faol moddalar:
glyukoza suvsiz qayta hisoblanganda 50,0 g;
natriy xloridi 6,0 g;
kaliy xloridi 0,3 g;
kal'tsiy xloridi digidrati 0,2 g;
natriy atsetati trigidrati 3,8 g.
yordamchi moddalar:
1 M xlorid kislotasi rN 4,4 gacha;
in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha.
Сhiqarilish shakli
Flakonlarda 100, 250, 500ml.dan infuziya uchun eritma.
Doza kasallikning og'irlik darajasi, organizmning holati, laborator tekshiruv natijalari, bemorning yoshi, vazni va buyrak funktsiyasiga bog'liq. Infuzion terapiya o'tkazilganda unga bo'lgan haqiqiy ehtiyoj elektrolit balansi va zardobdagi elektrolitlar kontsentratsiyasini monitoringiga qarab belgilanadi.
Yuborishdan avval eritmani 36-38°S gacha isitish kerak.
Kattalar. Sutkalik dozasi - 5-20 ml/kg, zarurat tug'ilganida 30-40 ml/kg gacha oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza: sutkada 40 ml/kg ni tashkil etadi. Daqiqasiga 60-80 tomchi tezlikda yuboriladi.
Bolalar uchun sutkalik doza 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi, yuborish tezligi daqiqasiga 30-60 tomchi.
Eritma 3-5 kun davomida qo'llanilishi mumkin, davolash davomiyligi bemorning klinik holati va laborator tekshiruv ko'rsatkichlariga ko'ra belgilanadi.
Belgilari: elektrolit buzilishlari - gipergidratatsiya, giperkaliemiya,
giperkal'tsiemiya, gipernatriemiya, giperxloremiya, teri turgorini oshishi bilan kechuvchi
alkaloz, venoz dimlanish va umumiy shishlar rivojlanib so'ng o'pka shishini rivojlanishi, nojuya reaktsiyalarni kuchayishi.
Davolash: infuziyani darhol to'xtatish, simptomatik davo o'tkazish, kon zardobi elektrolitlarini doimiy monitoringi ostida diuretiklarni buyurish; elektrolitlar muvozanatining korrektsiyasi, zarurat tug'ilganida gemodializ.
Glyukoza dozasini oshirib yuborilishi.
Belgilari: giperglikemiya, glyukozuriya, degidratatsiya, zardobning giperosmolyarligi, giperglikemik yoki giperosmolyar koma.
Davolash: infuziyani darhol to'xtatish, regidratatsiya o'tkazish, qonda glyukoza darajasini doimiy nazorati ostida insulin buyurish; yo'qotilgan elektrolitlar o'rnini to'ldirish, kislota-ishkor muvozanatining monitoringini o'tkazish.