QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NIKLOZAMID
NICLOSAMID
Preparatning savdo nomi: Niklozamid
Ta‘sir etuvchi modda: Fenasal
Dori shakli: Tabletkalar
Faol modda: Fenasal (100% faol moddaga qayta hisoblanganda).
Yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, kalsiy stearati, aerosil).
Ta‘rifi: Och kulrangdan sariq rangligacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.
ATX kodi: R02DA01
Farmakologik xususiyatlari
Yuqtirilgan tasmasimon chuvalchanglar (sestodalar): keng tasmasimon, qoramol zanjirsimon va mitti zanjirsimon chuvalchanglarga preparat antigelmint ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmida, preparatni oksidlanuvchi fosforlanishni susaytirishi, tasmasimon gijjalarni falaj qilishi, shuningdek ularni parchalovchi me‘da-ichak proteolitik fermentlarga chidamliligini kamaytirishi, asosiy rol o‘ynaydi.
Qo‘llanilishi
Ichak sestodozlarni: difillobotrioz (keng tasmasimon), teniarinxoz (qoramollarni zanjirsimon) va gimenolepidoz (mitti zanjirsimon) chuvalchanglar invaziyasini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Og‘iz orqali qabul qilinadi, sutkalik dozasi bemorning yoshiga qarab belgilanadi (jadvalga qarang).
A. Teniarinxoz va difillobotrioz.
Davolashni boshlash kunidan, yengil hazm bo‘ladigan suyuq ovqatlar tavsiya qilinadi (qaynatma, suyuq bo‘tqalar, pyure, sut, kisel, meva sharbatlari, shirin choy va b.) Preparat nahorga yoki kechqurun kechki yengil ovqatdan so‘ng 3-4 soat o‘tgach sutkalik dozada bir marta qabul qilinadi. Preparatni qo‘llashdan oldin 2 g oziqa sodasi buyuriladi. Tabletkalar yaxshilab chaynaladi yoki uni 1/4 stakan iliq suvda eritib suspenziya tayyorlab qabul qilinadi Ikki soatdan so‘ng pechene yoki quritilgan non bilan bir stakan shirin choy icte‘mol qilinadi. Surgi dori berilmaydi.
B. Gimenolepidoz.
Preparatning sutkalik dozasi 4 bir martalik dozalarga bo‘linadi va har 2 soatda (10, 12 14 va 16 soatda) qabul qilinadi, ovqatni qabul qilish 8,13, va 18 soatlarda amalga oshiriladi. Shu ko‘rsatilgan dozada va soatlarda 4 kun davomida buyuriladi. 4 kundan so‘ng davolash kursi takrorlanadi. Davolash tugaganidan so‘ng 15 kun o‘tgach, va keyingi har oyda nazorat tekshiruvlari o‘tkaziladi. Kasallik qaytalanganida davolash yuqorida ko‘rsatilgan tarzda takrorlanadi. Nazorat tekshiruvlarining davomiyligi o‘tkazilgan davolashdan keyin -6 oy, kasallikni uzoq kechishi hollarida-12 oy.
Jadval
Bemorning yoshi | Sutkalik dozasi |
2 yoshgacha | 2 tabletka (0,5 g) |
2 yoshdan 5 yoshgacha | 4 tabletka (1,0 g) |
5 yoshdan 12 yoshgacha | 6 tabletka (1,5 g) |
12 yosh va undan katta | 8-12 tabletka (2,0-3,0 g) |
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Me‘daning yarasi kasalligida, jigar yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlarida, anemiyada, homiladorlikda, keksalik yoshda va sistiserkozning rivojlanishini havfi tufayli teniozda (cho‘chqa zanjirsimon chuvalchangi invaziyasi) qo‘llanmaydi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 0,25 g dan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan hiomyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.