×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INDAP tabletkalari 1,25mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya
Faol modda:
Индапамид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Pro. Med. CS Praha a.s.
Vakil:
- PRO.MED. CS Praha a.s.
ATX kodi:
- C03ВA11
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 15 ta dorixonasida topildi

ico 42 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 60 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
GEPARINOVAYA maz 25mg Нижфарм,ОАО Rossiya
11 200 s`om dan
INDAP kapsulalar 2,5mg N30 Pro. Med. CS Praha a.s. Chexiya
27 000 s`om dan
VALSAKOR N160 tabletkalari 160mg/12,5mg N28 Krka d.d. Novo Mesto Sloveniya
103 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INDAP tabletkalari 1,25mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INDAP®

INDAP®

 

Preparatning savdo nomi: Indap®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): indapamid

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

faol modda: 0,625 mg, 1,25 mg, 2,5 mg indapamid;

yordamchi moddalar:
granulalangan laktoza monogidrati, laktoza monogidrati, granulalangan mikrokristall sellyuloza, talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, temir II oksidi (0,625 mg);

granulalangan laktoza monogidrati, laktoza monogidrati, granulalangan mikrokristall sellyuloza, mikrokristall sellyuloza, talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, temir (III) oksidi (1,25 mg);

granullangan laktoza monogidrati, laktoza monogidrati, granulalangan mikrokristall sellyuloza, mikrokristall sellyuloza, talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, temir (II) oksidi, temir (III) oksidi (2,5 mg).

Ta‘rifi:

0,625 mg dozali tabletkalar uchun: sariq rangli, dumaloq, yassi shaklli tabletkalar.

1,25 mg dozali tabletkalar uchun: pushti rangli, dumaloq, yassi shaklli tabletkalar.

2,5 mg dozali tabletkalar uchun: och-zarg‘aldoq rangli, dumaloq, bir tomonida xochsimon riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: diuretik vositalar.

ATX kodi: C03BA11

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Indapamid notiazid sulfonamidlar guruhiga mansub bo‘lib, farmakologik xususiyatlari bo‘yicha tiazidli diuretiklarga yaqin. Arteriyalarning silliq mushaklari tonusini pasaytiradi, umumiy periferik tomirlar qarshiligini kamaytiradi. Preparat buyraklarning proksimal naychalarida va distal naychalarning po‘stloq segmentida natriy va xlor ionlarini va kamroq darajada kaliy va magniy ionlarining qayta so‘rilishini blokadasi bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘rtacha saluretik va diuretik samaralarga ega. «Sekin» kalsiy kanallarining selektiv bloklash qobiliyatiga ega bo‘lib, arteriyalarning devorlarini elastikligini oshiradi va umumiy periferik tomirlarning qarshiligini pasaytiradi. Yurakning chap qorinchasining gipertrofiyasini kamayishiga yordam beradi. Lipidlarning plazmadagi miqdoriga (trigliseridlar, past zichlikdagi lipoproteinlar, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) miqdoriga ta‘sir qilmaydi; karbonsuvlar almashinuviga ta‘sir qilmaydi (shu jumladan bemorlarda yondosh kasalligi qandli diabeti bo‘lsa). Umumiy periferik tomirlar qarshiligini kamayishi, shuningdek tomirlar devoridagi adrenoreseptorlarning noradrenalin va angiotenzin II ga nisbatan sezgirligini pasayishi, tomirlarni kengaytiruvchi faollikka ega bo‘lgan prostaglandinlarning (prostaglandin PgYe2 va prostasiklin PgI2) sintezini oshishi bilan ham bog‘liq. Erkin va turg‘un kislorod radikallarining hosil bo‘lishini kamaytiradi. Katta dozalarda buyurilganda diurezni oshishiga qaramasdan, arterial bosimni pasayish darajasiga ta‘sir qilmaydi.

Terapevtik samarasi birinchi haftaning oxiriga kelib namoyon bo‘ladi, bir marta qabul qilish fonida 24 soat davomida saqlanadi, preparatni qabul qilish boshlangandan keyin 8-12 hafta o‘tgach samarasi maksimumga erishadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin indapamid me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi; biokiraolishligi yuqori (93%). Ovqat qabul qilish so‘rilish tezligini biroz sekinlashtiradi, ammo so‘rilish to‘liqligiga ta‘sir qilmaydi. Preparat 2,5 mg dozada ichga qabul qilingandan keyin qonda maksimal konsentrasiyaga 1-2 soat o‘tgach erishiladi. Plazma oksillari bilan bog‘lanishi taxminan 71-79% ni tashkil qiladi. Shuningdek tomirlar devorining silliq mushaklaridagi elastin bilan ham bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi yuqori, gistogematik to‘siqlar (shu jumladan, yo‘ldosh) orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga kiradi.

Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri, o‘rtacha 18 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali – 70% (ko‘pchilik hollarda – metabolitlar ko‘rinishida, taxminan 7% o‘zgarmagan ko‘rinishda), ichak orqali – 20-23% chiqariladi. Buyraklar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Kumulyasiyalanmaydi.

Qo‘llanishi

Arterial gipertenziyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ertalab, ovqat iste‘mol qilishdan qat‘iy nazar, tabletka chaynamasdan, suv bilan birga qabul qilinadi. Davolashning talablariga qarab Indap preparatining uch xil dozali shaklidan biri tanlanishi mumkin: 0,625 mg tabletkalar, 1,25 mg tabletkalar yoki 2,5 mg tabletkalar. 0,625 mg yoki 1,25 mg yoki 2,5 mg (1 tabletka) dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Indap® 0,625 mg va 1,25 mg tabletkalari boshqa antigipertenziv preparatlar (beta-adrenoblokatorlar, “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari, angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, angiotenzin reseptorlarining blokatorlari va boshq.) bilan majmuada qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar 4-8 hafta davolashdan keyin kutilgan terapevtik samaraga erishilmasa, Indapni sutkalik dozani maksimal sutkalik doza 2,5 mg gacha asta-sekin oshirish mumkin. Kerak bo‘lgan terapevtik samaraga erishish maqsadida, Indap® 0,625 mg va 1,25 mg tabletkalari bilan majmuada qo‘llanayotgan boshqa antigipertenziv preparatning dozasi ham oshirilishi mumkin.

Indap® 2,5 mg tabletkalari monoterapiya sifatida ham, boshqa antigipertenziv vositalar (beta-adrenoblokatorlar, “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari, angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, angiotenzin reseptorlarining blokatorlari va boshq.) bilan majmuada ishlatilishi mumkin. Agar   4-8 hafta monoterapiyadan keyin kutilgan terapevtik samaraga erishilmasa, preparatning dozasini oshirish tavsiya qilinmaydi (antigipertenziv samara kuchaymasdan nojo‘ya samaralarining xavfi oshadi). Bunday holatda davolash sxemasiga diuretik bo‘lmagan boshqa antigipertenziv preparatni qo‘shish maqsadga muvofiqdir. Agar davolash ikki preparatni qabul qilish bilan boshlanishi kerak bo‘lsa, Indap 2,5 mg sutkalik dozada qo‘llaniladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni uchrash tez-tezligi (holatlar miqdori/kuzatishlar soni): juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100  < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 < 1/1000 gacha); juda kam hollarda (>1/10000); tez-tezligini mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha hisoblash mumkin emas. Ko‘pchilik nojo‘ya reaksiyalar dozaga bog‘liq xarakterga ega, nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi preparatning minimal samarali dozasi ishlatilganda kamayadi.

Indapamidning ta‘siriga bog‘liq samaralar:

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: juda kam hollarda – trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh aylanishi, charchoqlik, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – aritmiya, arterial gipotenziya.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – rinit.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas – qusish; kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qabziyat, og‘izni qurishi; juda kam hollarda – pankreatit.

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – buyrak yetishmovchiligi.

Jigar va o‘t-safro chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam hollarda – jigar funksiyasini buzilishi; tez-tezligini mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha hisoblash mumkin emas – jigar yetishmovchiligida jigar ensefalopatiyasi namoyon bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: tez-tez – makulopapulyoz toshma; tez-tez emas – gemorragik vaskulit; juda kam hollarda – angionevrotik shish, eshakemi, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Jonson sindromi; tez-tezligini mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha hisoblash mumkin emas –disseminirlangan qizil yugirikning o‘tkir shakli borligida yomonlashish mumkin.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: gipokaliemiya; juda kam hollarda – giperkalsiemiya; organizmni degidratasiya va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi giponatriemiya, gipovolemiya, xlor ionlarini bir vaqtda yo‘qotish, ikkilamchi metabolik alkalozga olib kelishi mumkin, biroq alkalozni rivojlanish tez-tezligi va uning yaqqolligi yuqori emas; qon plazmasida siydik kislotasi va glyukozaning miqdorini oshishi: tiazid diuretiklarini podagra yoki qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– indapamidga, boshqa sulfonamid hosilalariga va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

– bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi;

– yaqqol jigar (shu jumladan, ensefalopatiya bilan) va/yoki buyrak yetishmovchiligi, anuriya;

– gipokaliemiya;

– galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi;

– homiladorlik va emizish davri;

– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan);

– indapamidni Q-T intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash (“Dorilarni o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang) mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Dekompensasiya bosqichidagi qandli diabet, giperurikemiya (ayniqsa, podagra va urat nefrolitiaz bilan kechuvchi), suv-elektrolitlar almashinuvini buzilishi, o‘rtacha jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, assit, yurak ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, Q-T intervalini uzayishi, giperparatireoz.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dori vositalarining noxush majmuasi

Indapamid va litiy preparatlarini, litiyning buyrak klirensini pasayishi fonida uning toksik samarasini rivojlanishini ehtimoli sababli, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Zarurati bo‘lganda diuretik preparatlarni litiy preparatlari bilan birga qo‘llash mumkin, bunda preparatlarning dozalarini sinchiklab tanlash, plazmada litiyning miqdorini doimo nazorat qilish kerak.

Alohida e‘tiborni talab qiluvchi preparatlarning majmuasi

Indapamidni Ia (xinidin, dizopiramid) va III sinf (amiodaron, bretilium, sotalol, dofetilid, ibutilid) antiaritmik preparatlar bilan, antiaritmik vositalar sinfiga mansub bo‘lmagan preparatlar bilan (ba‘zi neyroleptiklar: fenotiazinlar (xlorpromazin, sulpirid, sultoprid, tiaprid), butirofenonlar (droperidol, galoperidol), shuningdek boshqa preparatlar: bepridil, sizaprid, difemanil, eritromisin (vena ichiga), galofantrin, mizolatin, pentamidin, sparfloksasin, moksifloksasin, astemizol, vinkamin (vena ichiga) bilan birga qo‘llash, Q-T intervalning davomiyligiga sinergik ta‘siri (uzayishi) hisobiga, “piruet” turidagi aritmiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Gipokaliemiya preparatni qo‘llash uchun xavf omili hisoblanadi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va tetrakozaktid, shuningdek salisilatlarning katta dozalari, adrenostimulyatorlar, kortikosteroid preparatlar tizimli buyurilganda, indapamidning gipotenziv samarasini pasaytiradilar, baklofen gipotenziv samarasini kuchaytiradi.

Trisiklik antidepressantlar, antipsixotik vositalar preparatning antigipertenziv ta‘sirini kuchaytiradilar va ortostatik gipotenziya xavfini oshiradilar (additiv samara).

Amfoterisin V (v/i), glyukokortikosteroidlar va mineralokortikosteroidlar (tizimli buyurilganda), yurak glikozidlari, tetrakozaktid, ichakning harakatini rag‘batlantiruvchi vositalar, saluretiklar (halqali va tiazid) gipokaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradilar (additiv samara).

Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, digitalis intoksikasiyasini rivojlanishi ehtimoli oshadi.

Metforminni qabul qilish fonida sut kislotali asidozi rivojlanishi mumkin. Agar kreatininning darajasi erkaklarda 15 mg/l (135 mkmol/l) va ayollarda 12 mg/l (110 mkmol/l) dan oshsa, metforminni qabul qilish mumkin emas.

Kaliy tejovchi diuretiklar (amilorid, spironolakton, triamteren) bilan birga qo‘llash samarali bo‘lishi mumkin, biroq bunda ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gipokaliemiya yoki giperkaliemiyani rivojlanish ehtimolini to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi.

Angiotenzin-aylantiruvchi fermentning (AAF) ingibitorlari plazmada natriyning konsentrasiyasini pasaytirio‘lari sababli, arterial gipotenziyani va/yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligini to‘satdan rivojlanishi xavfini (ayniqsa, buyrak arteriyalari stenozida) oshiradilar. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda davolashni AAF ingibitorlarining kichik dozalarini buyurishdan oldin, iloji boricha indapamidning dozasini oldindan pasaytirib boshlash kerak.

Organizmni suvsizlanishi fonida yod saqlovchi kontrast moddalar ishlatilganda (ayniqsa, katta dozalari) indapamid o‘tkir buyrak yetishmovchiligining rivojlanish xavfini oshiradi.

Kalsiy preparatlari bilan bir vaqtda buyurilganda, siydik bilan kalsiy ionlarining ekskresiyasini pasayishi oqibatida, plazmada ularning konsentrasiyalari oshishi mumkin.

Indapamid siklosporin bilan bir vaqtda qabul qilinganda plazmada kreatininning darajasi oshishi mumkin.

Aylanayotgan qon hajmining kamayishi natijasida ivish omillarining konsentrasiyalarini oshishi va jigar tomonidan ularning ishlab chiqarilishini oshishi oqibatida bevosita antikoagulyantlarning (kumarin yoki indandion hosilalari) samaralarini pasaytiradi (dozani tuzatish talab qilinishi mumkin).

Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning ta‘siri ostida rivojlanadigan            nerv-mushak o‘tkazuvchanligining blokadasini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Indapamid “xavf guruhi”, ya‘ni yondosh patologiyasi: yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi qandli diabet, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, giperlipidemiyalari bo‘lgan bemorlarda, shuningdek tuzsiz parhezda bo‘lgan shaxslarda, arterial gipertenziyani davolashda samaradorlik namoyon qiladi.

Indapamid uzoq vaqt qo‘llanganda giponatriemiya, gipokaliemiya, giperkalsiemiya va gipoxloremik alkaloz kabi elektrolitlar almashinuvini buzilishlari rivojlanishi mumkin.

Elektrolitlarning ko‘rsatkichlarini juda sinchiklab nazorat qilish jigar sirrozi (ayniqsa shishlar va assit bilan – jigar ensefalopatiyasining kechishini kuchaytiruvchi metabolik alkaloz rivojlanishini xavfi), yurak ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda muhimdir.

Bundan tashqari yuqori xavf guruhiga QT intervali oshgan bemorlar kiradi, bunda bu oshish tug‘ma sabablar yoki patologik jarayonning borligi bilan chaqirilganligi ahamiyatga ega emas.

Yuqorida ta‘riflangan barcha hollarda plazmada kaliyning miqdorini muntazam nazorat qilish kerak. Qonda kaliy ionlarining konsentrasiyasini birinchi marta o‘lchashni davolash boshlangandan keyin birinchi hafta davomida o‘tkazish kerak. Gipokaliemiya paydo bo‘lganda tegishli davolash buyurilishi kerak.

Indapamid chaqirgan gipokaliemiyada, yurak glikozidlarining toksikligi oshishi mumkin. Bundan tashqari yurak glikozidlari, ichakning harakatini rag‘batlantiruvchi vositalar qabul qilayotgan bemorlarda, giperaldosteronizmda, shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda nafaqat kaliyning, balki kreatininning miqdorini sinchiklab nazorat qilish ko‘rsatilgan.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipokaliemiya borligida qonda glyukozaning darajasini nazorat qilish muhim.

Insulinga qaram qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda indapamid karbonsuvlar almashinuviga deyarli ta‘sir qilmasligiga qaramasdan, insulinning kerakli dozasini oshirishi mumkin, yashirin qandli diabetda qonda glyukozaning nazoratini amalga oshirish kerak.

Indapamid siydik bilan kalsiy ionlarining chiqarilishini kamaytirib, plazmada kalsiyning konsentrasiyasini ahamiyatsiz darajada va vaqtinchalik oshishiga olib kelishini ko‘zda tutish kerak.

Yaqqol giperkalsiemiya ilgari tashxis qo‘yilmagan giperparatireozning oqibati bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez oldi bezlarining funksiyasini tekshirishdan oldin preparat qabul qilishni bekor qilish kerak.

Indapamid siydik bilan magniyni chiqarilishini oshiradi, bu gipomagniemiyaga olib kelishi mumkin. Indapamid qo‘llanganda, shuningdek podagra xurujlari tez-tezligining oshishi sababli, plazmada siydik kislotasi va qoldiq azot miqdorini muntazam nazorat qilish kerak.

Indapamidni qo‘llash fonida ortostatik gipotenziyaning ko‘rinishlari alkogol, barbituratlar, narkotik preparatlar, shuningdek boshqa gipotenziv vositalarni qabul qilish bilan ham qo‘zg‘atilishi mumkin.

Indapamid, umuman olganda faqat buyrak faoliyati normal bo‘lgan yoki ahamiyatsiz buzilgan (katta odamlarda plazmada kreatinin miqdori 25 mg/l yoki 220 mkmol/l dan kam) bemorlarda samarali.

Bemorlarda davolashning boshida indapamid qabul qilish fonida o‘z navbatida suv va natriy ionlarini yo‘qotilishi bilan chaqirilgan gipovolemiya bilan ifodalanuvchi kalava filtrasiyasini pasayishi kuzatilishi mumkin. Oqibatda plazmada mochevina va kreatininning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Agar buyrak funksiyasi buzilmagan bo‘lsa, bunda vaqtinchalik buyrak yetishmovchiligi odatda asoratlarsiz o‘tib ketadi, biroq mavjud bo‘lgan buyrak yetishmovchiligida bemorning holati yomonlashishi mumkin.

Arterial gipertenziya va giponatriemiyasi (indapamid qabul qilish oqibatida) bo‘lgan bemorlarda birinchi navbatda AAF ingibitorlarining kichik dozalarini buyurish yoki AAF ingibitorlarini qabul qilishni boshlashdan 3 kun oldin indapamid qabul qilishni to‘xtatish kerak, so‘ngra zarurati bo‘lganda uni qabul qilishni tiklash mumkin. Jigar sirrozi (ayniqsa shishlar yoki assit bilan – jigar ensefalopatiyasining kechishini kuchaytiruvchi metabolik alkaloz rivojlanish xavfi) bo‘lgan bemorlarni juda sinchiklab nazorat qilish ko‘rsatilgan.

Indapamid jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga buyurilganda jigar ensefalopatiyasi rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda preparatlarni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.

Indapamid tizimli qizil yugurikning kechishini yomonlashtirishi mumkin.

Indapamid doping-nazorat o‘tkazilganda musbat natija berishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransport/harakatlanayotgan mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat psixomotor reaksiyalarni buzilishiga olib kelmaydi. Biroq alohida hollarda, ayniqsa davolash kursining boshida yoki bir necha antigipertenziv preparatlar birga qabul qilinganda arterial bosimning pasayishiga javoban turli shaxsiy reaksiyalar rivojlanishi mumkin, buni avtotransportni boshqarish va harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlashda hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Indapamid hatto juda yuqori dozalarda (40 mg gacha, ya‘ni terapevtik dozadan 16 marta katta) ham toksik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat bilan o‘tkir zaharlanish belgilari birinchi navbatda suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (giponatriemiya, gipokaliemiya) bilan bog‘liq.

Dozani oshirib yuborilishida quyidagi klinik simptomlari kuzatilishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, arterial gipotenziya, tirishishlar, bosh aylanishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi, poliuriya yoki anuriya bilan tugaydigan oliguriya (gipovoliemiyaning oqibatida).

Shoshilinch yordam choralari organizmdan preparatni chiqarib boshlash choralariga qaratilgan: me‘dani yuvish va/yoki faollashtirilgan ko‘mir buyurish, va o‘z navbatida suv-elektrolitlar muvozanatini tiklash.

Spesifik antidoti mavjud emas.

 

Chiqarilish shakli

0,625 mg, 1,25 mg, 2,5 mg dan tabletkalar.

10 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterda.

3, 6 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanagan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250 S haroratda.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INDAP tabletkalari 1,25mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INDAP tabletkalari 1,25mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INDAP tabletkalari 1,25mg N30 dori vositasi Pro. Med. CS Praha a.s. tomonidan Chexiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INDAP tabletkalari 1,25mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INDAP tabletkalari 1,25mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
INDAP kapsulalar 2,5mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
ARIFON RETARD tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СЕРВЬЕ РУС ООО
Narh: 66 100 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
URSOSAN kapsulalar 250mg N10
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
MONOSAN tabletkalari 40mg N30
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
INDAP kapsulalar 2,5mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
REBAGIT tabletkalari 100mg N30
Narh: 132 000 so'mdan Batafsil
TIAPROSAN tabletkalari 100mg N30
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N100
Narh: 380 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N50
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
MONOSAN tabletkalari 20mg N30
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
BISOTEKSA tabletkalari 10mg N30
BISOTEKSA tabletkalari 5mg N30
PROSULPIN tabletkalari 200mg N30
Narh: 87 600 so'mdan Batafsil
PROSULPIN tabletkalari 50mg N30
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
NITRESAN tabletkalari 10mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N30
Narh: 234 800 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Narh: 456 000 so'mdan Batafsil
AMBROSAN tabletkalari 30mg N20
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30
Narh: 123 600 so'mdan Batafsil
PROPANORM tabletkalari 150mg N50
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
ITOMED tabletkalari 50mg N40
Narh: 101 900 so'mdan Batafsil
RANISAN tabletkalari 150mg N20
PROPANORM tabletkalari 300mg N50
Narh: 243 000 so'mdan Batafsil
FAMOSAN tabletkalari 40mg N10
FAMOSAN tabletkalari 20mg N20
PROPANORM inyeksiya uchun eritma 10ml 3,5mg/ml N10
TIAPROSAN tabletkalari 100mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pro. Med. CS Praha a.s.
Другие формы препарата
INDAP kapsulalar 2,5mg N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9