×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PASKONAT infuziya uchun eritma 400ml 30mg/ml

Kategoriya:
- Silga qarshi dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Аминосалициловая кислота
Ishlab chiqaruvchi:
- Юрия-Фарм, ООО
Vakil:
- Yuriya-Farm
ATX kodi:
- J04AA01 Аминосалициловая кислота
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50 Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
15 000 s`om dan
LESPEFRIL eritma 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
70 000 s`om dan
LESPEFRIL eritma dlya priema vnutr 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
70 000 s`om dan
RIFAMPISIN 0,15 liofilizat N10 Белмедпрепараты РУП Belarusiya Respublikasi
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PASKONAT infuziya uchun eritma 400ml 30mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PASKONAT®

PASKONAT

 

Preparatning savdo nomi: Paskonat®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): natriy aminosalisilati

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma saqlaydi:

Faol modda: 30 mg natriy aminosalisilati;

Yordamchi moddalar: dinatriy edetati; natriy sulfiti, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik, rN 7,80-9,20;

Farmakoterapevtik guruhi: tuberkulyozga qarshi vosita.

ATX kodi: J04A A02.

Yordamchi moddalar:

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat tuberkulyoz mikobakteriyalariga qarshi bakteriostatik faollikni namoyon qiladi, boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan birga medikamentoz rezistentlik rivojlanishini sekinlashtiradi va tegishli preparatlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Paskonat® ning tuberkulostatik samarasi, uni mikobakteriyalarni o‘sish omili bo‘lgan para-aminobenzoy va pantotenat kislotalari hamda biotin bilan raqobatli o‘zaro ta‘siri bilan bog‘liq.

 

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganida a‘zolar va to‘qimalarga deyarli juda tez o‘tadi, u yerda yuqori konsentrasiyalarda aniqlanadi. Preparat asosan jigarda 30-60 minutdan keyin metabolizmga uchraydi, u yerda uni asetillanishi va glisin bilan birikishi ro‘y beradi. Sutka davomida siydik bilan yuborilgan dozaning 90-100% chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Tuberkulyozni faol rivojlanuvchi shakllari, asosan o‘pkaning surunkali fibroz-kavernozli tuberkulyozini majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Natriy aminosalisilatining eritmasi vena ichiga tomchilab, minutiga 15 tomchidan  yuboriladi. 3 minut davomida mahalliy va umumiy reaksiyalar bo‘lmasa, yuborish tezligi minutiga 40-60 tomchigacha oshiriladi. Birinchi quyishda 3% li eritmaning 200 ml yuboriladi. Nojo‘ya reaksiyalari bo‘lmasa, kattalarga doza sutkada 400 ml gacha oshiriladi va uni haftada 5-6 marta yuboriladi yoki kunora PASK ni peroral qabul qilish bilan birga navbatma-navbat qabul qilinadi.

Davolash kursi 1-2 oyni, ayrim hollarda ko‘proqni tashkil qiladi.

Bolalarga, yoshidan qat‘iy nazar, preparat tana vazniga 0,2 g hisobidan (bolani 1 kg tana vazniga 6,5 ml 3% li eritma) buyuriladi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat faqat tuberkulezga qarshi preparatlarga mikobakteriyalarni rezistentligi bo‘lganida buyuriladi. Bolalar uchun sutkalik dozasi – 200-300 mlni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: me‘da-ichak buzilishlari, ishtahani yomonlashishi yoki yo‘qolishi, ko‘ngil aynashi, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi yoki qabziyat.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari faoliyatini buzilishi: protrombin vaqtini va jigar transaminazalari faolligini oshishi, jigar o‘lchamlarini kattalashishi va og‘riq paydo bo‘lishi, jigar ensefalopatiyasi (ongni chalkashishi, uyquchanlik), sariqlik, gepatit.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: vaskulitlar, arterial bosimni o‘zgarishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi.

Qon yaratish a‘zolari va limfa tizimi tomonidan: leykopeniya, protrombin sintezini buzilishi, trombositopeniya, agranulositoz, eozonofiliya, D vitamini almashinuvini buzilishi hisobiga kalsiy va fosfor muvozanatini buzilishi, gemolitik anemiyani rivojlanishi.

Buyrak faoliyati va siydik chiqarishi yo‘llari faoliyatini buzilishi: kristaluriya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: eshakemi, purpura, eksfoliativ dermatit, enantemalar, ekzantemalar, isitma, yuborilgan joyda o‘zgarishlar, shu jumladan, qizarish, og‘riq, flebit.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan: bo‘g‘imlarda og‘riq.

Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm, o‘pkada eozonofil infiltrat.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan astma ko‘rinishlari, gipertermiya; Leffler sindromi.

Endokrin tizimi tomonidan: gipotireoz.

Moddalar almashinuvi tomonidan: plazma gipokaliemiyasi va rN darajasini kamayishi (yurak qon-tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlarga uzoq muddat qo‘llanganida).

Boshqalar: kollaps holat.

Ko‘rsatilgan holatlar, odatda dozasi kamaytirilganida yoki preparatni yuborish qisqa vaqtga bekor qilinganida yo‘qoladi, uch martalik to‘g‘ri ovqatlanish tartibida ular kamroq namoyon bo‘ladi. Allergik holatlarda antigistamin vositalar, kalsiy xloridi, askorbin kislotasi, uzoq muddat davom etgan allergik reaksiyalarda esa – kortikosteroidlar buyuriladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar sirrozi, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi, yurakning chap qorinchasi miokardining yaqqol gipertrofiyasi, dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, miksedema, amiloidoz, og‘ir ateroskleroz, tromboflebitlar, qon ivishini buzilishlari, homiladorlik va laktasiya davrida vena ichiga yuborish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Metabolizmning umumiy yo‘llari uchun raqobati tufayli, qonda izoniazidning konsentrasiyasini oshiradi, rifampisin, eritromisin, linkomisinni so‘rilishini buzadi. V12 vitaminining o‘zlashtirilishini buzadi, buning oqibatida anemiya rivojlanishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (og‘ir darajadagi buzilishlar bo‘lganida qo‘llash mumkin emas).

Preparatning katta dozalarini, shuningdek etionamid bilan majmuada uzoq muddat qo‘llanishi qalqonsimon bez faoliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Natriy aminosalisilat qo‘llanganida kristaluriya rivojlanishi mumkin. Siydikning rN reaksiyasi ishqoriy yoki neytral bo‘lganida uni hosil bo‘lishi sekinlashadi.

Natriy aminosalisilat qo‘llanganida qon ivishi buzilishi mumkin. Kelib chiqishi turlicha qon ketishi xavfi bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Gemolitik anemiyani rivojlanish xavfi borligi sababli, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Natriy ionlarining miqdori pasaytirilgan ovqatlanish tavsiya etilgan pasientlarga natriy aminosalisilatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Davolanish vaqtida chekish va alkogol iste‘mol qilish mumkin emas.

Gematoma va flebitlar paydo bo‘lishini oldini olish uchun ingichka ignalar qo‘llanadi va har xil venalarga navbat bilan yuboriladi.

Shok holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida eritmani sekin yuborish kerak.

Davolash vaqtida siydikning laborator va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

Preparatni bolalarga qo‘llashni cheklashga nisbatan ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi, biroq davolanish davomida bosh aylanishi, jigar ensefalopatiyasi simptomlari rivojlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyatlarni bajarishdan saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dispepsik holatlar, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, isitma bo‘lishi mumkin, psixoz, shok holatlari rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan holatlarda preparat yuborishni darhol to‘xtatish kerak.

Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

100 ml yoki 200 ml yoki 400 ml dan shisha butilkalarda; 1 butilka karton qutida. 400 ml dan polimer konteynerlarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +8oS dan +18oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

1,5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PASKONAT infuziya uchun eritma 400ml 30mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PASKONAT infuziya uchun eritma 400ml 30mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PASKONAT infuziya uchun eritma 400ml 30mg/ml dori vositasi Юрия-Фарм, ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PASKONAT infuziya uchun eritma 400ml 30mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PASKONAT infuziya uchun eritma 400ml 30mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Narh: 170 200 so'mdan Batafsil
KSILAT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
KSAVRON inyeksiya uchun eritma 20ml 1,5mg/ml N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 150mg/ml
NEYROSITIN eritma 100ml
Narh: 31 900 so'mdan Batafsil
DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
SANGERA eritma 5ml 100mg/ml N5
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Narh: 68 300 so'mdan Batafsil
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Narh: 42 112 so'mdan Batafsil
NALBUFIN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
GLYUKSIL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
LEFLOSIN eritma 100ml 500mg/ml
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10
GRANDAZOL infuziya uchun eritma 200ml 5mg/2,5mg N1
SORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 60 600 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 200ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 40 800 so'mdan Batafsil
REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 86 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9