×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INDOVENOL gel 40g

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
- Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
ATX kodi:
- C05CA51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
PRESTILOL tabletkalari 5mg/5mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
100 800 s`om dan
OLMESAR G tabletkalari 20mg/12,5mg N28 Macleods Pharmaceutical Ltd Hindiston
64 000 s`om dan
KORAKSAN tabletkalari 7,5mg N56 Servier Les Laboratoires Frantsiya
160 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INDOVENOL gel 40g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INDOVENOL

INDOVENOL

 

Preparatning savdo nomi: Indovenol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): venorutinol. indometasin

Dori shakli: gel.

Tarkibi:

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 20 mg venorutinol va 30 mg indometasin;

yordamchi moddalar: 96% etanol, propilenglikol, dimetilsulfoksid, karbomer, polietilenglikol 400.

Ta‘rifi: sariq rangli, bir xil konsistensiyasi, o‘ziga xos hidli gel.

Farmakoterapevtik guruhi. Angioprotektorlar. Kapillyarlarni turg‘unlovchi vositalar. Rutozid, majmualar.

ATX kodi: S05SA51.

 

Farmakologik xususiyatlari

Indovenolning farmakologik xususiyatlari uning tarkibidagi ta‘sir qiluvchi moddalar –venorutinol va indometasin bilan belgilanadi.

Venorutinol–bioflavonoid, R-vitamini faolligiga ega, bioflavonoid, yaqqol angioprotektor, venalar tonusini oshiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, antioksidant xususiyatlarni namoyon qiladi, kapillyarlarni o‘tkazuvchanligini va mo‘rtligini kamaytiradi, ularning elastikligini, egiluvchanligini va travmatik shikastlanishlarga rezistentligini ta‘minlaydi, tomirlar devorida ekssudativ yallig‘lanishni kamaytiradi. Shunday qilib, bu mikrosirkulyasiyani normallashuviga yordam beradi, to‘qimalarning trofikasini yaxshilaydi, venalarda va vena oldi to‘qimalarda dimlanishlarni kamaytiradi.

Indometasin-nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar guruhi preparatidir, mahalliy qo‘llanganda yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, shishga qarshi va prostaglandinlar va boshqa yallig‘lanish mediatorlarining sintezini susayishi bilan bog‘liq bo‘lgan antiagregant ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning asosi bo‘lgan gel ta‘sir etuvchi moddalarni tez va maksimal ajralib chiqishiga va yallig‘langan to‘qimalarda va sinovial suyuqlikda kerakli terapevtik konsentrasiyani barpo qilinishiga yordam beradi. Indometasin qon plazmasi oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Metabolizmi jigarda O-demitillanish va N-deasetillanish yo‘li bilan nofaol birikmalar xosil qiladi. 60% siydik bilan va 30% ahlat bilan chiqariladi. Ko‘krak sutiga o‘tadi.

 

Qo‘llanilishi

Mahalliy davolash uchun:

  • surunkali venoz yetishmovchiligidagi trofik buzilishlari;
  • og‘riq va shish bilan kechuvchi venalarning varikoz kengayishi;
  • mushak- bo‘g‘im kasalliklari (bursit, tendovaginit, miozit, sinovit);
  • jarohat natijasidagi gematomalar.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat sirtga qo‘llanadi! 0,5-1 g Indovenolni (2,5-5 sm uzunlikdagi gel) teriga bir tekis yupqa qilib surtiladi va 1-2 minut davomida sekin ishqalanadi. Preparat aplikasiya qilingandan keyin qo‘llarni yuvish kerak (qo‘llar sohasiga aplikasiya qilingandan tashqari hollarda). Muolajani sutkada 2-3 marta takrorlash kerak. Kattalar va 14 yoshdan boshlab, bolalar uchun gelning sutkalik dozasi 5 g dan oshmasligi kerak. Indovenol bilan davolashning davomiyligi shifokor pasientni holatiga qarab belgilaydi. Davolash kursi 10 kundan oshmasligi kerak.

Bolalar.

Indovenol 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Alohida hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaksiyalari (allergik reaksiyalar), shu jumladan giperemiya, qichishish, eshakemi, ekzema, angionevrotik shish, toshmalar (shu jumladan vezikulyar), terini ta‘sirlanishi, dermatit (shu jumladan kontakt dermatit), surtish joyida issiqlikni his qilish, achishish, mahalliy shish, po‘st tashlash, terini qurishi; ba‘zida-unchalik katta bo‘lmagan pustulalar, pufaklar yoki pufakchalarni paydo bo‘lishi mumkin.

Juda kam hollarda terining katta sohalarida uzoq vaqt qo‘llanganda, tizimli nojo‘ya reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da sohasida og‘riq, jigar fermentlarining darajasini oshishi, ishtahani yo‘qolishi, diareya, og‘riq, qon quyilishlar, yaralar.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: shishlar, siyishni buzilishlari, gematuriya, siydikning rangini yoki hidni o‘zgarishi;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, xotirani buzilishi, eshitishni va ko‘rishni buzilishi, ongni chalkashish, depressiya, nutqni buzilishi.

Immun tizimi tomonidan: allergik rinit, Kvinke shishi, bo‘g‘ilish, anafilaksiya, astmatik xuruj.

Boshqalar: mushak kuchsiz, mialgiya, sariqlik, periferik qonning laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, arterial bosimini oshishi, ko‘zlarni qurishi va qizarishi. Preparat propilenglikol va dimetilsulfoksidni saqlaydi, u terining ta‘sirlanishi chaqirishi mumkin. Odatda bu simptomlar preparat bekor qilingandan keyin mustaqil o‘tib ketadi.

Har qanday salbiy reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda, albatta shifokor bilan preparatni keyingi qo‘llanishi bo‘yicha maslahatlashish lozim.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • indometasinga, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga (NYAQP), venorutinolga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
  • aspiringa yoki boshqa NYAQP ga astma huruji, eshakemi yoki allergik rinitning klinik ko‘rinishlari bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Indovenolni qo‘llanganda boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli minimal. NYAQP arterial bosimini tushirib, dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin, mahalliy qo‘llanganda bunday ehtimol juda kam. Ammo tavsiya qilingandan yuqori dozalarni uzoq muddat qo‘llash imkoniyatini hisobga olib, quyidagi o‘zaro ta‘sirlari ehtimolini istisno qilish mumkin emas:

  • antikoagulyantlar va antitrombotik vositalar bilan qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi;
  • indovenol β-adrenoblokatorlarni, AAF ingibitorlari, halqali, tiazid va kaliy tejovchi diuretiklarning samaradorligini pasayishi hisobiga, antigipertenziv davolash samaradorligini pasaytirishi mumkin.
  • boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan (shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlari), glyukokortikoidlar, alkogol bilan -nojo‘ya reaksiyalar xavfini oshishi ulserogen ta‘sirining kuchayishi mumkin.
  • digoksin, litiy preparatlari bilan bu dori vositalarining qon plazmasida konsentrasiyasini oshishi mumkin;
  • metotreksatning tubulyar sekresiyasini pasaytirishi va muvofiq ravishda uning toksikligini oshirishi mumkin.
  • probenesid bilan probenesidning urikozurik ta‘sirini pasayishi va organizmdan indometasinning chiqarilishini sekinlashishi mumkin;
  • sulfinpirazon indometasinning organizmdan chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin;
  • mielosupressiv, o‘smaga qarshi, diabetga qarshi vositalar, sefalosporinlar, valproat kislotasining preparatlari bilan birga qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
  • aliskiren bilan giperglikemiya bo‘lishi mumkin.
  • askorbin kislotasining tomirlar devorining strukturasi va o‘tkazuvchanligiga ta‘sirini kuchaytiradi.
  • sulindaka preparatlari bilan periferik neyropatiya chaqirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gel faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan; faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak. Terini jarohatlangan yuzasiga surtish kerak emas va preparatni ko‘zga va shilliq qavatiga tushmasligini nazorat qilish kerak. Gel surtilgandan keyin terining ishlov berilgan sohalariga quyosh nurlarini tushishidan saqlanish kerak. Surunkali venoz yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparatni kasallikning ham boshlangan, ham oxirgi bosqichlarida (oyoqlardagi og‘irlik hissi, oyoqlardagi shish kamayadi, trofikasi yaxshilanadi) qo‘llash tavsiya qilinadi.

Buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlarida preparatni uzoq qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Tavsiya qilingan dozadan oshirmaslik kerak. Preparatning tarkibida NYAQP saqlashini hisobga olib, allergik kasalliklari va reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda, jigar va buyrak faoliyatini buzilishida, terining katta sohalariga surtishda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Ba‘zida NYAQP ni qo‘llash me‘da-ichak yo‘llarining shikastlanishiga, yurak tomir yetishmovchiligi, bo‘lgan pasientlarda yurak faoliyatini yomonlashuviga, jigar va buyraklar faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Tavsiya qilingandan yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash mumkinligini hisobga olib, pasientlarga: me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishida, shuningdek me‘da-ichak yo‘llari a‘zolaridan qon ketish bilan kechuvchi holatlarda (shu jumladan, gemorroidal qon ketishlar); surunkali gastritda, enterokolitda, turli etiologiyali qon hosil bo‘lishini buzilishlarida, og‘ir yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Teriga mahalliy surtilgandan keyin tizimli so‘rilishni minimal bo‘lishga qaramay, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning faol yarasi, anamnezida buyrak va yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, gel bilan davolashni faqat shifokorning maslahatidan keyin o‘tkazish mumkin. 10 kundan ko‘p davolanganda leykositar formulani va trombositlar sonini aniqlashni o‘tkazish kerak. Preparat bilan davolashni faqat, ovqat mahsulotlariga va dori preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik ko‘rinishlari yoki allergik kasalliklari pichan isitmasi, bronxial astma, nazal pollipozi bo‘lgan pasientlarda shifokor bilan maslahatidan keyin alohida ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. Boshqa NYAQP qarama-qarshi o‘ta yuqori sezuvchanlik mavjud, shuning uchun bunday pasientlarda indometasinga ham o‘ta yuqori sezuvchanlik ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. Gel ko‘zlarga tushganida ularni suv bilan yuvish lozim. Tasodifan katta miqdordagi gelni yutib yuborilganda qusishni chaqirish va shifokorga murojaat qilish lozim. Agar kasallik belgilar yo‘qolmasa va aksincha sog‘liq yomonlashsa, mahalliy qo‘llangandan keyin toshmalar paydo bo‘lsa, maslahat uchun shifokorga murojaat qilish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash kerak emas.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Indovenol avtotransportni boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan. Ammo tavsiya qilingandan yuqori dozalarda uzoq qo‘llash ehtimolini hisobga olib, preparat terining katta sohalarga surtilganda, bir vaqtda indometasinning boshqa preparatlar bilan qabul qilganda ko‘rsatadigan nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Qolgan gelni teridan olib tashlash yoki yuvib tashlash  lozim. Zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi. Uzoq muddat davolanganda (10 kundan ko‘p) mumkin bo‘lgan tizimli samaralarini –gepatotoksiklik, kuchli bosh og‘rig‘i, qon quyilishlar, shuningdek qonning laborator tekshirishlari (leykositar formulani va trombositlar sonini monitoring qilish) aniqlash uchun nazorat qilish kerak.

Tasodifan gel ichga qabul qilinganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining achishishi, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Ichga qabul qilingandagi tadbirlar- og‘iz bo‘shlig‘ini va me‘dani yuvish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolash.

Gel ko‘zga, shilliq qavatiga yoki ochiq jarohatlarga tushganida lokal ta‘sirlanish- ko‘zni yoshlanishi, qizarishi, achishish, og‘riq kuzatiladi. Bunday hollarda shikastlangan sohalarni katta miqdordagi distillangan suv yoki 0,9% natriy xloridi eritmasi bilan, ta‘sirlanish kamaygunicha yoki to‘xtatgunicha yuvish kerak.

 

Chiqarilish shakli

40 g dan tuba qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, muzlatishga yo‘l qo‘yilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ishlab chiqaruvchi. “Ilmiy ishlab chiqarish markazi «Borщagovskiy ximiko-farmasevticheskiy zavod» jamoaviy aksionerlik jamiyati.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INDOVENOL gel 40g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INDOVENOL gel 40g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INDOVENOL gel 40g dori vositasi Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INDOVENOL gel 40g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INDOVENOL gel 40g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Digoksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 6 900 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
KORVITIN liofilizat 0,5g N1
Narh: 119 800 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
TEOPEK tabletkalari 300mg N50
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KRATAL tabletkalari N20
VENORUTINOL gel 40g 2%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
VENOGEPANOL gel 40g
VERAPAMILA GIDROXLORID tabletkalari 80mg N50
BEKARBON tabletkalari N20
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 11 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLINA GIDROXLORID tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
ALLOPURINOL tabletkalari 0,1g N50
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MENOVALEN kapsulalar N20
KETOTIFEN sirop 50ml 1mg/5ml
BORIZOL tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: riluzol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
RIFAMPISIN kapsulalar
KLOTREKS maz 25g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9