×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Vitamin preparati
Faol modda:
Никотиновая кислота
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- C10AD02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 11 700 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 5 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TRENTAL tabletkalari 100mg N60 Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Sanofi India Limited Hindiston
46 500 s`om dan
ASKORUTIN tabletkalari N10 Lafz, ООО O'zbekiston
1 400 s`om dan
KARDIVA tabletkalari 12,5mg N28 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
68 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: nikotin kislotasi – 10 mg;

yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, in'ektsiya uchun suv- 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

1,0 ml dan tibbiy polietilen yoki polipropilenli ampulalarda yoki shisha ampulalarda 1% in'ektsiya uchun eritma.

1% in'ektsiya uchun eritma

Nikotin kislotasi tuzilishi bo'yicha nikotinamidga yaqin.

Nikotin kislotasi va uning amidlari organizmning hayot faoliyati uchun muhim rol' o'ynaydi: ular vodorodni tashuvchi va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini amalga oshiruvchi fermentlar – kodegidraza I (difosfopiridinnukleotid - NAD) va kodegidraza II (trifosfopiridinnukleotid - NADF) ning prostetik guruhi hisoblanadi. Kodegidraza II shuningdek, fosforni o'tkazilishida ishtirok etadi.

Nikotin kislotasi vitamin RR tanqisligini o'rnini to'ldiradi, qon tomirlarga kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarni nafas olishini, uglevod va yog'lar almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, detoksikatsiya qiluvchi va gipoglikemik faollikka ega, xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteidlarning(ayniqsa triglitseridlar)umumiy darajasini pasaytiradi, qon tomirlarni kengaytiradi.

Nikotin kislotasini parenteral yuborilganda tez so'riladi. Organizmning a'zo va to'qimalari bo'ylab bir tekis taqsimlanadi. Asosan metil guruhini qo'shilish yo'li bilan va kam darajada kon'yugatsiya yo'li bilan faolsizlanadi. Qisman jigarda biotransformatsiyaga uchrab, N-metilnikotinamid, metilpiridon karboksamid, glyukuronid va glitsin bilan kompleks hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 45 minut. Asosan buyrak orqali o'zgarmagan holda va metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. Buyrak klirensi qon plazmasidagi nikotin kislotasining miqdoriga bog'liq va plazmada uning kontsentratsiyasi yuqori bo'lganida pasayishi mumkin.

-       yuz va tananing yuqori qismini sanchish va achishish bilan kechuvchi giperemiyasi (yuqori sezuvchanligi bo'lgan shaxslarda);

-       eshakemi, qichishish hissi, toshmalar;

-       bosh aylanishi, boshga qon oqib kelish hissi, bosh og'rig'i;

-       ortostatik gipotenziya (vena ichiga tez yuborilganda va yuqori sezuvchanlikda).

Uzoq muddat yuqori dozalarda qo'llaganda:

-       terini qurishi, eksfoliativ dermatit;

-       anoreksiya, qusish, diareya;

-       jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan jigar distrofiyasi, sariqlik;

-       aritmiyalar;

-       paresteziyalar;

-       giperurikemiya;

-       giperpigmentatsiya, giperkeratoz;

-       glyukozaga tolerantlikni kamayishi;

-       giperglikemiya;

-       aspartataminotransferaza, laktatadegidrogenaza, ishqoriy fosfataza faolligini tranzitor oshishi;

-       me'da-ichak yo'llari shilliq qavatini ta'sirlanishi.

Vena ichiga tez yuborilganda:

-       kollaps;

-       teri ostiga va mushak ichiga in'ektsiya qilingan joylarda og'riq.

Retsept bo'yicha.
Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Uzoq vaqt qo'llash jigarning yog'li distrofiyasiga olib kelishi mumkinligi tufayli, uning oldini olish uchun bemorlarning parheziga metioninga boy mahsulotlar kiritiladi yoki metionin, lipoat kislotasi buyuriladi. Davolash jarayonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatga yuqori sezuvchanlik paydo bo'lganida (qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalar sifatida qo'llangan hollardan tashqari) nikotinamidga almashtirish mumkin.

Preparat giperatsid gastritda, me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligida (xuruj davridan tashqari) ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Preparatni qo'llash qandli diabeti bo'lgan bemorlarda insulinga ehtiyojni oshishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda dislipidemiyani muvofiqlashtirish uchun qo'llash maqsadga muvofiq emas.

Glyukozaga tolerantlikni pasayishi tufayli, shuningdek davolashni uzoq muddatga cho'zilishi mumkinligi sababli, qon zardobdagi glyukoza, siydik kislotasining darajasini monitoringini muntazam o'tkazish kerak.

Glaukomada, qon ketishda, arterial gipotenziyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta'sirining o'ziga xosligi

Dori preparatining nojo'ya ta'sirlarini hisobga olib, avtotransportni va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

• RR gipovitaminozi, RR avitaminozi (pellagra);

• majmuaviy davolash tarkibida:

 ishemik insul'tda 

 qo'l-oyoqlar qon-tomirlarining obliteratsiyalovchi kasalliklarida (obliteratsiyalovchi endarteriit, Reyno sindromi);

 yuz nervi nevritida;

 Qandli diabetda, shuningdek uning asoratlarida (diabetik polineyropatiya, mikroangiopatiya);

 Xartnup kasalligi (ayrim aminokislotalar, shuningdek triptofanning hazm bo'lishinin buzilishi bilan kechuvchi irsiy kasalliklar).

-     nikotin kislotasiga yuqori sezuvchanlik

-       arterial gipertenziya va aterosklerozning og'ir shakllari (vena ichiga in'ektsiya uchun)

-       me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (xuruj davrida)

-       jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari

-       yaqinda o'tkazilgan miokard infarkti

-       dekompensatsiyalangan qandli diabet

-       podagra va giperurekemiya

-       homiladorlik va laktatsiya davri

-       18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Peroral homilaga qarshi vositalar va izoniazid triptofanni nikotin kislotasiga aylanishini pasaytiradi, shunday qilib, nikotin kislotasiga bo'lgan ehtiyojni oshiradi.

Nikotin kislotasi barbituratlar, tuberkulyozga qarshi vositalar, sul'fanilamidlarning samaradorligi va zaharliligini pasaytiradi. Sul'fanilmochevina preparatlari bilan birga qo'llanganda qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Shuningdek, nikotin kislotasi neomitsinning toksikligini pasaytiradi va u tomondan induktsiya qilingan xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning kontsentratsiyasini kamaytiradi.

Antibiotiklar nikotin kislotasi tomonidan chaqirilgan terini qizarishini kuchaytirishi mumkin.

Atsetilsalitsil kislotasi nikotin kislotasining ta'siri ostida paydo bo'ladigan terini qizarish samarasini kamaytiradi.

Tsiprofibratni nikotin kislotasi bilan majmuada qo'llash tavsiya qilinmaydi.

Lovastatin, pravastatin nojo'ya reaktsiyalarini rivojlanishi xavfini oshishini nazarda tutib, nikotin kislotasi bilan majmuada qo'llanishi tavsiya qilinmaydi.

Gipotenziv vositalar (gipotenziv ta'siri kuchayishi mumkin), antikoagulyantlar, atsetilsalitsil kislotasi bilan (gemorragiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib) birga qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat fibrinolitik vositalar, spazmolitiklar va yurak glikozidlarining ta'sirini, alkogolning jigarga zaharli ta'sirini rag'batlantiradi.

Tiamin xloridining eritmasi bilan aralashtirish mumkin emas (tiaminni parchalanishi yuz beradi).

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng foydalanilmasin.

Eritmani xiraloshuvi yoki cho'kma tushishi holatida foydalanilmasin

Тиниқ, рангсиз эритма
Nikotin kislotasini kattalarga teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga asta-sekin yuboriladi.

Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparatning bir martalik dozasini 0,9% li natriy xloridi eritmasining 10 ml da suyultiriladi, kamida 5 minut davomida (2 mg nikotin kislotasi 1 minutdan kam bo'lmagan vaqtda) yuboriladi.

Vena ichiga tomchilab yuborilganda preparatning bir martalik dozasini 0,9% li natriy xloridi eritmasining 100-200 ml da suyultiriladi, yuborish tezligi minutiga 30-40 tomchini tashkil etadi.

Preparatni teri ostiga va mushak ichiga yuborilishi og'riqlidir.

Pellagrada vena ichiga va mushak ichiga 1% li 1 ml eritma kuniga 1-2 marta 10-15 kun davomida yuboriladi.

Ishemik insul'tda vena ichiga (asta-sekin) 1% li 1 ml eritma yuboriladi.

Boshqa ko'rsatmalarda  teri ostiga yoki mushak ichiga 10 mg (1 ml) dan kuniga 1 marta  10-15 kun davomida buyuriladi. Infuzion eritmalarga: 10 mg (1 ml) nikotin kislotasi 100-200 ml infuzion eritmasiga qo'shililishi mumkin.

Maksimal dozalar vena ichiga yuborilganda: bir martalik doza – 100 mg (10 ml), sutkalik – 300 mg (30 ml).

Maksimal'nie dozi  pri vnutrivennom vvedenii: razovaya – 100 mg (10 ml), sutochnaya – 300 mg (30 ml).

Simptomlari: yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlarni kuchayishi – arterial gipotenziya, bosh og'rig'i, xushdan ketishi mumkin, bosh aylanishi, boshga qon oqib kelishini his qilish.

Davolash: preparatni bekor qilish, dezintoksikatsion davolash, simptomatik davolash. Spetsifik antidoti yo'q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Никотиновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Никотиновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Integra DD, OOO
Narh: 1 900 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Никотиновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 1 900 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Никотиновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories СП ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9