Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Saqlash shartlari | При температуре не выше 25 °C, в оригинальной упаковке. Хранить в недоступном для детей месте. |
Продажа | Retsept bo'yicha. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 2 года.Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке. |
ILOVA-VARAQA: PASIENTLAR UCHUN AXBOROT
Niperten® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg
Niperten® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg
Niperten® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg
Bisoprolol fumarati
Mazkur preparatni qo‘llashdan avval ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu ilova-varaqa qanday ma‘lumot saqlaydi
Bisoprolol Niperten® preparatining ta‘sir etuvchi moddasidir. Bisoprolol beta-blokatorlar deb ataladigan dori preparatlari guruhiga mansub bo‘lib, ushbu preparatlar ayrim nerv impulslariga, ayniqsa yurakda, organizmning javobiga ta‘sir ko‘rsatgan holda ishlaydi. Natijada bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashtiradi va qonni tana bo‘ylab samarali haydashga yurakni majbur qiladi. Ayni vaqtda bisoprolol kislorodga bo‘lgan ehtiyojni va qonni yurakka oqib kelishini kamaytiradi. Yurak mushagi kuchsiz bo‘lganda va organizm ehtiyojlari uchun yetarlicha qon miqdorini haydab berishga qodir bo‘lmaganida yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi.
Niperten® quyidagilarni davolash uchun:
Quyidagi hollarda Niperten® qabul qilinmasin
Sizda quyidagi kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten® preparati qabul qilinmasligi kerak:
Sizda quyidagi yurak kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten® preparati qabul qilish mumkin emas:
Maxsus ko‘rsatmalar
Niperten® ni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Sizda quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lsa, bu haqda o‘z shifokoringizni Niperten® tabletkalari qabul qilinguniga qadar xabardor qiling; ehtimol u bunga alohida e‘tibor qaratishi (masalan, qo‘shimcha davolashni buyurishi yoki ko‘proq nazorat o‘lchashlarini o‘tkazishi) mumkin:
Bundan tashqari, agar Siz quyidagilarni qabul qilmoqchi bo‘lsangiz shifokoringizga xabar qiling:
Boshqa dori preparatlari va Niperten®
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqin orada qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga ma‘lum qiling.
Shifokoringiz tavsiyasisiz quyidagi preparatlarni Niperten® bilan qabul qilmang:
Quyidagi preparatlarni Niperten® tabletkalari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing; ehtimol shifokoringiz Sizning salomatligingiz holatini tez-tez nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi:
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik davrida Niperten® preparati qo‘llanilganida bolaga salbiy ta‘sir ko‘rsatish xavfi mavjud. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoxud emizikli bo‘lsangiz, o‘zingizni homilador deb ehtimol qilsangiz yoxud homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Niperten® preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkinligini u hal etadi.
Insonda ko‘krak sutiga bisoprololni o‘tishi noma‘lum. Shuning uchun Niperten® preparati bilan davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
Niperten® preparati bolalarda yoki o‘smirlarda qo‘llanilishi uchun tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga ta‘siri Siz Niperten® preparatini qanday o‘zlashtirishingizga bog‘liq. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat o‘zgartirilganida, shuningdek preparatni alkogol bilan majmuada qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qiling.
Preparat shifokor yoki farmasevt buyurilgandek doimo aniq qabul qilinishi lozim. Agar Sizda ikkilanishlar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Tabletkani ovqat qabul qilinishidan qat‘iy nazar ertalab suv bilan iching. Tabletkani sindirmang va chaynamang.
Niperten® preparati bilan davolashda shifokoringiz tomonidan muntazam monitoring olib borilishi zarur. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat bilan davolash to‘xtatilganida bu ayniqsa zarurdir.
Niperten® preparati bilan davolash odatda uzoq davom etadi.
Arterial gipertenziya va stenokardiya
Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi pasientlar
Dozani tanlash shaxsiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Odatda sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.
Preparatga nisbatan organizmning javobiga bog‘liq ravishda shifokoringiz dozani 5 mg gacha kamaytirishga yoki dozani 20 mg gacha ko‘paytirishni hal etishi mumkin. Doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak.
Stabil surunkali yurak yetishmovchiligi
Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi pasientlar
Bisoprolol bilan davolash past dozadan, dozani bosqichma-bosqich oshirgan holda boshlanishi kerak.
Shifokoringiz dozani qanday oshiishni hal etishi lozim; odatda u quyidagi tarzda o‘tadi:
Maksimal tavsiya etiladigan sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.
Preparatga nisbatan o‘zlashtiraolishingizga bog‘liq ravishda shifokoringiz shuningdek dozalarni oshirish oralig‘idagi intervalni uzaytirishi mumkin. Holat yomonlashganida yoki preparatni o‘zlashtira olmagan holatlarda dozani yana kamaytirish yoki davolash vaqtincha to‘xtatib turish talab etilishi mumkin. Ayrim pasientlarda bisoprololning 10 mg dan kam bo‘lgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi yetarlicha bo‘lishi mumkin. Shifokoringiz bu holatda qanday yo‘l tutish mumkinligini Sizga xabar qiladi. Davolashni to‘liq to‘xtatish zarurati bo‘lganida shifokor, odatda dozani bosqichma-bosqich kamaytirishni tavsiya etadi, chunki aks holda Sizning holatingiz yomonlashishi mumkin.
Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi
Yengil va o‘rta darajali jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda odatda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Og‘ir darajadagi buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi <20 ml/min) va og‘ir darajali jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda bisoprololning sutkalik dozasi 10 mg dan oshirilmaslik tavsiya qilinadi.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
Niperten® bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.
Agar Siz Niperten® ni keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Niperten® preparatini keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga darhol xabar qiling. Shifokoringiz qanday choralar lozimligi haqida qaror qabul qiladi.
Dozani oshirib yuborilganligi simptomlari yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashishini, og‘ir darajali nafas siqilishini, bosh aylanishini yoki qaltirashni (qonda qand miqdorining pasayishi munosabati bilan) o‘z ichiga olishi mumkin.
Niperten® Kombi dozasini o‘tkazib yuborilishi
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rniga ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas. Ertasi kuni ertalab odatdagi dozangizni qabul qiling.
Agar Siz Niperten® preparatini qabul qilishni to‘xtatib qo‘ysangiz
Niperten® preparatini qabul qilishni shifokoringiz tavsiyasisiz hech qachon to‘xtatib qo‘ymang. Aks holda Sizning holatingiz sezilarli ravishda yomonlashishi mumkin. Davolanishni ayniqsa yurakning ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda birdan to‘xtatib qo‘ymaslik lozim. Agar Siz davolanishni to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz dozani asta-sekin kamaytirishni tavsiya etishi mumkin.
Agar Sizda mazkur preparatni qabul qilishga nisbatan qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokiringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat nojo‘ya samaralarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi ular hammada ham paydo bo‘lmasa ham.
Agar nojo‘ya samaralar og‘ir bo‘lsa, to‘satdan yuzaga kelgan bo‘lsa yoki Siz ularni tez yomonlashishini qayd etgan bo‘lsangiz, jiddiy reaksiyalarni oldini olish uchun darhol shifokorga murojaat qiling. Eng jiddiy nojo‘ya samaralar yurak faoliyatiga aloqador bo‘lib, ular quyidagichadir:
Agar Siz bosh aylanishi, holsizlik yoki nafas olishni qiyinlashishini sezsangiz shifokoringizga iloji boricha tezroq murojaat qiling.
Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar ular tez-tez uchrashiga qarab sanab o‘tilgan:
Tez-tez (10 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
Tez-tez emas (100 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
Kam hollarda (1000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
Juda kam hollarda (10 000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.
Ushbu preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qo‘llamayotgan dori preparatlarini qanday qilib utilizasiya qilish haqida farmasevtdan so‘rang. Mazkur choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Niperten® nimalarni o‘zida saqlaydi
Faol modda – bisoprolol fumarati.
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibida 2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg bisoprolol fumaratini saqlanadi.
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati (A tipi), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi va magniy stearati tabletka yadrosida, gipromelloza, makrogol, titan dioksid, talk, temir (II) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda va temir (III) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda.
Niperten® qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg: dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, qiya chekkali, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
10 tabletkadan OPA/Al/PVX va alyumin folgali blisterda. 3, 6 yoki 9 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.