×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OKSITEN poroshok 20mg N1

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gretsiya
Faol modda:
Теноксикам
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A.
Vakil:
- Grand Medical Group AG
ATX kodi:
- M01AC02
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

ARTOKSAN suppozitorii 20mg N5 Rotapharm, Великобритания произведено: Глобал Напи Фармасьютикалз Misr
44 000 s`om dan
TEKSAMEN L poroshok 20mg N3 World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
BRAVEKS suspenziya 100ml 100mg/5ml N1 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
27 900 s`om dan
INDOVAZIN gel 45g Balkanpharma-Troyan AD Bolgariya
36 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OKSITEN poroshok 20mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OKSITEN

OXITEN

 

Preparatning savdo nomi: Oksiten

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tenoksikam

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tenoksikam – 20 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 90,0 mg, kraxmal – 84,0 mg, talk – 40 mg, magniy stearati – 2,0 mg, gipromelloza – 2,0 mg, talk – 1,4 mg, titan dioksidi Ye171 – 1,2 mg, temir II oksidi Ye172 – 0,4 mg.

Ta‘rifi: to‘q sariq rang qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

ATX kodi: M01AS02

Farmakologik xususiyatlari

Oksiten yaqqol va davomli og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, shuningdek isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenaza fermentini susaytirishi bilan bog‘liq (siklooksigenaza 1 va siklooksigenaza 2 faolligini susaytiradi), bu araxidon kislotasining metabolizmini buzilishiga va yallig‘lanish o‘chog‘ida, shuningdek organizmning boshqa to‘qimalarida prostaglandinlarning sintezini buzilishiga olib keladi.

Bundan tashqari Oksiten, yallig‘lanish o‘chog‘ida leykositlarni yig‘ilishini kamaytiradi.

Revmatik kasalliklardagi bo‘g‘imlarda tinch holat va harakatdagi og‘riqlarni susaytiradi, ertalabki tanglik va shishni kamaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Preparat MIY da tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi 100%. Smax ga 2 soat o‘tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan 99% ga bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi – 0,15 l/kg. Preparatning o‘ziga xos farqlanuvchi xususiyati ta‘sirining katta davomiyligidir. Uning yarimchiqarilish davri T1/2 60-75 soatga teng. Jigarda gidroksil guruhini qo‘shilishi yuz beradi. Gistogematik to‘siqlardan oson o‘tadi. Asosiy qismi siydik bilan faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida, qolgani – safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Tayanch-harakat apparatining quyidagi yallig‘lanishli va degenerativ kasalliklarini simptomatik davolash uchun ko‘rsatilgan: osteoartroz, revmatoid artrit, ankilozlovchi spondiloartrit. Og‘riq sindromi: tendinit, bursit, radikulit, periartrit. O‘tkir podagrik artritda, birlamchi dismenoreyada og‘riqni bartaraf qilish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar: 1 tabletkadan kuniga 1 marta ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilish yaxshiroq.

Podagraning o‘tkir xurujlarida: sutkada 1-2 in‘eksiya 2-3 kun davomida, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 1 marta 5 kun davomida.

Bo‘g‘imlarning revmatik kasalliklarida: kuniga 1 marta in‘eksiya 2 kun davomida, so‘ngra kuniga 1 tabletkadan bir oy davomida.

Og‘riq sindromida: 20-40 mg (in‘eksiyalar yoki tabletkalar) sutkada 1 marta og‘riqlar to‘xtagunicha.

Algodismenoreyada: 1 tabletkadan kuniga 1 marta hayz ko‘rish sikli boshlangunicha yoki hayz ko‘rish sikli vaqtida.

Keksa pasientlar: ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki yondosh davolash yoki buyraklar, jigar yoki yurak-qon tomir tizimining faoliyatini buzilishlari fonida, yoshroq pasientlar bilan solishtirganda, nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishini ehtimoli oshadi.

Bolalar: tenoksikamni bolalarda ishlatish bo‘yicha yetarli ma‘lumot bo‘lmaganligi tufayli, preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Tenoksikamni plazma oqsillariga yuqori yaqinligi tufayli, qon plazmasida albuminning konsentrasiyasini pastligida (masalan, nefrotik sindrom) yoki bilirubinning yuqori konsentrasiyalarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Buyrak yetishmovchiligida kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan ko‘proq bo‘lganida dozalash tartibini o‘zgarishsiz sinchikov shifokor nazorati kerak. Kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan ko‘proq bo‘lgan pasientlarda, bunday pasientlarda tenoksikamni ishlatish bo‘yicha yetarli ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bunday pasientlarda tenoksikamni ishlatish bo‘yicha yetarli ma‘lumot yo‘q.

Davolashning davomiyligi: tayanch-harakat apparatining o‘tkir buzilishlarini davolash odatda 7 kundan oshmaydi. Alohida hollarda davolashning davomiyligi 14 kungacha uzaytirilishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – MIY eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan me‘da shilliq qavatida prostaglandinlar sintezini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ulserogen ta‘siri), diareya, qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, gastrit, ezofagit, eroziyalar, yaralardan qon ketishi, shuningdek rektal va gemorroidal qon ketishlar.

MNT tomonidan: kuzatilishi mumkin – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, qo‘zg‘alish, uyqusizlik yoki uyquchanlik.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan: ko‘zlarni ta‘sirlanishi va shishi.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, qichishish, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi.

Dermatologik reaksiyalar: alopesiya, fotosensibilizasiya, tirnoqlarni o‘zgarishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, MIY eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan anamnezdagi), me‘da-ichak qon ketishlari (shu jumladan anamnezdagi), og‘ir kechuvchi gastrit; bronxial astma, burunning va burun oldi bo‘shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va ASK yoki boshqa NYAQV to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan o‘zlashtiraolmaslikni qo‘shilishi (shu jumladan anamnezdagi); gemofiliya, gipokoagulyasiya, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, MIY yallig‘lanish kasalliklari, buyraklarning rivojlanib boruvchi kasalliklari, jigarning faol kasalligi, AKSH o‘tkazilganidan keyingi holat; tasdiqlangan giperkalsiemiya, eshitishni pasayishi, vestibulyar apparatining patologiyasi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; qon kasalliklari, homiladorlik, laktasiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar tenoksikamning so‘rilish tezligini pasaytiradi, lekin uning yutilish darajasiga ta‘sir qilmaydi.

Simetidin, quyimolekulyar geparin, parenteral penisillinlar va oltin preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Tenoksikam zardob albumini bilan yaxshi bog‘lanadi va boshqa NYAQV kabi varfarin va boshqa antikoagulyantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin. Tenoksikam bilan davolash antikoagulyantlar va peroral gipoglikemik preparatlar bilan birga o‘tkazilganida, ayniqsa boshlang‘ich davrida, pasientlarni sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi. Digoksin bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Tenoksikam boshqa NYAQP kabi antigipertenziv preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Yurak glikozidlari bilan birga qo‘llanganida NYAQP yurak yetishmovchiligini yomonlashtirishi, kalava filtrasiyasi tezligini pasaytirishi, plazmada yurak glikozidlarining darajasini oshirishi mumkin.

Quyidagilar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak:

  • siklosporin bilan (nefrotoksiklik xavfi oshadi);
  • ftorxinolonlar bilan (tirishishlar rivojlanishini xavfi oshadi);
  • litiy preparatlari bilan (litiy bilan intoksikasiya xavfi oshadi); agar tenoksikamni bunday birgalikda qabul qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda organizmda litiy konsentrasiyasini nazorati tez-tezligini oshirish va pasientni organizmga yetarli miqdorda suyuqlik kiritilishi kerakligi va intoksikasiya simptomlari haqida ogohlantirish kerak;
  • diuretiklar bilan (diuretiklarning samarasi pasayadi, NYAQP nefrotoksiklik xavfi oshadi);
  • metotreksat bilan (intoksikasiya xavfi oshadi, chunki NYAQP metotreksatning eliminasiyasini pasaytiradi);
  • kortikosteroidlar bilan (me‘da-ichak qon ketishlarining xavfi oshadi).

Nojo‘ya reaksiyalari (ayniqsa MIY tomonidan) xavfini oshishi tufayli, bir vaqtda ikki va ko‘proq NYAQP qo‘llashdan saqlanish kerak.

Oksitenni salisilatlar bilan qo‘llash, ularni oqsillar bilan bog‘lanishda tenoksikamning o‘rnini bosish qobiliyatiga ega ekanliklari va shu bilan tenoksikamning klirensi va taqsimlanish hajmini oshirishlari, shuningdek nojo‘ya reaksiyalarining xavfini yuqoriligi tufayli (ayniqsa MIY tomonidan) maqsadga muvofiq emas.

Mifepriston qabul qilgandan keyin 8-12 kun davomida NYAQPlar ishlatilmasligi kerak, chunki ular mifepristonning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Oksiten qo‘llanganida MIY faoliyatini sinchiklab kuzatish kerak.

Ulserogenezning yoki me‘da-ichak qon ketishining birinchi belgilari aniqlanganida, preparatni darhol bekor qilish kerak. Buyraklar (shu jumladan qandli diabet bilan bog‘liq bo‘lgan) va jigar faoliyatini buzilishlari, nefrotik sindromi, dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, diuretiklar yoki potensial nefrotoksik preparatlar qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Buyrak yetishmovchiligida kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan ko‘proq pasientlarda dozalash tartibini to‘g‘rilashsiz sinchikov shifokor nazorati kerak. Kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan kamroq pasientlarda, bunday pasientlarda tenoksikamni ishlatish bo‘yicha yetarli ma‘lumot bo‘lmaganligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda tenoksikam ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Oksiten organizmda kaliy, natriy, litiy ionlarini, shuningdek suvni tutib qolish qobiliyatiga ega, bu shish chaqiradi. Shuning uchun arterial gipertenziyali yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda, Oksiten ko‘rsatilgan kasalliklarning kechishini yomonlashtirishi mumkin.

Nazorat qilinmaydigan gipertenziyali, yurak yetishmovchiligi, YUIK, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga, shuningdek gipertoniya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish kabi kardiovaskulyar kasalliklarning xavf omillari bo‘lgan bemorlarni uzoq muddatli davolashni boshlash oldidan, tenoksikamni buyurishda alohida e‘tibor berish kerak.

Oksiten trombositlar agregasiyasini pasaytiradi va qon ketishi vaqtini oshiradi, buni o‘tkazilmoqchi bo‘lgan operativ aralashuvlarda ko‘zda tutish kerak.

Oksitenni ayniqsa keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki yondosh davolash yoki buyraklar, jigar yoki yurak-qon tomir tizimining faoliyatini buzilishlari fonida, yoshroq pasientlar bilan solishtirganda, nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishini xavfi oshadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, chunki homiladorlik muddatini uzayishi, tug‘ishni kechikishi va kuchsiz tug‘ruq faoliyati (miometriyning ritmik qisqaruvchanlik faolligini rag‘batlantiruvchi prostaglandinlarning sintezini pasayishi natijasida) bo‘lishi mumkin.

Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi:

Oksiten tabletkalari preparati dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha klinik tajriba yo‘q.

Chiqarilish shakli

20 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar №10 kontur-uyali o‘ramlarda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Saqlash sharoiti

15-250S haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OKSITEN poroshok 20mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OKSITEN poroshok 20mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OKSITEN poroshok 20mg N1 dori vositasi Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A. tomonidan Gretsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OKSITEN poroshok 20mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OKSITEN poroshok 20mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TENOVIKS eritma 20mg N3
Narh: 90 700 so'mdan Batafsil
Aviten kukuni 20mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Montage Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
TEKSIVEL poroshok 20mg N1
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
OKSITEN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A.
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Global Napi Pharmaceuticals
Narh: 42 400 so'mdan Batafsil
TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 50 500 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 42 400 so'mdan Batafsil
TEKSIVEL tabletkalari 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arena Group S.A.
ARTOKSAN suppozitorii 20mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: Глобал Напи Фармасьютикалз
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN poroshok 20mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Narh: 119 500 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN gel 45g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOFIT tabletkalari 50mg N24
Narh: 140 000 so'mdan Batafsil
NITOP tabletkalari 30mg N30
Narh: 128 000 so'mdan Batafsil
OKSITEN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A.
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
OKSITEN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9