QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RIFAMPISIN
RIFAMPICINUM
Preparatning savdo nomi: Rifampisin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rifampisin
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: rifampisin 150 mg; 300 mg;
yordamchi moddalar: natriy karboksimetil kraxmali (kraxmal natriy glikolyati, primogel), – 3,0 mg/6,0 mg, makkajo‘xori kraxmali – 0,3 mg/0,6 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil marka A-300) – 2,0 mg/4,0 mg, magniy gidroksikarbonati – 2,3 mg/4,6 mg, magniy stearati – 1,5 mg/3,0 mg, mikrokristall sellyuloza – 0,9 mg/1,8 mg.
qattik jelatin kapsulalar tarkibi:
150 mg doza uchun: tozalangan suv 14-15%, natriy lauril sulfati – 0,12%, Ponso 4R buyovchisi 124 – 0,2401%, sariq shafaq bo‘yovchisi Ye110 – 0,0753%, titan dioksidi -1,5003%, jelatin – 100% gacha.
300 mg doza uchun: tozalangan suv 14-15%, natriy lauril sulfati – 0,12%, Ponso 4R buyovchisi 124 – 0,9002%, azorubin bo‘yovchisi Ye – 122 – 0,9002%, titan dioksidi – 1,312%, jelatin – 100% gacha.
Ta‘rifi:
150 mg dozasi uchun – kattik jelatin kapsulalar №1, korpusi to‘q-sariq-qizil rangli, qopqog‘i – to‘q-sariq-qizil rangli;
300 mg dozasi uchun – qattiq jelatin kapsulalar №0, korpusi qizil rangli, qopqog‘i qizil rangli;
kapsulaning ichidagisi – oq dog‘lari bo‘lgan qizil yoki qizi-jigarrang rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruxi: Antibiotik (ansamisin guruhi).
ATX kodi: J04AB02
Farmakologik ta‘siri
Keng ta‘sir doirasiga ega yarim sintetik antibiotik bo‘lib, tuberkulyozga qarshi I qator dori vositasi hisoblanadi. Kichik konsentrasiyalarda Mycobacterium tuberculosis, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Rickettsia typhi, Mycobacterium leprae ga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi; yuqori konsentrasiyalarda ba‘zi grammanfiy mikroorganizmlarga: Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae grammusbat organizmlar: Staphylococcus spp.(shu jumladan penisillinazani hosil kiluvchilar va metisillinga chidamli ko‘pchilik shtammlari), Streptococcus spp., Clostridium spp., Bacillus antracis ga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Hujayra ichida va hujayradan tashqarida joylashgan mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Mikroorganizmlarning DNK ga bog‘liq RNK-polimerazasi bostiradi. Preparat bilan monoterapiya o‘tkazilganda rifampisinga rezistent bakteriyalarning seleksiyasi tez kuzatiladi. Boshqa antibiotiklar bilan (qolgan rifampisinlardan tashqari) kesishgan chidamlilik rivojlanmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – tez, ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishini kamaytiradi. 600 mg dozasi och qoringa qabul qilinganida qonda maksimal konsentrasiyasi – 10 mkg/ml, qonda maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 2-3 soatni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 84-91% ni tashkil qiladi.
A‘zolar va to‘kimalarga tez taqsimlanadi (eng yuqori konsentrasiyasi – jigarda va buyraklarda aniqlanadi), suyak to‘kimasiga o‘tadi, so‘lakdagi konsentrasiyasi – plazmadagi konsentrasiyasining 20% ni tashkil qiladi. Taxmin qilingan taqsimlanish hajmi – kattalarda 1,6 l/kg va bolalarda- 1,1 l/kg ni tashkil qiladi.
Gematoensefalik to‘siq (GET) orqali faqat miya pardalari yallig‘langan hollardagina o‘tadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi (homilaning plazmasidagi konsentrasiyasi — onaning plazmasidagi konsentrasiyaning 33% ni tashkil qiladi) va ko‘krak suti bilan ajraladi (emizikli bolalar preparatning terapevtik dozasidan ko‘pi bilan 1% oladilar).
Jigarda farmakologik jihatdan faol metabolit – 25-O-deasetilrifampisinni hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Autoinduktor hisoblanadi – jigarda o‘zining metabolizmni tezlashtiradi — natijada umumiy klirensi – birinchi dozasini qabul qilingandan so‘ng – 6 l/soat, takroran qabul qilingandan so‘ng 9 l/soatga oshadi. Shuningdek ichga qabul qilinganida ichak devorining fermentlari induksiyalanishi mumkin.
Preparat 300 mg dozada ichga qabul qilgandan so‘ng yarim chiqarilish davri – 2,5 soat, 600 mg – 3-4 soat, 900 mg – 5 soatni tashkil qiladi. Takroran yuborilgandan so‘ng bir necha kundan keyin biokiraolishligi kamayadi va 600 mg dozada ichga ko‘p marta qabul qilingandan so‘ng T1/2 1-2 soatgacha qisqaradi. Asosan safro bilan 80% – metabolitlar ko‘rinishida, 20% buyraklar orqali chiqariladi. Preparat 150-900 mg dozada ichga qabul qilingandan so‘ng buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladigan rifampisinning miqdori, qabul qilingan dozaning kattaligiga bog‘liq va 4-20% ni tashkil qiladi.
Buyraklarni ajratuvchi faoliyati buzilgan pasientlarda T1/2 faqat uning dozasi 600 mg dan oshgan hollardagina uzayadi.
Peritoneal dializ va gemodializda chiqariladi. Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda plazmada rifampisinning konsentrasiyasini oshishi va T1/2 uzayishi kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
Tuberkulyoz (barcha shakllari) – majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi. Moxov (dapson bilan majmuada — kasallikning multibasillyar turlari). Sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infeksion kasalliklar (boshqa antibiotiklarga chidamlilik bo‘lgan xollarda va mikroblarga qarshi majmuaviy davolash tarkibida; tuberkulyoz va moxov tashxisi istisno qilinganidan so‘ng). Brusellez – tetrasiklinlar guruxi (doksisiklin) antibiotiki bilan majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Meningokokkli menigit (meningokokkli meningit bilan kasallanganlar bilan yaqin kontaktda bo‘lgan shaxslarda oldini olish uchun; Neisseria meningitides basillalarini tashuvchilarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, och qoringa, ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilinadi. Tuberkulyozni davolash uchun tuberkulyozga qarshi bitta dori vositasi (izoniazid, pirazinamid, etambutol, streptomisin) bilan majmuada qo‘llanadi.
Tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan kattalarga – sutkada 600 mg buyuriladi. Bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga sutkada 10-20 mg/kg; maksimal sutkalik dozasi – 600 mg ni tashkil qiladi.
Tuberkulyozli meningit, disseminasiyalangan tuberkulyoz, umurtqa pog‘onasini nevrologik o‘zgarishlar bilan shikastlanishi, tuberkulyozni OITV – infeksiyasi bilan qo‘shilishida umumiy davolash davomiyligi – 9 oy, preparat har kuni qo‘llanadi, birinchi 2 oyda izoniazid, pirazinamid va etambutol (yoki streptomisin) bilan birga, 7 oy – izoniazid bilan birga qo‘llanadi.
O‘pka tuberkulyozida va balg‘amda mikobakteriyalar aniqlanganida, quyidagi uchta sxemadan biri qo‘llanadi (hammasining davomiyligi 6 oy):
Moxovni multibasiyalar (lepromatoz, chegarali, lepromatoz va chegarali) turlarini davolash uchun kattalarga – 600 mg oyda bir marta dapson (100 mg sutkada 1 marta) va klofazimin (50 mg sutkada 1 marta + 300 mg oyda 1 marta) bilan majmuada qo‘llanadi; bolalarga 10 mg/kg oyda 1 marta dapson (sutkada 1-2 mg/kg) va klofazimin (50 mg kunora + 200 mg oyda 1 marta) bilan majmuada qo‘llanadi. Minimal davolash davomiyligi – 2 yil.
Moxovni pausibasillyar (tuberkuloid va chegarali tuberkuloid) turlarini davolash uchun kattalarga – 600 mg oyda 1 marta, dapson – 100 mg (1-2 mg/kg) sutkada 1 marta majmuada qo‘llanadi; bolalarga – 10 mg/kg oyda 1 marta, dapson – sutkada 1-2 mg/kg bilan majmuada qo‘llanadi. Davolash davomiyligi – 5 oy.
Sezuvchan mikroorganizmlar chakirgan infeksion kasalliklarni davolash uchun mikroblarga qarshi boshqa dori vositalar bilan majmuada buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik doza – 0,6- 1,2 g; bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun – 10-20 mg/kg. Qabul qilishlar soni – sutkada 2 marta.
Brusellezni davolash uchun – sutkada 900 mg, bir marta, ertalab och qoringa, doksisiklin bilan majmuada qo‘llanadi; o‘rtacha davolash davomiyligi – 45 kun.
Meningokokkli meningitni oldini olish uchun — sutkada 2 marta har 12 soatda 2 sutka davomida qabul kilinadi. Kattalar uchun bir martalik dozasi – 600 mg; bolalar uchun bir martalik dozasi – 600 mg; bolalar uchun – 10 mg/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun – 5 mg/kg ni tashkil qiladi.
Buyraklarning chiqarish faoliyati buzilgan va jigarni faoliyati saqlangan pasientlarga preparatning dozasini to‘g‘irilash, faqat u sutkada 600 mg dan oshganda talab qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ishtahani pasayishi, eroziv gastrit, soxta membranoz enterokolit, qon zardobda “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, eozinofiliya, angionevrotik shish, bronxospazm, artralgiya, isitma.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ataksiya, dezorientasiya. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: nefronekroz, interstisial nefrit.
Boshqalar: leykopeniya, dismenoreya, porfiriyani induksiyasi, miasteniya, giperurikemiya, podagrani zo‘rayishi.
Nomuntazam qabul qilinganda yoki tanaffusdan so‘ng davolash qaytadan boshlanganida grippsimon sindrom (isitma, et uvishishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, mialgiya), teri reaksiyalari, gemolitik anemiya, trombositopenik purpura, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
O‘ta yukori sezuvchanlik, sariqlik, yaqinda o‘tkazilgan infeksion gepatit, laktasiya davri, surunkali buyrak yetishmovchiligi, og‘ir o‘pka – yurak yetishmovchiligi, emizikli bolalar. Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik (faqat “hayotiy” ko‘rsamalarga muvofik).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Rifampisin bilvosita antikoagulyantlar, peroral gipoglikemik dori vositalar, gormonal kontraseptivlar, angishvonagul preparatlari, antiaritmik dori vositalar (dizopiramid, pirmenol, xinidin, meksiletin, tokainid), glyukokortikosteroidlar, dapson, fenitoin, geksobarbital, nortriptilin, benzodiazepinlar, jinsiy gormonal, teofillin, xloramfenikol, ketokonazol, itrakonazol, siklosporin A, azatioprin, beta- adrenoblokatorlar, “sekin” kalsiy kanallari blokatorlari, enalapril, simetidinlarning faolligini pasaytiradi (rifampisin jigarning ferment tizimi – sitoxrom R450 tizimining induksiyasini chaqirib), dori vositalarning metabolizmini tezlashtiradi). Antasidlar, opiatlar antixolinergik vositalar va ketokonazol rifampisinning biokira olishini (ichga bir vaqtda qabul qilingan holda) pasaytiradilar. Izoniazid va/yoki pirazinamid jigarning faoliyatini buzilishi og‘irligi va tez-tezligini oldindan jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarga faqat rifampisin buyurilganidagiga qaraganda ko‘proq darajada oshiradi. Bentonit saqlovchi PASK preparatlari (alyuminiy gidrosilakati) ni, preparat qabul qilgandan so‘ng kamida 4 soatdan keyin buyurish kerak, chunki so‘rilishi buzilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash fonida teri, balg‘am, ter, axlat, ko‘z yoshi, siydik zarg‘aldok-qizil rangli tus oladi. Yumshoq kontakt linzalari barqaror bo‘yalishi mumkin. Mikroorganizmlarga chidamlilikni rivojlanishini oldini olish uchun mikroblarga qarshi boshqa dori vositalar bilan majmuada qo‘llash kerak.
Preparatni intermittirlanuvchi (orada tanaffuslar bilan) sxema bo‘yicha qabul qilgan bemorlarda grippsimon sindrom, asoratlanmagan trombositopeniya, gemolitik anemiya, bronxospazm, hansirash, shok va buyrak yetishmovchiligi rivojlangan hollarda har kuni qabul qilish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Bunday hollarda dozani asta-sekin oshiriladi: birinchi kun 75-150 mg buyuriladi, kerakli terapevtik dozaga 3-4 kun davomida erishiladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan jiddiy asoratlar kuzatilsa, rifampisin bekor qilinadi.
Buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak; glyukokortikosteroidlarni qo‘shimcha ravishda buyurish mumkin. Homiladorlik vaqtida (ayniqsa I uch oyligida) faqat hayotiy ko‘rsatmalarga muvofiq davolash mumkin. Homiladorlikning oxirgi haftalarida buyurilganida onada tug‘ruqdan keyingi qon ketish kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda K vitamini buyuriladi. Reproduktiv yoshdagi ayollarga davolash vaqtida ishonchli kontrasepsiya usullarini (peroral gormonal kontraseptivlar va nogormonal qo‘shimcha kontrasepsiya usullari) qo‘llash kerak. Meningokokkli basilla tashuvchilarda profilaktik ravishda qo‘llanganda rifampisinga chidamlilik rivojlangan hollarda kasallikning simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun pasientlarni jiddiy nazorat qilish kerak.
Uzok vaqt qo‘llanganida periferik qon manzarasi va jigar faoliyatini tizimli nazorat qilish ko‘rsatilgan. Davolash vaqtida qon zardobida folat kislotasi va sianokobalaminning konsentrasiyasini mikrobiologik aniqlash usullarini qo‘llash mumkin emas.
Davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: o‘pka shishi, letargiya, ongni chalkashishi, tirishishlar.
Davolash: simptomatik, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish; jadallashtirilgan diurez.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 150 mg, 300 mg.
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
2, 3, 5, 10, 50, 100, 200 yoki 500 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton kutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroklilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept buyicha.