×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Бисопролол
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «КРКА-РУС»
ATX kodi:
- C07AB07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
AMVASTAN tabletkalari 20mg N30 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi Turkiya
TROKSEVAZIN gel 40g 2% Balkanpharma-Troyan AD Bolgariya
28 000 s`om dan
ADIPIN tabletkalari 10mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
40 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENTLAR UCHUN AXBOROT

Niperten® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg

Niperten® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg

Niperten® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg

Bisoprolol fumarati

Mazkur preparatni qo‘llashdan avval ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Uni yana o‘qib chiqish Sizga kerak bo‘lib qolishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
  • Mazkur preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu ularga, garchand Sizda kasallikning o‘xshash belgilari qayd etilgan bo‘lsa-da, zarar keltirishi mumkin.
  • Agar Sizda nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu holat ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qaralsin.

Ushbu ilova-varaqa qanday ma‘lumot saqlaydi

  1. Niperten® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
  2. Niperten® qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak
  3. Niperten® qanday qo‘llaniladi
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
  5. Niperten® qanday saqlanadi
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Niperten® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi

Bisoprolol Niperten® preparatining ta‘sir etuvchi moddasidir. Bisoprolol beta-blokatorlar deb ataladigan dori preparatlari guruhiga mansub bo‘lib, ushbu preparatlar ayrim nerv impulslariga, ayniqsa yurakda, organizmning javobiga ta‘sir ko‘rsatgan holda ishlaydi. Natijada bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashtiradi va qonni tana bo‘ylab samarali haydashga yurakni majbur qiladi. Ayni vaqtda bisoprolol kislorodga bo‘lgan ehtiyojni va qonni yurakka oqib kelishini kamaytiradi. Yurak mushagi kuchsiz bo‘lganda va organizm ehtiyojlari uchun yetarlicha qon miqdorini haydab berishga qodir bo‘lmaganida yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi.

Niperten® quyidagilarni davolash uchun:

  • yuqori arterial bosim (arterial gipertenziya);
  • stenokardiya;
  • stabil surunkali yurak yetishmovchiligi. Niperten® ni ushbu kasallikni davolash uchun to‘g‘ri keladigan boshqa preparatlar (AAF ingibitorlari, siydik haydovchi preparatlar va yurak glikozidlari kabi preparatlar) bilan majmuada qo‘llaniladi.

  1. Niperten® qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak

Quyidagi hollarda Niperten® qabul qilinmasin

Sizda quyidagi kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten® preparati qabul qilinmasligi kerak:

  • ushbu preparatning faol moddasi yoki har qanday boshqa komponentlariga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa;
  • og‘ir bronxial astma yoki o‘pkaning og‘ir surunkali kasalligi;
  • qo‘l-oyoqlaringizda og‘ir darajada qon aylanishini buzilishi (masalan, Reyno sindromi), u qo‘l va oyoq barmoqlarida og‘riq hislarini yoki ularni ocharishi yoki ko‘karib ketishini keltirib chiqarishi mumkin;
  • buyrak usti bezlarining kam uchraydigan o‘smasi bo‘lgan davolanmagan feoxromositoma;
  • qonda kislota miqdorining oshib ketadigan holati bo‘lgan metabolik asidoz.

Sizda quyidagi yurak kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten® preparati qabul qilish mumkin emas:

  • o‘tkir yurak yetishmovchiligi;
  • yurak yetishmovchiligini avj olishi, u yurak mushagi qisqarishi kuchini ko‘paytiradigan preparatlarni vena ichiga yuborishni talab qiladi;
  • past arterial bosim;
  • yurak qisqarishlarini juda past tez-tezligiga yoki Sizda o‘rnatilgan kardiostimulyator mavjud bo‘lmaganida yurakning nomuntazam qisqarishlariga olib keluvchi yurakning ayrim kasalliklari;
  • past arterial bosimga va qon aylanishining yetishmovchiligiga olib keladigan, yurakning o‘tkir jiddiy patologiyasi bo‘lgan kardiogen shok.

Maxsus ko‘rsatmalar

Niperten® ni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Sizda quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lsa, bu haqda o‘z shifokoringizni Niperten® tabletkalari qabul qilinguniga qadar xabardor qiling; ehtimol u bunga alohida e‘tibor qaratishi (masalan, qo‘shimcha davolashni buyurishi yoki ko‘proq nazorat o‘lchashlarini o‘tkazishi) mumkin:

  • qandli diabet;
  • ro‘za tutish;
  • yurak ritmini buzilishi yoki tinch holatda ko‘krakda kuchli og‘riq (Prinsmetal stenokardiyasi) kabi yurakning ayrim kasalliklari;
  • buyrak yoki jigar kasalliklari;
  • og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan qo‘l-oyoqlarda qon aylanishini buzilishi;
  • og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan bronxial astma yoki surunkali o‘pka kasalligi;
  • anamnezda tangachali teri toshmasi (psoriaz);
  • buyrak usti bezi o‘smasi (feoxromositoma);
  • qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi;
  • birinchi darajali yurak blokadasi (yurakka nerv signallari o‘tishi buziladigan holat, bu yurak qisqarishlarini davriy o‘tkazib yuborilishlariga yoki nomuntazam yurak qisqarishlariga olib kelishi mumkin).

Bundan tashqari, agar Siz quyidagilarni qabul qilmoqchi bo‘lsangiz shifokoringizga xabar qiling:

  • desensibilizasiya qiluvchi davolash (masalan, pollinozni profilaktika qilish uchun), chunki Niperten® tabletkalari allergik reaksiya rivojlanishi ehtimolini oshirishi mumkin yoki bunday reaksiya og‘ir kechishi mumkin;
  • anesteziya (masalan, jarrohlik aralashuvida), chunki Niperten® tabletkalari ushbu vaziyatga nisbatan Sizning organizmingiz reaksiyasiga ta‘sir etishi mumkin.

Boshqa dori preparatlari va Niperten®

Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqin orada qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga ma‘lum qiling.

Shifokoringiz tavsiyasisiz quyidagi preparatlarni Niperten® bilan qabul qilmang:

  • nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon kabi I sinf antiaritmik preparatlar);
  • yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (verapamil va diltiazem kabi kalsiy antagonistlari);
  • yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llaniladigan klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin kabi ayrim preparatlar. Biroq ushbu preparatlarni qo‘llashni shifokoringiz bilan maslahatlashmay turib to‘xtatmang.

Quyidagi preparatlarni Niperten® tabletkalari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing; ehtimol shifokoringiz Sizning salomatligingiz holatini tez-tez nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi:

  • yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (nifedipin, felodipin va amlodipin kabi digidropiridin qatoridagi kalsiy antagonistlari);
  • nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (amiodaron kabi III sinf antiaritmik preparatlar);
  • mahalliy qo‘llaniladigan beta-blokatorlar (glaukomani davolash uchun timolol ko‘zga tomchilar kabi);
  • masalan, Alsgeymer kasalligi yoki glaukomani davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (takrin yoki karbaxol kabi parasimpatomimetiklar) yoki o‘tkir yurak patologiyasini davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar (izoprenalin va dobutamin kabi simpatomimetiklar);
  • qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, shu jumladan insulin;
  • og‘riqsizlantiruvchi preparatlar (masalan, jarrohlik aralashuvi vaqtida);
  • yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llaniladigan angishvonagul preparatlari;
  • artrit, og‘riqlar yoki yallig‘lanishni davolash uchun qo‘llaniladigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQV) (masalan, ibuprofen yoki diklofenak);
  • gipotenziv preparatlar kabi kutilgan yoki noxush samara sifatida arterial bosimni pasaytirishi mumkin bo‘lgan har qanday preparatlar, depressiyani davolash uchun ayrim preparatlar (imipramin yoki amitriptilin kabi trisiklik antidepressantlar), tutqanoqni davolash uchun yoki anesteziya vaqtida qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (barbituratlar, masalan fenobarbital) yoki haqqoniy holat bilan aloqani yo‘qotgan holda tavsiflanadigan ruhiy kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (levomepromazin kabi fenotiazinlar);
  • bezgakni oldini olish yoki davolash uchun qo‘llaniladigan mefloxin;
  • depressiyani davolash uchun moklobemid kabi monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-V ingibitorlari bundan mustasno) deb ataladigan preparatlar;
  • Reyno sindromi kabi qon aylanishini buzilishlarini davolash uchun qo‘llaniladigan moksisilit.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik davrida Niperten® preparati qo‘llanilganida bolaga salbiy ta‘sir ko‘rsatish xavfi mavjud. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoxud emizikli bo‘lsangiz, o‘zingizni homilador deb ehtimol qilsangiz yoxud homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Niperten® preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkinligini u hal etadi.

Insonda ko‘krak sutiga bisoprololni o‘tishi noma‘lum. Shuning uchun Niperten® preparati bilan davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi

Niperten® preparati bolalarda yoki o‘smirlarda qo‘llanilishi uchun tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash

Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga ta‘siri Siz Niperten® preparatini qanday o‘zlashtirishingizga bog‘liq. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat o‘zgartirilganida, shuningdek preparatni alkogol bilan majmuada qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qiling.

  1. Niperten® qanday qo‘llaniladi

Preparat shifokor yoki farmasevt buyurilgandek doimo aniq qabul qilinishi lozim. Agar Sizda ikkilanishlar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Tabletkani ovqat qabul qilinishidan qat‘iy nazar ertalab suv bilan iching. Tabletkani sindirmang va chaynamang.

Niperten® preparati bilan davolashda shifokoringiz tomonidan muntazam monitoring olib borilishi zarur. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat bilan davolash to‘xtatilganida bu ayniqsa zarurdir.

Niperten® preparati bilan davolash odatda uzoq davom etadi.

Arterial gipertenziya va stenokardiya

Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi pasientlar

Dozani tanlash shaxsiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Odatda sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.

Preparatga nisbatan organizmning javobiga bog‘liq ravishda shifokoringiz dozani 5 mg gacha kamaytirishga yoki dozani 20 mg gacha ko‘paytirishni hal etishi mumkin. Doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak.

Stabil surunkali yurak yetishmovchiligi

Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi pasientlar

Bisoprolol bilan davolash past dozadan, dozani bosqichma-bosqich oshirgan holda boshlanishi kerak.

Shifokoringiz dozani qanday oshiishni hal etishi lozim; odatda u quyidagi tarzda o‘tadi:

  • 1,25 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 2,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 3,75 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 7,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 10 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida.

Maksimal tavsiya etiladigan sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.

Preparatga nisbatan o‘zlashtiraolishingizga bog‘liq ravishda shifokoringiz shuningdek dozalarni oshirish oralig‘idagi intervalni uzaytirishi mumkin. Holat yomonlashganida yoki preparatni o‘zlashtira olmagan holatlarda dozani yana kamaytirish yoki davolash vaqtincha to‘xtatib turish talab etilishi mumkin. Ayrim pasientlarda bisoprololning 10 mg dan kam bo‘lgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi yetarlicha bo‘lishi mumkin. Shifokoringiz bu holatda qanday yo‘l tutish mumkinligini Sizga xabar qiladi. Davolashni to‘liq to‘xtatish zarurati bo‘lganida shifokor, odatda dozani bosqichma-bosqich kamaytirishni tavsiya etadi, chunki aks holda Sizning holatingiz yomonlashishi mumkin.

Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi

Yengil va o‘rta darajali jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda odatda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Og‘ir darajadagi buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi <20 ml/min) va og‘ir darajali jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda bisoprololning sutkalik dozasi 10 mg dan oshirilmaslik tavsiya qilinadi.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi

Niperten® bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.

Agar Siz Niperten® ni keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Niperten® preparatini keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga darhol xabar qiling. Shifokoringiz qanday choralar lozimligi haqida qaror qabul qiladi.

Dozani oshirib yuborilganligi simptomlari yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashishini, og‘ir darajali nafas siqilishini, bosh aylanishini yoki qaltirashni (qonda qand miqdorining pasayishi munosabati bilan) o‘z ichiga olishi mumkin.

Niperten® Kombi dozasini o‘tkazib yuborilishi

O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rniga ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas. Ertasi kuni ertalab odatdagi dozangizni qabul qiling.

Agar Siz Niperten® preparatini qabul qilishni to‘xtatib qo‘ysangiz

Niperten® preparatini qabul qilishni shifokoringiz tavsiyasisiz hech qachon to‘xtatib qo‘ymang. Aks holda Sizning holatingiz sezilarli ravishda yomonlashishi mumkin. Davolanishni ayniqsa yurakning ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda birdan to‘xtatib qo‘ymaslik lozim. Agar Siz davolanishni to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz dozani asta-sekin kamaytirishni tavsiya etishi mumkin.

Agar Sizda mazkur preparatni qabul qilishga nisbatan qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokiringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat nojo‘ya samaralarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi ular hammada ham paydo bo‘lmasa ham.

Agar nojo‘ya samaralar og‘ir bo‘lsa, to‘satdan yuzaga kelgan bo‘lsa yoki Siz ularni tez yomonlashishini qayd etgan bo‘lsangiz, jiddiy reaksiyalarni oldini olish uchun darhol shifokorga murojaat qiling. Eng jiddiy nojo‘ya samaralar yurak faoliyatiga aloqador bo‘lib, ular quyidagichadir:

  • yurak qisqarishlari tez-tezligini pasayishi (10 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin);
  • yurak yetishmovchiligini avj olishi (10 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin);
  • sekin yoki nomuntazam yurak urishi (100 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin).

Agar Siz bosh aylanishi, holsizlik yoki nafas olishni qiyinlashishini sezsangiz shifokoringizga iloji boricha tezroq murojaat qiling.

Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar ular tez-tez uchrashiga qarab sanab o‘tilgan:

Tez-tez (10 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):

  • toliqish, holsizlik hissi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;
  • qo‘llar yoki oyoqlarni muzlashi yoki uvishishi;
  • past arterial bosim;
  • ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat kabi me‘da yoki ichak tomonidan buzilishlar.

Tez-tez emas (100 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):

  • uyquni buzilishi;
  • depressiya;
  • o‘rnidan turganda bosh aylanishi;
  • bronxial astmali yoki surunkali o‘pka kasalligi mavjud pasientlarda nafas olishni buzilishi;
  • mushak kuchsizligi, mushak tirishishi.

Kam hollarda (1000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):

  • eshitishni buzilishi;
  • allergik rinoreya;
  • yosh ajralishini pasayishi (quruq ko‘zlar);
  • ko‘z yoki ko‘z oqini sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jigar yallig‘lanishi;
  • jigar faoliyati yoki lipidlar konsentrasiyasini belgilovchi qon tahlilining ayrim natijalari normadan farqlanadi;
  • qichishish, giperemiya, toshma kabi allergik tipdagi reaksiyalar;
  • ereksiyani buzilishi;
  • tungi vahimali tushlar, gallyusinasiyalar;
  • hushdan ketish.

Juda kam hollarda (10 000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):

  • ko‘zlarni achishishi va qizarishi (kon‘yunktivit);
  • soch to‘kilishi;
  • po‘stloqli teri toshmasi (psoriaz) paydo bo‘lishi yoki avj olishi; psoriazsimon toshma.

  1. Niperten® qanday saqlash kerak

Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.

Ushbu preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qo‘llamayotgan dori preparatlarini qanday qilib utilizasiya qilish haqida farmasevtdan so‘rang. Mazkur choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

  1. O‘ram o‘z ichiga nimani oladi va boshqa axborot

Niperten® nimalarni o‘zida saqlaydi

Faol modda – bisoprolol fumarati.

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibida 2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg bisoprolol fumaratini saqlanadi.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati (A tipi), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi va magniy stearati tabletka yadrosida, gipromelloza, makrogol, titan dioksid, talk, temir (II) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda va temir (III) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda.

Niperten® qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg: dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, qiya chekkali, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

10 tabletkadan OPA/Al/PVX va alyumin folgali blisterda. 3, 6 yoki 9 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30 dori vositasi ООО «КРКА-РУС» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RIZOPROL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BIMAKSIL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ASAL DIS TICARET A.S., Турция произведено: Roemmers S.A.I.C.F.
BIMAKSIL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ASAL DIS TICARET A.S., Турция произведено: Roemmers S.A.I.C.F.
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BISOTEKSA tabletkalari 10mg N30
BISOTEKSA tabletkalari 5mg N30
EMKOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 55 200 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KgaA
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KgaA
Narh: 66 900 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KgaA
Narh: 95 700 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 11 800 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
BISOTENS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Antibiotice S.A.
BIMAKSIL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ASAL DIS TICARET A.S., Турция произведено: Roemmers S.A.I.C.F.
RIZOPROL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
BIPROLOL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOLISIN tabletkalari 400mg N10
NOLISIN tabletkalari 400mg N20
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
FLEBAVEN tabletkalari 0,5g N64
FLEBAVEN 0,5 tabletkalari 0,5g N32
BRAVADIN 0,0075 tabletkalari N28
BRAVADIN 0,0075 tabletkalari N56
BRAVADIN 0,005 tabletkalari N56
BRAVADIN 0,005 tabletkalari N28
ORSOTEN kapsulalar 0,12g N42
ORSOTEN kapsulalar 0,12g N84
NIPERTEN 0,005 tabletkalari 0,005g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
NIPERTEN 0,01 tabletkalari 0,01g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
ZILT 0,075 tabletkalari N14
ZILT 0,075 tabletkalari N84
ENAP 0,01 tabletkalari N20
ENAP 0,005 tabletkalari N20
NIPERTEN tabletkalari 2,5mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9