×
×
  • PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ATX kodi:
- C09DA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
50 000 s`om dan
VAZATOR tabletkalari 20mg N30 Edge Pharma Ltd Hindiston
76 100 s`om dan
NEOTON poroshok 1g N4 Альфасигма С.п.А. Italiya
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLOSAR-N

PLOSAR-H

 

Preparatning savdo nomi: Plosar-N

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): lozartan kaliy va gidroxlortiazid

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 50,0 mg lozartan kaliy, 12,5 mg gidroxlortiazid;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, suvsiz laktoza, oldindan jelatinlangan kraxmal, kolloid kremniy dioksidi, talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, moviy rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganda yadrosi oq rangli.

Farmakoterapevtik guruhi: antigipertenziv vosita

ATX kodi: C09DA

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Majmuaviy preparat, gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi. Angiotenzin II reseptorlari (AT1 kichik turi) antagonisti – lozartan kaliy va diuretik – gidroxlortiazid saqlaydi.

Lozartan + gidroxlortiazid

Lozartan va gidroxlortiazid (GXT) ni birga qo‘llash, har bir komponentni alohida qo‘llagandagiga nisbatan arterial bosim (AB) ni ko‘proq darajada pasayishiga additiv samara ko‘rsatishi isbotlangan. Bu ikkila komponentlarning bir-birini to‘ldiruvchi ta‘sirini bilan bog‘liq. Bundan tashqari, diuretik ta‘siri oqibatida GXT qon plazmasida renin faolligi va aldosteronni ajralib chiqarilishini oshiradi, shuningdek plazmada kaliy darajasini oshiradi va angiotenzin II darajasini oshiradi.

Lozartan angiotenzin II ning fiziologik ahamiyatga ega barcha ta‘sirini bloklaydi va aldosteronni ingibisiya qilish orqali siydik haydovchi vositalar chaqiruvchi kaliy ionlarini yo‘qotilishini kamaytiradi.

Lozartan kuchsiz va o‘tuvchan urikozurik samaraga ega ekanligi isbotlangan.

Gidroxlortiazid qon plazmasida siydik kislotasining konsentrasiyasini kamroq darajada oshiradi; lozartan va GXT majmuasi diuretik chaqirgan giperurikemiyani pasayishiga yordam beradi.

Lozartan va GXT ning antigipertenziv samarasi 24 soat davomida davom etadi va uzluksiz davolaganda saqlanib qoladi. AB ni ahamiyatli darajada pasayishiga qaramasdan yurak qisqarishlari tez-tezligiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Lozartan va GXT erkaklar va ayollarda, yosh va keksa (˃65 yosh) pasientlarda AB ni samarali pasaytiradi; preparat arterial gipertenziyaning har qanday darajasida samarali.

Lozartan angiotenzin II reseptorlari (ATI kichik turi)ning spesifik antagonisti hisoblanadi. Lozartan va uning asosiy faol metaboliti AT2 reseptorlariga nisbatan AT1 reseptorlariga ko‘proq yaqinlikka ega. Faol metaboliti lozartandan 10-40 marta faolroq.

Bradikininni parchalovchi ferment – kinaza II ni susaytirmaydi. Qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini (QTUPQ), qonda epinefrin va aldosteron, AB, kichik qon aylanish doirasida bosimni pasaytiradi; keyingi yuklamani kamaytiradi, diuretik samara ko‘rsatadi. Miokard gipertrofiyasi rivojlanishini oldini oladi, surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi.

Lozartan bilan davolashni to‘xtatish arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda AB ni to‘satdan oshishini chaqirmagan (rikoshet gipertenziya).

Lozartan va GXT qabul qilgan pasientlarda yo‘talni paydo bo‘lishi tez-tezligi bir xil bo‘lgan, ayni vaqtda angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorini qabul qilgan guruhda tez-tezlik ahamiyatli darajada yuqori bo‘lgan.

Gidroxlortiazid – tiazid diuretik. Natriy ionlari reabsorbsiyasini kamaytiradi, kaliy ionlari, gidrokarbonatlar va fosfatlarni buyraklar orqali chiqarilishini kuchaytiradi. Aylanib yuruvchi qon xajmi (AYUQX) ni kamayishi, qon tomir devorining reaktivligini o‘zgarishi, qon tomirlarni toraytiruvchi moddalarning pressor ta‘sirini kamaytirish hisobiga AB ni pasaytiradi.

Ichga qabul qilingandan keyin 2 soat davomida diurezni kuchayishi kuzatiladi, taxminan 4 soatdan keyin cho‘qqiga erishiladi va 6 soatdan 12 soatgacha davom etadi, antigipertenziv samarasi 24 soat davomida saqlanadi.

Farmakokinetikasi

Lozartan me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokiraolishligi – taxminan 33%. Jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasiga ega, faol metabolitini hosil qilib karboksilizasiya yo‘li orqali metabolizmga uchraydi. Faol metabolitidan tashqari faol bo‘lmagan metabolitlari ham, shu jumladan butil yon zanjirini gidrosilizasiyasi yo‘li orqali hosil bo‘luvchi ikkita asosiy metabolitlari va bitta ikkilamchi – N-2-tetrazol-glyukurnid hosil bo‘ladi.

Lozartan ham va uning faol metaboliti ham qon plazmasidagi oqsillar, asosan albumin bilan 99% dan ko‘proq bog‘lanadi. Lozartanning taqsimlanish xajmi 34 l ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingandan keyin lozartanning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 1 soatni, faol metabolitniki – 3-4 soatni tashkil qiladi. Odatdagi ovqat qabul qilish qon plazmasidagi lozartanning konsentrasiyasi profiliga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Lozartan va uning faol metabolitining plazmadagi klirensi muvofiq ravishda minutiga 600 ml va minutiga 50 ml ni tashkil qiladi. Lozartan va uning faol metabolitining buyrak klirensi muvofiq ravishda minutiga taxminan 74 ml va minutiga 26 ml ni tashkil qiladi. Lozartan peroral qabul qilinganda dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan va dozaning taxminan 6% siydik bilan faol metaboliti ko‘rinishida chiqariladi. Lozartan kaliyni 200 mg gacha dozada peroral qabul qilganda lozartan va uning faol metaboliti proporsional farmakokinetikaga ega. Ichga qabul qilingandan keyin lozartan va uning faol metabolitining plazmadagi konsentrasiyasi muvofiq ravishda 2 soat va 6-9 soatlik yakuniy yarim chiqarilish davri bilan polieksponensial pasayadi. Preparatni 100 mg dozada kuniga 1 marta qabul qilganda lozartanni ham, uning faol metabolitini ham qon plazmasida ahamiyatli to‘planishi kuzatilmaydi.

Lozartan va uning faol metabolitini chiqarishi safro va siydik orqali amalga oshiriladi. Uglerod 14S bilan nishonlangan lozartanni ichga qabul qilingandan keyin radiofaol nishonning taxminan 35% siydikda va 58% – axlat massalarida aniqlanadi.

Lozartan ham, uning faol metaboliti ham gemodializ yordamida chiqarilmaydi.

Gidroxlotiazid me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Yarim chiqarilish davri 5,8-14,8 soatni tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchramaydi. Taxminan 61% buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda 24 soat davomida chiqariladi.

Gidroxlortiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali kiradi va ko‘krak suti bilan ajraladi. Gematoensefalik to‘siq orqali kirmaydi.

Pasientlarning alohida guruhlarida qo‘llashning o‘ziga xosligi

Lozartan + Gidroxlortiazid

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan yosh va keksa pasientlarda lozartan va uning faol metabolitining qon plazmasidagi konsentrasiyalari, shuningdek gidroxlortiazidni so‘rilishidagi ahamiyatli farqlar kuzatilmagan.

 

 

Lozartan

Sog‘lom ko‘ngililardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigarning alkogolli sirrozi bo‘lgan bemorlarda lozartan ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi lozartanning konsentrasiyasi 5 marta, faol metabolitining konsentrasiyasi – 1,7 marta yuqori bo‘lgan.

Qo‘llanilishi

  • Majmuaviy davolash ko‘rsatilgan pasientlarda arterial gipertenziyani davolash;
  • Arterial gipertenziya va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir patologiyasini paydo bo‘lishi xavfi va o‘limni kamaytirish maqsadida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar ichga buyuriladi, bir stakan suv bilan qabul qilinadi.

Plosar N davolashning boshlang‘ich davrida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan, preparat faqat lozartan yoki faqat gidroxlortiazidni qabul qilish bilan AB yetarli darajada nazorat qilinmagan pasientlarni davolash uchun mo‘ljallangan.

Preparatning odatdagi boshlang‘ich va samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasi kuniga 50 mg lozartan + 12,5 mg gidroxortiazid (Plosar N 1 tabletkasi) ni tashkil qiladi.

Umuman olganda antigipertenziv samaraga davolash boshlanganidan keyin 3-4 xafta davomida erishiladi.

Plosar N preparatini boshqa gipotenziv preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki gemodializda bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi.

Buyrak faoliyatini o‘rtacha darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30-50 ml) bo‘lgan pasientlarda boshlng‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Gemodializda bo‘lgan pasientlarga preparatni buyurish tavsiya etilmaydi. Buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Aylanib yuruvchi qon xajmi kamaygan pasientlarda qo‘llanishi

Aylanib yuruvchi qon xajmi va/yoki natriyning darajasini kamayishini Plosar N preparatini qo‘llaguncha muvofiqlashtirish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Plosar N ni qo‘llash mumkin emas.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi

Odatda keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar lozartan va/yoki gidroxlortiazidni qo‘llaganda avval kuzatilgan nojo‘ya samaralar bilan chegaralanadi.

Essensial gipertenziyani davolaganda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralarga bosh aylanishi kiradi.

Quyida sanab o‘tilgan noxush nojo‘ya reaksiyalar tizim-a‘zolar sinfi va tez-tezligi bo‘yicha taqsimlangan:

Juda tez-tez: >1/10

Tez-tez: >1/100, <1/10

Tez-tez emas: >1/1000, <1/100

Kam hollarda: >1/10000, <1/1000

Juda kam hollarda: <1/10000;

Noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.

Lozartan

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: Shenleyn-Genox kasalligi, ekximozlar, gemoliz.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: anafilaktik reaksiyalar, angionevrotik shish, eshakemi.

Oziqlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari:

Tez-tez emas: anoreksiya, podagra.

Ruhiy buzilishlar:

Tez-tez: uyqusizlik.

Tez-tez emas: bezovtalik, havotirlik buzilishlar, panik buzilishlar, ongni chalkashishi, depressiya, odatdagi bo‘lmagan tush ko‘rishlar, uyquchanlik, xotirani buzilishlari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Tez-tez emas: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, paresteziya, periferik neyropatiya, tremor, migren, hushdan ketish.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda achishish/sanchish hissi, kon‘yunktivit, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi.

Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: vertigo, quloqlarda shovqin.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya, sternalgiya (to‘sh ortida og‘riq), stenokardiya, II darajadagi AV blokada, serebrovaskulyar buzilishlar, miokard infarkti, yurak urib ketishi, aritmiya (xilpillovchi aritmiya, sinusli bradikardiya, taxikardiya, qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyasiyasi).

Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: vaskulit.

Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar:

Tez-tez: yo‘tal, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, burunni bitishi, sinusit, yondosh bo‘shliqlar kasalliklari.

Tez-tez emas: tomoqda diskomfort hissi, faringit, laringit, dispnoe, bronxit, burundan qon ketishi, rinit, nafas yo‘llarini bitishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, diareya, dispepsiya.

Tez-tez emas: qabziyat, tish og‘rig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, meteorizm, gastrit, qusish.

Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar:

Noma‘lum: jigar faoliyatini buzilishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: alopesiya, dermatit, terini qurishi, eritema, teri giperemiyasi, fotosensibilizasiya, qichishish, toshma, eshakemi, ko‘p terlash.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: mushak tirishishlari, belda og‘riq, oyoqlarda og‘riq, mialgiya.

Tez-tez emas: qo‘llarda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi, tizzada og‘riq, mushak va suyaklarda og‘riq, yelkada og‘riq, tanglik, artralgiya, artrit, koksalgiya, fibromialgiya, mushak kuchsizligi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: nikturiya, tez-tez siyish, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari.

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: libidoni pasayishi, impotensiya.

Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar:

Tez-tez: asteniya, toliqish, ko‘krakda og‘riq.

Tez-tez emas: yuzni shishi, tana haroratini oshishi.

Laborator ko‘rsatkichlar:

Tez-tez: giperkaliemiya, gematokrit va gemoglobinni biroz pasayishi.

Tez-tez emas: qon zardobida mochevina va kreatinin konsentrasiyasini biroz oshishi.

Juda kam hollarda: “jigar” fermentlari faolligini va bilirubinning konsentrasiyasini oshishi.

Gidroxlortiazid

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: agranulositoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, leykopeniya, purpura, trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: anafilaktik reaksiyalar.

Oziqlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari:

Tez-tez emas: anoreksiya, giperglikemiya, giperurikemiya, gipokaliemiya, giponatriemiya.

Ruhiy buzilishlar:

Tez-tez emas: uyqusizlik.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: bosh og‘rig‘i.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: ko‘rishni noaniqligi (o‘tuvchan), ksantopsiya.

Qon tomir tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: nekrotik angiit (vaskulit, teri vaskuliti).

Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar:

Tez-tez emas: respirator distress-sindrom, shu jumladan pnevmoniya va o‘pka shishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: so‘lak bezlarini yallig‘lanishi, spazmlar, me‘dani ta‘sirlanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat.

Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: sariqlik (jigardan tashqaridagi xolestaz), pankreatit.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: fotosensibilizasiya, eshakemi, toksik epidermal nekroliz.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: mushak tirishishlari.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: glyukozuriya, interstisial nefrit, buyrak faoliyatini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi.

Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar:

Tez-tez emas: tana haroratini oshishi, bosh aylanishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Lozartan va sulfanilamid hosilalari (gidroxlortiazid kabi) yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • Davolashga berilmaydigan gipokaliemiya yoki giperkalsiemiya;
  • Og‘ir jigar yetishmovchiligi; xolestaz yoki o‘t chiqarish yo‘llari obstruksiyasi;
  • Refrakter giponatriemiya;
  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ˂30 ml/min);
  • Anuriya;
  • Homiladorlik va laktasiya davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda aliskiren bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan nasliy patologiyasi bo‘lgan pasientlar bu preparatlarni qabul qilmasliklari kerak.

Ehtiyotkorlik bilan: buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi, gipovolemik holatlar (shu jumladan diareya, qusish), giponatriemiya (kam tuzli yoki tuzsiz parhezda bo‘lgan pasientlarda arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshishi), gipoxloremik alkaloz, gipomagniemiya, gipokaliemiya, biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (shu jumladan tizimli qizil yugurik), qandli diabet, podagra, bronxial astma, og‘irlashgan allergologik anamnez, giperuriemiya, giperkalsiemiya, yengil va o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi, aortal yoki mitral klapan stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya, simptomatik giperurikemiya/podagrada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Lozartan

Lozartanni asosiy yoki nojo‘ya ta‘siri arterial bosimni pasaytirish hisoblangan preparatlar, masalan trisiklik antidepressantlar, antipsixotik vositalar, baklofen, amifostin bilan birga qo‘llash arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Gidroxlotiazid, digoksin, bilvosita antikoagulyantlar, simetidin, fenobarbital, ketokonazol, eritromisin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Rifampisin va flukonazol faol metabolitning konsentrasiyasini pasaytirishi haqida xabarlar mavjud. Bu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan.

Angiotenzin II va uning ta‘sirini bloklovchi boshqa preparatlar kabi kaliy tejovchi diuretiklarni (masalan spironolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalarni bir vaqtda qo‘llash giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Bu preparatlarni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Litiy preparatlari. Natriy chiqarilishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi boshqa preparatlar kabi lozartan litiyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin, shuning uchun angiotenzin II reseptorlari antagonistlari bilan birga qo‘llanilganda qon zardobida litiyning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan siklooksigena-2 (SOG-2) selektiv ingibitorlari, yallig‘lanishga qarshi dozalarda asetilsalisil kislotasi lozartanning antigipertenziv ta‘sirini pasaytirishi mumkin.

NYAQP (shu jumladan SOG-2 selektiv ingibitorlari) bilan davolangan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan ayrim pasientlarni angiotenzin II reseptorlari antagonistlari bilan davolash buyrak faoliyatini keyinchalik yomonlashishini, shu jumladan odatda qaytuvchan bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini yoki diuretiklar va NYAQP ni birga qo‘llash ham qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Preparatlarning bunday mamjuasi ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda. Pasientlar suyuqlikni yetarli miqdorda iste‘mol qilishlari, shuningdek majmuaviy davolash boshlangandan keyin buyrak faoliyatini nazorat qilish va keyinchalik uni muntazam ravishda olib borish kerak.

Aliskiren

Monoterapiyaga nisbatan angiotenzin reseptorlari blokatorlari, AAF ingibitorlari yoki aliskiren bilan renin-angiotenzin-aldosteron tizimini (RAAT) ikki tomonlama blokadasi gipotenziya, hushdan ketish, giperkaliemiya va buyrak faoliyatini buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) bilan assoasiasiyalanadi. Lozartan va RAAT ga ta‘sir etuvchi boshqa vositalarni qabul qiluvchi pasientlarda arterial bosim, buyrak faoliyati va elektrolitlarni doimo nazorat qilish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda aliskiren va lozartan bir vaqtda buyurilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi (KFT ˂ 60 ml/min) bo‘lgan pasientlarda aliskiren va lozartanni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Gidroxlortiazid

Quyidagi dori vositalari tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganda o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin:

Barbituratlar, narkotik vositalar, antidepressantlar, etanol – antigipertenziv ta‘sirini kuchaytiradi.

Gipoglikemik vositalar (ichga qabul qilish uchun yoki insulin) – gipoglikemik vositalarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Gidroxlortiazidni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi sababli laktatasidozni paydo bo‘lishi xavfi tufayli metformin ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

Boshqa gipotenziv vositalar – additiv samara kuzatilishi mumkin.

Kolestiramin va kolestipol gidroxlortiazidni so‘rilishini muvofiq ravishda 85% va 43% ga kamaytiradi.

Pressor aminlar – pressor aminlarni qo‘llashga to‘sqinlik qilmaydigan ularning samarasini biroz pasayishi kuzatilishi mumkin.

Depolyarizasiyalamaydigan miorelaksantlar (masalan tubokurarin xloridi) – miorelaksantlarning ta‘siri kuchayishi mumkin.

Litiy preparatlari – diuretiklar litiyning buyrak klirensini kamaytiradi va litiy bilan intoksikasiya xavfini oshiradi, shuning uchun bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Podagrani davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalari (probenesid, sulfinpirazon va allopurinol)

Siydik kislotasini chiqarilishiga olib keluvchi dori vositalarining dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin, chunki gidroxlortiazid qon zardobida siydik kislotasining konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Probenesid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Birga qo‘llash allopurinolga o‘ta yuqori sezuvchanlik holatlarini paydo bo‘lish tez-tezligini chaqiradi.

Ia sinf antiaritmik preparatlar (masalan xinidin, gidroxinidin, dizopiramid).

  • III sinf antiaritmik preparatlar (masalan amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid).
  • Ayrim antipsixotik preparatlar (masalan tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluoperazin, siamemazin, sulpirid, sultoprid, amisulprid, tiaprid, pimozid, galoperidol, droperidol). Antixolinergik vositalar (masalan atropin, biperiden)

Boshqa preparatlar (masalan bepridil, dizaprid, difemanil, vena ichiga yuborish uchun eritromisin, galofantrin, mizolastin, pentamidin, terfenadin, vena ichiga yuborish uchun vinkamin).

Kalsiy tuzlari

Tiazid diuretiklari kalsiyni chiqarilishini pasayishi oqibatida qon zardobida uning darajasini oshirishi mumkin. Kalsiy preparatlarini buyurish zarurati bo‘lganida, dozani qon zardobidagi kalsiyning darajasiga qarab tanlanadi.

Laborator tekshiruvlarning natijalariga ta‘siri

Kalsiyni chiqarilishiga ta‘siri tufayli, tiazidlar qalqonsimon oldi bezining faoliyatini tekshirish natijalarini o‘zgartirishi mumkin.

Karbamazepin

Simptomatik giponatriemiya xavfi mavjud. Klinik va biologik monitoring zarur.

Yod-kontrast moddalar

Diuretiklarni qabul qilish chaqirgan degidratasiya holatlarida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi oshadi, ayniqsa yod saqlovchi preparatlarning yuqori dozalari yuborilganda.

Shunga o‘xshash vositalarni pasientlarga yuborishdan oldin regidratasiya o‘tkazilishi kerak.

Amfotrisin V (parenteral), kortikosteroidlar, adrenokortikotrop gormon (AKTG) va surgi vositalari

Gidroxlortiazid elektrolit muvozanatni buzilishlarini, shu jumladan gipokaliemiyani chuqurlashtirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Lozartan

Angionevrotik shish

Anamnezida angionevrotik shish (yuz, lab, hiqildoq va/yoki tilni shishi) bo‘lgan pasientlar sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Diuretiklarni jadal qabul qilish, tezni iste‘mol qilishni cheklash, diareya yoki qusish chaqirgan aylanib yuruvchi qon xajmini kamayishi yoki giponatriemiyasi bo‘lgan pasientlarda arterial gipotenziya va aylanib yuruvchi qon xajmini kamayishida simptomatik gipotenziya rivojlanishi mumkin, ayniqsa preparatning birinchi dozasini qabul qilgandan keyin. Ushbu holatlar Plosar N preparatini qabul qilguncha muvofiqlashtirilishi kerak.

Elektrolit muvozanatini buzilishi

Elektrolit muvozanatini buzilishi buyrak yetishmovchiligi va yondosh diabeti bo‘lgan yoki bo‘lmagan pasientlarda ko‘proq kuzatiladi. Shuning uchun qon zardobida kaliyning darajasini va kreatinin klirensini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak, ayniqsa yurak yetishmovchiligi va kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan 50 ml gacha bo‘lgan pasientlarda.

Lozartan + gidroxlortiazidni kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy saqlovchi qo‘shimchalar va tuz o‘rnini bosuvchi vositalar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi

Farmakokinetik ma‘lumotlarga ko‘ra, jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda qon plazmasida lozartanning konsentrasiyasini ahamiyatli oshishi aniqlangan, shuning uchun Plosar N preparatini anamnezida yengil va o‘rtacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Lozartanni og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tajribasi mavjud emas, shuning uchun Plosar N preparatini pasientlarning bu toifasida qo‘llash mumkin emas.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini ingibisiya qilish oqibatida buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi (xususan buyrak faoliyati renin-angiotenzin-aldosteron tizimining faolligiga bog‘liq pasientlarda, masalan og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yoki buyrak faoliyatini buzilishi mavjud bo‘lgan pasientlarda) holatlari kuzatilgan.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta‘sir ko‘rsatuvchi boshqa preparatlarni qo‘llagandagi kabi lozartanni qo‘llaganda buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan pasientlarda qon zardobida mochevina va kreatinin konsentrasiyasini oshishi haqida xabar berilgan; ushbu o‘zgarishlar davolash to‘xtatilgandan keyin qaytuvchan bo‘lgan. Lozartanni buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan pasientlarga buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Buyrak transplantasiyasi

Yaqinda buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi mavjud emas.

Birlamchi giperaldosteronizm

Birlamchi giperaldosteronizmi bo‘lgan pasientlar renin-angiotenzin-aldosteron tizimi orqali ta‘sir ko‘rsatuvchi gipotenziv preparatlarga odatda javob bermaydi, shuning uchun Plosar N preparatini qo‘llash tavsiya eitlmaydi.

Yurak ishemik kasalligi (YUIK) va serebrovaskulyar kasallik

Har qanday boshqa gipotenziv preparat kabi lozartan YUIK va serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan pasientlarda AB ni ahamiyatli darajada pasayishini chaqirishi mumkin, bu miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin.

Yurak yetishmovchiligi

Yurak yetishmovchiligi va yondosh buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki bo‘lmagan pasientlarda renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta‘sir ko‘rsatuvchi boqsha preparatlarni qo‘llagandagi kabi og‘ir arterial gipotenziya va buyrak yetishmovchiligi (ko‘pincha o‘tkir) rivojlanishi xavfi mavjud.

Aortal va mitral klapanlar stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya

Boshqa vazodilatatorlarni qo‘llagandagi kabi aortal va mitral klapanlar stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Etniq farqlar

Kuzatuvlar ma‘lumotlariga ko‘ra AAF ingibitorlari, lozartan va angiotenzinning boshqa antagonistlari boshqa irq vakillariga nisbatan negroid irq vakillarida AB ni kamroq samarada pasaytiradi; bu ehtimol arterial gipertenziya bilan xastalangan negroid irq vakillari orasida reninning faolligi past bo‘lgan shaxslar ustunligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Gidroxlortiazid

Arterial gipertenziya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari

Har qanday gipotenziv preparatni qabul qilgandagi kabi, ayrim pasientlarda simptomatik gipotenziya paydo bo‘lishi mumkin. Interkurent diareya yoki qusishda rivojlanishi mumkin bo‘lgan suv-elektrolit muvozanatini buzilishlarini, masalan suvsizlanish, giponatriemiya, giperxloremik alkaloz, gipomagniemiya yoki gipokaliemiyaning klinik simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun pasientlarni kuzatish kerak. Ushbu pasientlarda qon zardobida elektrolitlar darajasini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak. Issiq ob-havoda shishlari bo‘lgan pasientlarda suyultirish giponatriemiyasi kuzatilishi mumkin.

Metabolik va endokrin samaralar

Tiazidlar bilan davolash glyukozaga tolerantlikni kamaytirishi mumkin. Bir qator hollarda gipoglikemik vositalar, shu jumladan insulinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Tiazidlar bilan davolash jarayonida yashirin qandli diabet namoyon bo‘lishi mumkin.

Tiazidlar siydik bilan kalsiyni chiqarishini kamaytirishi va qon zardobida kalsiyning darajasini epizodik va ahamiyatsiz oshishini chaqirishi mumkin. Yaqqol giperkalsiemiya yashirin giperparatireoz mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Qalqonsimon oldi bezi faoliyatini tekshirishdan oldin tiazidlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Qon plazmasida xolesterin va trigliseridlar darajasini oshishi ham tiazid diuretiklari bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ayrim pasientlarda tiazid diuretiklari bilan davolash giperurikemiya va/yoki podagra rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Lozartan siydik kislotasining konsentrasiyasini pasaytirganligi tufayli, uning gidroxlortiazid bilan majmuasi diuretikni qabul qilish chaqirgan giperurikemiyaning yaqqolligini pasaytirishi mumkin.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar faoliyatini buzilishi yoki jigarning avj oluvchi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ular jigar ichki xolestazini chaqirishi mumkin, u suv-elektrolit muvozanatini minimal buzilishlarida jigar komasiga o‘tishi mumkin.

Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Plosar N preparatini qo‘llash mumkin emas.

Boshqalar

Tiazid diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari hatto anamnezida allergiya yoki bronxial astma simptomlari bo‘lmaganda ham kuzatilishi mumkin. Tiazidlarni qabul qilish fonida tizimli qizil yugurikni zo‘rayishi yoki avj olishi haqida ma‘lumotlar mavjud.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas, davolash kursi vaqtida homiladorlik aniqlangan hollarda esa Plosar N preparatini qo‘llashni darhol to‘xtatish va zarurati bo‘lganida muqobil davolashga o‘tish kerak.

Emizish davri

Lozartan ko‘krak sutiga kirishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga qaramasdan, transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarganda gipotenziv preparatlarni qo‘llaganda bosh aylanishi yoki uyquchanlik, ayniqsa davolashni boshida yoki doza oshirilganda kuzatilishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: lozartan – AB ni yaqqol pasayishi, taxikardiya, bradikardiya (vagusli rag‘batlantirish oqibatida). Gidroxlortiazid – elektrolitlarni yo‘qotilishi (gipokaliemiya, gipoxloremiya, giponatriemiya), shuningdek ortiqcha diurez oqibatida yuzaga keluvchi degidratasiya.

Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, me‘dani yuvish kerak; zarurati bo‘lganida suv-elektrolit buzilishlarini muvofiqlashtirish.

Lozartan va uning faol metaboliti gemodializ yordamida chiqarilmaydi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan alyumin va PVX blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30 dori vositasi Oxford Laboratories Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLOSAR N tabletkalari 50 mg+12,5 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ORNIFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 76 000 so'mdan Batafsil
BENIKVIT V inyeksiya uchun eritma 3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N30
PLOGREL tabletkalari 75mg N28
MEREKSID poroshok 1g
BAZOSID poroshok 1g N1
Narh: 44 600 so'mdan Batafsil
BAZOSID poroshok 0,5g N1
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS kapsulalar 250mg N6
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
TRIDOKS krem 15g
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MOMETOKS krem 15g 0,1%
Narh: 36 500 so'mdan Batafsil
SIPROFORD infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml N1
Narh: 24 400 so'mdan Batafsil
PIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N14
OKSKORIL sirop 100ml
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS tabletkalari 500mg N3
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
FIPIM poroshok 1,0g
Narh: 44 700 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
PEROBAKT poroshok 1g
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
FIPIM poroshok 0,5g
MEREKSID poroshok 0,5g
PARES tabletkalari 500mg 100 mg+500 mg N20
SILKER krem 50g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
OKSIKAL D3 sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9