i a‘zolari tomonidan

  Bronxit

Sinusit

Yo‘tal

Hansirash

Xurrak

Disfoniya

Me‘da-ichak yo‘llari

Tomonidan

  Diareya

Ko‘ngil aynishi

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan   “Jigar” testlarida siljishlar

Aspartat-aminotransferaza (AST) faolligini oshishi

Teri va teri osti

to‘qimalari tomonidan

Akne Alopesiya

Eritema

Toshma

Papulez toshma

Qichishish

Terini quruqligi

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan   Artralgiya

qo‘l-oyoqlarda og‘riq

Mushak spazmlari

Mushak zo‘riqishi

Mialgiya

Skelet-mushak regidligi

Qonda kreatinfosfokinaza faolligini oshishi

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan   Chiqarilayotgan siydik hajmini kamayishi

Siydik tutilishi

Siydik chiqarish yo‘llari faoliyatini buzilishi

Nikturiya

Dizuriya

Jinsiy a‘zolar va ko‘krak bezlari tomonidan Prostataspesifik

antigen darajasini

oshishi

Prostata bezini tek-shirishni patologik natijalari

Prostata bezining xavfsiz giperpla-ziyasi

 

Prostata bezining intraepitelial neoplaziyasi

Prostata bezini zichlashishi

Prostatit

Prostata bezi faoliyatini buzilishi

Libidoni oshishi

Libidoni pasayishi

Moyaklarda og‘riq

Ko‘krak bezida og‘riq

Ko‘krak bezini zichlashishi

Ginekomastiya

Estradiol darajasini oshishi

Qonda erkin testosteron darajasini oshishi

Qonda testosteron darajasini oshishi

Umumiy buzilishlar

va yuborish joyida-

gi buzilishlar

Yuborish joyidagi

reaksiyalarning tur-li ko‘rinishlari

(og‘riq, diskomfort,

qichishish, shish,

gematoma, yuborish joyida ta‘sirlanish)

Kuchli toliqish

Asteniya

Gipergidroz

Tungi ko‘p terlash

O‘pka arteriyasini moyli eritmalar bilan mikroemboliyasi kam xollarda yo‘tal, lanjlik, gipergidroz, ko‘krakda og‘riq, bosh aylanishi, parasteziyalar yoki xushdan ketish kabi qator belgilar va simptomlarni yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bu reaksiyalar in‘eksiya vaqtida yoki bevosita undan keyin rivojlanishi mumkin va qaytuvchi xarakterga ega. Klinik tadqiqotlar davomida, shuningdek postmarketing davrida kam uchraydigan (≥1/10000 va <1/1000 in‘eksiyalar) o‘pka arteriyasini yog‘li mikroemboliyasi xollari qayd qilingan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Nebido® in‘eksiyasidan keyin anafilaktik reaksiyalar haqida xabarlar bor.

Yuqorida sanab o‘tilgan noxush reaksiyalar bilan birga testosteron saqlovchi preparatlar bilan davolash fonida asabiylik, agressiya, uyquda apnoe, turli teri reaksiyalari (shu jumladan seboreya), ereksiyani tezlashishi, shuningdek sariqlik rivojlanishining yakka hollari haqida xabarlar berilgan.

Yuqori miqdorda testosteron saqlovchi preparatlar bilan davolash odatda spermatogenezni qaytuvchi to‘xtashi yoki pasayishini chaqiradi, bu moyaklarning o‘lchamlarini kamayishiga olib keladi. Gipogonadizmni testosteronni-o‘rnini bosuvchi davolash kam hollarda persistirlovchi og‘riqli ereksiyani (priapizm) chaqirishi mumkin.

Testosteron bilan davomli yoki yuqori dozali davolash ba‘zida organizmda suyuqlik tutilishini tezlashish xollariga va shishlarga olib kelishi mumkin.

Garchi Nebido®ni klinik tekshirishlari davomida bu noxush reaksiyalar xaqida xabar berilmagan bo‘lsada, Nebido® bilan davolash fonida ularning paydo bo‘lishi mumkinligini inkor etish mumkin emas.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Nebido®ni erkaklarda prostata yoki ko‘krak bezlarining androgenga bog‘liq karsinomasi bo‘lganida; xavfli o‘smalarga yo‘ldosh giperkalsiemiyada; hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o‘smalarida; faol substansiya yoki preparatning yordamchi komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Nebido®ni ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Apnoe sindromi bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Testosteronga ta‘sir qiluvchi preparatlar

Barbituratlar va fermentlarning boshqa induktorlari

Mikrosomal fermentlarni induksiyalovchi preparatlar (masalan, barbituratlar) bilan o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin, bu testosteronning klirensini oshishiga olib kelishi mumkin.

Androgenlarni boshqa preparatlarga ta‘siri

Oksifenbutazon

Qon zardobida oksifenbutazonning konsentrasiyasini oshishi haqida xabar berilgan.

Peroral antikoagulyantlar

Testosteron va uning xosilalari peroral antikoagulyantlarning faolligini oshirishi mumkin, bu dozani to‘g‘rilash zaruratiga olib kelishi mumkin. Bundan qat‘iy nazar, umumiy qoida sifatida qon ivishining orttirilgan yoki nasliy buzilishlari bo‘lgan pasientlarga mushak ichiga in‘eksiyalarga taalluqli cheklovlarga doimo rioya qilish kerak. Antikoagulyantlarni peroral olayotgan pasientlarda, ayniqsa androgenlar bilan davolashni boshida yoki oxirida, sinchkov nazorat o‘tkazish talab qilinadi. Protrombin vaqti ustidan kuchli nazorat o‘tkazish va xalqaro normallashtirilgan indeksni INR aniqlash tavsiya etiladi.

Gipoglikemik preparatlar

Androgenlar insulinning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi mumkin. Gipoglikemik preparatning dozasini pasaytirishi zarurati tug‘ilishi  mumkin.

Mutanosiblik yuzasidan tekshirishlar o‘tkazilmaganligi tufayli, bu preparatni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Boshqa o‘zaro ta‘sirlar

Testosteron va AKTG yoki kortikosteroidlarni yo‘ldosh qo‘llash shishlar paydo bo‘lishini kuchaytirishi mumkin; demak bu moddalarni, ayniqsa yurak yoki jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek shishlarga moyilligi bo‘lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Laboratoriya tekshirishlarining natijalariga ta‘siri: Androgenlar zardobdagi tiroksinni bog‘lovchi globulinning darajasini pasaytirishi mumkin, bu zardobdagi T4 ning umumiy darajasini pasayishiga va ionli qatron tomonidan T3 va T4 ni qamrab olinishini kuchayishiga olib keladi. Lekin erkin tireoid gormonining darajasi o‘zgarmasdan qoladi, qalqonsimon bezining klinik tasdiqlangan disfunksiyasi kuzatilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nebido®ni faqat gipogonadizm ko‘rinishlarida (giper- vagipogonadotrop) va faqat agar davolash boshlanganicha bu simptomlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan barcha boshqa sabablar insisno qilingan xolda qo‘llash kerak. Testosteron yetishmovchiligining aniq klinik belgilari (ikkilamchi jinsiy belgilarning regressiyasi, tana tuzilishini o‘zgarishi, asteniya, libidoni pasayishi, erektil disfunksiya va boshq.) mavjud bo‘lishi kerak, ular qondagi testosteron darajasini ikki alohida o‘lchashlar davomida tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

65 yoshdan oshgan keksa yoshdagi pasientlarda Nebido®ni qo‘llash tajribasi cheklangan. Hozirgi paytda testosteron darajasining yoshga ko‘ra nazoratli ko‘rsatkichlari yuzasidan yakdil fikr mavjud emas. Biroq yosh o‘tishi bilan qon zardobidagi testosteronning darajasini fiziologik pasayishi yuz beradi.

Tibbiy tekshirish

Keksa pasientlarni davolash uchun androgenlar ishlatilganida prostata bezi giperplaziyasining xavfi oshishi mumkin. Androgenlar prostata bezi karsinomasini chaqirishi mumkinligi xaqida ma‘lumotlar yo‘qligiga qaramasdan, ular mavjud bo‘lgan karsinomani o‘sishiga yordam berishi mumkin. Shuning uchun testosteron bilan davolashni boshlashdan oldin barcha pasientlar prostata bezining raki borligi xavfini istisno qilish uchun, sinchkov nazoratdan o‘tishlari kerak. Prostata va ko‘krak bezlarini sinchiklab va muntazam nazorati, testosteron bilan davolash olayotgan pasientlarda tavsiya etilgan usullarga (barmoq bilan rektal tekshirish, PSA (prostata spesifik antigenni aniqlash) muvofiq kamida yiliga bir marta, va keksa yoshli pasientlarda va xavf guruhiga kiruvchi pasientlarda (klinik yoki oilaviy omillar bo‘lganida) yiliga ikki marta o‘tkazilishi kerak. Testosteron bilan o‘rinbosar davolashda xavfsizlikni nazorati bo‘yicha regional tavsiyalarni e‘tiborga olish kerak.

Androgenlar bilan uzoq muddatli davolash olayotgan pasientlarda, testosteronning konsentrasiyasini laborator tahlillaridan tashqari, vaqti-vaqti bilan quyidagi laborator parametrlar: gemoglobin, gematokrit va jigarning funksional sinamalari tekshirilishi kerak.

Laborator natijalarning o‘zgaruvchanligi tufayli, testosteron darajasini barcha o‘lchashlar bir laboratoriyada o‘tkazilishi kerak.

O‘smalar

Nebido®ni giperkalsiemiyani paydo bo‘lish xavfi (va u bilan bog‘liq giperkalsiuriya) bo‘lgan raki bo‘lgan bemor pasientlarda, suyakka metastazlar tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bu pasientlar zardobida kalsiyning konsentrasiyasini muntazam nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Gormonal moddalarni, masalan, androgen hosilalarini olgan pasientlarda xavfsiz va xavfli o‘sma hollari haqida xabar berilgan. Nebido®ni qabul qilayotgan erkaklarda, qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq va shikoyat, jigarni kattalashishi yoki qorinda ichki qon ketishining belgilari paydo bo‘lgan hollarda, differensial diagnostikani o‘tkazishda, mumkin bo‘lgan variantlar qatoriga jigar o‘smasini kiritish kerak.

Boshqa kasalliklar

Og‘ir yurak, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi yoki yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda testosteronni qo‘llash bilan davolash, dimlangan yurak yetishmovchiligi bilan yoki usiz xarakterlanuvchi shish bilan og‘ir asoratlar chaqirishi mumkin. Bunday hollarda davolashni darhol to‘xtatish kerak. Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bu dori maxsulotining samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Demak, bu pasientlarda testosteron bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Shishlarga moyilligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak, chunki androgenlarni qo‘llash bilan davolash natriyni yuqori tutilishiga olib kelishi mumkin.

Odatda, qon ivishini orttirilgan yoki nasliy buzilishlari bo‘lgan pasientlarda mushak ichiga in‘eksiyalarni qo‘llash bo‘yicha cheklashlarga doimo rioya qilish kerak.

Nebido®ni tutqanog‘i va migreni bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu kasalliklarni zo‘rayishi yuz berishi mumkin.

Androgenlarni olayotgan pasientlarda insulinga sezuvchanlikni yaxshilanishi kuzatilishi mumkin, ularda o‘rinbosar davolash natijasida plazmada testosteronning konsentrasiyasini normallashishiga erishiladi.

Ta‘sirchanlik, asabiylik, tana vaznini oshishi, uzaygan yoki tez-tez ereksiyala kabi ma‘lum klinik belgilar, androgenlarni haddan ziyod ta‘sirini ko‘rsatadi, bu dozani to‘g‘rilashni talab qiladi.

Mavjud bo‘lgan uyqudagi apnoe sindromi kuchayishi mumkin.

Androgenlar sog‘lom sub‘ektlarda mushaklarni rivojlanishini kuchaytirish uchun va jismoniy qobiliyatni oshirish uchun ishlatilmaydi.

Birlamchi yoki ikkilamchi erkak gipogonadizmida testosteron bilan o‘rinbosar davolash olayotgan sportchilar, bu dori mahsuloti dopingga qarshi sinamalarni o‘tkazishda ijobiy reaksiya berishi mumkin bo‘lgan ta‘sir qiluvchi modda saqlashidan xabardor qilingan bo‘lishlari kerak.

Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlar ishtirokida Nebido®ning klinik tadqiqotlari hozirgi vaqtgacha o‘tkazilmagan.

Bolalarni davolash uchun testosteronni ishlatish maskulinizasiya bilan birga, suyak to‘qimasini o‘sishi va yetilishini tezlashishini, shuningdek epifizning o‘sish sohasini muddatidan oldin bekilishini chaqirishi mumkin, natijada bu yakuniy o‘sishni pasayishiga olib keladi. Oddiy xusnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin.

Barcha moyli eritmalar kabi Nebido®ni mushak ichiga, preparatning moyli eritmasi bilan o‘pka arteriyasini mikroemboliyasidan saqlanish uchun, u yo‘tal, xansirash, lanjlik, gipergidroz, to‘sh orqasida og‘riq, bosh aylanishi, parasteziyalar yoki xushdan ketish kabi simptomlar bilan nomoyon bo‘lishi mumkin, sekin yuborish kerak. Bu reaksiyalar in‘eksiya vaqtida yoki bevosita undan keyin rivojlanishi mumkin va qaytuvchi xarakterga ega. Davolash, odatda, tutib turuvchi, masalan, qo‘shimcha kislorod yuborish.

Nebido®ni in‘eksiyasidan keyin anafilaktik reaksiyalar haqida xabarlar bor.

Agar dozalashning tavsiya etilgan tartibi bo‘yicha davolash vaqtida androgenlarni xaddan tashqari ta‘sirining simptomlari saqlansa yoki qayta paydo bo‘lsa, Nebidoni to‘liq bekor qilish kerak.

Fertillik

Testosteron bilan o‘rinbosar davolash spermatogenezni qaytuvchan pasaytirishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari “ bo‘limiga qarang).

Klinikagacha bo‘lgan tekshirishlarda olingan xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlar

Nebido®ni ishlatish rivojlanishning ayrim bosqichlarida ayol jinsidagi homilada o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Lekin embriotoksiklikka tekshirishlar va, xususan teratogen samaralarining natijalari, a‘zolarning rivojlanishini qo‘shimcha yomonlashishi ehtimoli borligini ko‘rsatmaydi.

Transport vositalari va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Nebido® avtomobilni yuqori diqqatni talab qiluvchi harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida davolashni vaqtincha to‘xtatish yoki preparatning dozasini pasaytirishdan tashqari, xech qanday maxsus terapevtik choralar talab qilinmaydi.

Chiqarilish shakli

4 ml dan preparat qahrabo rangli 1 tur gidrolitik shisha ampulada.

4 ml dan preparat kulrang brombutil tiqin bilan berkitilgan politetraftoretilen bilan o‘ralib folga bilan qoplangan, alyumin siquvchi halqali va plastik qopqopli jigar rangli 1 tur gidrolitik shisha flakonda.

1 ampula yoki flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan yopishtirilgan karton tutgichi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEBIDO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEBIDO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEBIDO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml dori vositasi Bayer AG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEBIDO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEBIDO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ANDROGEL 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Тестостерон (смесь эфиров) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Безен Мэньюфекчуринг Белджиум СА
TESTOSTERONA PROPIONAT inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Тестостерон (смесь эфиров) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KSARELTO tabletkalari 15mg N28
Narh: 206 000 so'mdan Batafsil
KSARELTO tabletkalari 20mg N28
Narh: 203 000 so'mdan Batafsil
ULTRAVIST 370 inyeksiya uchun eritma 50 ml 370 mg yoda/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer AG
ULTRAVIST 300 inyeksiya uchun eritma 50 ml 370 mg yoda/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer AG
ULTRAVIST 300 inyeksiya uchun eritma 100 ml 370 mg yoda/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer AG
GADOVIST inyeksiya uchun eritma 7,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer AG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9