×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BEKARBON tabletkalari N20

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Натрия гидрокарбонат, красавка
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
ATX kodi:
- A03ED
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BISAKODIL suppozitorii 10mg N10 Фармаприм, ООО Moldova
4 400 s`om dan
LASIDOFORTE kapsulalar N10 World Medicine Europe, Болгария произведено: Adipharm LTD Bolgariya
35 000 s`om dan
LAKTOFILTRUM tabletkalari N60 АВВА РУС АО Rossiya
72 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BEKARBON tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BEKARBON

BECARBON

Preparatning savdo nomi: Bekarbon

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: atropinga qayta hisoblanganda 1,5% alkaloidlar yig‘indisi – asos (giosmin) va quruq modda – 10 mg, belladonnaning quyuq ekstrakti (Belladonnae extractum spissum) – suvli-spirtli ((4,8-5,2):1) (ekstragent 20% (hajm nisbati) etanol) 300 mg natriy gidrokarbonati.

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, och-qo‘ng‘irdan sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli, kiritmalari bo‘lgan, chetlari kesilgan va riskali va o‘ziga xos kuchsiz hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da-ichak yo‘llari funksional buzilishlarida qo‘llanadigan vositalar. Spazmolitik va antixolinergik vositalar boshqa preparatlar bilan majmuada.

ATX kodi: A03ED

 

Farmakologik xususiyatlari

Bekarbon – majmuaviy preparat bo‘lib, analgetik, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek me‘da shirasining erkin xlorid kislotasini neytrallaydi, shu sababli me‘da shilliq qavatiga himoyalovchi ta‘sirga ega.

Qo‘llanilishi

  • Me‘da-ichak yo‘llarining funksional buzilishlari (qorindagi funksional og‘riq);
  • me‘da-ichak yo‘llari a‘zolari silliq mushaklarining spazmlari;
  • o‘t chiqarish yo‘llarining spazmlarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga ovqatlanishdan 30-40 minut oldin, 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ichga qo‘llanadi. Tabletkani chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan yutib yuborish kerak.

Eng yuqori bir martalik doza 5 tabletkani tashkil qiladi.

Bekarbon simptomatik qisqa muddatli qo‘llash uchun mo‘ljallangan, shuning uchun davolash davomiyligini shaxsiy ravishda tanlash kerak.

Agar kasallik simptomlari 3-5 kun davomida o‘tib ketmasa, davolash sxemasini qayta ko‘rib chiqish va preparatni keyinchalik qo‘llash bo‘yicha shifokorga murojaat qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylik, uyquchanlik, qo‘zg‘alish (ayniqsa yoshi katta pasientlar guruhida), holsizlik, uyquni buzilishi, ataksiya (harakat koordinasiyasini buzilishi), nutqni buzilishi.

Siydik chiqarish tizimi: siyishni qiyinlashishi va tutilishi.

Ovqat hazm qilish yo‘llari: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ta‘m bilishni buzilishi, kekirish, disfagiya, meteorizm, qorinda spazm/og‘riq, ichak motorikasini atoniyagacha susayishi, qabziyat, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t qopi tonusini pasayishi; preparatni yuqori dozalarda qisqa muddat ichida qabul qilinganda me‘da shirasini kompensator gipersekresiyasi qayd qilinishi mumkin.

Ko‘rish a‘zolari: qorachiqni kengayishi, yorug‘likdan qo‘rquv, akkomodasiya falaji, ko‘rishni noaniqligi, ko‘z ichki bosimini oshishi.

Yurak-qon tomir tizimi: yuzni qizarishi, qizib ketish hissi, yurak urishini his qilish, aritmiyalar (shu jumladan ekstrasistoliya, taxikardiya), miokard ishemiyasi, arterial bosim oshishi mumkin.

Nafas tizimi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari: qiyin ajraladigan, yopishqoq balg‘am paydo bo‘lishiga olib keluvchi bronxlar sekretor faolligini va tonusini kamayishi.

Immun tizimi: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining ko‘rinishlari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok.

Teri va teri osti kletchatkasi: teri toshmasi, giperemiya, eshakemi, eksfoliativ dermatit.

Boshqalar: ter ajralishini kamayishi, teri va shilliq qavatlarni qurishi, dizartriya, shishlar, mavjud gipokaliemiyani kuchayishi.

Har qanday salbiy reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda, pasient preparatni keyinchalik qo‘llashi yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashishi kerak!

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Belladonnaga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • yurak qisqarishlari sonini oshishi istalmagan yurak-qon tomir kasalliklari: xilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, mitral stenoz, og‘ir darajali arterial gipertenziya;
  • ichak tutilishi bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari, gipoasid gastrit;
  • siydikni tutilishi yoki unga moyillik;
  • glaukoma;
  • miasteniya;
  • gipertermik sindrom;
  • tireotoksikoz;
  • o‘tkir qon ketishlari;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashdagi xavfsizlikning tegishlari choralari.

Bekarbon bilan davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparatning tavsiya etilgan dozalarini oshirish mumkin emas.

Preparatni qo‘llaganda alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Quyidagilari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak:

  • vegetativ (avtonom) neyropatiyasi bo‘lgan;
  • siydik chiqarish yo‘llarining obstruksiyasisiz prostata bezi gipertrofiyasi bo‘lgan;
  • Daun kasalligi bo‘lgan pasientlarda serebral falajda, bosh miyani shikastlanishlarida;
  • jigar va buyrak yetishmovchiligi;
  • balg‘am kam ajralishi bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari, ayniqsa holsizlangan bemorlarda;
  • reflyuks-ezofagit, reflyuks-ezofagit bilan kechuvchi diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi bo‘lgan;
  • ichakning yallig‘lanish kasalliklari, shu jumladan nospesifik yarali kolit va Kron kasalligi bo‘lgan;
  • megakolon bilan xastalangan;
  • kserostomiyali (og‘izni qurishi), keksa yoshdagi pasientlar va xolsizlangan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Atrof-muhitdagi yuqori haroratda Bekarbon issiq urishiga olib kelishi mumkin.

Shifokor maslahatisiz preparatni belgilangan muddatdan uzoqroq qo‘llash mumkin emas!

Agar kasallik belgilari yo‘q bo‘lishni boshlamasa yoki aksincha, sog‘liqning holati yomonlashsa, yoki noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lsa, pasient preparatni qabul qilishni to‘xtatishi va keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokorga murojaat qilishi kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz biron-bir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu haqida albatta shifokorga xabar bering!

Bekarbon quyidagilar bilan qo‘llanganda:

  • amantadin, antiaritmik antixolinergik preparatlar (shu jumladan xinidin), trisiklik antidepressantlar, nefopam, glyutetimid bilan – Bekarbonning antixolinergik samaralari kuchayadi;
  • opioid analgeiklar va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi preparatlar (shu jumladan fenotiazinlar) bilan – markaziy nerv tizimini xavfli tormozlanishi yuz beradi;
  • butirofenonlar (galoperidol) va organik nitratlar bilan – ko‘z ichki bosimi oshadi;
  • tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar bilan – kortikosteroidlarning samarasi kamayadi va ko‘z ichki bosimi oshishi mumkin;
  • pilokarpin bilan – glaukomani davolashda uning samarasi kamayadi;
  • mxolinoblokatorlar bilan – antixolinergik samaralar kuchayadi;
  • furosemid bilan – ortostatik gipotenziya bo‘lishi mumkin;
  • rezerpin, MAO ingibitorlari, guanetidin, antasid vositalar, askorbin kislotasi, antapulgit bilan – Bekarbonning samarasi kamayadi;
  • levodopa bilan – levodopaning tizimli konsentrasiyasi kamayadi, shuning uchun uning dozasiga tuzatish kiritish kerak;
  • ba‘zi antigistamin preparatlari (shu jumladan meklizin) bilan – antigistamin samarasi kuchayadi;
  • beta-adrenoreseptorlar blokatorlari bilan – ularning samarasi pasayadi;
  • gormonal kontraseptivlar bilan – kontraseptiv samarasi pasayadi;
  • monoaminlarni neyronal qayta qamrab olinishini noselektiv ingibitorlari bilan – ikkala preparatning sedativ samarasi kuchayadi;
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, grizeofulvin, digitoksin, doksisiklin, metoklopramid, metronidazol bilan – ushbu preparatlarning samaralari pasayadi;
  • ketokonazol bilan – Bekarbon tomonidan me‘da shirasining rN oshishi ketokonazolni so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun Bekarbonni ketokonazolni qabul qilishdan kamida 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
  • sulfanilamidlar bilan – buyrakni shikastlanishi xavfi ortadi;
  • indapamid, nizatidin bilan – ularning samarasi oshadi;
  • kaliy xloridi bilan – me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatini shikastlanishi mumkin;
  • domperidon bilan – antixolinergik preparatlarning samaralari domperidonning me‘da-ichak faolligiga bo‘lgan samaralariga antagonistik;
  • litiy bilan – natriy gidrokarbonati litiyning qon plazmasidagi konsentrasiyasini kamaytirib, uni chiqarilishini oshiradi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi natriy gidrokarbonati antasid xususiyatlarga ega ekanligi sababli, Bekarbonni boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash maqsadga muvofiq emas (ularni so‘rilishi buzilishi mumkin).

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida faqat shifokor fikricha ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar. Bolalarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun Bekarbonni ushbu toifa pasientlarga buyurish mumkin emas.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Preparatni qo‘llashda nerv tizimi, ko‘rish a‘zolari tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar sababli avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya reaksiyalar ko‘rinishlarini kuchayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, qo‘zg‘alish, ta‘sirchanlik, tremor, tirishishlar, uyqusizlik, uyquchanlik, gallyusinasiyalar, gipertermiya, taxipnoe va giperpnoe, suvsizlanish, markaziy nerv tizimini susayishi, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni susayishi belgilari bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish, xolinomimetiklar va antixolinesteraz vositalarni parenteral yuborish. Davolash simptomatik.

Dozani oshirib yuborilishining birinchi belgilarida tibbiy yordam uchun darhol shifokorga murojaat qilish kerak!

Chiqarilish shakli  

10 tabletkadan blisterda, 2 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BEKARBON tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BEKARBON tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BEKARBON tabletkalari N20 dori vositasi Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BEKARBON tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BEKARBON tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Digoksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 6 900 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
KORVITIN liofilizat 0,5g N1
Narh: 119 800 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
TEOPEK tabletkalari 300mg N50
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KRATAL tabletkalari N20
VENORUTINOL gel 40g 2%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
VENOGEPANOL gel 40g
VERAPAMILA GIDROXLORID tabletkalari 80mg N50
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 11 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLINA GIDROXLORID tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
INDOVENOL gel 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
ALLOPURINOL tabletkalari 0,1g N50
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MENOVALEN kapsulalar N20
KETOTIFEN sirop 50ml 1mg/5ml
BORIZOL tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: riluzol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
RIFAMPISIN kapsulalar
KLOTREKS maz 25g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9