×
×
  • ORNIFLOKS tabletkalari N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORNIFLOKS tabletkalari N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Nika Pharm, ДХО
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ASTANOL tabletkalari 10mg N10 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
LYUKODERMIN maz 30g 0,75% Lahore Chemical & Pharmaceutical Works (Pvt) Ltd Pokiston
99 700 s`om dan
DR. KOFF ledensi so vkusom limona i meda 4,5g N60 HIMONT Laboratories (PVT) LTD Pokiston
ASEFIL KAF sirop 120ml Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd Pokiston
14 025 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORNIFLOKS tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORNIFLOKS

ORNIFLOX

 

Preparatning savdo nomi: Ornifloks

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ofloksasin, ornidazol

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

faol moddalar: ofloksasin – 200 mg, ornidazol – 500 mg;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik sellyuloza, natriy lauril sulfati, povidon (K 30), laktoza, talk, kremniy dioksid kolloidnыy, magniy stearati,  natriy kraxmal glikolyati.

qobik tarkibi: gipermelloza, talk, propilenglikol, Sanset sariq bo‘yog‘i, dioksid titani, makrogol (tip 6000).

Ta‘rifi: oval shaklidagi, och-to‘q sariq rangidan, o‘ta to‘q sariqdan-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan qobiq bilan qoplangan, bir tomoni riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: Antibakterial sintetik vosita.

ATX kodi: J01RA

Farmakologik xususiyatlari

Majmuviy preparat, uning ta‘siri faol komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq.

Ofloksasin ftorxinolonlar guruhiga kiradi. Bakterisid ta‘siri boshqa ftorxinolonlar kabi, uning DNK – giraza fermentini ingibirlashi, hujayralarning bo‘linishini susaytirishi, mikroorganizm hujayralari sitoplazmasining strukturasini o‘zgartirishini  chaqirish qobiliyati  bilan belgilanadi. Keng ta‘sir doirasiga ega.

Asosan grammanfiy va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga, shu jumladan penisillinlarga, aminoglikozidlarga, sefalosporinlarga, sulfanilamidlarga chidamlilarga ham ta‘sir qiladi.

Ofloksasinning ta‘sir doirasi mikroorganizmlarning quyidagi turlarini o‘z ichiga oladi:

– Aerob grammanfiy bakteriyalar: E.coli, Klebsiella spp., Salmonella spp,, Proteus spp., Shigella spp., Yersinia spp., Enterobacter spp., Morganella morganii, Providencia spp.,  Vibrio spp., Citrobacter spp., Campilobacter spp., Ps. cepasia, Neisseria gonorrhea, N.meningitides, Haemophilusinfluenzae, Acinetobacter spp., Moraxella catarrhalis;

– Aerob grammusbat bakteriyalar: stafilokokklar, penisillinazani  ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlarini ham qo‘shib: Streptococcus spp (ayniqsa beta-gemolitik streptokokklar;

Ofloksasinga o‘rtacha sezgir mikroorganizmlar: Enterococcus faecali, Streptococcus pneumoniae, Pseudomonas spp, Legionella spp., Serratia spp., Bacteriodes spp., Fusobacterium spp., Gardnerella vaginalis, Ureaplasma urealiticum, Bruccela spp. M. Tuberculosis;

Preparatga sezgir bo‘lmagan anaerob bakteriyalar: Treponema pallidum, viruslar, zamburug‘lar va soddalar.

Ornidazol- protozoylarga qarshi vosita, 5-nitroimidazol hosilasi. Protozoy va aralash infeksiyalarni davolashda yuqori samaradorlikga ega. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis), shuningdek ayrim  Bacteroides va Clostridium spp kabi anaerob  bakteriyalarga, shuningdek anaerob kokklarga nisbatan faol.

Preparat bittadan ko‘p qo‘zg‘atuvchi turi bo‘lgan ko‘pchilik aralash infeksiyalarda va majmuaviy qo‘llash zarurati bo‘lgan hollarda samarali.

 

Farmakokinetikasi

Ofloksasin me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘lik so‘riladi. Biokirishaolishligi    96 % dan 100% gacha. Maksimal konsentrasiyasiga (S max) 30-60 minut davomida erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 25% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 6-7 soatni tashqil qiladi. 90% gacha qismi o‘zgarmagan holda asosan siydik bilan chiqariladi. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi.

Ornidazol ichga qabul qilinganda oson va tez so‘riladi. Biokirishaolishligi 90% ni tashkil qiladi. Plazmada Smax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan taxminan 13% bog‘lanadi. Orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklari va to‘qimalariga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi T1/2 13 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan preparatning 63% gacha miqdori, axlat bilan 22% gacha miqdori chiqariladi.

 

Ko‘llanilishi

Preparatning komponentlariga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizmlar va soddalar) tomonidan chaqirilgan aralash infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:

– siydik-jinsiy a‘zolari tizimining kasalliklari: o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, sistit, epididimit, jarrohlik infeksiyalari, siydik-jinsiy yo‘llarining asoratlangan va qaytalanuvchi infeksiyalari;

–  ginekologik kasalliklar;

– penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan, jinsiy yo‘li orqali yuqadigan kasalliklar;

– qorin bo‘shlig‘i a‘zolari va o‘t-safro yo‘llarining infeksiyalari, shuningdek amyobiaz – amyoba dizenteriyasi, ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa jigarning amyobali abssessi, lyamblioz va qorin tifi, salmonellez, shigellez kabi boshqa infeksion kasalliklar;

– og‘iz bo‘shlig‘ining infeksiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivit;

– immun tanqisligi bo‘lgan bemorlar yoki neytropeniyali bemorlarda infeksion asoratlarni oldini olish;

 – operasiyadan oldingi tayyorlash yoki jarrohlik infeksiyalarni, ayniqsa gastroenterologiyada operasiyadan keyingi davolash.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni ichga, chaynamasdan suv bilan birga ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar ham qabul qilish mumkin.

2 oydan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatning dozasini va davolash davomiyligini shifokor belgilaydi. Kattalar uchun o‘rtacha doza 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi, davolash davomiyligi 7-10 kun; davolashni kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin kamida 3 kun davom ettirish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, enterokolit, gipoglikemik preparatlar qabul qilayotgan, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya, diareya, qorin og‘rig‘i, me‘dada diskomfort hissi, anoreksiya, jigar fermentlarining darajasini va/yoki bilirubinni oshishi; kam – xolestatik sariqlik, jigarni og‘ir shikastlanishi, soxtamembranoz kolit.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, disforiya, ongni chalkashishi, depressiya, gallyusinasiya, uyquchanlik, tremor, nevropatiya, paresteziya yoki giperparesteziyalar, ko‘rishni buzilishi, ta‘mni buzilishi; kam- tirishishlar, eshitishni, hid bilishni buzilishlari, ongni yo‘qolishi, bosh miya ichki bosimini oshishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni tranzitor pasayishi, tendenitlar, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda.

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, eozinofiliya, agronulositoz, trombositopeniya, pansitopeniya; kam- gemolitik anemiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini tranzitor buzilishi; kam- o‘tkir interstisial nefrit yoki qon zardobida kreatinin darajasini oshishi, u o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha rivojlanishi mumkin.

Suyak mushak tizimi tomonidan: holsizlik, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, paylarda og‘riq, paylarni yallig‘lanishi va uzilishi.

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya.

Allergik reaksiyalar: juda kam- ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, vaskulit, anafilaksiya, isitma, dispnoe, angionevrotik shish, pnevmonit.

Boshqalar: qonda glyukoza darajasini oshishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya), tutqanoq, markaziy nerv tizimining tirishishga moyilligi bo‘lgan shikastlanishlari (bosh miya jarohatidan, insultdan, miya va miya pardalarining yallig‘lanish jarayonlaridan keyingi holatlar), 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, emizish davri.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasid preparatlarni qabul qilishda yoki temir saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatning samaradorligi susayadi, shuning uchun preparatni ko‘rsatilgan preparatlardan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish lozim.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida markaziy nerv tizimiga va tutqanoq xurujlarining rivojlanishiga rag‘batlantiruvchi ta‘sirini havfi oshadi. Probenesid, simetidin, furosemid va metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida, preparatni siydik bilan chiqarilishi kamayadi, T1/2 davri uzayadi va uning zaharli ta‘sirining havfi oshadi. Ornifloks kumarin qatori antikoagulyantlarning samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksasiyalovchi ta‘sirini oshiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Agarda Siz preparat bilan davolanayotgan bo‘lsangiz, zarurati bo‘lmasa, to‘g‘ri quyosh nurlari ta‘siri ostida bo‘lmaslik kerak, ultrabinafsha nurlari (simob-kvars lampalari, solyariy) bilan nurlanishdan saqlanish kerak.

Qandni kamaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Buyraklar faoliyatini buzilishi yoki jigarni og‘ir shikastlanishi (sirroz) bo‘lgan bemorlarda o‘rtacha sutkalik dozani (2 tabletka) oshirmaslik lozim.

Transport vositalarini boshqarayotgan, mashina va mexanizmlarda ishlayotgan pasientlar nerv tizimi tomonidan yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush samaralarni yodda tutishlari lozim.

Preparatni uzoq muddat qo‘llash preparatga chidamli mikroorganizmlarni o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi infeksiyani chaqirishi mumkin.

Preparat bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarini iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tutqanoqsimon xurujlar, ko‘ngil aynishi va qusish, qorinda og‘riq, shiliq qavatlarning eroziv shikastlanishlari.

Davolash: Simptomatik. Antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

№10, №20, №30, №40, №50 tabletkalar  qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORNIFLOKS tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORNIFLOKS tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORNIFLOKS tabletkalari N10 dori vositasi Nika Pharm, ДХО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORNIFLOKS tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORNIFLOKS tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
ASEKARD tabletkalari 50mg N30
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RIZOSIN KIDS burun uchun tomchilar 10ml 0,025% N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
NIKADARON tabletkalari 200mg N10
RIZOSIN sprey 20ml 0,05% N1
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 2,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
AVIROL S NPH kapsulalar N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
NIKAZOLIN sprey 10ml 0,05%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9