×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ostalon

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Алендроновая кислота
Distribyutor:
- Miltonia Pharma MChJ
ATX kodi:
- M05BA04 Алендроновая кислота
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
SEL T maz 50g Biologische Heilmittel Heel GmbH Germaniya
90 000 s`om dan
SERRATA tabletkalari 10mg N150 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
245 000 s`om dan
TRAUMEL S tabletkalari N50 Biologische Heilmittel Heel GmbH Germaniya
51 590 s`om dan
Saqlash shartlari При температуре 15–30 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 2 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ostalon qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

PASIENTLAR UCHUN

DORI VOSITASINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

 

OSTALON plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 70 mg

 

Ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin quyida keltirilgan ma‘lumot bilan diqqat bilan tanishib chiqing.

  • Ushbu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. Sizda uni yana bir marta o‘qib chiqishga zarurat paydo bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda o‘qib chiqqaningizdan keyin savollar qolgan bo‘lsa, ularni shifokoringizga yoki farmasevtdan so‘rang.
  • Bu preparat faqat Sizga tavsiya qilingan. Uni boshqa odamlarga ishlatish uchun berib yubormang. U xatto ulardagi belgilari Sizdagi kabi bo‘lsa ham, ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda nojo‘ya samaralardan biron – biri og‘ir shaklda rivojlansa yoki ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya samara paydo bo‘lsa, iltimos, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

 

Ushbu ilova-varaqada:

  1. Ostalon preparati o‘zi nima va u nima uchun mo‘ljallangan.
  2. Ostalon preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin.
  3. Ostalon preparatini qanday qabul qilish kerak.
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
  5. Ostalon preparatini saqlash sharoiti.
  6. Qo‘shimcha ma‘lumotlar

  1. OSTALON PREPARATI O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI

Ostalon tabletkalari nogormonal preparatlar guruhi – bisfosfonatlarga mansubdir.

Ostalon tabletkalari postmenopauzadagi ayollarda osteoporozni davolash uchun tavsiya qilingan. Osteoporoz – normal suyak to‘qimasining mustahkamligini kamayishiga va suyaklarni sinish ehtimolini oshishiga olib keluvchi simptomsiz kechuvchi kasallikdir. Ostalon preparati suyak to‘qimasining strukturasini tiklanishiga va umurtqalar va son suyaklarini sinish xavfini kamayishiga yordam beradi.

  1. OSTALON PREPARATINI QABUL QILISHNI BOSHLASHDAN OLDIN

 

Ostalonni qabul qilish mumkin emas, agar:

  • Sizda qizilo‘ngach (qizilo‘ngach – og‘iz bo‘shlig‘ini me‘da bilan bog‘lovchi a‘zo) kasalliklari, masalan, torayishlari yoki yutishda qiyinchiliklar bo‘lsa
  • Siz kamida 30 minut davomida to‘g‘ri turaolmasangiz yoki o‘tiraolmasangiz
  • Sizda alendron kislotasiga yoki Ostalon preparatining boshqa yordamchi moddalariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa
  • Sizda qondagi kalsiy miqdori kam bo‘lsa

 

 

Ostalon preparatini qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik talab qilinadi, agar:

Sizda yutishda qiyinchiliklar, me‘da yara kasalligi, yuqori kislotalilik, me‘da (gastrit) yoki o‘nikki barmoq ichak (me‘daga o‘tib ketuvchi ingichka ichakning boshlang‘ich bo‘limi) ning shilliq qavatini yallig‘lanishi (duodenit) bo‘lsa; Sizga kamida bir yil avval me‘dada yoki qizilo‘ngachda jarrohlik operasiyasi o‘tkazilgan bo‘lsa.

Agar Ostalon tabletkalarini qabul qilish vaqtida Sizda:

  • surunkali kasallikni kechishini zo‘rayishi yuz bergan bo‘lsa yoki yangi simptomlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, yoki
  • yutishda muammolar paydo bo‘lgan bo‘lsa, Siz yutinganda ko‘krakda og‘riq sezgan bo‘lsangiz, yoki
  • jig‘ildon qaynashi paydo bo‘lsa

preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar Ostalon tabletkalarini faqat shifokor kuzatuvi ostida qabul qilishlari mumkin. Pasientda kalavalar filtrasiyasini minutiga 35 ml dan kamga pasayishi bilan kechuvchi og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan holda Ostalonni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Boshqa dori preparatlarini qabul qilish

Agar Siz biro-bir boshqa preparatlarni (xattoki reseptsiz beriladigan dori vositalarini) qabul qilayotan yoki qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Kalsiy preparatlari, antasidlar va ayrim boshqa peroral preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida alendronatni so‘rilishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Shuning uchun Siz 3 bo‘limda keltirilgan tavsiyalarga rioya qilishingiz lozim.

Ostalonni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Alendronatni ovqat yoki ichimliklar (shu jumladan mineral suv) bilan bir vaqtda qabul qilish, ehtimol, preparatning samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Siz 3 bo‘limda keltirilgan tavsiyalarga rioya qilishingiz lozim.

Homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lganingizni taxmin qilayotgan bo‘lsangiz (homiladorlik yuz bergan holda) Ostalon tabletkalarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Ostalon preparati faqat postmenopauzadagi ayollarni davolash uchun mo‘ljallangan.

Ostalon preparati emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Bolalar va o‘smirlar

Ostalonni bolalar va o‘smirlarga buyurish mumkin emas.

Avtomobilni va boshqa texnik vositalarni boshqarish

Ostalon avtomobilni yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

  1. OSTALON PREPARATINI QANDAY QABUL QILISH KERAK

Ostalon preparatini doimo shifokorning ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qilib qabul qiling. Agar Siz preparatni qabul qilishni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilmasangiz, unda shifokoringiz bilan bog‘laning va undan maslahat so‘rang.

Ostalon preparati bilan davolashning kutilgan samarasiga erishish uchun quyida keltirilgan yo‘riqnomalarga amal qilish muhimdir.

Og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngachning shilliq qavatini ta‘sirlanish ehtimolini kamaytirish uchun 2, 3, 4 va 5 yo‘riqnomalarga amal qilish juda muhim.

  1. O‘zingiz uchun Ostalon preparatini qabul qilishga eng qulay kunni tanlang. Har haftada haftaning tanlangan kunida preparatning bir tabletkasini qabul qiling.
  2. Ertalab uyg‘onish va nonushta, ichimliklarni yoki boshqa dorini qabul qilish orasidagi vaqt oralig‘ida, Ostalon preparatining tabletkasini bir stakan oddiy (muhim) suv (kamida 200 ml) bilan qabul qiling:

– mineral suv (gazsiz yoki gazli) bilan,

– kofe yoki choy bilan

– sharbat yoki sut bilan qabul qilmang.

  1. Ostalon tabletkasini chaynamang va uni og‘izda erib ketishiga yo‘l qo‘ymang.
  2. Ostalon tabletkasini yutgandan keyin yotmang – to‘liq vertikal (o‘tirgan, turgan yoki harakatda bo‘lgan) holatda kamida 30 minut qoling, shuningdek birinchi marta ovqat qabul qilgungacha yotmang.
  3. Ostalon preparatini uyqudan oldin yoki ertalab o‘rindan turishdan oldin qabul qilmang.
  4. Ostalon tabletkasini qabul qilgandan keyin, kamida 30 minut davomida ovqat, ichimliklar yoki boshqa dorilar, shu jumladan antasidlar, kalsiy preparatlari va vitaminlarni qabul qilishdan saqlaning. Ostalon preparati faqat och qoringa qabul qilinganida samaralidir.
  5. Agar Sizda yutishni qiyinlashishi yoki yutishda og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riq, jig‘ildon qaynashi paydo bo‘lsa (yoki uning ko‘rinishlari kuchaysa), Ostalon preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.

 

Agar Siz Ostalon preparati tabletkalarini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz:

to‘la bir stakan suv iching va darhol shifokoringizga qo‘ng‘iroq qiling. Mustaqil qusishni chaqirmang va yotmang.

Agar Siz tabletkani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz navbatdagi preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, Ostalon preparatining 70 mg li bir tabletkasini keyingi kuni ertalab, bu haqida eslashingiz bilanoq qabul qiling. Preparatni har hafta qabul qilinadigan boshlang‘ich sxemasiga qayting.

Agar Siz Ostalon preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Ostalon preparatini qabul qilishni Sizga shifokor tomonidan tayinlangan butun davri davomida davom ettirishingiz muhimdir. Faqat shundagina preparat osteoporozni davolash uchun samarali bo‘lishi mumkin.

Ostalon preparati bekor qilinganida nojo‘ya samaralarni rivojlanishi ta‘riflanmagan.

  1. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Boshqa dori preparatlari kabi, Ostalon preparati ham, garchi ular hammada rivojlanmasada, nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin.

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari (100 pasientdan xech bo‘lmaganda 1 tasida va 10 tadan 1 tadan kamrog‘ida uchrashi mumkin):

  • jig‘ildon qaynashi; yutishni qiyinlashishi; yutganda og‘riq; ko‘krak qafasida og‘riqni, jig‘ildon qaynashini yoki yutishda qiyinchilik yoki og‘riqni chaqirishi mumkin bo‘lgan qizilo‘ngachning shilliq qavatini yarali shikastlanishi (yaralanishi);
  • suyaklarda, mushaklarda va bo‘g‘imlarda og‘riq;
  • qorinda og‘riq; me‘dada noxushlikni his qilish yoki ovqatdan keyin kekirish; qabziyat, me‘dani to‘lib ketishi hissi; diareya; meteorizm;
  • bosh og‘rig‘i.

Tez-tez emas (1000 pasientdan hech bo‘lmaganda 1 tasida va 100 tadan 1 tadan kamrog‘ida kuzatiladi):

  • ko‘ngil aynishi; qusish;
  • qizilo‘ngachni yoki me‘dani ta‘sirlanishi yoki yallig‘lanishi (kataral/yuza ezofagit) yoki (gastrit);
  • qora yoki qatronsimon ich kelishi.
  • toshma, qichishish, terini qizarishi.

Kam hollarda (10000 pasientdan hech bo‘lmaganda 1 tasida va 1000 tadan 1 tadan kamrog‘ida kuzatiladi):

  • eshakemi, yuz, lablar, til va/yoki nafasni yoki yutishni buzilishi bilan kechuvchi xiqildoq shishi kabi allergik reaksiyalar;
  • qonda kalsiyning miqdorini pasayishini (gipokalsiemiyaning) oqibatlari, shu jumladan mushak spazmlari yoki tirishishlari va/yoki barmoqlarning uchida yoki og‘iz atrofida noxush sanchilish tuyg‘ulari;
  • me‘daning peptik yarasi (ba‘zida qon ketishi bilan asoratlangan);
  • qizilo‘ngachni torayishi;
  • tish olinganidan keyin jag‘ni kechikib bitishi va infeksiyalanish xavfi;
  • ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda og‘riq yoki qizarish;
  • quyoshda bo‘lgandan keyin kuchayuvchi toshma;
  • suyaklarda, bo‘g‘imlarda yoki mushaklarda kuchli og‘riq;
  • tabletkalarni chaynaganda yoki shimganda og‘iz bo‘shlig‘ining yaralari (stomatit);
  • ko‘pincha davolashning boshida, mushaklarda og‘riq, umumiy holatni yomonlashishi va ba‘zida isitmani o‘z ichiga oluvchi o‘tkinchi grippsimon simptomlar.

Juda kam hollarda (100000 davolangan pasientdan 1 tasidan kamrog‘ida paydo bo‘ladi).

  • og‘ir teri reaksiyalari;

Postmarketing tadqiqotlar vaqtida quyidagi nojo‘ya samaralari aniqlangan:

  • bosh aylanishi;
  • bo‘g‘imlarni shishi;
  • toliqish;
  • qo‘l va oyoqlarni shishi;
  • sochlarni to‘kilishi.

Alendronatni uzoq muddat qo‘llash fonida son suyagi diafizining proksimal qismini atipik stressli sinishlari rivojlanishi mumkin.

Laboratoriya tadqiqotlarning natijalari:

 

Juda tez-tez (10 pasientdan hech bo‘lmaganda 1 tasida kuzatiladi):

Qonda kalsiy va fosfatlarning darajasini, ko‘pincha normaning pastki chegaralarida vaqtinchalik o‘rtacha pasayishi.

Agard Sizda preparatni qabul qilgandan so‘ng biron-bir nojo‘ya (salbiy) holatlar paydo bo‘lsa, Siz ularning xarakterini, paydo bo‘lish vaqti va davomiyligini yozib borganingiz afzal.

Agard nojo‘ya samaralardan birontasi Sizda og‘ir kechadigan bo‘lsa yoki Sizda ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya holatlar paydo bo‘lsa, iltimos bu haqida shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

  1. OSTALON PREPARATINI SAQLASH SHAROITI

+150S dan +300S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparatni ishlatmang. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan oyning oxirgi kunigacha yaroqlidir.

Preparatni oqar suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlanmaslik kerak. Yaroqlilik muddati o‘tgan preparatni yoki uni keragi bo‘lmagan hollarda qanday yo‘qotish lozimligi to‘g‘risida farmasevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. QO‘SHIMCHA MA‘LUMOTLAR

Ostalon preparati nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda – alendronat kislotasi. Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 70 mg (91,35 mg alendronat natriy trigidratga ekvivalent) alendronat kislotasi saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

Tabletka yadrosi: mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kroskarmelloza natriy, magniy stearati.

Plyonka qobiq tarkibi: Lustre Clear LC 103: mikrokristall sellyuloza, karadjenin, makrogol 8000.

Ostalon tabletkalari preparatining ta‘rifi

Oq, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “M14” grafirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

O‘rami

Tashqi:  1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Ichki:  4 qobiq bilan qoplangan tabletkalar, OPA/Al/PVX/Al blisterda.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ostalon dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ostalon dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ostalon dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LENDO tabletkalari 35mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Алендроновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
LENDO tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Алендроновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
ALENDRA tabletkalari 70mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Алендроновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 105 900 so'mdan Batafsil
OSTEMAKS 70 KOMFORT tabletkalari 70mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Алендроновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
LONDROMAKS tabletkalari 70mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Алендроновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
ALOVELL tabletkalari 70mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Faol modda: Алендроновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
Другие формы препарата
Ostalon
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9