×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORLOKS tabletkalari 200 mg+500 mg N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Орнидазол, Офлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- «Нуклеус Формулэйшн Пвт. Лтд.»
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
Distribyutor:
- Shifokor-82 YaTT
ATX kodi:
- J01MA01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
 Plyonka bilan qoplangan 10 ta tabletka alyumin blisterda. 1 blister, tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Orloks majmuaviy dori vositasidir. 

Ofloksasin – ftorxinolon guruhiga kiruvchi keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita. Boshqa ftorxinolonlar kabi ofloksasinning bakterisid ta'siri, uning DNK-giraza bakterial fermentni bloklash qobiliyati bilan bog'liq. 

Ofloksasin keng ta'sir doirasiga ega: u ko'pchilik grammanfiy - Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (shu jumladan, metisilinga va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroflora) bakteriyalarga nisbatan faol.

Shuningdek preparatga Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia lar ham sezgir.

Preparatga enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), tuberkulyoz mikobakteriyalari, shuningdek Musobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella doimiy bo'lmagan sezgirlikka ega.

Anaerob bakteriyalar (B. Urealiticus dan tashqari), Tgeropema rallidum, viruslar, zamburug'lar va bir hujayralilar dori vositasiga sezgir emas.

Ornidazol – protozoylarga qarshi va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek ayrim Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol. 

Ta'sir mexanizmi bo'yicha ornidazol – nitroguruhni tiklash va ferridoksinlar guruhi oqsillarni nitrobirikmalar bilan o'zaro ta'sirini tezlashtirish qobiliyatiga ega ferment tizimi bo'lgan mikroorganizmlarga nisbatan tanlab ta'sir qiluvchi DNK ga nisbatan troplikka (yaqinlikka) ega preparatdir. Preparatni mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta'sir mexanizmi mikroorganizmdagi nitroreduktaza ta'siri ostida nitroguruhini tiklanishi va tiklangan nitroimidazolni faolligi bilan ifodalanadi. Tiklanish mahsulotlari DNK degradasiyasini chaqirib, u bilan kompleks hosil qiladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparat metabolizmining mahsulotlari tsitotoksik xususiyatlariga ega va hujayra nafasi jarayonlarini buzadi.

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi: 

Faol moddalar: ofloksasin – 200 mg; ornidazol – 500 mg; 

Yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, kraxmal, povidon, natriy benzoati, talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati;

Qobiq tarkibi: titan dioksidi, izopropil spirti, metilen xlorid.

Ta'rifi: ikki yoqlama qabariq, bir tomonida riskali, zarg'aldoq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ofloksasin ichga qabul qilinganidan so'ng me'da-ichak yo'llarida deyarli to'liq so'riladi, dori vositasining Biokiraolishligi 100% ga etadi, dori vositasining dozasiga qarab, qabul qilinganidan keyin 30-60 minut o'tgach qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyaga erishiladi. O'zgarmagan holda, asosan siydik (90%) orqali chiqariladi. 

Ichga qabul qilinganidan keyin ornidazol tez so'riladi. Qabul qilinganidan so'ng 3 soat o'tgach maksimal kontsentrasiyaga erishiladi. 15% dan kamrog'i plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Biokiraolishligi - 90%. Preparat gistogematik, shu jumladan gematoentsefalik to'siqlardan oson o'tadi, organizmning suyuqlik va to'qimalariga yaxshi o'tadi. 

Jigarda metabolizmga uchraydi. 

Asosan buyraklar orqali metabolitlari ko'rinishida (qabul qilingan dozaning taxminan 4% o'zgarmagan holda), 22% ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 12-14 soatni tashkil qiladi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: og'izda metall ta'mi va og'izni qurishi, ko'ngil aynishi, qorinda og'irlik va og'riq, ishtaha yo'qolishi, diareya, qusish; 

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakat koordinasiyasini buzilishi, vaqtinchalik hushdan ketish, charchoqlik, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari; 

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam leykositlar, eritrositlar va/yoki qon plastinkalari sonini kamayishi kuzatiladi (leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pantsitopeniya); 

Yurak-tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, taxikardiya; 

Boshqalar: qonda kreatinin darajasini ko'tarilishi, jigar fermentlari, bilirubin faolligini oshishi, artralgiya, mialgiya; 

Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi, ko'p shaklli eritema; 

Boshqa nojo'ya ta'sirlari: gipoglikemik dori vositalarini qabul qilayotgan qandli diabeti bo'lgan bemorlarda gipoglikemiya.

Orloks bilan davolash vaqtida fotosensibilizasiya xavfining mavjudligi sababli to'g'ri quyosh nurlarining tushishidan, ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishdan (simob-kvars lampalari, solyariy) saqlanish kerak. 

Orloks ambulator bemorlarda pnevmoniyani davolashda qo'llanuvchi birinchi qator dori vositasi hisoblanmaydi (pnevmoniyaning qo'zg'atuvchisi ko'pincha – pnevmokokk). 

Nojo'ya ta'sirlari, ayniqsa nerv tizimi tomonidan, allergik reaktsiyalar rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish lozim. 

Orloks bilan davolashda diareyani kuchayishi soxtamembranoz kolitning belgisi bo'lishi mumkin. Bu asoratni rivojlanishiga shubha bo'lsa, Orloks qabul qilinishini tezda to'xtatish va shoshilinch antibakterial terapiya belgilash kerak (ichga-vankomisin yoki metronidazol). Ichak peristaltikasini kamaytiruvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas. Buyraklar faoliyatini buzilishi yoki jigarning og'ir shikastlari (tsirroz) bo'lgan bemorlarda preparatning o'rtacha sutkalik dozasini (2 tabletka) oshirmaslik kerak.

Orloksni uzoq muddat qabul qilishda ikkilamchi infektsiyani rivojlanishi xavfi mavjud (preparatga rezistent mikroorganizmlarni o'sishi sababli). Agarda davolash vaqtida ikkilamchi infektsiyani rivojlanish xavfi tug'ilsa, muvofiq choralar ko'rilishi lozim.

Preparat alkogol bilan nomutanosib! 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. 

Preparatning ba'zi nojo'ya ta'sirlari (bosh aylanishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, ko'rish va eshitish qobiliyatini buzilishi, harakatlar koordinasiyasini buzilishi) psixomotor reaktsiyalar tezligini sekinlashtirishi va avtotransport vositalarini boshqarish yoki xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin. 

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi. 

Preparatni homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas. 

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng ishlatilmasin.

Preparatga sezgir qo'zg'atuvchilar (mikroorganizm va bir hujayralilar) chaqirgan aralash infektsiyalarni davolashda:

-siydik-jinsiy tizimining kasalliklari: o'tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, tsistit, epididimit, siydik yo'llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari; 

-penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chaqirgan jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar; 

-Naemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo'zg'atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, Klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Rseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan nafas yo'llarining o'tkir, surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalari (bronxitlar, pnevmoniya); 

-qorin bo'shlig'i a'zolari va o't-safro yo'llarining infektsiyalari, shuningdek amyobiaz – amyoba chaqirgan dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellyoz, shigelyoz; 

-quloq, tomoq va burunning surunkali va qaytalovchi infektsiyalarida, agarda ular grammanfiy qo'zg'atuvchilar (shu jumladan Rseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo'lsa; 

-og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari, o'tkir nekrotik yarali gingivit; 

-teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari; 

-suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari; 

-immuntanqisligi yoki neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olish; 

-jarrohlik infektsiyalarini, ayniqsa gastroenterologiyada, operasiyadan oldingi oldini olish yoki operasiyadan keyingi davolash; 

-ginekologik kasalliklar.

Preparat va uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tutqanoqda, anamnezida Markaziy nerv tizimining shikastlanishida (xususan, bosh miya jarohatidan, insultdan yoki Markaziy nerv tizimidagi yallig'lanish jarayonlaridan keyingi) qo'llash mumkin emas. 

Preparatni bolalarga, o'smirlarga, homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurish mumkin emas, chunki Orloksni bu guruh bemorlarda qo'llashning xavfsizligi bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'q.

Antasid yoki tarkibida temir bo'lgan vositalar bilan birga qabul qilinganida, Orloksning samaradorligi pasayadi, shuning uchun dori vositasi yuqorida keltirilgan vositalarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan keyin 2 soat o'tgach qabul qilinadi. 

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) bilan birga qabul qilinganida, tirishishlarning xavfi oshadi. 

Probenesid, tsimetidin, furosemid va metotreksat chiqarilishini tormozlab, zaharliligini oshirishi mumkin. Glibenklamidning kontsentrasiyasini oshiradi. Geparin saqlagan eritmada aralashtirish mumkin emas (presipitasiya xavfi mavjud). 

Orloks kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksasiyalovchi ta'sirini uzaytiradi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati-3 yil.

Ikki yoqlama qabariq, bir tomonida riskali, zarg'aldoq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Orloks ichga chaynamasdan suv bilan birga qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish ovqat qabul qilishga bog'liq emas. Orloks dozasi va davolash muddati mikroorganizmlarning sezuvchanligiga, infektsion jarayonning turi va og'irligiga bog'liq. Kattalar uchun o'rtacha doza – 1 tabletkadan kuniga 2 marta, davolash davomiyligi – 7-10 kunni tashkil qiladi. Kasallikning klinik belgilari yo'qolganidan so'ng kamida 3 kun davolashni davom ettirish tavsiya qilinadi.

Simptomlari: Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tirishishlar; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi va qusish; shilliq qavatlarning eroziyasi. 

Davolash: simptomatik. Spesifik antidoti yo'q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORLOKS tabletkalari 200 mg+500 mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORLOKS tabletkalari 200 mg+500 mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORLOKS tabletkalari 200 mg+500 mg N10 dori vositasi «Нуклеус Формулэйшн Пвт. Лтд.» tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORLOKS tabletkalari 200 mg+500 mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORLOKS tabletkalari 200 mg+500 mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ADOKSIN OZ tabletkalari N100
OFLODAZ infuziya uchun eritma 500mg 200 mg+500 mg N1
ALIFLOKS OZ tabletkalari N10
ADOKSIN OZ tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол, Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: Rhydburg
NYu O2 tabletkalari 500mg 200 mg+500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол, Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
  • Vakil: Hindfarm Group
AKSAFLOKS OD infuziya uchun eritma 100ml
ORLOKS tabletkalari 500mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9